Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
213
YER KADASTRINI YURITISHDA ZAMONAVIY AXBOROT
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Yunusova Farangis Mamir qizi
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlar texnika universiteti talabasi
Annotatsiya: Texnika taraqqiyoti tezlik bilan rivojlanib borayotgan hozirgi
zamonda, tadqiqotchilar tomonidan to'plangan har qanday axborot hayotimizga
jadallik bilan kirib bormoqda va xalq xo'jaligining turli sohalarida keng
qo'llanilmoqda. Dunyo kartograflari o'zlari olib borgan turli tadqiqotlar
natijasida olgan ma'lumotlaridan turli xil mavzuli karta va atlaslarni yaratish
hamda aerokosmik tasvirlarni deshifrovka qilish, natijalarini qayta ishlash va
tahlil qilish hamda ma'lumotlarni kompyuter tizimlarida to'plash bo'yicha katta
tajriba to'plaganlar
Kalit so'zlar: GAT, geoaxborot, fazovaiy joylashuv, texnik vositalar, milliy
geografik, GPS.
Hozirda butun dunyo bo'yicha qo'llanilayotgan barcha geografik axborot
tizimlarida ular uchun zarur bo'lgan axborotlarni yig'ish, yig'ilgan axborotlarga
ishlov berish, saqlash, yangilash, tahlil qilish va qayta ishlash imkoniyatiga ega
bo'lgan maxsus dasturlar bilan ta'minlangan texnik vositalar orqali mazkur
jarayonlarni bajarishga e'tibor qaratilgan Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda
shuni ta'kidlash o'rinliki, geoaxborot tizimi(1-rasm) bu hozirgi davrda ma'lum
bo'lgan har xil usul va vositalar yordamida xalq xoʻjaligining turli tarmoqlari
bo'yicha to'plangan ma'lumotlar va ularning tahlili haqidagi keng qamrovli
ma'lumotlar bazasiga ega bo'lgan mukammal rivojlangan tizim hisoblanadi.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
214
1-rasm.Geoaxborot tizimi
Hozirgi kunda, geodeziya, kartografiya va kadastr sohalariga tegishli bo'lgan
katta hajmdagi matnli, grafikli va boshqa ko'rinishdagi ma'lumotlarni to'plash,
qayta ishlash, tahlil qilish va ularni tasvirlash jarayonlarini geoaxborot tizimisiz
amalga oshirish mushkul masalalardan hisoblanadi Bugungi kunda karta
yaratishning ushbu texnologiyasi sezilarli darajada universallashgan bo'lib, juda
tezlik bilan rivojlanib bormoqda va inson faoliyatining barcha sohalarini qamrab
olmoqda. Bu borada O'zbekistonda ham Milliy geografik axborot tizimini yaratish
yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan bir qancha izlanishlar olib borilmoqda.
Yer kadastrining vazifalaridan biri turli mulkchilik shakllarini va yer
uchastkalarining fazoviy koordinata masalalarini hal qilishdan iboratdir. Yer
kadastr obyektlarini fazoviy koordinatalarini aniqlashni ma'lum bir koordinata
tizimi asosida muvofiqlashtirish bilan bir qatorda yer kadastr kartalari tuziladi.
Hozirda bunday kartalarni yaratish, geografik axborot tizimlari negizida
avtomatlashtirilgan xolda amalga oshirish, aniqlikni oshirish hamda tezkorlikni
ta'minlaydi.
Davlat yer kadastrini yuritish ma'lumotlarini olish, qayta ishlash, ularni yer
kadastri xujjatlariga tushirish, yerlarning huquqiy, tabiiy va xo’jalik holatlarini
o’zgarishlari to’g’risidagi ma'lumotlarni aniqlash, to’plash hamda qayta ishlash, bu
o’zgarishlarni yer kadastrining hisob va hisobot xujjatlarida yoritib borish kabi
murakkab jarayondir. Shuning uchun bunday murakkab jarayonni osonlashtirish,
yer to’g’risidagi, undan foydalanish va umuman yer kadastrini yuritish buyicha
ma'lumotlarni zamon talab darajasida ushlab turish tezkor ravishda zaruriy
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
215
ma'lumotlarni
olish
maqsadida
bugungi
kunda
zamonaviy
axborot
texnologiyalaridan foydalanishni yo’lga qo’yish maqsadga muvofiqdir.
