Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
357
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O'QUVCHILARDA KASBGA
BOʻLGAN QIZIQISHLARINI ANIQLASH
Abduhamitov Farhod Choriyevich
Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumani 37-maktab psixologi
Annotatsiya: Ushbu maqola orqali muallif boshlang'ich sinf
o'quvchilarining yosh davri psixologiyasi, ularning kasbiy qiziqishlari xaqida so'z
yuritiib o'tgan. Maqola bilan tanishar ekansiz kasbiy bilm- borasidagi
savollaringizga javob olasiz.
Kalit so’zlar: Malaka, ko'nikma, tajriba, iqtidor, istedod,qobiliyat, qiziqish
KIRISH
Hozirgi kunda jamiyatda inson omili eng asosiy jabxadir. Jamiyat
farovonligi uchun shaxs kamoloti muhim omil hisoblanadi. O'zbekiston
Respublikasi prezidenti , muhtaram Sh.Mirziyoyev ta'lim soxasini islox qilishga
bag'ishlangan yig'ilishlarning birida yosh avlodni kasbga yo'naltirish masalasiga
to'xtalib o'tdilar. " Aynan kasbga yo'naltirish ishlari eng muhimi vazifalarimizdan
biridir. Agar kasbiy ta'lim o'z vaqtida to'g'ri yo'lga qo'yilsa ta'lim tizimimizda
ijobiy o'zgarishlar bo'ladi. Agar buning aksi bo'lsa nafaqat ta'lim tizimida balki
jamiyatning barcha soxalarida salbiy o'zgarishlar yuzaga keladi. Hozirgi zamon
va kelajak bu yoshlar qo'lida. Biz yoshlarni qo'llab-quvvatlasak, ularga keng
imkoniyat yaratib bersak, kelajakda albatta buning natijasini ko'ramiz" bu so'zlar
zamirida kattadan katta mano bor. Inson bu hayotda tug'ilar ekan u o'zini individlik
chog'idan rivojlana boshlaydi. Ulg'ayadi, ulg'ayish davomida undagi kasbiy
qiziqishlari xam rivojlanib boradi.
Har bir ota ona farzandini yaxshi kasb egasi bo'lishini xohlaydi. Buning
uchun kasbga yo'naltirish ishlarini ilk bolalik davridan boshlab yo'naltirish lozim..
Farzandining orzulari, uning qiziqishi, rivojlanishi, uning hatti-xarakatlari va
ko'pincha o'yin faoliyati orqali sezilib turadi. Shunga muvofiq kasbga yo'naltirish
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
358
ishlari maktabda boshlang'ich sinflik vaqtidan boshlab yo'lga qo'yilishi lozim.
Bolalar ayrimda kino qahramonlari, ota onasi va yoki ustozi, qo'yingki atrof
muhitga qarab o'zlari taqlid qilish orqali kasbiy qiziqishlarini namoyon qiladi.
Asosan o'yin faoliyati orqali ham sezilib qoladi. O'yin o'ynash davomida qaysidir
bola shafyorlik obrazida bo'lsa, qaysidir Nola shifokorlik ro'lini maxorat bilan ijro
etadi. Bola 1- sinfga qadam qo'yar ekan o'zining ustozi bilan muloqot jarayonida
faol ishtirok etadi. Uning hatti xarakatlarini o'zlashtiradi.
Ko'p tomonlama ustozi kabi bo'lishiga xarakat qiladi. Olib borilgan
tadqiqotlarda keltirilishicha boshlang'ich sinf o'quvchilarining 50 % miqdori
ustozining kasbini, 25 % miqdori ota onasi kasbini, 15% miqdori jamiyatdagi
obro'li kasbni, qolgan 10 % miqdori esa yanglish kasblarni egallash istagini
bildirishadi. Bu istak bola ulg'ayib borgani sayin o'zgarib turadi. Shundan ko'rinib
turibdiki bolada qaysi kasb to'g'risida ko'proq ma'lumot bo'lsa, uning qiziqishi xam
shu kasbga bog'lanib ketadi. Shuning uchun xam bolalarga ko'proq zamonaviy
kasblar, kasblarning turlari, ular xaqida yetarlicha malumotlar berilishi zarurdir.
Inson ushbu hayoda yashar ekan doimo yaxshi Yashash, o'zidan yaxshi nom
qoldirishni xoxlaydi. Siz tarbiya qilayotgan farzand sizning nomingizni,
avlodingizning davomchisidir. Aynan shu sababli xam siz farzandingiz
qiziqishlariga, uning kasbiy tanloviga doimo e'tibor bilan qarashingiz muhimdir.
Ollox biz insoniyatni ongimiz, aql zakovatimiz sababli hayonot olamidan farqli
etib yaratdi. Shunday ekan jamiyatni aqlli, tarbiyali, atrofga foydasi tegadigan
yaxshi kasb egalari bilan boyitish bu barchamizning vazifamizdir. Shu vazifamiz
sababli biz ota onalik nomiga munosib Deb topilamiz. Shunday ekan bu
imkoniyatni doimo saqlab qolish lozim.Har bir ota-ona farzandining baxti kelajagi
ertangi kunini o’ylab hamisha yaxshi tilaklar, orzu intilishlar va maqsadlar bilan
yashaydi. Shunday ekan oilada farzandlarni ma’naviy-ma’rifiy,yuksak barkamol
etib voyaga yetkazishida kelajakda yaxshi bir kasbning egasi bo'lishida barchamiz
birdek mas'ulmiz. Aynan shining uchun xam hozirgi kunda maktablarda kasbga
yo'naltirish ishlari psixologik xizmat soxasining bir qismi sifatida ifoda etilmoqda
va jadal rivojlanib kelmoqda. Bola tug'ilib, o'sish davomida ota-onadan quvvat
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
359
oladi.
