Mualliflar

  • T.E.Usmanova
  • M.Anvarova
  • M.Yuldasheva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.107138

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Rosmarinus officinalis mikro va makro elementlar vitaminlar antioksidant alkaloidlar.

Annotasiya

       Annotatsiya: Rosmarinus officinalis (rozmarin) – o‘simliklar dunyosida keng tarqalgan, ozuqaviy va tibbiy ahamiyatga ega bo‘lgan, har doim yashil va xilma-xil foydali xususiyatlarga ega o‘simlikdir. Ushbu o‘simlikning asosiy xususiyatlari tarkibidagi efir moylari, antioksidantlar va boshqa faol birikmalar bilan bog‘liq. Shu bilan birga zamonaviy tibbiyotda ushbu o‘simlikda hazm tizimining faoliyatini yaxshilashda, xotirani kuchaytirishda, stressni kamaytirishda va umumiy salomatlikni yaxshilashda samarali foydalanilmoqda.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 1-son Mart 2025

276

ROSMARINUS OFFICINALIS VA UNING FOYDALI XUSUSIYATLARI.

T.E.Usmanova

M.Anvarova

M.Yuldasheva

Annotatsiya: Rosmarinus officinalis (rozmarin) – o‘simliklar dunyosida

keng tarqalgan, ozuqaviy va tibbiy ahamiyatga ega bo‘lgan, har doim yashil va

xilma-xil foydali xususiyatlarga ega o‘simlikdir. Ushbu o‘simlikning asosiy

xususiyatlari tarkibidagi efir moylari, antioksidantlar va boshqa faol birikmalar

bilan bog‘liq. Shu bilan birga zamonaviy tibbiyotda ushbu o‘simlikda hazm

tizimining

faoliyatini

yaxshilashda,

xotirani

kuchaytirishda,

stressni

kamaytirishda va umumiy salomatlikni yaxshilashda samarali foydalanilmoqda.

Kalit so‘zlar: Rosmarinus officinalis, mikro va makro elementlar, vitaminlar,

antioksidant,

alkaloidlar.

Rozmarin

(Rosmarinus) — labguldoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi

bo‘lib, efir moyli ekin xisoblaniladi. Oʻrta dengiz havzasida o‘simlikning 1—3 turi

o‘sadi. Ushbu o‘simlik doim yashil buta. Boʻyi 1,5–2 m cha. Bargi va toʻpgulidan

efir moyi olinadigan dorivor

Rosmarinus officinalis

asosan, Yevropa

mamlakatlarida, shuningdek, Qrim va Kavkazda oʻstiriladi. Qalamchasidan,

kamdankam urugʻidan koʻpaytiriladi. 2—3 yillik koʻchatlari ekiladi. Ekilgandan

keyin 2—3yildan boshlab bargi va toʻpguli yigʻib olinadi.

U issiq va quyoshli

mintaqalarda yaxshi o‘sadi.

Bargi va toʻpguli tarkibida parfyumeriya va tibbiyotda

ishlatiladigan 1,5 — 2,5% (quruq moddaga nisbatan) efir moyi, 0,5% gacha

rozmaritsin va boshqa alkaloidlar, ursol va rozmarin kislotalari bor.

Oziq-ovqat

sanoatida Rosmarinus officinalis asosan, turli taomlarga xushbo‘y hid va ta’m

berish uchun ishlatiladi. Ushbu o‘simlikdan

asrlar davomida an’anaviy tibbiyotda

turli kasalliklarni davolash uchun ishlatilgan. Rosmarinus officinalis qadim

zamonlarda dorivor vosita sifatida foydalanishgan. Uning foydali xususiyatlari

to‘g‘risida har bir xalqda turlicha qarashlar bo‘lgan: rimliklar uni xotirani


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 1-son Mart 2025

277

yaxshilaydi deb hisoblashsa, greklar uning yordamida yaralarni davolashgan,

xitoyliklar esa uning yordamida bosh og‘rig‘idan xalos bo‘lganlar. Hozirgi zamon

olimlari esa rozmarinni o‘rganib quyidagi xusisytalarini aniqlashgan u o‘zida juda

ko‘p miqdordagi efir moylarini, А va С guruh vitaminlarini, organizm uchun

kerakli bo‘lgan ko‘plab mikro va makroelementlarni kaliy, kalsiy va natriyni

saqlaydi. Rosmarinusnning quyidagi xususiyatlari ilmiy izlanishlar natijasida

aniqlangan: u bosh, qorin va muskullar og‘rig‘ida yordam beradi; revmatizm,

radikulit va fibromialgiyada yordam beradi; qon bosimi oshishini oldini oladi;

mikrob va zamburug’larga qarshi kurashadi; antioksidant vositasini bajarib,

miyadagi qarilik belgilari paydo bo‘lishini sustlashtiradi.

Xulosa qilib aytganda

Rosmarinus officinalis

- bu nafaqat go‘zal o‘simlik,

balki organizm uchun zaruriy ko‘plab foydali xususiyatlarga ega, tabiiy davolovchi

moddalarga boy bo‘lgan o‘simlikdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

1.O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000 yil.

2. Usmanova T.E., Usmonov S.X., Ferg‘ona shahrida “Yashil makon”

umummilliy loyihasini amalga oshirilishida manzarali o‘simliklardan samarali

foydalanish. 2023/7-son. NamDU. Ilmiy xabarlar. 232-b.

3. Qayimov A.Q. Berdiyev E.T., Hamroyev H.F., Turdiyev S.A. Dendrologia -

Toshkent, -«Fan va texnologiyalar», 2015.

4. C. M. S. Z. Verma et al. (2015). “The potential of Rosemary (Rosmarinus

officinalis) as a natural food preservative.” Journal of Food Science.

5. Mamatqulova S.A., Usmanova T.,E., Asqarov I. R. Determination of the

amount of flavonoids in paulownia and rosmarinus plant leavers. /20243-son.

FarDU. Ilmiy xabarlar. 39-41b