Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 5-son May 2025
96
SHAXSNING SHAKLLANISHIDA MULOQOTNING O’RNI.
Boyqobilov Bobomurod Shukurovich.
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani 78-maktab psixologi
Anotatsiya : Shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi muhum omillar , har
bir yosh davrlardagi bolalar psixologiyasi va ular bilan to’g’ri munosabat bo’lish
.
Kalit so’zlar: Individ, shaxs, tarbiya, ekstroversiya, introversiya,
muloqot.Yosh xususiyatlari, oddiy ko’nikmalar.
Shaxsning rivojlanib kamol topishi, hayotning hamma bosqichlarida bir xil
bo’lmay, balki yosh xususiyatlari va hayot tajribalariga qarab har xil bo’ladi.
Tarbiya jarayonida o’sayotgan avlodning yosh va o’ziga xos xususiyatlarini bilish
va hisobga olish juda zarur. Ma’lumki, bir xil yoshdagi bolalarning, o’quvchi-
talabalarning har birini o’ziga xos xususiyatlari, psixik jarayonlari mavjud. Bu
o’ziga xoslik rivojlanish jarayonida yaqqol namoyon bo’ladi. Yosh xususiyatlarini
hisobga olish, bola xususiyatiga moslashish emas, balki shu yosh davrda bola
imkoniyatlarini hisobga olgan holdata’lim va tarbiya ishlarini tashkil etish
demakdir. Shundagina shaxs rivojlanishiga tarbiyaning ta’siri samarali bo’ladi.
Bolalarni o’qitish va tarbiyalashning muvaffaqiyati o’qituvchining har xil yoshdagi
bolalar o’rtasidagi tafovutlarni qay darajada hisobga olishiga bog’liqdir. Shunday
ekan, tarbiyachi maktabgacha yoshdagi va maktab hamda o’rta maxsus va oliy
o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan o’quvchi talabalarning yosh davrlari bilan
xususiyatlarini hisobga olmoqlari lozim. Shaxs, uning xarakteri, xulq-atvori,
umuman jismoniy va ma’naviy taraqqiyotini o’rganish shuni ko’rsatadiki, bu
jarayon murakkab va ziddiyatlidir. Shu sababli rivojlanish jarayoni bir tekisda
bormaydi, balki bunda sakrashlar, notekisliklar hamsodir bo’ladi. Shaxsning har
tomonlama shakllanishida muloqotning ahamiyati katta. Oddiy narsalami o'rganish
uchun ham taqlid orqali o'zaro muloqotda bo'lish zarur. Jamiyat qonun-qoidalariga
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 5-son May 2025
97
asoslangan holda munosabatlar rivojlanadi. Individ bilan shaxs muloqoti o'rtasida
juda katta farqni ko'rish mumkin. Masalan, go'dak, ruhiy kasal, ongi past
rivojlangan kishilarning muloqoti bilan yetuk rivojlangan, ongi yuksak kishining
muloqoti o'rtasida katta farq bor. Ongli shaxs muloqotni boshlashdan avval
miyasida o'ylaydi, so'zlarini rejalashtiradi. Shaxsning jismoniy, aqliy, axloqiy va
estetik rivojlanishida muloqotning o'rni katta. Masalan, axloqiy rivojlanish uchun
oilada, maktabda, bog'chada bolaga kattalar muloqot orqali ta’sir qiladilar.
Shuningdek, estetik, aqliy, jismoniy rivojlantirish uchun o'quvchiga o'qituvchi
muloqot orqali ta’sir etishga harakat qiladi. Demak, muloqot ta’sir qilish vositasi
bo'lib ham xizmat qiladi.
Shaxs muloqotini shakllantirishda uning yoshi, jinsi, kasbi, dunyoqarashini
hisobga olgan holda ish olib borish lozim. Masalan, biz kichik yoshdagi bolalarga
kattalarga nisbatan qo'llaydigan so'zlami ishlatmaymiz. Har bir yosh davriga
kiradigan kishilarga o'ziga xos so'zlar qo'llaniladi. Bunda so'zning ta’sir kuchi
hisobga olinadi. Shaxsning temperament (mijoz) xususiyatlariga qarab muloqot
usullarini qo'llash katta ahamiyatga ega. Shaxsda ko'nikma, bilim, malakalaming
hosil bo'lishida muloqotning o'mi beqiyos. Oddiy ko'nikmalar («to'g'ri o'tir,
qo'lingni yuv, joyingga bor, salom ber») ham muloqot orqali singdiriladi. Shaxs
muloqotining shakllanishida uning tarbiyalanganlik darajasi muhim o ‘rin
egallaydi. Masalan, shaxsga kuchli ta’sir etadigan so'zlarni qo'llasangiz ham u
qabul qilmasligi, sizning bergan ko‘rsatmalaringizga amal qilmasligi mumkin.
