Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 5-son May 2025
139
YОSHLARNI TO’G’RI KASB TANLASHGA YO’NALTIRISH
HAYOT SIFATINI OSHIRISH
Javliyeva Baxtnisa Bobomuratovna
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani 97-maktab amaliyotchi psixologi
ANNOTATSIYA Yoshlarni to’g’ri kasb tanlashlari va o’z sohasining yetuk
mutaxassislari bo’lishlarida kasblarning inson oldiga qo’yadigan talablarini
bilish muhimdir. Mazkur maqolada har qanday kasb egasi o’z sohasini to’g’ri
tanlay olishi uchun qanday kasbiy va shaxsiy talabalarni bilishi lozimligi masalasi
keng tarzda tahlil etilgan. Shuningdek, hayot sifatini oshirishda soha egasining
o’zi bajarayotgan faoliyatidan qanchalik darajada qanoat hosil qilishi, o’z
hayotidan mamnunlik darajasi ham muhim ekanligi asoslangan.
Kalit so‘zlar: o’quvchi, faoliyat, kasb maorifi, kasbiy maslahat, kasbiy
saralash, kasbiy moslashish..
KIRISH
Bugungi kundagi islohotlarning asosiy maqsadi ham yurtimizda
yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilishdan
iboratdir. Shu jihatdan ham ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni
tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy istiklol g’oyasini o’zida
mujassam etgan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimiz siyosatining ustuvor
yunalishlaridan biri hisoblanadi. Ijtimoiy taraqqiyotni ro’yobga chiqarish uchun
mamlakatda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularni jahon standartlari
darajasiga ko’tarmoq lozim. Fan va texnikaning bugungi kun taraqqiyotiga javob
berish uchun keng saviyali, bilimdon, o’z kasbining fidoiy kishisini kamol toptirish
orqali davlatimizda bozor iqtisodiyotiga bardosh beradigan raqobatbardosh kasb
egalarini shakllantirish lozim bo’ladi. Toki ular davr talablariga og’ishmay javob
beradigan, qiziqishi keng, malakasi mustahkam, xotirasi barqaror, fikr yuritishi
puxta, izlanuvchan, mehnatsevar, vatatparvar, iymon-e’tiqodli insonlar bo‘lib
voyaga yetishsin. O’quvchi-yoshlarlarni kasbiy faoliyatga to’g’ri yo’naltirish va
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 5-son May 2025
140
ta’lim samaradorligini oshirishda yuqori natijalarni beradigan uslublardan
foydalanish muhim omillardan hisoblanadi. Yosh mutaxassislarga pedagogik-
psixologik bilimlar, uslubiy ko’rsatmalar berish bilan birgalikda, jamiyatda mavjud
bo’lgan turli kasblar haqida ham keng qamrovli bilimlar berish maqsadga
muvofiqdir. Kasblar to’g’risida keng malumotlar berish va kasbiy shakllanishni
ta’minlashga to’siq bo’luvchi bir qator omillarni ham o’z o‘rnida yoshlarga
singdirib borish lozim:
1. Mutaxassislarga qo’yiladigan kasbiy va shaxsiy talablarning o’sib
borayotganligi.
2. Kasb tanlashga sabab bo’luvchi omillarning davriy xarakterga egaligi va
kasblar to’g’risidagi ijtimoiy ideallarning yagona me’yorining mavjud emasligi.
3. O’spirin kasbiy tasavvurlarining ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarga va bozor
munosabatlariga hamohang o’zgarayotganligi hamda kasb-hunar va tegishli
mutaxassislik yo’nalishlari o’rtasidagi tafovutning keskin ortayotganligi.
4. Yoshlarning mutaxassislik yo’nalishlarini tanlashlarida aniq tasavvurga,
maqsadga, faoliyat yo’nalishiga va istiqbol rejalarini belgilash qobiliyatiga ega
emasligi va boshqalar. Demakki, yoshlarni kelajakda mutaxassis sifatida o’zlarini
teranroq tasavvur qilishlari va egallayotgan kasbiga xos-mos sifatlarni
shakllantirishda pedagoglar va amaliyotchi psixologlarning o’rni kattadir.
