Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
347
OʻQUVCHILARDA NUTQ FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISHNING
DOLZARB MASALALARI
Xayitova Dilfuzaxon Botirovna
Andijon viloyati Shahrixon tumani MMTB ga qarashli 39- maktab
boshlangʻich sinf oʻqituvchisi
Annotatsiya: Nutq - kishi faoliyatining turi. Nutq o‘zaro aloqa va xabar,
fikrni his-hayajon bilan ifodalash hamda boshqalarga ta'sir etish uni ishlatish
hisoblanadi. Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishi faoliyatining muhim ishlab
chiqarishlaridan biri sifatida xizmat qiladi.
Kalit soʻzlar: nutq, nuqt madaniyati, tilning mavjud imkoniyatlari, tasviriy
matn, rivoyat matni, fikr, nutqni oʻstirish, tasviriy matn, tilni oʻrgatish, soʻz ustida
ishlash.faoliyat,tafakkur
.
KIRISH
O‘quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olish quroli
sanaladi. Biz tilni jamiyat taraqqiyoti bilan hamnafas rivojlantirib, bo‘yitib kelgan
ajdodlarning vorislaridirmiz. O‘quvchilarni tilning mavjud irnkoniyatlaridan nutq
jarayonga foydalanishga maktab ona tili ta’limi oldida turgan mas'uliyatli
vazifalardan sanaladi. Boshlangʻich sinfni bosh maqsadi ham oʻquvchilar nutqini
oʻstirishdir, masalan: eshitganlarini gapirib berish, oʻqiganlarini gapirib berish,
eshitganlarini tushunish va uni gapirib berish, oʻqiganlarini tushunish va uni
soʻzlab berish, bu milliy oʻquv dasturida ham taʼkidlab aytib o‘tilgan. Nutq
o‘stirish asosiy uch yo‘nalishga aniq ajratiladi:
1)
so‘z ustida ishlash;
2)
so‘z birikmasi va gap ustida ishlash;
3)
bog 'lanishli nutq ustida ishlash.
So‘z, so‘z birikmasi va gap ustida ishlash uchun lingvistik baza bo‘lib
leksikologiya (frazeologiya va stilistika bilan birga), morfologiya, sintaksis
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
348
yordamga keladi; bog‘lanishli nutq esa mantiqqa, adabiyotshunoslik va murakkab
sintaktik butunlik lingvistikasiga asoslanadi. Lingvistikada uch yo‘nalish parallel
olib boriladi: lug‘at ishi gap material uchun; so‘z, so‘z birikmasi va gap ustida
ishlash bog‘lanishli nutqqa tayyorlaydi. O‘z hikoya, bog‘lanishli va insho lug‘atni
bo‘yitish vositasi hisoblanadi. O‘quvchilar nutqini o‘zlashtirish oz metodik
harakatiga ega, o‘zining sport turlari mavjud. Bulardan eng muhimlari bog‘lanishli
nutq harakatidir. Nutq o‘stirishda ishlash to‘rt shartni, ya'ni mashqlarning
aniqliligi, istiqboli, xilma-xilligi, xilma-xil mashq turlarini umumiy ko‘nikmasini
amalga oshirish bilan ta'minlanadi. Nutq o‘stirish faqat ona tili va o‘qish darsigina
emas, balki o‘quv rejasidagi barcha fanlar (tabiatshunoslik, matematika, mehnat,
tasviriy san’at, musiqa darslari)ning, shuningdek sinfdan tashqari oʻtkaziladigan
tadbirlarning ham vazifasidir. So‘zlarni to‘g‘ri tanlash, nutqni tinglovchiga qulay
tarzda yetkaza bilish insoniy madaniyatning eng asosiy tarkibiy qismlaridan biri
hisoblanadi. Shuning uchun har bir so‘z, birikma va gapni barcha qirralari bilan
to‘g‘ri, o‘rinli ishlata olishni o‘rgatish, o‘z nutqiga nisbatan ehtiyotkorlik
tuyg‘usini shakllantirish ona tili darslarining asosiy vazifasi sanaladi. Ma'lumki, til
jamiyat a’zolari o‘rtasida aloqa - aralashuv vositasi, insonning fikrlash va fikr
mahsulini og‘zaki hamda yozma ravishda berishi, o‘z ichki kechinmalarini bayon
qilish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ona tilini o‘qitishdan maqsad tilning jamiyat
a’zolari o‘rtasida bajaradigan ana shu vazifasi - o‘quvchilarni fikrini bayon qilish
faoliyatiga tayyorlash vazifasidan kelib chiqadi. Chunki kishilar o‘z
faoliyatlarining barcha sohalarida bir-birlari bilan faol munosabatda bo‘ladilar.
