Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
384
DINSHUNOSLIK FANINI RIVOJLANISH TENDENSIYALARI HAMDA
ISTIQBOLLARI
Toshkent Davlat Transport Universtiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti,
Falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)
Sultanov Sirojbek Xabibullayevich
+998-94-620-35-10
Toshkent Davlat Transport Universtiteti Aviatsiya Transporti Muhandisligi
fakulteti 1-bosqich talabasi
Mansurov Valililloh Muhsinjon o’g’li
+998-50-754-16-81
Dunyodagi barcha dinlar va ular bilan bog‘liq jarayonlarni xolisona
o‘rganuvchi fan «Dinshunoslik» deb ataladi. Mazkur fanning sohalari juda ko‘p
bo‘lib, ulardan biri «Dunyo dinlari tarixi»dir. Dinlarni o‘rganish uzoq tarixga ega.
Antik davrlardayoq insonlar din va uning mohiyati haqida fikr yuritganlar. Rim
imperatori Konstantin I davrida (IV asr) xristian dini boshqa dinlar bilan bir
mavqega ega bo‘ldi. Keyinchalik Yevropada xristianlik dinining Rim imperiyasi
tomonidan davlat dini sifatida e’tirof etilishi hamda cherkovning asta-sekin
hokimiyatni qo‘lga olishi natijasida ilm-fan ham xristianlik ta’siriga tushib qoldi.
VII-VIII asrlarda o‘sha davrda mavjud dinlar haqida kichik risolalar paydo
bo‘lgan. VIII-IX asrlarda esa dinlar tarixi va ta’limotlariga oid ilk kitoblar yaratildi.
XIX asrga kelib Yevropa mintaqasida cherkovning ta’siri kamaydi.
VII-VIII asrlarda o‘sha davrda mavjud dinlar haqida kichik risolalar paydo
bo‘lgan. VIII-IX asrlarda esa dinlar tarixi va ta’limotlariga oid ilk kitoblar yaratildi.
XIX asrga kelib Yevropa mintaqasida cherkovning ta’siri kamaydi. Natijada
boshqa fanlar qatori dinshunoslik fani ham cherkov ta’siridan chiqa boshladi. Shu
davrda Maks Myullerning «Qiyosiy mifologiya», «Dinlarning asosi va
shakllanishiga oid ma’ruzalar» nomli asarlari nashrdan chiqdi.
Keyinchalik Myuller mashhur Oksford universitetida dinlar tarixidan
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
385
ma’ruzalar o‘qigan va birinchi bo‘lib «dinshunoslik» atamasini iste’molga
kiritgan. Shu yo‘sinda, dinshunoslik Parij, Bryussel va Rim universitetlarida fan
sifatida o‘qitila boshlangan. Sobiq Sovet Ittifoqi davrida dinshunoslik fani, asosan,
dinlarni tanqid qilish va «eskilik sarqiti» ekanini isbotlash uchun o‘rganildi.
Islom olamida qiyosiy dinshunoslik sohasida ham salmoqli ishlar qilingan.
Ulardan Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», Ibn
Nadimning «Ko‘rsatkich», Muhammad ibn Huzaylning «Majusiylik va
ko‘pxudolik kitobi», AbulAbbos Ahmad ibn Muhammad Saraxsiyning
«Sobiiylarning mazhablari vasfi haqida risola», Abu Zayd Balxiyning «Dinlar
shariatlari kitobi» asarlarini sanab o‘tish mumkin.
Dinshunoslik fani ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan uzviy bog’liq holda
shakllangan, rivojlangan va hozirda ham shu jarayon davom etmoqda. O’zbekiston
Rossiya imperiyasi tarkibida bo’lgan va jahon hamjamiyatidan ajratilib yashagan
bir davrda, G’arbda XIX asrning o’rtalarida vujudga kelgan dinshunoslik fani
ancha yo’l bosib o’tib, ko’plab ilmiy natijalarga erishdi. Mustaqillik yillarida
O’zbekiston tadqiqotchilari bu yangi soha bilan yaqindan tanishib, mutaxassis
kadrlarni tarbiyalay boshladilar. Ular dinshunoslikni sotsiologiya, psixologiya,
filosofiya, antropologiya, filologiya, tarix fanlari bilan bog’liq holda o’rganishlari
kerak. Zero, dinshunoslik fani mazkur fanlar bilan hamkorlik qilib tutashgan yerida
uning turli sohalari vujudga kelgan.