Yoshlarga ertangi kunda o’z faoliyatlaridan qoniqish hissini paydo qilishlari
hamda o’z hayotlaridan mamnun yashashlari bugungi kundagi kasbni to’g’ri tanlay
olishlariga bog’liqligini anglata olishlari lozim. Shundagina har bir inson har
tomonlama sifatli hayot kechirishi va mavjud to’siqlarni osonlikcha yengib o’tishi
mumkin bo’ladi. Natijada sohaning rivoji ancha tezlashadi. Bu esa jamiyat
ravnaqidan dalolatdir. Mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimida olib borilayotgan
keng qamrovli islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri yoshlarni chuqur bilim
olishlari, iste’dodlarini ro’yobga chiqarishda har tomonlama qo’llab-quvvatlash,
shu bilan birgalikda ularning mustaqil hayotga tayyorlash ko’nikmalarini ham
shakllantirib borish ta’lim tizimining ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.
Kasb tanlashga yo’naltirish davlatning chora-tadbirlari tizimidan iborat bo’lib
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 5-son May 2025
141
shaxs tomonidan tanlanadi va quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: - maktabda
kasbiy ma’lumotlar berish; 877 -kasb- hunar maorifi bilan shug’ullanish: - radio,
televidenie, kino, matbuotda tashviqot qilish; - kasb yuzasidan maslahatlar; -
kasbga saralash (qobiliyatiga binoan); - kasbga moslashish (adaptatsiyalash).
Kasbning mazmunini va mohiyatini tushunmaslik o’quvchilarda tanlagan kasbiga
munosabatining salbiylashishiga olib keladi. Bunday holatning oldini olish uchun
quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
- O’quv materiallarini, umuman ta’limni hayot bilan bog’lash.
- Ma’lumotlarni o’zlashtirishda shaxsiy faollikni shakllantirish.
- O’tgan bosqichdagi faoliyatdan qoniqish va kelgusi faoliyat uchun ijobiy
zamin hozirlash.
- Istiqbol rejani muvofiqlashtirish va yosh bosqichining yuqorilashuviga
qarab buni takomillashtirib borish.
- O’quv-uslubiy qiyinchilik bilan shaxsiy nomurosasizlik belgilari o’rtasidagi
uzviylikni yo’qotish.
- Kasbiy faoliyat hayotning muhim qismi bo’lib, ishdagi muvaffaqiyatlar
o’ziga ishonishga yordam berishligini inobatga olish.
Kasb tanlash jarayoni ijtimoiy ahamiyat kasb etsa-da, lekin uning ortida
jismoniy individual (yakkahol) shaxs turadi. Shu boisdan ham har bir kasb
tanlovchi shaxsiyatiga individual munosabatni amalga oshirish zarur. Buning
uchun kasb tanlovchining yosh va jins xususiyatlariga binoan kasb maorifini
amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bunda birinchi navbatda shaxsning kasbiy
ehtiyoji, motivi, layoqati, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish lozim bo’ladi.
Kasb maorifi - bu o’quvchilarni kasbning mohiyati bilan, har bir kasbning shaxs
oldiga qo’yadigan talablari bilan tanishtirishdan iborat ta’sirchan axborotlar
majmuasidir. Ma’lumotlarning aniqligi, to’liqligi, xususiy va ijtimoiy ahamiyati
ifodalanganligi bilan boshqa tarkiblardan ajralib turadi. Kasb maorifi insonning
yoshi, jinsi, saviyasiga ko‘ra xilma - xil tarzda amalga oshiriladi, shakllari esa
verbal va noverbal, kuzatuv va tanishuv, ko’rgazmali va grafik, uchrashuv kabi
ko’rinishlarga ega. Kasbiy maslahat - kasbga yo’llashning mohiyatini inson ongiga
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 5-son May 2025
142
chuqurroq singdirish uchun, shaxsning ishtiyoqi va qobiliyatlariga mos kasb -
hunar (ixtisos) tanlashi uchun muhim ob’ektiv va sub’ektiv shart - sharoit yaratish
jarayonidir. Kasb egallovchi (tanlovchi) ehtiyoji, o‘qituvchi (murabbiy)ning
kasbiy mas’uliyatidan kelib chiqqan holda ilmiy - amaliy xususiyatli yo’llanmalar
berish jarayonidir. 878 Maslahat o’zining maqsadga yo’nalganligi, izchilligi,
ob’ektivligi, axborotlar bilan to’yinganligi bilan boshqa asosiy qismlardan keskin
ajralib turadi. Kasbiy saralash - muayyan kasbni muvaffaqiyatli ravishda egallab,
o’z oldiga qo’ygan fuqarolik (xususiy) burchini yuqori saviyada ado eta biladigan
shaxslarni ajrata olishdan iborat jarayondir. Kasbiy bilimlar, shakllangan ma’lum
ko’nikmalar, malakalarga asoslangan holda tekshirish me’zonlariga suyanib,
omilkorlik bilan oqilona saralash o’tkaziladi. Kasbiy moslashish - yosh kasb
egalarining va mutaxassislarning kasbiy faoliyatga, uning shart sharoitlariga,
talablariga muvaffaqiyatli ravishda moslashish (bir necha bosqichlardan iborat)
jarayoni tushuniladi. Kasb mohiyatiga kirishish, bilimlar, ko’nikmalar, malakalar
bilan tanishish, ularni egallash uchun oqilona usullar tanlash, ulardan amaliyotda
unumli foydalanish, shart-sharoitlarga odatlanish, mahorat qirralarini o’zlashtirish
kabi muhim qismlar moslashish tarkiblarini tashkil qiladi.
