Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 5-son May 2025
73
YOSHLARDA AXLOQIY ONG TUSHUNCHASINI
SHAKLLANTIRISH HAQIDA SHARQ MUTAFAKKIRLARINING
PSIXOLOGIK VA ILMIY QARASHLARI
Saydaliyeva Mashrabxon Muxtorovna
Andijon viloyati Shahrixon tumani 46- umumta‘lim maktabi psixologi
Nozimaxon Mamajonova Mahmudjon qizi
Andijon viloyati Shahrixon tumani 11-umumta‘lim maktabi psixologi
Annotatsiya: Axloqiy ong axloqiy talablarni, me’yorlarni, qoidalarni,
adolat haqidagi tasavvurlarni shakllantiradigan qarashlar, g‘oyalar ong orqali
bajariladi, ammo jamiyat ularni saralab, manfaatdor bo‘lganlarinigina yuzaga
chiqaradi.
Kalit so‘zlar: axloqiy ong, ta’limmehnatsevarlik, ilmsevarlik, insoniylik,
iroda tarbiyasi, muhabbat tuyg‘usi.
KIRISH
Axloqiy ongning ijtimoiy ahamiyati ham xuddi ana shundadir. Axloqiy
ongda voqelik qonunlar sifatida emas, balki insoniy xatti-harakatlarga qo‘yilgan
ijtimoiy tartib, talablar, me’yorlar shaklida qayd etiladi. Axloqiy ong ijtimoiy va
individual ongga bo‘linadi. Shu sababli axloqiy ong, bir tomondan, jamiyat yoki
guruhning talablari normativlarini ifodalasa, ikkinchi tomondan, shu talablarni
anglashning individual, shaxsiy shakli va ularni amalda namoyon qilishdir.
Axloqiy ongda me’yorlardan tashqari odat va an’analar muhim tajriba va aql bilan
chambarchas bog‘lanib ketadi, hissiy tajriba bo‘lmasa, aql bo‘m bo‘sh, aql ishtirok
etmagan hissiy tajriba esa ko‘pdir, deb ta’kidlagan edi I. Kant. Abu Homid al
G‘azzoliyning «Ey farzand», «Kimyoi saodat», «Ihyo-ul-ulum id-din»,
«Oxiratnoma» kabi asarlari shular jumlasidandir. Ularning yosh avlod ta’lim-
tarbiyasiga oid qarashlari, ayniqsa, axloq - odob, insof, diyonat, iymon, e’tiqod,
vijdon, mehnatsevarlik, ilmsevarlik, insoniylik xususidagi g‘oyalari barkamol
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 5-son May 2025
74
shaxsni har tomonlama va uyg‘un rivojlantirishda asosiy vosita bo‘lib xizmat
qiladi. Uning axloqiy qarashlari, asosan, har jihatdan buyuk asar bo‘lmish «Ihyoi
ulum ad-din» deb atalgan to‘rt jildlik kitobida o‘z aksini topgan. Unda tavakkul
(hammma narsada Allohga suyanish) Xudoning yakkaligiga e’tiqod sifatida talqin
etiladi va muhabbat, ixtiyor erkinligi, taqdir, niyat singari muammolar bilan bog‘liq
holda tahlil qilinadi. G‘azzoliy muhabbatni bilishning mahsuli deb ataydi. Zero,
inson nimaniki bilsa, o‘shanigina sevishi mumkin. Masalan, toshda muhabbat
bo‘lmaydi u bilishdan yiroq. Muhabbat, faqat bilishning jonli sub’ektigagina xos
sifatdir. Mutafakkirning fikriga ko‘ra, muhabbatning besh turi mavjud: 1)
insonning o‘ziga, o‘z kamoloti va sog‘-omonligiga muhabbati, 2) insonning o‘z
hayotini davom ettirishini ta’minlovshi, uni asrovshi, undan turli mahliqotlarni
(halok etuvchilarni) nari tutuvshi valine’matlariga muhabbati: 3) insonning,
garchand shaxsan o‘ziga yaxshilik qilgan zotlarga yaxshilik qilmagan bo‘lsa ham,
boshqa insonlarga xizmat ko‘rsatgan, yaxshilik qilgan zotlarga muhabbati; 4)
Insonning tashqi yoki ichki qiyofadagi barcha go‘zallikka muhabbati; 5) insonning
o‘zi bilan botiniy (ichki), yashirin o‘xshashligi bor bo‘lgan zotlarga muhabbati.
