Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 5-son May 2025
101
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING BILISH
JARAYONLARI RIVOJLANTIRUVCHI OMILLAR.
Nurmatov Xusan Jabborovich
Sirdaryo viloyati Xovos tumani 8-maktab psixologi
Eraliyev Muzaffar Usmonovich
Sirdaryo viloyati Xovos tumani 10-maktab psixologi
Alovboyeva Yodgora Shodiyarovna
Sirdaryo viloyati Xovos tumani 18-maktab psixologi
Anatotsiya: Boshlang’ich sinf o’quvchilarining bilish jarayonlarini o’ziga
xos tomonlari, maktab o’quv jarayoniga moslashishi, diqqati, xotirasi, tafakkurini
rivojlantiruvchi omillar.
Kalit so’zlar: “Men”, o’z-o’ziga baho, temperament, ijtimoiylashuv,
empatiya, agressiya, xulq-atvor, tasavvur, altruistic, rol o’ynash.
Maktabga ilk tashrif buyurgan bolalar serharakat, yugurib charchamaydigan,
lekin yozuv mashqlaridan tez toliquvchan bo’ladilar. Shu sababli 1-2 sinflarda
yozuv topshiriqlari juda ko’p bo’lmasligi kerak.darslar orasiga asosan o’yin
mashg’ulotlarini qo’shib yuborish va yana izchillik bilan dars jarayoniga ulab
yuborish maqsadga muofiq. Birinchi sinfda bolalarda uchraydigan asosiy
qiyinchiliklar quyidagilar:
1. Kun tartibi bilan bog’liq qiyinchiliklar. O’quvchi dars va uy vazifalarini
bajarishi bilan bog’liq yangi kun tartibiga o’rganishi lozim. Buning uchun kattalar
bolaga qo’yiladigan yangi talablarni tushuntirishlari va ularning bajarilishini
nazorat qilishlari lozim.
2. Muloqot bilan bog’liq qiyinchiliklar bo’lib, ular o’qituvchi bilan,
sinfdoshlari bilan yangicha munosabatlar o’rnatilishi zaruriyati bilan bog’liqdir.
3. Bu qiyinchiliklarni o’quvchilar o’quv yilining o’rtalarida his qila
boshlaydilar. Birinchi sinf o’quvchilarida odatda maktabning tashqi atributlariga
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 5-son May 2025
102
qiziqish mavjud bo’lib, o’quv materialining mazmuniga qiziqish esa zaif
shakllangan. Shu sababli o’quvchida o’qishga qiziqish yo’qolishi, maktabga
borishdan bosh tortishi mumkin. O’qituvchi o’quvchilarga aktiv intellektual
harakatlarni talab qiladigan masalalar berish , oddiy yodlashni talab qiladigan
masalalarni iloji boricha kamaytirish kerak.
Mazkur yoshdagi bolalar o’z idroklarining aniqligi, ravonligi bilan ajralib
turadilar. Buni ularda birinchi signal sistemasining ustunligi bilan izohlash
mumkin. Ta`lim jarayonida o’quvchilar idroki perqeptiv faoliyat darajasiga
ko’tariladi. Birinchi va ikkinchi sinflarda o’quvchilarning diqqati etarli barqaror
emas. 3-4-sinf o’quvchilari esa butun dars davomida o’z diqqatlarini saqlab tura
oladilar. Lekin ular uchun ham dars davomida qisqa tanaffuslar foydalidir.
Bolalarda birinchi signal sistemasi ustun bo’lganligi sababli mantiqiy xotiradan
ko’ra ko’rgazmali-harakatli xotira muhimroq rol` o’ynaydi. Ta`lim jarayonida
o’quv materiallarining ma`nosini, turli mulohazalarni ilmiy asoslarni eslab qolish
va esga tushirish orqali o’quvchilarda mantiqiy xotira takomillashadi. Uning
rivojlanishi ko’p jihatdan o’quvchilar aqliy faolligining darajasiga bog’liq. Kichik
maktab yoshdagi tafakkurning xususiyatlaridan biri narsalarning ba`zi belgilari
doimiyligini payqab olmaslikdir. Bolalar tafakkurining bu xususiyatini
shvetsariyalik J.Piaje o’rgangan. Narsa va hodisalarning xossalari, qonuniyatlariga
ko’ra muhim belgilarga asoslanib umumlashtirish xususiyati esa keyinroq
shakllana boshlaydi. Bolalar ancha vaqtgacha predmetlarning muhim va nomuhim
belgilarini ajrata olmay qiynaladilar. Shuning uchun tushunchani to’g’ri
umumlashtirish usullarini o’rgatish kerak.
Bu yoshda yetakchi faoliyat o’quv faoliyati bo’lib, ta`lim jarayoni psixikada
yangi xususiyat va sifatlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.
1. Xatti-harakatlarning ixtiyoriy xususiyat bo’lib, o’quvchi ishlarini avvaldan
rejalashtirish, ongli ravishda faoliyat maqsadlarini tanlashni o’rganadi.