Chunki u yoshligidan muomala madaniyatini egallashi kerak. Muloqotning
shakllanishida maqsad to‘g‘ri qo'yilishi lozim. Muloqot ta’lim-tarbiya jarayonida,
turli vaziyatlarda rivojlanadi. Masalan, oilada, mahallada, jamoada, guruhda. Agar
oilada kattalar bir-birlariga qo'pol munosabatda bo'lsalar, bola ham ularga taqlid
qilib atrofdagilar bilan nizolarga borishi mumkin. Har tomonlama rivojlangan,
yetuk, komil inson (shaxs)ni tarbiyalash uchun yoshlarni erkin fikrlaydigan qilib
voyaga yetkazish zarur. Demak, muloqot fikrlash bilan uzviy bog'liq holda
shakllanadi.
Shaxsning shakllanishida muloqotning ahamiyati haqida psixolog olimlar o
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 5-son May 2025
98
‘z fikrlarini bayon qilganlar. Jumladan, psixolog B.G. Ananev «Odam bilishning
predmeti sifatida» asarida bu masalani chuqur tahlil qilgan. U bilimning turli
elementlarini egallash muvaffaqiyatli o ‘zlashtirishning garovi ekanligini
ta’kidlaydi. Bilimlarni egallash muloqot orqali amalga oshirilishini ham uqtirib
o'tadi. Agar kishilar o'zaro bir-birlariga axborot uzatmasalar, tajribalarini muloqot
orqali almashmasalar rivojlanmay qolishlari to'g'risida B.G. Ananev asosli fikrlami
keltiradi. B.G. Ananev fikricha muloqot ijtimoiy va individual holatdir. Shuning
uchun nutq bilan uzviy bog'liq, kommunikativ vazifani bajarishda pantomimika,
imo-ishoralar muloqot shakllari sifatida yuzaga chiqadi.
Demak, olim muloqot tushunchasini umumiy, yosh va pedagogik psixologiya
kabi fanlar uchun chuqur tahlil qilib bergan. Hozirgi paytda mamlakatimizda va
xorijda muloqot muammosiga qiziqish ortib bormoqda. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida ishilarning bir-birlari bilan qiladigan muloqoti katta ahamiyatga ega.
Psixolog olim V.N. Myasishev muloqot masalasiga chuqur yondashgan, uni
o'rgangan. Boshqa olimlar muloqotni nutq kommunikatsiyasi bilan bog'lab
o'rgangan bo'lsalar, V.N. Myasishev muloqotni jarayon sifatida o'rgangan. Ya’ni
shaxslarning bir-biriga muloqot orqali ta’sir ko'rsatishlarini, bir-birlarini idrok
qilish obyekti sifatida tahlil qiladi. Uning fikricha: «Shaxs turlicha munosabatlarda
qarama-qarshi sifatlami namoyon qilishi mumkin.»
Samimiylik insonning eng ajoyib fazilatlaridan biri bo'lib, voqea hodisalarga
oqilona munosabatda bo'lish, turli ta’sirlarga berilmaslikdir. Bolalar yoshlikdan
avvalo oilada, so'ngra ta’lim maskanlarida muloqotga o'rgatib boriladi. Muloqotga
o'rgatishning usullaridan biri muloqot ko'nikmasini mashg'ulotlar tarzida
shakllantirishdir. Bolani bog'cha sharoitida tarbiyachi turli mashg'ulotlar o'tkazib
muloqotga o'rgatadi. Avval elementar o'zini tutish, kattalarga qanday gapirish,
salom berish, minnatdorchilik bildirish kabi usullar tarkib topadi.
Maktab yoshi davrida va keyinchalik shaxs ijtimoiy-psixologik treninglar
orqali muloqotga o'rgatiladi. Shaxsning o'zi bu usullarga ijobiy munosabat
bildirishi, faol harakat qilishi zarur. Chunki shaxs muloqotda bo'lmasdan faoliyat
subyekti sifatida ham, individual inson sifatida ham to'laqonli rivojlana olmaydi.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 5-son May 2025
99
A.A. Bodalyev fikricha, hatto o'yin faoliyatida bola muloqotda bo'ladi. Ta’lim
jarayonining asosida muloqotga o'rgatish masalasi turadi. Mehnat ta’limi
jarayonida kishilar doimo muloqotga ehtiyoj sezadilar. Muloqotning tarbiyaviy
ahamiyati shundaki, u insonning dunyoqarashini kengaytiradi va psixikasini
rivojlantiradi. Ya’ni barcha ruhiy jarayonlar muloqot orqali shakllanadi. Jamoa
muhitini shakllantirishda ikkinchi yo'nalish jamoa a’zolarining ruhiy madaniyatini
shakllantirishdir. Shu maqsadda o'quvchilarga ularning insoniy muloqot, inson
shaxsi, bir-birini baholash xususiyatlari («men va boshqalar», «men boshqalaming
ko'zi bilan») to'g'risidagi mulohazalarini rag'batlantiruvchi axborotni berish zarur.
Uni insholar, suhbatlar, treninglar orqali uyushtirish mumkin.
Maxsus mashqlar orqali muloqot usullariga o'rgatish shular jumlasidan.