Darhaqiqat, yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, tarbiyachilar oldiga qo’yilgan
vazifalar o’ta ulkan bo’lishi bilan birga juda mas’uliyatli hamdir. Chunki,
«amaldagi davlat va jamiyatimiz qurilishida, iqtisodiyotimiz va ma’naviyatimizni
shakllantirishda mutlaqo yangi-yangi qadamlar qo’yilmoqda, zamon talablariga
hamohang o’zgarishlar ro’y bermoqda, ammo maktab va o’quv yurtlarida
bolalarimizga, ertaga bizning o’rnimizni bosishi lozim bo’lgan o’z
farzandlarimizga daqqiyunusdan qolgan darslik va kitoblar asosida bilim va tarbiya
bermoqdamiz. Bunday achinarli holatlarga barham berish vaqti keldi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda dinga yangicha qarash va munosabat
bildirish imkoniyati tug’ildi. Natijada biz uchun nisbatan yangi bo’lgan
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
386
dinshunoslik fani vujudga keldi. Bu fan ilgarigi ateizmdan farqli o’laroq dinni
tanqid qilish, uni jamiyatdan yo’qotish maqsadida emas, balki unga milliy
ma’naviyatning bir bo’lagi sifatida yondashib, uni xolisona o’rganishni o’z oldiga
maqsad qilib qo’yadi.
O’zbekiston ko’p millatli va ko’p konfessiyali mamlakat bo’lib diniy
bag’rikenglik va ma’rifatparvarlikga an’analarga egadir. Mustaqillik yillarida diniy
bilimlarni o’rganish va targ’ib qilish davlat siyosatining muhim yo’nalishlaridan
biriga aylandi. Dinshunoslik fanining ta’lim tizimidagi o’rni tobora ortib, u yosh
avlodga diniy bag’rikenglik, milliy qadriyatlar va dunyoviy bilimlarni
uyg’unlashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hukumat tomonidan olib
borilayotgan oqilona islohatlar va ilmiy tadqiqotlar natijasida dinshunoslik fani
rivojlanib zamonaviy jamiyat ehtiyojlariga moslashmoqda. Diniy bilim hamda
dunyoviy ta’lim uyg’unligi jamiyat rivojlanishiga xizmat qiladi.
O’zbekistonda oliy ta’lim tizimining barcha yo’nalishlarda o’qitilayotgan
dinshunoslik fanining nazariy metodologik muammolari va ularni bartaraf etish
zarurligi jamiyatimizning bugungi va ertasi millat taqdiri uchun muhim kasb etadi.
Eski arava konstruksiyasi bilan zamonaviy raketa qurib bo’lmagandek, eskicha
qarash va yondashuvlar bilan hayotni qurib bo’lmaydi. Talabalarga,
yangilanayotgan O’zbekistonda jamiyat hayotini yangilash, ya’ni ijtimoiylashgan
davlat, fuqorolik jamiyatining amal qilish tamoyillarini tushuntirishda ijtimoiy
fanlar xususan, dinshunoslikning ahamiyati beqiyos o’rin kasb etadi, va
dinshunoslik fanini o’qitishda, qadimgi va hozirgi zamon diniy maktablari,
xususan, islom diniy ta’limotlarini o’rganish bilam bir qatorda, Vatanimizdan
yetishib chiqgan buyuk mutaffakkir, din ulamolarni merosini ham talaba yoshlar
ongiga singdirib borish zarurdir.
O’zbekistonda oliy ta’lim tizimida o’qitilayotgan ijtimoiy fanlar, xususan,
dinshunoslik fanidagi mavjud nazariy metodologik muammolarni bartaraf etish
jarayonida milliy taraqqiyot g’oyasi teologik ta’limotlardan foydalanish foydalidir.
So’fiylik teologik ta’limoti insonni ilohiy fazilatlar nurida tarbiyalaydi, yomon
axloqlardan saqlaydi. Dinshunoslik fanini o’qitishda dunyo dinlarining kelib
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
387
chiqishi va jamiyat hayotida uning amal qilishi tog’risidagi g’oyalar, qarashlar bir
tomonlama tushuntirilishiga yo’l qo’ymaslik kerak bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga kirib borayotgan bir sharoitda
turli konfessiya vakillari bilan muloqot qilishning yuksak madaniyatiga erishish
katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham dinshunoslik fanining yana bir
vazifasi talabalarni turli dinlarning kelib chiqishi, taraqqiyoti tarixi, ta’limoti,
asosiy manbalari, hozirgi davrdagi holati, ma’lum xalq hayotida tutgan o’rni
haqida umumiy ilmiy tushunchalar berib, ularda mazkur din vakillarini har
tomonlama chuqurroq tushunib yetish va ular bilan muloqot qilishda o’zlarining
buyuk ma’naviyat egasi ekanliklarini namoyon qilishlari uchun yetarli bilim bilan
qurollantirishdan iborat.
O’zbek xalqining ilg’or madaniy va ma’naviy merosini tiklash va yangi
sharoitda yanada rivojlantirish, ayni vaqtda bu hududdagi ilk zamondan hozirgacha
mavjud bo’lib kelgan dinlarning tarixi, hayotiy tajribasi, tadrijiy taraqqiyotini
o’rganish talabalarda Vatan tarixini chuqurroq tushunib yetish, uni sevish va u
bilan faxrlanish his-tuyg’ularini shakllantirishga xizmat qiladi.
