Mualliflar

  • Narimbetova Guliston Yuldashovna

Muallif biografiyasi

  • Narimbetova Guliston Yuldashovna

    Taxiatosh tumani MMTB ga qarashli 9-sonli umumta'lim maktabi psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.122949

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: pedagogik faoliyat emotsional zo‘riqish psixodiognostika miya faoliyati.

Annotasiya

Annotatsiya. ushbu maqolada emotsional zo‘riqishining psixodiognostikasi va psixokoreksiyasi mavzusiga alohida to’xtalib o’tilgan.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 5-son May 2025

3

EMOTSIONAL HOLATLAR VA BOSHQA RUHIY

JARAYONLARNI OLDINI OLISHNING PSIXOLOGIK YECHIMLARI

Narimbetova Guliston Yuldashovna

Taxiatosh tumani MMTB ga qarashli 9-sonli umumta'lim maktabi psixologi

Annotatsiya. ushbu maqolada emotsional zo‘riqishining psixodiognostikasi

va psixokoreksiyasi mavzusiga alohida to’xtalib o’tilgan.

Kalit so’zlar: pedagogik faoliyat, emotsional zo‘riqish, psixodiognostika,

miya faoliyati.

KIRISH.

Emotsional holatlar boshqa ruhiy jarayonlar singari miya faoliyatining natijasi

yoki mahsuli bo’lib hisoblanadi. Emotsional holatlarning yuzaga kelishiga tabiatda

va jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, munosabatlar, aloqalar, taassurotlar

asosiy sababchidir. O‘zgarishlar o‘z navbatida, birinchidan, shaxs hayoti va

faoliyatining jadallashishi yoki pasayishiga, ikkinchidan, insondagi ayrim

ehtiyojlarning paydo bo‘lishiga yoki yo‘qolishiga, uchinchidan, odam ichki

organlari funksional holatlarining beqarorlashuviga olib keladi. His-tuyg‘ular

uchun eng xususiyatli fiziologik jarayonlar negizi sifatida shartsiz va shartli

reflekslar xizmat qiladi va ularning muayyan tizimi bosh miya katta yarim sharlari

po‘stida yuzaga keladi hamda shu joyda mustahkamlanadi. Murakkab shartsiz

reflekslar esa:

1)

yarim sharlaming po‘stloq osti bo‘shliqlari;

2)

miyadagi ko‘rish do‘ngliklari;

3)

nerv qo‘zg‘alishlarini miyaning yuqori bo‘linmalaridan

vegetativ tizimiga o‘tkazib beruvchi markazlari orqali amalga oshiriladi.

Shaxsda his-tuyg‘ularning kechishi hamisha miya po‘sti bilan po‘stloqosti

markazlarining birlikdagi (hamkorlikdagi) faoliyati natijasida ro‘yobga

chiqadi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 5-son May 2025

4

Hozirgi zamonda “salomatlik” tushunchasi Butunjahon sog‘likni saqlash

tashkilotining tushunchasiga asosan, “organizmning to‘liq jismoniy, ruhiy,

jismoniy salomatligi bo‘lib, nafaqat kasalliklarning bo‘lmasligi, balki jismoniy

nuqsonlarning ham bo‘lmasligidir”. Kasallik- inson hayot faoliyatining buzilishi

bilan xarakterlanadigan holat bo‘lib, organizmning vaqtincha yoki doimiy ish

faoliyatining pasayishiga olib keladi. Albatta kasallikning kelib chiqishida

organizm holati, yoshi, yo‘ldosh kasalliklarning bor-yo‘qligi, organizmga kasallik

chaqiruvchi mikroorganizmlarning qancha miqdorda tushishi, irsiy moyillikning

bo‘lishi, organizmning reaktivligi muhim ahamiyatga ega. Albatta uzoq-umr

ko‘rishning bir qancha shartlari bor, agarda odamzot shu shartlarga rioya qilsa, o‘z

oldiga qo‘ygan oliy maqsad-uzoq umr ko‘rishga zamin yaratadi. Ular

quyidagilardan iborat:

Noto‘g‘ri ovqatlanish. Salomatlikka salbiy ta’sir etuvchi omillardan biri

noto‘g‘ri, muvofiqlashmagan va tartibsiz ovqatlanish hisoblanib, organizm normal

faoliyatining buzilishiga va turli kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi

Gipodinamiya- (yunoncha-gipo-kam, past va dinamic-kuch) mushaklarining

yetarli ishlamasligi, qisqarish kuchining kamayib ketishi bo‘lib, odatda, doimo

o‘tirib ishlash, piyoda yurishni yig‘ishtirib, transportda ketish, kamharakatlik,

umuman, mushaklarga tushadigan og‘irlikning kamayib qolishi tufayli kelib

chiqadigan gipokineziya, ya’ni odam harakat faolligining kamayib ketishi bilan

birga davom etadi.