Ular doimo o‘zlarini o‘rab olgan moddiy borliqdagi narsa-buyumlar va
voqea-hodisalar to‘g‘risida fikr yuritadilar va o‘z fikrlarini birbirlariga ma'lum
qiladilar. Demak, jamiyatda fikr almashish qonuniy zaruriyat hisoblanadi. Odamlar
orasida fikr almashish bo‘lmasa, jamiyat taraqqiyotdan to‘xtaydi. Fikr esa faqat til
yordamida ro‘yobga chiqadi. Shuning uchun ham har bir kishi undan foydalanishni
bilishi va avvalo, uning o‘zini to‘la-to‘kis o‘rganib olishga harakat qilish shart.
Tilni o‘rganish bu faqat uning grammatik qurilishini bilish, tushuncha, ta'rif va
qoidalarni o‘zlashtirib olishi emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
349
foydalanib, fikrni og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash
malakalarini egallashdan iboratdir. Ona tili fani o‘quvchiga tilni o‘rgatish bilan
birga, tilning serqirra imkoniyatlaridan nutqda foydalanish me'yorlarini ham
o‘rgatadi. Hozirgi kunda ona tili darslari maqsadini belgilar ekanmiz, darslarda
asosan o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga va o‘z fikrini savodli qilib, chiroyli
ifodalashga o‘rgatishimiz zarur. Bu boradagi usullardan biri ijodiy matn yaratishga
o‘rgatish hisoblanadi.
O‘z fikrini ijodiy matn tarzida ifodalash ona tili darslariga qo‘yilgan
talablarning barchasini o‘zida mujassamlashtirgan eng samarador usul bo‘lib, unda
o‘quvchining tafakkuri rivojlanadi, so‘z boyligi ortadi va so‘zdan o‘rinli
foydalanish jihatidan bir-biridan farq qiladi. Tasviriy matnda voqeada ishtirok
etadigan shaxslar bo‘lmaydi. Unda, asosan, tabiat manzarasi, alohida narsalar,
voqea va hodisalar, ish jarayonlari tasvirlanadi. Matnning bu turida
tasvirlanayotgan narsa, voqea-hodisa kabilarning o‘ziga xos tashqi belgilariga
alohida e'tibor beriladi. Matnning bu turidan, ayniqsa, 4-5-7-sinflarda ko‘proq
foydalaniladi. Chunki bu usul o‘quvchilar uchun ancha murakkablik tug‘dirmaydi
va til hodisalarini o‘rganish jarayonida yil fasllari, lola sayli, maktab bog‘i, paxta
dalasi, cho‘l, sahro, tog‘, daryo, shahar, qishloq va hakazolar tasvirini bemalol
yarata olishadi. Tasvirlash kuzatuvchanlikka bog‘liq. Shuning uchun ona tili
darslarida o‘quvchilarni kuzatuvchanlikka o‘rgatish, narsa, voqea-hodisalardagi
eng muhim belgi va xususiyatlariga ko‘ra bilishga odatlantirish juda katta
ahamiyatga ega. Matnning ikkinchi turi rivoyatdir. Rivoyat matni tasviriy matndan
voqeaning izchillikda berilganligi, unda ishtirok etuvchi shaxslarning borligi,
dialogik nutqdan foydalanish kabilar bilan ajralib turadi. Bunday matnlarda voqea-
hodisa bir mazmuniy yaxlitlikni saqlashi shart va zarur. Matnning bu turida dalillar
va ularning tafsilotlariga alohida o‘rin ajratiladi; voqealar hikoya tarzida bayon
qilinadi. Rivoya matnida tasvir unsurlaridan ham foydalaniladi. Ona tili darslarida
bunday matnlardan juda ko‘p foydalanishga to‘g‘ri keladi. "Bizning oila", "Yoz
kunlarining birida", "Mening do‘stim" kabi mavzularda yaratiladigan matnlar
shular jumlasidandir. Ona tili darslarida keng qo‘llaniladigan matnning yana bir
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
350
turi muhokamadir. Muhokama matnining o‘ziga xos xususiyati shundaki,
so‘zlovchi bayon qilinayotgan voqea-hodisaga o‘z munosabatini bildiradi. O‘z
fikrini isbotlash uchun dalillar izlaydi va uni asoslashga intiladi. U kuzatish,
taqqoslash natijasiga tayanib, ma'lum bir fikrni rad etadi va bu haqida o‘z hukmini
chiqaradi.