Umumiy o’rta maktab o’quvchilarining hammasi ham kasb tanlashga
kelganda oqilona va to’g’ri yo’l tutadi, deb bo’lmaydi, albatta. Ulardan ba’zilari
tavakkaliga ish tutsalar, ayrimlari ota - ona kasbini tanlaydilar yoki ko’zga
tashlanib turgan yaqqol namunalarga taqlid qiladilar, ba’zan esa sevimli kishilari
izidan borishni mo’ljallaydilar. Ko’pchilik o’quvchilar maktab ta’limi
jarayonidayoq fan asoslarini egallab, muayyan tasavvur hosil qiladilar, o’zlari
yoqtirgan kasb-hunarlar haqida o’ylaydilar. Maktab o’quvchilarining mayllari,
havaslari, intilishlari, xohishlari, motivlari, ezgu-niyatlari xususan kasbkorga
bo’lgan qiziqishlari, motivlari, ehtiyojlari tug’ilishi psixologiya fanining shaxs
muammosi bilan uzviy bog’liqdir. O’quvchilarning idividual tipologik
xususiyatlari, yoshi va jinsini hisobga olgan holda ularning har birini oqilona
kasbga yo’llash shaxs psixologiyasining muhim vazifalaridan biridir. Bu
vazifalarni bajarish uchun mutaxassislar keng jamoatchilik bilan birgalikda kasbga
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 5-son May 2025
143
doir bilimlarni keng tashviqot qilishlari, kasb tanlashga oid yo’l-yo’riqlari va
metodlar ishlab chiqishlari, kasb tanlash maslahatlari rasmiy shaxobchalarini
kengaytirilishi, professiogramma, professiografiya, psixogrammalar ko’lami
orttirilishi lozim. Kasb tanlash faoliyatini oqilona tashkil etish uchun
mamlakatimiz qaysi soha mutaxassislariga muhtojligini nazarda tutish va shunga
yarasha maktab o’quvchilarini ularning mayli, intilishi, qiziqishi, imkoniyati, aqliy
va jismoniy qobiliyatlariga qarab, hamda u yoki bu kasbga yaroqliligini aniqlab,
so’ngra kasbga yo’llash lozim bo’ladi. Buning uchun oilada farzandnlarni tug’ilgan
onlaridanoq uning o’ziga xos individualligini, layoqati va qobiliyatlarini o’rganish
talab etiladi. Bu ishda ota-onalar ko’magidan foydalaniladi. Maktabgacha ta’lim
tashkiloti mutaxassisi yordamida bolaning rivojlanayotgan qobiliyati aniqlanadi.
