Mualliflar

  • Akramov Mirmuxsin Rustamovich

Muallif biografiyasi

  • Akramov Mirmuxsin Rustamovich

    O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi professori v.b., psixologiya fanlari doktori

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.107063

Annotasiya

Atrof-muhitga, shu jumladan hayvonot va o‘simlik dunyosi xilma-xilligiga nisbatan insonparvarlik g‘oyalariga asoslanadigan munosabatni shakllantirish muhimligi hozirgi zamonaviy dunyoda hech kimda shubha uyg‘otmasligi bilan birgalikda ko‘plab mamlakatlarda ta’lim va tarbiya berishning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Bu borada, aholining ekologik ongini shakllantirish va atrof muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni shakllantirishga qaratilgan ushbu faoliyat – butun insoniyat kelajagi xavfsizligini ta’minlab kelmoqda.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 1-son Mart 2025

126

YANGI O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY AXLOQ VA XULQ-ATVOR

NORMALARI SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK JIHATLARI

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Din psixologiyasi va pedagogika”

kafedrasi professori v.b., psixologiya fanlari doktori

Akramov Mirmuxsin Rustamovich

Atrof-muhitga, shu jumladan hayvonot va o‘simlik dunyosi xilma-xilligiga

nisbatan insonparvarlik g‘oyalariga asoslanadigan munosabatni shakllantirish

muhimligi hozirgi zamonaviy dunyoda hech kimda shubha uyg‘otmasligi bilan

birgalikda ko‘plab mamlakatlarda ta’lim va tarbiya berishning ustuvor yo‘nalishi

hisoblanadi. Bu borada, aholining ekologik ongini shakllantirish va atrof muhitga

ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni shakllantirishga qaratilgan ushbu faoliyat –

butun insoniyat kelajagi xavfsizligini ta’minlab kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida yuz berayotgan barcha o‘zgarishlar yaqin

kelajakda davlatimizning siyosiy va iqtisodiy barqarorligini, shaxs ma’naviyatini

yuksaklikka ko‘tarishni ta’minlashga yo‘naltirilgan. Biroq, shuni alohida ta’kidlash

kerakki, iqtisodiy yo‘nalganlikning kuchayishi tevarak olamga bo‘lgan

munosabatning salbiy ko‘rinishlarini vujudga keltirmoqda. Ya’ni jamiyatda

iste’molchilik kayfiyatining tobora oshishi kuzatilmoqda. Shunday pallada

insonning o‘zini o‘rab turgan tabiiy muhitga munosabati masalasiga e’tibor

jamoatchilikning diqqat markaziga ko‘chgan.

Mazkur muammo O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon

erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi, Dunyoviy

davlatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va mexanizmlari bobining 7-

bo‘limi 35-bandida “atrof-muhitga, shu jumladan hayvonot va o‘simlik dunyosi

xilma-xilligiga nisbatan insonparvarlik g‘oyalariga asoslanadigan munosabatni

shakllantirish” asosiy vazifalardan biri sifatida keltirilgan.

1

1

Ўзбекистон Республикасида фуқароларнинг виждон эркинлигини таъминлаш ва диний соҳадаги давлат

сиёсати концепциясини тасдиқлаш тўғрисида. Тошкент ш.,

2025 йил 25 февраль, ЎРҚ

-1037-

сон


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 1-son Mart 2025

127

Axloq (arab. Xulq so‘zining ko‘pligi) – kishilar orasidagi munosabatni

tartibga solishning o‘ziga xos tartib, qoidalari yig‘indisi. Axloqdagi “yaxshilik”,