Harakat va salomatlik. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va

kasalliklarning oldini olishning asosiy yo‘li to‘g‘ri tashkil etilgan jismoniy

faollikdir. Harakat natijasida odamning turli a’zo va tizilmalarining faoliyati

me’yorlashadi, buzilgan faoliyatlari esa tiklanadi, aqliy va jismoniy mehnatga

bo‘lgan faolligi oshadi. Zararli odatlar: alkogolizm - ashaddiy ichkilikbozlik, ayrim

kishilarning o‘z salomatligi va mehnat qobiliyatiga shuningdek, jamiyat

farovonligiga zarar yetkazadigan darajada, muntazam ravishda me’yoridan

ortiqcha spirtli ichimliklar ichishi hisoblanadi. Tamaki chekish - kishi sog‘lig‘iga

jiddiy putur yetkazadigan eng zararli odatlardan biridir. Nikotin markaziy va


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 5-son May 2025

5

periferik nerv sistemasiga vaqtincha qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsatadi, arterial qon

bosimini oshiradi, mayda tomirlarni toraytiradi; nafasni tezlashtiradi, ovqat hazm

qilish sistemasining shirasini ko‘paytiradi. Nikotin bilan birga tamaki tutunidagi

yonish mahsulotlari ham organizmni zaharlaydi. Shuning uchun chekmaydigan

kishilarning chekilgan xonada bo‘lishi ham zararlidir. Tarkibida yonish mahsuloti

bo‘lgan tutun nafasga olinganda arterial qondagi kislorodni kamaytirib yuboradi.

U bronxlarning shilliq pardasiga ta’sir ko‘rsatib surunkali bronxit va o‘pka

emfizemasiga sabab bo‘ladi. Narkomaniya-(yunoncha-narke - karaxtlik va mania -

telbalik, jahl, shod-xurramlik), bangilik, giyohvandlik-narkotik va narkotik ta’sirga

ega moddalarni suiste’mol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallikdir. Ushbu

xastalik bilan og‘rigan kishining jismoniy va ruhiy holati xumorini bosadigan

narkotik modda iste’mol qilishiga bog‘liq. Quyidagi ikki holatda narkotik

moddalarga o‘rganib qolish mumkin:

Ruhiy-emotsional zo‘riqishlar - hozirgi davrda kishilar salomatligiga salbiy

ta’sir etuvchi asosiy omillar hisoblanadi. Odam organizmining normal faoliyati,

uning ruhiyati qay darajadaligiga bog‘liq. Ruhiyat va kayfiyatdagi har qanday

o‘zgarishlar a’zo va sistemalarning faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Odamning ruhan ezilishi, ko‘ngliga og‘ir botadigan kechinmalar va hayotdagi turli

salbiy voqealar zo‘riqishlarga olib keladi. Ruhiy-emotsional zo‘riqishlar natijasida

odamlarda gipertoniya, stenokardiya va miokard infarkti, qolaversa, ruhiy

kasalliklar, zararli odatlarga ruju qo‘yish kelib chiqadi. Ayollarda esa ruhiy-

emotsional zo‘riqishlar ayniqsa, homiladorlik davrida, uning dastlabki 3-oyida o‘ta

xavfli asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin. Aholi turmushining yaxshilanishi,

ijtimoiy sharoitning barqarorlashishi ruhiyemotsional zo‘riqishlarning oldini

olishning asosiy shartlaridandir.

Turmush tarzi - bu insonning aniq jamiyatda, muhitda ifodalangan hayot,

mehnat, dam olish va hokazolarini o‘z ichiga olgan tushunchadir. Uning tarkibiy

qismlariga faqat ijtimoiy-siyosiy va ishlab chiqarish faoliyatigina emas, balki

ishlab chiqarishdan tashqari vaqtdagi faolligi, ijtimoiy-madaniy faoliyati ham

kiradi. Tibbiy faollik ham uning bir turidir. Turmushda odam turli xil salbiy


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 5-son May 2025

6

taassurotlar, nojo‘ya holatlar va sharoitlarga tushib qolishi mumkin. Bular esa, o‘z

navbatida, salomatlik va turmish tarzini sog‘lomlashtirish haqida to‘la bilimga ega

bo‘lishga majbur qiladi, aholining o‘z salomatligiga bo‘lgan munosabatlarini

tarbiyalash va tibbiy bilimlarni targ‘ib qilishni taqozo etadi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, yuqorida sanab o‘tilgan salomatlikka qarshi omillar

haqida tushunchaga ega bo‘lish, ularni bartaraf etish, har bir kishining bevosita

o‘ziga bog‘liq. Buning uchun esa sog‘lom turmush, uning tarkibiy qismlari

nimalardan iboratliligi haqida aholi orasida tushuntirish ishlari olib borish lozim.