Boshlang’ich sinflardanoq o’quvchining qiziqish va qobiliyatlarini to’g’ri
tashxislanib, kasbga yo’naltirish ishlariga asos solinadi. Yoshlarning kasb-hunar
tanlashi esa asosan o’rta maktabdan boshlanadi, shunga ko’ra o’quvchilar kichik
jamoasi bilan psixologlar oldida turli yosh va turli jinsdagi maktab o’quvchilarini
kasbga qiziqtirish, mehnat qobiliyatlarini rivojlantirish, ichki imkoniyatlarini ishga
solish (o’zini-o’zi namoyon etish) kabi muhim vazifa turibdi. Maktabda olib
borilayotgan kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis
ishlarining samarasi bevosita kasb-hunarga yo’naltiruvchi mutaxassis va psixolog
mutaxassisning olib borayotgan ishlari ko’lami, saviyasi va malaka ko’rsatkichi
hamda faoliyatining aniqligiga ko’p jihatdan bog’liqdir. O’quvchilarni mustaqil
mehnat faoliyatiga puxta tayyorlash va ularning kasbhunarini o’z qobiliyatlariga
yarasha to’g’ri tanlashlariga erishish uchun maktab o’qituvchilarining pedagogik
mahorati, bilim saviyasi, didaktik (shuningdek, akademik, tashkilotchilik,
pertseptiv va h.k.) qobiliyatlari yuksak bo’lishi, fan asoslarini turmush bilan
bog’lab o’rgatilishi, to’garak va qo’shimcha, yordamchi kurslar oqilona
uyushtirilishi, maktablarda kasb-hunar to’g’risida ma’ruzalar o’qilishi, suhbatlar,
munozaralar o’tkazilishi, sayohatlar, uchrashuvlar, kasb-hunar fotoko’rgazmalari
tashkil qilishlari zarur bo’ladi. Ilk o’spirinlar va katta o’smirlarning kasb tanlashi
katta hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan ham shaxsiy, ham ijtimoiy muammo
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 5-son May 2025
144
bo’lganligidan bu jarayonda ota-onalar, jamoatchilik va turli kasb ustalari, barcha
pedagoglar faol qatnashishlari kerak, chunki yoshlar ko’p hollarda kattalarning
maslahatlari va tavsiyalarini hisobga olgan holda qat’iy bir fikrga, qarorga
kelishlari mumkin. Maktab o’quvchilari kasb tanlash borasidagi o’z qarorlarini
ko’pincha har tomonlama asoslab bera olmaydilar, biroq ularning ko’pchiligi bu
masalaga ongli ravishda yondashishga intiladilar. Maktab kasb-hunarga
yo’naltiruvchi mutaxassisi tomonidan o’quvchilarni kasbiy qiziqishlarini
rivojlantirish, kasblar haqidagi ma’lumotlarni to’liqroq anglab yetishi shuningdek,
ularning kasb tanlashdagi reallikni vujudga keltirish maqsadida maktabda ilg’or
kasb egalari, kasb faxriylari, kasb sulolalari bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari,
kechalar va ma’ruzalar tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Ushbu tadbirlar
o’quvchining shu kasbga bo’lgan qiziqishini yanada qat’iylashishini vujudga
keltiradi. O’spirinlar kasb tanlash to’g’risida yaqqol tasavvuriga ega
bo’lmaganliklaridan ko’proq xatoga yo’l qo’yadilar. Tanlangan yoki tanlanishi
zarur bo’lgan kasb undan qanday shaxsiy fazilatlarini talab qilishini tushunib
yetmaydilar. Ular o’z layoqatlarini oqilona baholashga qurbi yetmaganligi uchun
u yoki bu kasbni egallaganda qanday tezlikda va aniqlikda harakat qilishligini,
sezish va idrok qilish xususiyatlarini, asab tizimining muvofiqlashishi
mumkinligini bilmaydilar. Shuning uchun ham ko’proq hatolarga yo’l qo‘yadilar.
Biroq hozirgi davrda bunday ko’ngilsiz xolatlarning oldini olish imkoniyatlari
mavjud. Buning uchun quyidagi pedagogik - psixologik va ijtimoiy xususiyatli
umumiy tomonlarga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o’quvchilarini
kasbhunarga tayyorlash chora-tadbirlari to’g’risida” (O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 avgustdagi 425-sonli Qarori. Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022 y., 09/22/425/0712-son)
2. Qodirov B.R., Qodirov K.B. Kasbiy tashxis metodikalari to’plami.
Amaliyotchi psixologlar uchun metodik qo’llanma.T.2003 yil.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 5-son May 2025
145
3. Khimmataliev D.O., Khakimova M.F., Beknazarova Z.F., Abdullayeva
R.M., Minlishev R.Z. Formatuon of professional competence of students of
technical universities through interdisciplinary integration. University Press
Journals. November 21, 2019.422-424.
4.
Abdullayeva
R.M.
REQUIREMENTS
FOR
CHOOSING
A
PROFESSION. International Journal of Early Childhood Special Education (INT-
JECSE) DOI:10.9756/INTJECSE/V14I6.269 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 06
2022. 2150- 2153. 883
5. F.R.Abduraxmonov, Z.E.Abduraxmonova. Kasb psixologiyasi . Darslik. T.
2018. 176 b.
6. Abdullayeva R.M. Yoshlarni to’g’ri kasb tanlashga yo’naltirish ijtimoiy
voqelik sifatida. Journal of Advanced Research and Stability Volume: 02 Issue: 11
| Nov - 2022 ISSN: 2181-2608. 436-438 b. www.sciencebox.uz.