Mazkur muhabbat turlari hammasining zamirida Allohga muhabbat yotadi, ya’ni,
insonning o‘ziga, o‘zgalarga. atrof-muhitga munosabati muhabbat orqali amalga
oshadi va bu muhabbat turlarining hammasi Allohga muhabbatning bilvosita
ko‘rinishidir. Zero: «O‘zini anglab yetgan kishigina o‘z yaratganini anglab yetadi,
u o‘z-kamolotga erishuvi Allohdan, Alloh va Alloh vositasidadir», deydi Imom
G‘azzoliy. Mutasavvif faylasufning ixtiyor erkinligi borasidagi qarashlarida taqdir
mutlaq maqarrar hodisa sifatida talqin etiladi. Bunda ham bilim (bilish) birinchi o‘
nima o‘ziga yoqish yoki yoqmasligini bilim (bilish) orqali anglab yetadi. Umuman,
ixtiyor erkinligi ixtiyorning o‘ziga xos turi, u nimagaki inson ishonchsizlik tuysa,
o‘shanga nisbatan bo‘lgan aqliy munosabatdan yuzaga chiqadi. Ixtiyor erkinligi
«kasb» tushunchasi bilan bog‘liq.
Har bir erkin tanlangan harakat uch narsa – bilim, ixtiyor etish va qobiliyat
yordamida ro‘yobga chiqadi. Zero, inson bilmay turib- xohlamaydi, xohlamas
ekan, harakat qilmaydi; shuning uchun ixtiyor etmoq lozim. Ixtiyor etish hodisasi
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 5-son May 2025
75
yuz bergandagina navbat qobiliyatga keladi va qobiliyat inson a’zolarini harakatga
tushirishga kirishadi. Demak, niyat o‘rtaliqdagi sifatdir. Niyat tasavvuf
axloqshunosligida ba’zan harakatdan ham katta ahamiyat kasb etadi. Agar yaxshi
niyat qilinsa-yu, lekin banda ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan sabablar tufayli u
ro‘yobga chiqmay qolgan bo‘lsa, bunday niyat amalga oshgan deb hisoblanadi.
Shunday qilib, har bir harakat o‘zini uyg‘otadigan niyatga bo‘ysunadi, zero, u o‘z
zaruriyatini o‘sha niyatdan oladi. Xulosa qiladigan bo‘lsak, tasavvuf ilmida
axloqshunoslikning xususiyati: bu ta’limot «Xudoga-mutlaq fazilatlar Egasiga,
mutlaq komil Zotga yetichish yo‘lida insonning nisbiy komillikka erisha borichi
g‘oyasini ilgari suradi, bu g‘oya insonning Yaratgan oldidagi qo‘rquvini
muhabbatga aylantirish uchun xizmat qiladi. Qisqasi, tasavvuf axloqshunosligi
insondan Xudoning ko‘r-ko‘rona quli bo‘lib, emas, balki Uni tanigan, bilgan Uning
yerdagi xalifasi va oshig‘i sifatida harakat qilishni talab etadi».
IX-XII asrlarga kelib yashab ijod etgan allomalarimizning axloqiy tarbiya
mazmuni aks etgan asarlari sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin. Jaloliddin
Muxammad Ibn Asad as-Siddiqiy alDavoniy ham o‘z davrining ilm-fan
taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan qomusiy olim. Uning “Axloqi Jaloliy” asarida
ham inson kamoloti uchun eng zarur bo‘lgan axloqiy fazilatlar yo‘llari va usullari
bayon etiladi. «Axloqi Jaloliy» uch qismdan iborat. Birinshi qism — axloq faniga
asolangan bo‘lib, unda muhim ijtimoiy - siyosiy va ta’lim – tarbiyaga oid masalalar
ko‘tariladi. Davoniyning insonning haqiqiy kamolotga yetishida aqliy va axloqiy
shakllanishi masalalariga to‘xtalib avvalo, u boshqa mutafakkirlarga ergashib
o‘zining axloqiy qarashlarini o‘z salaflari kabi talqin etdi. Masalan, Abu Nasr
Forobiy, Ibn Miskaveyx, Nasriddin Tusiy, Ibn Sinolar kabi inson kamolotga
erishishda adolat, donolik, shijoat singari yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishi,
hissiy bilim bilan bir qatorda narsa va hodisalarning mohiyatini idrok qilishni
to‘g‘ri talqin etdi. Davoniyning fikricha bolaning tarbiya olishi, odob bog‘liq.
Chunki, hayotda har kuni bola ko‘radigan, muloqotda bo‘ladigan narsalar uning
xulqiga yaxshi va yomon ta’sir etadi. Bolada har kuni kerak bo‘ladigan insoniy
xislatlar: yurish qoidalari, xushmuomalalik, ota-rostgo‘ylikni o‘rganish,
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 5-son May 2025
76
shirinsuxanlik, kamtarlik, so‘zlashuv odobiga rioya qilish kundalik turmuchda
o‘rganiladi. Shunga ko‘ra, muhim.