Dinshunoslik fani talabalarda din, uning turli shakllari, ta’limotlari,
yo’nalishlari, mazhablari haqida to’g’ri ilmiy xulosalar chiqara oladigan, diniy va
dunyoviylik munosabatlarini asosli tahlil qila oladigan to’g’ri dunyoqarashni
shakllantiradi. Bunda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Vijdon erkinligi
va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonun, Jinoyat, Fuqarolik, Oila kodekslaridagi
din va vijdon erkinligi haqidagi ko’rsatmalar, qoidalar dasturul amal bo’lib xizmat
qilishi lozim. Din va qonun o’zaro munosabatlarini yaxshi bilish Respublikada
demokratik, huquqiy jamiyat qurish poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Shuning uchun ham mamlakatimizda talabalarga dinshunoslik fanini o’qitish
muhim masalalardan biriga aylandi. Ushbu fan bo’yicha darslik va o’quv
qo’llanmalarini yaratish, buning uchun chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borish, chet
ellik mutaxassislar bilan ilmiy hamkorlikni yo’lga qo’yish mazkur ishni amalga
oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston davlatining asosiy tamoyilaridan biri diniy bagrikenglikni
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
388
taminlashdir. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni
bo’lib o’tgan referendum orqali yangilangan O’zbekiston Konstitutsiyasida ham
diniy erkinlik, diniy ta’lim va ekstrimizmga qarshi kurashish kabi masalalar yanada
aniroq qilib belgilab berildi. Yangilangan konstitutsiyamizning 31-moddasiga
ko’ra “Har bir fuqoro vijdon erkinligiga ega ekani, ya’ni o’z e’tiqodiga ko’ra din
tutish yoki tutmaslik huquqiga ega ekanligi belgilab qo’yilgan. Hech kim o’z
e’tiqodi sababli kamsitilishi yoki majburlanishi mumkin emas”.
Psixologiya fani tarmoqlari murakkab hodisa bo’lgan dinni inson ruhiyati
bilan bog’liq holda tahlil qilganlar. Buning natijasida din psixologiyasi fani
shakllangan va rivojlangan. Shuning uchun ham dinshunoslik asoslarini
o’rganishda psixologiya fanining ko’p sonli yutuqlariga suyanish muhimdir.
Muayyan jamiyatda diniy ta’limotning tarqalishi, uning kishilar ongiga ta’sir
darajasi (diniy ong darajasi), ijtimoiy va madaniy-ma’naviy hayotga ta’siri va
rolini aniqlash maqsadida sotsiologik tadqiqotlar xulosalariga murojaat qilinadi.
Keyingi ikki asr davomida dinni ijtimoiy hodisa sifatida o’rganuvchi din
sotsiologiyasi fani barq urib rivojlandi.
Dinning ta’rifi, tavsifi, ta’limoti va ijtimoiy hayotdagi o’rnini o’rganishda
turli yondashuvlar mavjud, masalan: 1) ilohiyot (teologiya) fani jihatidan; 2)
tanqidiy-ateistik va 3) ilmiy nuqtai nazardan. Kishilik jamiyati uchun har qaysi
yondashuv natijasida to’plangan ilmiy, amaliy, tarixiy, falsafiy ma’lumotlar juda
katta ahamiyat kasb etadi.
Bulardan
tashqari
dinshunoslikning
din
antropologiyasi,
din
fenomenologiyasi, din etnologiyasi, din tarixi, din aksiologiyasi, din geografiyasi,
din tipologiyasi kabi sohalari mavjudki, ularning yutuqlaridan ham dinshunoslik
fanini o’qitish va o’rganishda foydalanish mumkin.
Hozirgi fan va texnika taraqqiyoti sharoitida dinshunoslik fanini faqat so’z
yordamida o’qitish yaxshi samara bermaydi. Shuning uchun dasturning
mazmunidan kelib chiqib texnik vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Masalan, audio, video, kinoapparatura va kompyuterlar yordamida dinlarning kelib
chiqishi, tarixi, diniy yo’nalishlari, mazhablari haqida hikoya qiluvchi o’quv
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 1-son Mart 2025
389
filьmlari, slaydlarni namoyish etish uchun kompaktdisklar, xarita, sxema, fotosurat
va boshqalardan foydalanish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2018.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi “Abu
Ali Ibn Sino merosi majmuasini barpo etish to‘g‘risida”gi №1681-sonli
Farmoyishi.
3.
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz. - Toshkent, O‘zbekiston, 2017
4.
Abduhalimov B. A. “Bayt al-hikma” va O‘rta Osiyo olimlarining Bag‘doddagi
ilmiy faoliyati: (IX-XI asrlarda aniq va tabiiy fanlar). -T., Toshkent islom
universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi, 2004. – 236 b.
5.
Qodirov M. Markaziy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharqning falsafiy tafakkuri. T.:
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2010
6.
Bertels D. Predislovie // Mes Adam. Musulmanskiy Renessans. -Moskva:
Nauka, 1973.