Atrof muhit bilan muloqot qila boshlaydi. qachonki jamiyatda yoshlarni
kasbiy kamolotga to'g'ri yetaklansa shu davlat ravnaqi uchun kurashuvchi, xar
soxada o'zining bilmli egalari mavjud bo'ladi. Qachonki buni aksi bo'lsa jamiyatda
o'z hayotidan, kasbidan, ish faoliyatidan norozi shaxslar ko'payadi. Kasbiy
yo'naltiruv ishlari to'g'ri va sifatli bo'lmasa yaxshi shifokor aslida o'qituvchi,
yaxshi nonvoy- kosib bo'lib ishlashi mumkin. Bu jamiyatdagi ko'zga ko'rinmas
muammolardan biri sanaladi. Bu muammolari yechimini topishda doimo biz ota
onalar bilan bir qatorda pedagog, psixolog hodimlarga xam suyanamiz. Chunki
kasbiy ko'nikmalarni shakllanishi bu inson ruhiyati bilan bog'liq jarayon
hisoblanadi. Shaxsning Komil inson bo'lib yetishishida turli xildagi omillar sabab
bo'ladi. Inson o'z sevgan kasbi bilan band bo'lsa qilgan ishidan ko'ngli to'ladi,
faoliyatidan xursand bo'ladi. Ming afsuski oramizda o'zi xoxlamagan kasb bilan
mashg'ul bo'lib yurganlar xam yo'q emas. Bu narsa jamiyatdagi kamchiliklardan
biri sanaladi. Bu kamchiliklarni bartaraf etsak, albatta ijobiy natijalarga erishamiz.
Yoshlar bizning kelajagimiz ularning ta’lim olishi kasb egallashlariga ko’mak
berish bizning vazifamizdir. Kasbiy intilish insonni shu tanlagan kasbini
mutaxasisi sifatida gavdalantiradi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarida butun bilish jarayoni jadal rivojlanish
davrida bo'ladi. Qo'yingki oddiy qilib aytganda boshlang'ich sinf o'quvchilarida
miyya o'chog'i faol ochilgan vaqtidir. Shu sababli ularda diqqat, xotira, sezgi ,
idrok va tafakkur rivojlanishining eng yuqori pallasiga to'g'ri keladi. Shuning
boisdan yoshlikda olingan bilm- toshga o'yilgan naqsh kabidir Deb bejizga
aytishmagan dono xalqimiz. Kasbiy kamolotga erishish uchun inson ko'p yillar
davomida ilm izlashi, o'z ustida ishlashi lozim. Bolalarni ilk bolalikdan boshlab
kasbiy ko'nikmalarini malakaga aylanishiga undash lozim. Bolalar 1- sinfga kelib
partada to'g'ri o'tirishni o'rganishi bu Ko'nikma bo'lsa, yillar o'tib bu Ko'nikma
automatlashgan xolatiga malaka deb yuritiladi.
XULOSA
Kasbiy tanlov ham huddi shundaydir. Malakali pedagog va aqilli ota ona
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
360
boladagi qobilyatni ko'nikmaga, ko'nikmani esa malakaga aylantira oladi. Farzand
bu ota ona ko'zgusi hisoblanadi. Ota-ona o'zidagi ijobiy va salbiy sifatlari bilan
farzandlariga o'rnak bo'lib boradi. E'tibori sababli boladagi qiziqishlarini payqay
oladi. Boshlang'ich sinf bu ko'p tomonlama ilm va tajribalarni faol o'zlashtira
oladigan yosh davri hisoblanadi. Hali bu davrida u qadar inqirozlar, fiziologik,
psixologik o'zgarishlar kuzatilmayotgan davrdir. Shuning provardida bolaning o'z
xoxish istagi bilan unda turli xil soxalarga bo'lgan qiziqishlarini ko'ra bilish,
hamda to'g'ri yo'naltirish mumkin. Kasbiy maxoratni oshirishda ilmiy nazariy asos
bilan bir qatorda amaliy tajribalar juda muhim hisoblanadi. Buyuk xitoy maqolida
shunday so'zlar keltirilgan. "Aytsang unutaman, ko'rsatsang eslab qolaman, o'zim
bajarsam anglab yetaman" ushbu maqol yuqorida keltirilgan so'zlarimizning
yaqqol isbotidir. Kundan kunga rivojlanib, chiroy ochib borayotgan bu yurtimizga
foydasi tegadigan, o'z kasbining xaqiqiy mutaxasis egasi bo'lgan yosh avlodimiz
Soni ko'payaversin. Zero: vatanga keng fikrli, dunyoqarashi boy, malakali
mutaxasis kadrlar zarurdir. ...
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
A.Avloniy “Turkiy guliston yohud axloq”
2.
O'.Hoshimov " Daftar xoshiyasidagi bitiklar". 2015. Toshkent
3.
Abu Nasr Farobiy “Fozil odamlar shahri”. Toshkent. Xalq merosi.
1993-yil.
4.
E.G’oziyev “Ontogenez psixologiyasi”. 2010-yil.
5.
Nishonova Z, Alimova G “Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish
metodikasi”. Toshkent. 2013-yil.
6.
Internet materiallari