Mualliflar

  • Musurmankulov Zuxiriddin Shuxratovich

Muallif biografiyasi

  • Musurmankulov Zuxiriddin Shuxratovich

    Musurmankulov Zuxiriddin Shuxratovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.107074

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Qishloq xo‘jaligi buzilgan yerlar rekultivatsiya tuproq unumdorligi sanoat korxonalari.

Annotasiya

Annotatsiya. Bugungi kunda respublikamizdagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanishga qaratilgan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Tadqiqotimiz davomida respblikamizdagi buzilgan qishloq xo‘jaligi yelarini tahlil qildik hamda tadqiqot obyektimiz hisoblangan Toshkent viloyatida qishloq xo‘jaligi yerlarini buzilish sabablarini o‘rgandik.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 1-son Mart 2025

76

QISHLOQ XO‘JALIGIDAGI BUZILGAN YER MAYDONLARINING

TAHLILI

Musurmankulov Zuxiriddin Shuxratovich

O‘zdavyerloyiha DILI ning tadqiqotchisi

Annotatsiya. Bugungi kunda respublikamizdagi qishloq xo‘jaligiga

mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanishga qaratilgan bir qator amaliy ishlar

olib borilmoqda. Tadqiqotimiz davomida respblikamizdagi buzilgan qishloq

xo‘jaligi yelarini tahlil qildik hamda tadqiqot obyektimiz hisoblangan Toshkent

viloyatida qishloq xo‘jaligi yerlarini buzilish sabablarini o‘rgandik.

Kalit so‘zlar: Qishloq xo‘jaligi, buzilgan yerlar, rekultivatsiya, tuproq

unumdorligi, sanoat korxonalari

.

Kirish.

Berilgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Oʻzbekiston Respublikasining

umumiy yer maydoni 2024 yil 1 yanvar holatiga 44892.4 ming gektarni tashkil

etadi. Respublikamiz yer maydonidan oqilona foydalanish eng ustuvor vazifalardan

biridir [1]. Ammo, turli obyektiv va subyektiv sabablarga koʻra buzilgan qishloq

xo‘jaligi maydonlarining hajmi ortib bormoqda. Buning asosiy sabablari yer fondi

yerlaridan maqsadsiz va notoʻgʻri foydalanish, oʻz vaqtida monitoring qilmaslik,

sanoat, transport va boshqa maqsadlar uchun vaqtincha ajratilgan maydonlar

birlamchi holatga keltirib oʻz vaqtida qaytarilmayotganligidir.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi

“Buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, tuproqning unumdor qatlamini saqlash va

undan oqilona foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 169-son

qarori bilan yurtimizda buzilgan yerlarga qarshi kurashish, hamda uning salbiy

oqibatlarini oldini olish, foydalanishga yaroqsiz yerlarning tuproq unumdorligini

yaxshilash yoki qayta tiklash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi

vazirligi bir qator vazifalarni belgilab olgan [2].

Qishloq xo‘jaligining sug‘oriladigan yerlar tuprog‘ida gumus miqdorining


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 1-son Mart 2025

77

kamayishi, botqoqlashish, cho‘llashish, gipslashish, begona o‘tlar bosishi,

sho‘rlanish holatlari davom etishi va ularning hisobini olish, tuproqning sifat

ko‘rsatgichlari o‘zgarish holatini monitoring qilib borish [3], buzilishini oldini olish

bo‘yicha bugungi kungacha tizimli tavsifga ega ishlar yetarli darajada olib

borilmagan. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida “Yerlar

degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish masalalari bo‘yicha departament” va

hududlarda “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish bo‘limlari” tashkil etilgan [4].

Berilgan rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, Toshkent viloyatining umumiy

yer maydoni, 2024-yil 1-yanvar holatiga, 1515 ming gektarni tashkil etadi [1].

Xususan, olingan ma’lumotlarga qaraganda, hozirda birgina Toshkent viloyatida

yer osti qazilma boyliklarini qazib olish ishlari bilan shugʻullanuvchi 140 ta sanoat

korxonalari mavjud. 2024-yilda bu korxonalar umumiy hisobda 324.2 gektar

buzilgan maydonni rekultivatsiya qilib topshirishi zarur. Bu atiga 2024-yil uchun va

faqatgina Toshkent viloyati misolidadir. Respublika miqyosida bu hisob kitoblar

ancha katta koʻrsatkichga ega boʻladi [5].

O‘zbekiston

Respublikasi

Kadastr

agentligining

bergan

rasmiy

ma’lumotlariga qaraganda, mamlakat bo‘yicha bugungi kunda strategik ahamiyatga

ega bo‘lgan va qazib olish faoliyati natijasida 31987 gektar buzilgan yerlar

mavjudligi aniqlanib, ulardan 29965 gektari foydalanishda ekanligi aniqlandi

(1-jadval).