GAT ma'lumotlar bazasiga kiritilayotgan axborotlar, statistik hamda
zamonaviy elektron geodezik asboblar yordamida olingan syomkalar natijasida
to'ldiriladi. Geodezik asboblar asosida olingan axborotlar obyektlarning ma'lum bir
topografik o'rnini aniqlagan xolda joylashtiriladi. Bunday syomka natijalarini
olishda GPS tizimlaridan ham foydalanish aniqlikni va ish samaradorligini
oshirishga zamın yaratadi, bu esa doimiy ravishda aniq va dolzarb ma'lumotlarga
ega bo'lishimizni ta'minlaydi. Ushbu texnologiyalar negizida barpo qilingan baza
asosida yer kadastr tizimi bilan bog'liq bo'lgan turli hodisalarni o'zaro taqqoslab,
axborotlarni tahlil qilib, qayta ishlashga zamin yaratadi. Yuqorida keltirilgan
amallarni keng qamrovli tashkil qilishda, katta hududlarda amalga oshirishda,
tezkorlikni oshirishda, masofadan zondlash ma'lumotlaridan foydalaniladi.
Masofadan zondlash ma'lumotlarini fotogrammetrik qayta ishlash orqali
obyektlarning o'lchamlari hamda fazoviy joylashuvi aniqlanadi va shu bilan
birgalikda davlat yer kadastrini yuritishda GAT texnologiyalarini qo'llash
imkoniyatlari yaratiladi. Bundan tashqari, GAT texnologiyalari asosida
ma'lumotlarni fotogrammetrik qayta ishlash usullari negizida quyidagi vazifalarni
yuqori sifat va samaradorlik asosida hal qilishga zamin yaratadi.
Davlat yer kadastrini yuritishda GAT texnologiyalarining imkoniyatlaridan
foydalanish sxemasi ushbu imkoniyatlarning GAT texnologiyalarida mavjudligi
yer hisobini yuritish ishlarini tezkor va samarali ravishda amalga oshirishda talab
etilgan aniqlikda yer kadastr obyektlarini ro'yxatga olish va ularni bazada
shakllantirishga hamda raqamli kartalarini yaratishga zamin yaratadi. Bundan
tashqari, GAT texnologiyalari koordinata tizimlarining o'zaro bir-biri bilan
mosligini ta'minlaydi. Aksariyat hollarda, kadastr uchun yaratiladigan karta va
planlar yagona koordinata tizimida yaratiladi. Ularning natijalari qayta ishlanadi
va keyingi bosqichlarda, zarur bo'lgan hollarda, boshqa koordinata tizimlariga
o'tkaziladi. Bunday masalalarning GAT dasturlari mutaxassis va tadqiqotchilarga
tez va samarali hal qilishda muammo tug'dirmaydi
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
216
Yerdan foydalanuvchilar esa hududning topografik xususiyatlaridan kelib
chiqib, yer hisobini yuritishda, yer tuzish ishlarini bajarishda tabiiy nishabliklarni
inobatga olib puxta reja asosida sifatli bajarish imkoniga ega bo'lishadi. Umuman
olganda, GAT tizimiga ega bo'lgan davlatlar katta iqtisodiy ustunlikka ega bo'ladi.
Xulosa qilib aytganda, olib borilgan izlanishlar hamda adabiyotlardagi
ma’lumotlardan ma'lum bo'ldiki, bugungi kunda yer kadastr ishlarini yuritishda
GAT texnologiyalarini qo'llash maqsadga muvofiq.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Bekanov KK. Orolbo'yi murakkab ekologik sharoitidagi yerlardan
foydalanishini
optimallashtirishda
geoinformatika
metodlarini
qo'llash:
Geografiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi olish uchun
yozilgan disser. // avtoreferati -
2.
Biktimirova
N.M.Razrabotka
informatsionnox
modeley
kartograficheskogo obespecheniya zemelno kadastrovox rabot dlya opredeleniya
baza zemelnux platejey vsex vidov. Avtoref dis.//...kand. texn, nauk. Moskva-
2005.
3.
Карпик А.P. Методические и технологические основы
геоинформационного обеспечения территориального текста.: монография /
Новосибирск: СГГА, 2004.-260С.