“yaxshi odatlar” insonning o‘z manfaatini jamiyat manfaatini moslashga, ayrim

o‘rinlarda jamiyat manfaatlari yo‘lida o‘z hayotiy maqsadlari, manfaatlarini

o‘zgartirishga imkon beradi

2

. Kishilar hatti-harakatini tartibga solishning

belgilangan hamda ijtimoiy-tashkiliy tuzilmalar faoliyatiga asoslangan (huquqiy,

diniy) shakllaridan farqli o‘laroq, axloq kishilar xulq-atvorlari, muloqotlari,

munosabatlarining yozilmagan, lekin jamiyat tomonidan qabul qilingan hamda

qo‘llab-quvvatlanadigan “oltin qoidalar”ni ifodalaydi. Axloq birinchidan,

umumijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan qadriyatlarni (boshqa kishilar

huquqlarnini tan olish, adolat, halollik, ishonch, sadoqat, muloyimlik, boshqalar

bilan kelisha olish, til topishish, jamoada o‘zini tuta bilish kabi) qamrab oladi.

Ikkinchidan, axloq kishilarga xos sifatlar (xislatlar)ning muhim tomonini

ifodalaydi.

O‘zbekiston mustaqillika erishgandan so‘ng axloq muammolariga katta

e’tibor berila boshladi. Kishilararo munosabatda, o‘zaro muomalada unutilib ketgan

islomiy qadriyatlar, sharqona xulq-odob qoidalari, urf-odatlar, marosimlar qaytadan

rasm bo‘la boshladi.

Axloq (lotin. “moralis” – qoidaga, xulq-atvorga, urf-odatga taalluqli, axloqli)

kishilar orasidagi munosabatlarni tartibga solishning o‘ziga xos usuli, u yoki bu

jamiyatda qabul qilingan va rioya qilinishi lozim bo‘lgan tartib, odob, o‘zaro

munosabat hamda muloqotning qonun qoidalari, mezonlari yig‘indisi; har bir inson

tan oladigan etik qadriyat; inson mavjudligining o‘z-o‘zini tarbiyalash, tartibga

solish va boshqarishning o‘ziga xos usuli...

3

Axloqning ildizlari urf-odatlarga borib

taqaladi. Lekin axloq bilan urf-odat bir narsa emas. Urf-odat, axloqdan farqli

o‘laroq, muayyan qolipga tushgan (standartlashgan), mavjud va bo‘lishi lozim

narsalarni ifodalaydi. Axloq insonga o‘z yo‘lini tanlash, o‘z xulq-atvori, hatti-

2

Фалсафа: энциклопедик луғат/ЎзР ФА, И.Мўминов номидаги фалсафа ва ҳуқуқ ин

-

ти.

-

Т.: “Ўзбекистон

миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2010.

-

35 б

3

Фалсафа қисқача изоҳли луғат / М.Н.Абдуллаева, М.Абдурашидов, У. Абилов ва бошқ.: Т.: “Шарқ”, 2004 й.

49 б.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 1-son Mart 2025

128

harakatlari munosabatlarini belgilab olish imkonini beradi. Axloqiy mas’uliyat

tufayli inson o‘z hatti-harakatlarini jamiyat va muayyan ijtimoiy guruh

manfaatlariga moslashtirishga, “yaxshilik” sari yo‘naltirishga intiladi. Axloq inson

hayotining barcha tomonlari (shaxsiy va ijtimoiy, moddiy va ma’naviy kabilar)ga

bevosita taalluqlidir. Axloq – kishilarning yurish-turishlarida, xulq-atvorlarida,

o‘zlarini kishilar orasida tutishlarida namoyon bo‘ladi. Axloq mezonlari va

namunalari jamiyat bag‘rida yetiladi, ularda ilgari surilgan talablar universal va

barcha uchun rioya qilinishi zaruriydir. Axloq shaxs erkinligi va ijodkorligi bilan

bevosita bog‘liq. Shaxs jamiyatda mavjud bo‘lgan axloqiy qadriyatlarni tanlab

oladi, o‘zlashtiradi, mavjud vaziyatga tatbiq etadi va takomillashtiradi. Axloqiy

baholash jamoatchilik fikriga tayanadi. Axloq barcha uchun birdek xizmat

qiladigan, qotib qolgan qoidalar yig‘indisi emas, balki inson va jamiyat hayoti

davomida shakllanib, sayqallanib, takomillashib boradigan ijtimoiy hodisadir.