Bolaga oddiy axloqiy qoidalarni ochiq etish, o‘z qilmishi oldida javob
berish ma’suliyatini his etishini tarkib tortirishda ota va ona burchlidir. Demak,
Davoniyning ilm-tarbiya tarixida muhim ahamiyatga ega. Chunki, u yuksak
axloqiy fazilatlarni tarannum etadi, kishilarning baxt-saodatli bo‘lishi uchun
tavsiyalari hozirgi davrgacha yetib kelgan. Axloqiy g‘oyalar asosan badiiy va
didaktik shakllarda o‘z aksini topdi. Shu jiha tojik xalqlarining mutafakkiri Ahmad
Donish Ahmad Donish o‘z asarlarida Buxoro amirligi davlat tuzumini Rossiya
davlat tuzumi bilan solishtirib, uni isloh qilish lozimligini ta’kidlaydi. Ayni p bilan
fikr yuritar ekan, u adolatni ham podsho sifatida olib qaraydi.
Turkiston ma’rifatparvarlari orasidagi yana bir mutafakkir ta’limshunos,
pedagog va axloqshunos olim Abdulla Avloniydir. Uning XX asar boshlarida
Turkistonda mashhur bo‘lgan «Turkiy guliston yohud axloq» asari axloqiy
muammolarga jadidchilik nuqtai-nazaridan yondoshishi, ko‘pchilikka tushunarli
tilda yozilgani bilan ajralib turadi. Agar Anbar otinning «Qarolar falsafasi»
risolasida dolzarb axloqiy muammolarga majoziy, falsafiylik, ilmiy, nazariy
xulosalar orqali yoritilsa, Avloniy asarida fazilatlar va illatlarga ko‘proq tarif
berish, ularni sharhlash yo‘li bilan yondoshiladi. Avloniy mana bunday deb yozadi
- «Tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat, yo
falokat masalasidir». Darhaqiqat, ushbu qimmatli so‘zlar bugungi globallashuv
davrida barcha millatlar jamiyatida o‘z isbotini ko‘rsatmoqda. Shu bois, Avloniy
tarbiyani, qadimgilar va o‘rta asrlar musulmon Sharqi mutafakkirlari an’analariga
suyanib, uchga bo‘ladi: badan tarbiyasi, fikr tarbiyasi, axloq tarbiyasi. Shular
orasidan axloq tarbiyasiga alohida urg‘u berib, uni «insonlarga eng muhim, ziyoda
sharaf, baland daraja berguvshi» tarbiya, deb baholaydi. Fazilatlarni faylasuf -
pedagog yaxshi xulqlar, illatlarni esa – yomon xulqlar deb ataydi. Diyonat, sharaf,
hayo singari musulmon Sharqi uchun an’anaviy bo‘lgan fazilatlar sharhi bilan
birgalikda Avloniy vijdon, Vatanni sevmoq singari Turkiston mintaqasi uchun
yangi talqinda taqdim etilgan fazilatlar haqida alohida to‘xtaladi. Vatanni sevmoq
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 5-son May 2025
77
lozim bo‘lsa, uning yo‘lida jonini fido etmoq yuksak axloqiy insonga xos fazilatdir,
degan qimmatli fikrlarini amaliyotga tadbiq etish bizning hozirgi kundagi
jamiyatimizda, aynan, maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy tushunchalarni
psixologik jihatlarini shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Abdulla
Avloniyning axloqiy qarashlari mumtoz adabiyotimizn do‘stlik va sadoqat
haqidagi fikrlari adabiyotimizdagi axloqiy qarashlarning tadrijiy davomi edi.
Abdurauf Fitrat ushbu asarida har bir yangi oila uchun qo‘llanma vazifasini
o‘tashi mumkin bo‘lgan masalalarni yoritadi. U kitobning birinchi qismiga,
ma’lum ma’noda me’yoriy dasturilamal tarzida tartib beradi. Undan har bir yangi
oila qurmoqchi bo‘lgan turkistonlik kichik hajmdagi axloqiy salomatlik qomusi
sifatida foydalanishi mumkin edi. Bundan tashqari, asarda oilaning moddiy
tomonlari, tashkil topgandan boshlab, buzilishigacha bo‘lgan holatlarning axloqiy
asoslari to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tadi. Bu jihatlarni o‘sha davr nuqtai nazaridan
ijobiy jihat hisoblanadi. Chunki, bu davrda Turkistonda xalq meditsina unchalik
rivojlanmagan, kishilarning turmuch madaniyati ham u qadar yuqori emas edi.