Shuningdek, hududlarda qishloq xo‘jaligi yerlaridan muhandislik

infratuzilma obyektlari o‘tkazilishi, zovurlar qazilishi, yerdan foydalanuvchilarning

ma’sulyatsizligi oqibatida va boshqa sabablarga ko‘ra buzilgan 2493 gektar yer

maydonlari aniqlandi. Mavjud yer qonunchiligi yer egalari, yerdan foydalanuvchilar

va ijarachilarga buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish va oldingi, birlamchi holatga

qaytarish bo‘yicha 2022-2025 yillarda ishlar jadvali belgilab olindi.

1 - jadval

Respublika bo‘yicha buzilgan yerlar maydonlarini 2022-2025 yillarda

rekultivatsiya qilish reja jadvali


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 1-son Mart 2025

78

Respublika va

viloyatlar nomi

Buzilgan yer maydonlarini rekultivatsiya qilish

muddatlari(yil)

Xarajatlar

miqdori

2022

2023

2024

2025

jami

mln.so‘m

Qoraqalpog‘iston 116.5

117.4

126.5

105.7

466.3

8124.0

Andijon

94.4

71.2

65.8

52.8

284.2

5848.4

Buxoro

420.5

187.1

154.1

132.6

738.3

26485.7

Jizzax

88.2

64.9

47.4

56.2

256.7

5031.4

Qashqadaryo

629.9

321.0

255.7

236.2

1113.8

21686.0

Namangan

64.7

33.1

33.4

20.6

151.7

285.9

Navoiy

466.2

485.2

455.5

317.1

1724.0

3606.1

Samarqand

358.0

48.1

37.7

81.5

525.3

3466.0

Surxondaryo

109.0

114.2

107.7

126.4

454.7

8263.2

Sirdaryo

85.8

86.5

83.5

82.5

338.3

8644.8

Toshkent

285.5

333.5

333.2

387.4

1339.6

12012.0

Farg‘ona

19.8

24.8

19.7

18.3

82.5

743.7

Xorazm

7.0

9.6

11.6

9.6

37.8

641.0

1.2.1-jadvaldan ko‘rishimiz mumkinki, antropogen omil ta’sirida buzilgan

yerlarni tiklash uchun katta miqdorda mablag‘lar ajratiladi. Ayniqsa Buxoro,

Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida ancha katta maydonlarda rekultivatsiya

qilish ishlarini olib borishga to‘g‘ri keladi. Bu esa o‘z navbatida rekultivatsiya

qilinishi lozim bo‘lgan maydonlarni monitoring qilish usulini yanada

takomillashtirish, rekultivatsiyalash ishlarini o‘z vaqtida sifatli olib borilishini

ta’minlaydigan omillardan biri sanaladi.

Tadqiqotimiz davomida Toshkent viloyatidagi qishloq xo‘jaligiga

mo‘ljallangan yerlarning buzilish sabablari o‘rganildi. 1-rasmda ko‘rishimiz

mumkinki Toshkent viloyatidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning

buzilish sabablari asosan 4 ga ajratishimiz mumkin. Bularga sanoat korxonalari,

kollektor zovurlarini tozalash, avtomobil yo‘llarini qurish va qurilish chiqindilarini

to‘kilishini aytishimiz mumkin.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 1-son Mart 2025

79

1-rasm. Toshkent viloyatidagi sug‘riladigan qishloq xo‘jaligi yerlarini

buzilishiga sabab bo‘luvchi omillar

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki qishloq xo‘jaligi yerlari asosiy

ishlab chiqarish obyekti hisoblanadi. Bunday yerlardan oqilona foydalanish dolzarb

muammolardan biri hisoblanadi. Buning uchun esa avvalo qishloq xo‘jaligi

yerlarini buzilishini oldini olishimiz, o‘z vaqtida monitoring ishlarini amalga

oshirishimiz lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.O‘zbekiston Respublikasining Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr

agentligining Milliy hisoboti. -Toshkent: 2024.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyungi

“Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 1-son Mart 2025

80

tadbirlari to‘g‘risida” gi 277-sonli qarori

3. Reclamation of Disturbed Land in Russia: State of the Art. E.N.Tsoraeva

and Y.V.Zaitseva Kuban State Agrarian University named after I.T.Trubilin, 13

Kalininastr., KubGAU

4. Turayev R.A Yer monitoringi / O‘quv qo‘llanma. -Toshkent, 2022

5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi

Kadastr Agentligi ma’lumotlari.