Albatta pedagogik tarbiyaning asosiy maqsadi-nafaqat yoshlarga tarbiya berish,

balki ta’lim ham berishdan ham iboratdir. Turmush tarzining nosog‘lom bo‘lishi

ishsizlik, kam ta’minlanganlik,etimlilik va boshqalar) yoshlar orasida

kasalliklarning tez va keng tarqalishiga sabab bo‘ladi. Yoshlar orasida surunkali

kasalliklar ko‘rsatkichlarining ko‘payishi ular orasida tibbiy yordam ko‘rsatishning

keng tarmog‘li olib borish kerakligini ko‘rsatib turibdi: har bir talaba o‘z-o‘ziga

yordam, birinchi tibbiy yordamni tashkil etish, ekstremal holatlarda, favqulodda

vaziyatlarda yordam ko‘rsatishni bilishi kerak. Tabiiy, texnogen, ekologik tusdagi

favqulodda vaziyatlar yoshlar, qolaversa aholi orasida turli darajadagi

shikastlanish, jarohatlar, zaharlanish, yuqumli kasalliklarning ko‘payishiga sabab

bo‘ladi. Bu holatda har bir kishidan tezlik bilan o‘z-o‘ziga va o‘zaro yordam berish

kerakligini talab etadi. Faqatgina aholining salomat va ma’lumotli bo‘lishigina

mamlakatning rivojlanishiga va mudofaasiga salmog‘li hissa qo‘shadi. “Stress”

inglizcha so‘z bo‘lib tanglik, zo‘riqish, bosim degan ma’nolarni anglatadi. Oddiy

tilda tushkunlikka tushish, deyiladi. Bu ba’zida oz fursat, ba’zida uzoq vaqt

kechishi mumkin. Ikkala holatda ham insonga zarar yetkazadi. Ya’ni, aqliy

faoliyatning susayishi, yurak urishi tezlashishi, qon tomirlari kengayishi, ichki

kasalliklar - oshqozonda yallig‘lanishlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Stressning

salbiy tomonlaridan yana biri miyani tormozlab, ma’nosiz fikrlaydigan darajaga

tushirib qo‘yishi mumkin. Agar odam tez-tez tushkunlikni boshidan kechirsa,

atrofdagilar bilan gaplasha olmaydigan holatga tushadi. Stress natijasida inson


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 5-son May 2025

7

o‘ziga past baho bera boshlaydi. Oqibatda o‘zini yolg‘izdek, yaqinlariga

keraksizdek his qiladi. Sekin-asta ruhiy tetiklik yo‘qola boshlaydi. Stressning ilk

belgilari qanday namoyon bo‘ladi? Uning fiziologik va psixologik turlari mavjud.

Bir narsadan qattiq qo‘rqib ketish, kutilmaganda avtohalokat yoki tabiiy ofatga

uchrash, tanasidagi birorta kasallik oqibatini bilib qolish, to‘satdan yaqin kishisini

yo‘qotish fiziologik stressni keltirib chiqaradi. Psixologik stress - insonning

emotsional holati bilan bog‘liq. Bu ko‘proq qaynona-kelin, er-xotin yoki ona va

bola o‘rtasidagi mojarolar tufayli kelib chiqadi. Uzoq vaqt birga bo‘lgan

sevgilisidan ajralish yoki to‘satdan ishdan bo‘shatilish holatlari ham psixologik

stressni keltirib chiqaradi. Har ikki holat insonni ham tashqi qiyofasiga, ham ichki

dunyosiga ta’sir ko‘rsatadi va albatta, asoratlari bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Гайбуллаев, А. А. Психология: происхождение и структура

научного факта. Вестник интегративной психологии, 19(19), 115-119.

2.

G’aybulloyev, A. A. (2021). Sportchilarda hissiy-irodaviy sifatlar

shakllanishining psixologik mexanizmlari. Psixologiya ilmiy jurnali, 92-96.

3.

Abdurozikovna, S. D. (2014). Social intelligence: general defining

moment. Austrian Journal of Humanities and Social Sciences, (3-4), 154-155.

4.

Сабирова, Д. А. (2016). Олий таълим муассасаларида масофавий

таълимни

жорий

этиштехнологиялари.

Современное

образование

(Узбекистан),

(11), 14-20.

5.

Гайбуллаев, А. А. Психология: происхождение и структура

научного факта. Вестник интегративной психологии, 19(19), 115-119.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари