Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 5-son May 2025
129
BOLALARDA HISSIY EMOTSIONAL HOLATLAR HAMDA
SEZGILARNING SHAKLLANISHI
Erkaboyeva Shohsanam Shamsiddinovna
Fargʼona viloyati Dangara tumani MMTB tasarrufidagi 6-umumiy ta'limi
maktabi amaliyotchi psixologi
Madalieva Muslima Muxammadovna
Fargʼona viloyati Dangara tumani MMTB tasarrufidagi 8-umumiy ta'limi
maktabi amaliyotchi psixologi
Annotatsiya: Ushbu maqolada sezgi qobiliyatlari haqida fikrlar keltirilgan.
Shuningdek, maktab o’quvchilari orasida sezgilarining psixologik xususiyatlari
kengroq ochib berilgan. Bugungi kunda o’quvchilarning rivojlanishida turli xil
foydalanish kerakligi ham nazarda tutilgan.
Kalit so’zlar: sezgi, ko’rish, eshitish, qobiliyat, maktab, o’quvchi, xotira,
qobiliyat, layoqat, iqtidor
KIRISH
Sezgi qobiliyatining ba’zi turlari insonda ona qornidaligi davridayoq
birmuncha shakllanadi hamda tug’ilgandan keyin vaqt o’tishi, o’sib-ulg’ayishi,
ichki va tashqi omillar ta’sirida yanada mustahkamlanadi. Eshitish sezgisi orqali
biz atrofimizda kechayotga voqea-hodisalarni eshitamiz, anglaymiz, fikr yuritamiz
va munosabat bildiramiz. Bizning bunday munosabatimiz tashqi omillarga
nisbatan befarq emasligimizni bildiradi. Insonlarda sezgi qobiliyati asosan,
maktab yoshidagi bolalarda juda faol rivojlangan va ma’lumotlarni ko’rish,
eshitish va yozish orqali tez qabul qiladi va xotirada juda uzoq muddat, balki,
keksa yoshigacha saqlanib qolish xususiyati bilan juda ahamiyatlidir.
“Sezgi deb - atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a'zolarimizga
bevosita ta'sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda
aks ettirilishini aytamiz.”
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 5-son May 2025
130
Ko’rish va eshitish sezgisi eng yuksak rivojlangan sezgilar qatoriga
kiritiladi. Maktab o’quvchilarida ko’rish sezuvchanligi va bitta ko’rgan narsasini
xotirada saqlab qolish qobiliyati katta yoshli insonlarga nisbatan ancha yaxshi
rivojlangan.
Butun bir dars mobaynida doskaga yozilgan ma’lumotlar o’quvchi
xotirasiga ko’rish orqali hamda o’qituvchi leksiyasini eshitish orqali qabul qilinadi
va saqlanadi. Universitet talabalaridan farqli ravishda maktab o’quvchilarida
xotira tiniq va ko’p ma’lumotni qabul qila olish xususiyatiga ega bo’ladi.
“Analizatorlarning o‘zaro munosabati va mashq qilish natijasida
sezuvchanlikning ortishi sensibilizasiya deb ataladi. Masalan, mashq qilish
natijasida musiqa bilan shug‘ullanadigan bolalarda past, baland ohanglarni
eshitish qobiliyati rivojlanib boradi.” [Umumiy psixologiya. B.Turakulov, Termiz,
2018, 58 b]. Chindan ham shunday, maktab yoshidagi bolalarda boshlang’ich
tarzda alifbo o’rgatiladi, keyin sekin-sekin qo’shib yozishni va gaplar, matnlar
yozish ko’nikmalarini shakllantiriladi. Hamda keyin kuzatishimiz mumkinki,
ularga og’zaki diktant aytilganda ular bemalol yoza oladi, negaki ularning eshitish
sezgirligi va xotiradagi yuklangan ma’lumotlari yordam beradi.
Muhim voqealarga odamlar turlicha munosabatda bo'lishadi. Ba'zilar ularga befarq
bo'lishadi, boshqalar esa shubha, qo'rquv yoki kuchli xavotirni boshdan
kechirishadi.Emotsiyalar - bu murakkab jarayon bo'lib, u obyektning atrof-muhitga
yoki o'ziga bo'lgan munosabatini ifodalaydi. U tasniflashga ega bo'lib, ruhiy
tabiatga ega.Ijobiy reaktsiya qo'zg'atuvchiga javoban kutilgan natijalar natijasida
yuzaga keladi. Salbiy reaktsiya o'ylangan va haqiqiy o'rtasidagi nomuvofiqlik
sifatida qabul qilinadi.
Emotsiyalar turlari
Quyidagi ruhiy reaksiya turlari ajratiladi:
•
quvonch;
•
qayg'u;
•
azob;
•
nafrat;
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 5-son May 2025
131
•
jirkanish;
•
stress;
•
qo'rquv;
•
umidsizlik (ongning izdan chiqishi).
Ko'pincha emotsional holat, masalan, quvonch, tashqaridan kelayotgan ma'lumot
bilan bog'liq. O'z ehtiyojlarini qondira olmaslik yoki ularni amalga oshirishga
to'siqlar paydo bo'lishi azob va g'azabni keltirib chiqaradi.Nafrat nopok odamlar
yoki energiya, motivatsiya va qadriyatlarini yo'qotgan subyektlar bilan o'zaro
aloqada paydo bo'ladi. Qo'rquv yaqinlashib kelayotgan xavf haqida ma'lumotga
javoban paydo bo'ladi.
Quyi va yuqori.
Ishonch darajasiga ko'ra, quyidagi ruhiy jarayonlar ajratiladi:
•
quyi;
•
yuqori.