2. O’quvchi biror masalani echish davomida har bir harakatning tartibi,
variantlarini qidiradi, masalaning hal qilinishini nazorat qiladi, ya`ni o’quvchi
xatti-harakatlarini ichki planda bajarishni o’rganadi.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 5-son May 2025
103
3. Bola o’z xatti-harakatlarini va xulq-atvorini boshqalar bilan taqqoslaydi,
o’zini xolis baholashni o’rganadi, ya`ni refleksiya rivojlanadi.
Bu yoshda xulq-atvorning axloqiy normalari intensiv shakllana boshlaydi.
Kichik yoshdagi o’quvchilar bu normalarni o’zlashtirish uchun psixologik jihatdan
tayyor bo’ladilar. O’qituvchi ulardagi ijobiy axloqiy sifatlarni rahbatlantirishi,,
salbiylari shakllanishining oldini olishi zarur. Bu yosh davridagi bolalarning o’zaro
munosabatlari asosan tashqi hayotiy shart-sharoitlar va tasodifiy omillar bilan
belgilanadi. Lekin o’qituvchi ular uchun eng asosiy referent shaxs sifatida idrok
qilinadi.
Bolaning aqliy rivojlanish jarayoni idrok bilan boshlanadi. Ob'ektlar va
sezgilarni manipulyatsiya qilish orqali sensorli ma'lumotlar bolaning miyasiga
kiradi. Bola rang-barang raqamlarni ko'radi, yumshoq o'yinchoqlarga tegadi,
barcha buyumlarni anglaydi. Qabul qilingan hislar to'planadi va keyinchalik
sifatida foydalanish uchun saqlanadi. Idrokning rivojlanishi maktabgacha yoshdagi
bolani muhim yutuqlarga olib keladi. Bular:
- atrofdagi ob'ektlarni o'rganish asosida eng muhim xususiyatlarni aniqlash;
- hissiy me'yorlarni shakllantirish va ulardan foydalanishni o'zlashtirish;
- fazoviy orientatsiyani shakllantirish, chuqurlik, balandlik va boshqa
tushunchalar;
- vaqtni idrok etish va vaqt oraliqlarida orientatsiya;
- san'at asarlarini idrok etish qobiliyati kabilar.
Shuni ham aytib o’tish kerakki, fan-texnika mislsiz rivojlangan bizning
hozirgi zamonamizdagi yaratilayotgan, xayratda qoldiradigan narsalar bolalarga
go’yo bir mo’jizadek ko’rinadi. Natijada ular ham o’zlarining turli o’yinlari
jarayonida o’xshatma qilib har xil hayoliy narsalarni o’ylab chiqaradilar (uchar ot,
mashina odam, gapiradigan daraxt kabi). Bundan tashqari, bolalarning turli hayoliy
narsalarni o’ylab chiqarishlari yana shuni bildiradiki, ular o’zlarining har turli
o’yin faoliyatlarida faqat atroflaridagi bor narsalarni emas, balki ayni chog’da
ehtiyojlari talab qilayotgan narsalarni ham aks ettiradilar. Bolalarning o’yin
faoliyatlarida har xil hayoliy va afsonaviy obrazlarni yaratishlaridan shunday
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 5-son May 2025
104
xulosa chiqarish mumkin: odamning (shu jumladan bolalarning ham) tashqi
muhitdagi narsa va xodisalarni aks ettirish jarayonlari passiv jarayon emas, balki
faol hamda ijodiy, yaratuvchan, o’zgartiruvchan jarayondir. Bolalar o’yin
faoliyatlarining yana bir ajoyib hususiyati shundan iboratki, o’yin jarayonida
bolaning qiladigan xatti-harakatlari va bajaradigan rollari ko’pincha umumiylik
harakteriga ega bo’ladi. Bunda bola o’zining turli-tuman o’yinlarida faqat o’ziga
tanish bo’lgan yolg’iz bir shofyorning, shifokorning, militsionerning,
tarbiyachining, uchuvchining xatti-harakatlarigina emas, balki umuman
shofyorlarning, vrachlarning, tarbiyachilarning hamda uchuvchilarning xatti-
harakatlarini aks ettiradi. Albatta, turmush tajribalari va faoliyatlari doirasi juda
cheklangan kichik yoshdagi bolalar (ba’zan kichik guruh bolalari ham) o’zlarining
o’yinlarida konkret odamlarni va ularning harakatlarini aks ettiradilar. (Masalan,
onasini, dadasini, akasini, tarbiyachisini va shu kabi). O’rta, katta maktabgacha
yoshidagi bolalarning o’yinlarida esa bunday obrazlar umumiylik harakteriga ega
bo’la boshlaydi.
QO’SHIMCHA ADABIYOTLAR:
1. I.A.Karimov. «Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori».
Toshkent. 1997.
2. E.G`oziev. «Psixologiya». Toshkent. «O’qituvchi». 1994.
3. E.G`oziev. «Pedagogik psixologiya asoslari». Toshkent. 1997.
4. E.I.Rogov. “Nastol`naya kniga prakticheskogo psixologa v obrazovaniy”.
5. I.V.Dubrovina. “Individual`nqe osobennosti shkol`nikov”. M: 1875
6. Babanskiy Y. K. «Pedagogika» M. 1988 yil.
7. Munavvarov A. K. «Pedagogika» Toshkent 1996 yil.
8. Avloniy A. «Saylanma» Ikki jildlik. Toshkent., 1999 yil.