Fitrat ko‘plab xorijiy davlatlarda bo‘lganligi sababli, u yerdagi ijobiy, o‘rga
orttirgan edi. Er-xotin va farzandlardan iborat, bir shaxs boshchiligida, birga
yashovchilar, Fitratning fikricha, oilani tashkil etadi. Asarda har bir oila manfaatini
himoya qilish maqsadida turli qonunlar ishlab chiqilgani, ular «manzil tadbir»
(ro‘zg‘or tebratish tadbiri) deb atalgani ta’kidlanadi. Shu ma’noda, muayyan
munosabatlarini zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo‘l bersa, shu millatning
hayoti ham shubha ostida qoladi.
Oilada ayollarga munosabat haqida to‘xtalib, Fitrat quyidagi rivoyatni
keltiradi: “Oysha (r.a.) rivoyat qiladilar. Nabiy alayhissalom dedilar: «Eng komil
mo‘minlar xush xulq va oilasi bilan lutf ila munosabat qiladiganlardir. O‘z
xotinlariga mardikarim yaxshilik qiladi va mardilaim yomonlik». Fitrat nazarida
mamlakat taqdiri va istiqboli barkamol farzandlarni tarbiyalash bilangina
belgilanmaydi. Mazkur asarda millatning ma’rifatparvarligi ayollarga bo‘lgan
munosabatda ham yorqin namoyon bo‘lishi qayta-qayta ta’kidlangan. Kitobning
ikkinchi qismi farzand tarbiyasiga bag‘ishlangan. Fitrat ham tarbiyani an’anaviy
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 5-son May 2025
78
yo‘nalishda talqin etadi: jismoniy tarbiya, aqliy tarbiya va axloqiy tarbiya. Ana shu
uch tarbiya uyg‘unligida haqiqiy inson kamol topadi, deb hisoblaydi muallif.
Kitobning bu qismida Fitrat, ma’lum ma’noda, o‘ziga xos axloqiy tarbiya
nazariyasini taqdim qiladi. U ixtiyor erkinligi muammosini mayl tushunchasi
orqali o‘rtaga tashlaydi: baxt mayli, faoliyat mayli, aloqa mayli, boshqalarga mehr-
muhabbat mayli va h.k. Bularning hammasida ham insonni jamiyat a’zosi sifatida,
ijtimoiy mavjudot sifatida olib qaraydi. Shuningdek, u izzat-nafs, ayniqsa, iroda
masalasiga alohida to‘xtalib o‘tadi. «Iroda va ixtiyor» sarlavhasi ostidagi kichik
bobda Fitrat farzandni irodali qilib tarbiyalashga da’vat etadi, iroda tarbiyasining
to‘rt banddan iborat qoida-bos-qishlarini taklif etadi. Bolani irodali qilib
tarbiyalashda ota-onaning zo‘ri emas, balki bolaga beriladigan muayyan erkinlik
muhim ekanini ta’kidlaydi.
XULOSA
Sharq mutafakkirlari asarlaridagi fikrlar teranligi, ma’nosining chuqurligi,
farzand ta’lim-tarbiyasi, inson hayoti manfaatlariga yaqinligi bilan barcha davr va
jamiyat uchun muhim psixologik ahamiyatga ega. Ular inson hayoti, ta’lim-
tarbiyasidagi fikrlari hayotiyligi bilan psixologik jihatdan ilm-fan taraqqiyotiga
chuqur ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun ham Sharq mutafakkirlarining ilg‘or
g‘oyalari mohiyatini o‘rganish orqali tadqiqot ishlarini amalga oshirish
maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy ong tushunchalarini o‘ziga xos
psixologik xususiyatlarini ochib beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Axloq-odobga oid hadis namunalari // tarj. va Hikmatullayev X.,
Mansurov A. – 1990
2.
Aндpеевa И.Н. O
cтaнoвлении пcиxoлoгии, №5, 2008.
3.
Akramova F.A. Maktabgacha ta'lim samaradorligining psixologik
jihatlari. //Zamonaviy ta'lim/. 2015. No 2. – B.53-58.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 5-son May 2025
79
4.
Nishanova
Z.T,
G.Flalimova,
A.G’.Turg‘unboeva
psixodiagnostikasi/ Toshkent – 2017.
5.
Nishanova Z.T, Kamilova N.G’, Abdullaeva D.U va boshq.
Pedagogik psixologiya [Matn] : darslik jamiyati
≫
nashriyoti, 2018. — 600
6.
G’oziyev, E.G’. Ontogenez psixologiyasi nazariy eksperimental
tahlil. Toshkent
7.
Internet maʼlumotlari