Oddiy ruhiy reaktsiyalar fiziologik ehtiyojlar bilan bog'liq va instinktlar bilan
chambarchas bog'liq.
Masalan, ularga quyidagilar kiradi:
•
ko'ngil aynishi;
•
chanqoqlik;
•
ochlik.
Yuqori ruhiy holatlar ijtimoiy faoliyat jarayonida yuzaga keladi. Ular
murakkab tarkibi va boy mazmuni bilan tavsiflanadi. Ushbu hissiyotlar o'zaro
chambarchas bog'liq va shaxsiyatning asosini tashkil etadi.
Biz maktabga bolalarni qabul qilish jarayonida ularning aqliy faoliyati va
iqtidorini, sezuvchanlik qobiliyati va intilishini inobatga olgan holda qabul
qilishimiz kerak deb o’ylayman. Chunki bir xil yoshdagi bolalarning hammasi
ham bir xil aqliy imkoniyatga va iqtidorga ega emas. Ulardagi sezgi organlari va
ma’lumotlarni qabul qilish jarayonlari ham har xil. Bitta mavzu matni doskaga
yoziladi va o’quvchilarga ko’chirib yozish vazifasi beriladi. Bitta sinfda o’rtacha
25 nafar o’quvchi bo’ladigan bo’lsa, ulardagi ma’lumotni qabul qilish qobiliyati,
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 5-son May 2025
132
ko’chirib yozish tezligi, bilim ko’nikmasi ham har xildir. Ko’pchilik sinflarda
orqada qoladigan, o’zlashtirishi qiyin bo’lgan o’quvchilar ham bo’ladi.
Pedagoglar ular bilan alohida yoki ko’proq ishlashlari, mashg’ulotlar olib
borishlari maqsadga muvofiq bo’ladi.
Sezgilarning rivojlanishida o’spirinlar psixologiyasi bilan bog’liqlik jihati
mavjud. Yaratilgan shart-sharoitlar ostida o’spirinning aqliy va axloqiy jihatdan
o’sishiga o’ziga xos sifatlar va fazilatlar namoyon bo’ladi. Yuqori sinf
o’quvchilari o’zlarining sezgi qobiliyatlarining o’sishi natijasida ijtimoiy hayotda
faollikka harakat qiladilar, dolzarb muammolarni hal qilishda ishtirok eta
boshlaydilar.
Ularning ijtimoiy hayotda faol qatnashishi, ta’lim jarayonining ongida
yanada rivojlanishi dunyoqarashining kengayishiga, sezgi qobiliyatining yanada
ortishiga, qiziqishlarning ko’payishiga, yuksak insoniy tuyg’ularning vujudga
kelishiga, bilimni o’zlashtirishga ijodiy yondoshishning kuchayishiga olib keladi.
Maktab yoshidagi bolalarning sezgi qobiliyatlari yanada shakllanishi ularning
oilada, maktabda mehnat va aqliy faoliyati ortishida, fanlarni o’zlashtirish ko’lami
kengayishida hamda mustaqil hayotga qadam qo’yishida muhim ahamiyat kasb
etadi.
Maktab yoshidagi bolalarning sezgi qobiliyatlari har xil rivojlanish
bosqichida ko’rinadi va namoyon bo’ladi. Sezgilarning ahamiyatli jihatini ular
o’rtasida turli xildagi psixologik testlar, o’yinlar o’tkazish orqali bilib olishimiz
mumkin.
O’quvchilardagi o’qishga bo’lgan layoqatini yanada oshirish uchun ularga
o’z o’rnida rag’bat ham berish kerak. O’quvchilarning iqtidori va sezgi layoqati
atrof-muhit ta’sirida shakllanadi, rivojlanadi. Yaxshi muhit va tarbiya bo’lsa
ulardagi qobiliyatlar o’sib boradi. Agar noqulay va nosog’lom muhit hukmronlik
qilgan joyda tarbiyalansa, undagi bor bo’lgan iqtidor ham so’nadi, rivojlanishdan
to’xtaydi.
XULOSA
Shuning uchun har bir ota-ona farzandiga o’rnak bo’lishi va o’z o’rnida
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 5-son May 2025
133
sog’lom muhitni, shart-sharoitni yaratib berishlari kerak, nazarimda. Pedagoglar
va ota-onalar o’quvchilardagi iste’dod va sezgi qobiliyatlarning rivojlanishini
vaqtida anglagan holda ularga to’g’ri yo’nalish berishlari kerak.Jamiyatimizda
malakali kadrlarning yetishib chiqishlari, ularning vatanimiz taraqqiyotiga
munosib hissa qo’shishlari uchun, avvalambor, maktab bosqichining metodik
jihatdan mustahkamlanishiga, o’quvchilarga sifatli va to’g’ri ta’lim-tarbiya
berilishiga katta ahamiyat qaratishimiz kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Umumiy psixologiya. E.G’oziyev. T, 1994.
2.
Umumiy psixologiya. F.Xaydarov, N.Xalilova. T: 2010.
3.
Umumiy psixologiya. B.Turakulov, Termiz, 2018.
4.
Амирқулович, Ҳ. С. (2021). ЎЗБЕКИСТОН ТАРИХИ ФАНИНИ
ЎҚИТИШДА
ТАСВИРИЙ
САНЪАТ
АСАРЛАРИДАН
ФОЙДАЛАНИШНИНГ
ЎЗИГА ХОСЛИГИ. Scientific progress, 1(3).
5.
Амирқулович,
Ҳ.
У.
(2021).
ТАРИХ
ДАРСЛАРИНИ
САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШДА МИНИАТЮРАЛАРДАН
ФОЙДАЛАНИШНИНГ ЙЎЛЛАРИ. Scientific progress, 1(3).