Ruhiy madaniyatga o'rgatishni o'smirlik yoshidan boshlash muhim,chunki o'z
shaxsi haqidagi axborotga qat’iy ehtiyoj xuddi shu davrda vujudga keladi.
O'smirlikda o'zining «Men»i xususida ziddiyatli kechinmalar boshlanadi. O'z ruhiy
holati haqida xayol surish uchaygan, muloqot juda ahamiyatli va g'oyat tanlab
o'tkaziladigan yoshda inson shaxsi, shaxslararo muloqot to'g'risidagi axborot
zarurdir.
N.P. Anikeyeva fikricha, boshqa odamlar bilan muloqotda har bir shaxs
muayyan ijtimoiy rolni egallaydi. Rollar shaxsning tabiatini to'laroq ochib berishi
yoki uni niqoblashi mumkin. Lekin pozitsiya rollarni tanlash albatta insonning o'z
mohiyatiga, uning kuchiga, zaifligiga, salohiyat darajasiga, o'z-o'zini tanqid qila
olishiga, xulqatvorining puxtaligiga, o'zini chetdan ko'ra bilish qobiliyatiga bog'liq
bo'ladi. Ba’zan muloqotdagi muvaffaqiyatsizliklar yoshlarni benuqsonroq,
himoyalanganroq bo'lish uchun o'zidagi eng yaxshi xislatni yashirishga, buzishga
majbur etadi. Erta o'smirlik paytida yigit va qizlar yakkalik holatini boshdan
kechiradi. Ular his-tuyg'ularini hech kimga aytishmaydi. O'zi haqidagi va atrofdagi
kishilar haqidagi axborot muloqot usullarini va mazmunli muloqotni tashkil
etishga intilishni belgilab beradi. Buning uchun ruhiy tusdagi muayyan
ma’lumotlarga ega bo'lish kerak. Har bir kishiga xos bo'lgan ruhiy xususiyatlar
asab tizimi turi bilan belgilanadi va awalo temperamentda: ta’sir ko'rsatish
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 5-son May 2025
100
sur’atida, tabiiy signallarda (ovoz, yorug'lik, rang, hid, haroratning o'zgarishi),
ijtimoiy signallarda (so'z, voqea, o ‘ta sezgirlikda, emotsional ko'zg'aluvchanlik,
tashvishlilik darajasi, ekstraversiya, introversiya) namoyon bo'ladi. Ekstroversiya
bilan introversiya kishining ruhiy tavsifi sifatida muloqot sohasida yorqin
namoyon bo'ladi. Ekstroversiya — individning tashqi dunyoga, introversiya —
ichki dunyoga nisbatan qarashidir. Asab faoliyatining kuchli tipi bilan bog'liq
ekstroversiya xususiyatlari ustun bo'lgan kishilar ancha kirishimli, aloqalar,
tanishishlar borasida erkin muomalaga moyil bo'ladilar. Ular ishtiyoq bilan yangi
tanishlar orttiradilar, shovqin-suronli davralarni yoqtiradilar. Introvertlar — bu
asab faoliyatining zaif tipiga mansub kishilardir. Ular o'z ichki dunyolariga
berilishga, kechinmalarga moyil. Atrofdagilardan ko'p tashvishlanadilar, ular
yaqinlaming tor doirasini ma’qul ko'radilar. «Ekstroversiya-introversiya» o'qining
o'rtalarida joylashgan kishilar psixologiyada sentrovertlar degan nomni olgan.
Ular me’yorida kirishimli, me’yorida yolg'izlikka moyildirlar. Nutq bilan
ishlash orqali ham muloqotga o'rgatish mumkin. Masalan, ovozni baland chiqarib
she’r o'qish, hikoyani so'zlab berish kabi treninglar ham muloqotning
shakllanishiga yordam beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni o'yin faoliyati
davomida muloqotga o'rgatish oson kechadi. Muloqotga o'rgatishda o'yin va
noo'yin shakllarini qo'shib olib borishning ahamiyati katta. Har bir shaxs muloqot
orqali ta’lim tarbiya oladi va shakllanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1. S. Qosimov. N. Mo.minov. Rahbarlik qobiliyati va boshqaruv
masalalari.T.2001. 0 ‘zb. Resp. FA ilmiy markazi.
2. E. G'oziyev. Muomala psixologiyasi. T. 2001 .
3. E. G'oziyev. Tafakkur psixologiyasi. T. 1999.
4. E. G'oziyev. Psixologiya. T. «0‘qituvchi» nashriyoti. 2003. (darslik)
5. E. G'oziyev. Sh. Azizova . Tashkiliy psixologiya. T. «Universitet» nashr. 1991.
6. FAkramova. R.Abdullayeva. Oilaviy hayotni o'rganishga oid psixologik
testlar.T. 2002. Respublika «Oila» markazi.
7. M. Maxsudova. Umumiy psixologiya. (ma’ruzalar matni) Namangan. 2002.
8. M. Maxsudova. Oilaviy munosabatlar psixologiyasi. (uslubiy qo'llanma)
Namangan. 2003.