Axloq inson xulqi me’yorlarini uning jamiyat va borliqqa bo‘lgan munosabatlar

mas’uliyatini muhokama qilgan. U tabiat atrof muhit sohasiga bevosita kiritilmagan,

biroq mavjud bo‘lgan. Insonni tabiatga munosabati axloq nuqtai nazaridan

baholanmagan, uning holati yaxlitligicha inson faoliyati va ko‘lami bilan

aloqadorlikda ko‘rinmagan. Bunday munosabatlar antropotsentrik xarakterga ega

bo‘lgan chunki avvallari inson tabiatga qaram bo‘lgan va uning ta’siridan

himoyalangan. Inson tabiatdan o‘zi uchun zarur narsalarni olgan. Tabiat tarixi inson

tarixini yaratgan. Bu holatda tabiat jamiyat extiyojlarini qondirish uchun o‘z

faoliyatini moddiy ashyolarni taqozo etuvchi insoniy munosabatlar ob’ektiga

aylangan. Mazkur holat insonning tabiatga nisbatan axloqiy yoki axloqqa zid

munosabatlar haqida gapirish hamda axloq o‘z ichiga ekologik yo‘nalishni qamrab

olishini ta’kidlab o‘tish imkonini beradi.

Bunday axloqiy baho va muvofiqlashtirish ob’ektini tabiatning o‘zigina

emas, balki aynan insonning tabiatga bo‘lgan munosabati tashkil etadi. Insonning

tabiatga nisbatan mas’uliyatli munosabatini shakllanishi axloqiy tarbiya tarkibidagi

ekologik komponentning asosiy mazmuni va predmetini tashkil etadi.

Demak, xulosa qiladigan bo‘lsak inson tabiatning bir bo‘lagi ekan undagi


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 1-son Mart 2025

129

o‘zgarishlar ekologik ongdagi (tabiat) o‘zgarishlarga ham turtki bo‘lishi mumkin.

Shu bilan biga, shaxs axloqiy ongidagi yuzaga keladigan o‘zgarishlarni va

ekologik ongni o‘rganish bo‘yicha quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin: axloqiy

ongi shakllanishi xususiyatlari tor oilaviy muhitdan keng ijtimoiy muhitga ko‘chishi

bilan belgilanadi; axloqiy ong taraqqiyotining dinamikasi ong sub’ektlarini tadqiqot

ob’ekti sifatidagi klassifikatsiyasini amalga oshirish imkoniyatini beradi; axloqiy

ongni statik hodisa sifatida ko‘zdan kechirish psixologik diagnostika natijalaridagi

anglashilmovchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

Adabiyotlar ro‘yxati

1.

Ш.М.Мирзиёев. Ўзбекистон Республикасида фуқароларнинг виждон

эркинлигини таъминлаш ва диний соҳадаги давлат сиёсати

концепциясини тасдиқлаш тўғрисида. Тошкент ш., 2025 йил 25 февраль,

ЎРҚ-1037-сон

2.

Ботиров Б.М. “Ўзбек менталитетининг психологик хусусиятлари” -

Тошкент, ТДПУ, 2011 й. 64 б.

3.

M. R. Arkamov The ethical awareness behavior of students during higher

education (in the condition of uzbekistan) //European Journal of Research and

Reflection in Educational Sciences Vol. – 2016. – Т. 4. – №. 10

4.

Хвостов Андрей Анатольевич. Структура и детерминанты морального

сознания личности : Дис. ... д-ра психол. наук: М., 2005 496 c

5.

Фалсафа: энциклопедик луғат/ЎзР ФА, И.Мўминов номидаги фалсафа

ва ҳуқуқ ин-ти.- Т.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат

илмий нашриёти, 2010.- 35 б