Muhokama tarzidagi matnlar yaxshilik va yomonlik, mehnatsevarlik va
ishyoqmaslik, halollik va tekinxo‘rlik, to‘g‘rilik va egrilik, yaxshi so‘z va yomon
so‘z, do‘stlik va dushmanlik, botirlik va qo‘rqoqlik, odob va odobsizlik,
qadrqimmat va qadrsizlik, sabr-toqat va sabrsizlik kabi mavzularda bo‘lishi
mumkin. Ayniqsa, xalq maqollarini muhokama matnining mavzusi qilib tanlash
maqsadga muvofiqdir. Masalan, "Yuzga aytganning zahri yo‘q", "Dili to‘g‘rining
- yo‘li to‘g‘ri", "Yaxshi so‘z ham, yomon so‘z ham bir og‘izdan chiqadi", "Sayoq
yurgan tayoq yeydi". Tajribalardan ma'lumki, o‘qituvchining nutqi o‘quvchilarni
o‘zigaga ergashtirib, ularda ham yoqimli nutq madaniyatini tarbiyalaydi. Bolalar
nutqini rivojlantirishda xalq og‘zaki ijodining ahamiyati katta. Boshlang‘ich sinf
ona tili kitoblarida ham ko‘plab ertaklar uchraydi. Unga ertaklar bolalarni obod -
axloqqa o‘rgatishi, ma'naviy juhatdan rivojlanishi bilan muhim sizga egadir.
Masalan, Ur to‘qmoq ertagidagi dehqon va boy obrazlari o‘quvchilar ongida yaxshi
va yomondan nafratlanish, undan yiroq bo‘lish kerakligi haqida tasavvur hosil
qiladi. Maqtanchoqlik, adolatchilik, ochko‘zlik juda yomon odat, do‘stga mehribon
bo‘lish, rostgo‘ylik insonning ma'naviy yuksalishga yordam berishi uqtiriladi.
Birga yaxshilikka doir so‘zlar, unga esa uning aksi bo‘lgan so‘zlar aytilib farqi
o‘zaro izohlanadi. O‘quvchilar ikki guruhga ajratilib, birinchi guruhdagi bolalar
mehribon, saxiy, shirinso‘z, yoqimli, go‘zal, chiroyli, mehnatkash, e'tiborli,
kamtar, aqlli, bilag‘on kabi so‘zlar topsalar, ikkinchi guruh bolalar yomon, xunuk,
qo‘pol, yolg‘onchi, ayyor, to‘polonchi, tartibsiz, xasis, qizg‘anchiq kabi so‘zlarni
aytadilar. Nutq inson qobiliyatiga bir turi sifatida tildan shaxsiy holda fikrni
ifodalashdir.
Til, tafakkur va nutq o‘zaro bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, odam
o‘ylayotganda fikrini so‘zlar, jumlalar vositasida ichki nutqda ifoda etadi. Nutq
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
351
fikrni bayon etish vosita bo‘libgina qolmay, uni quroli hamdir. Fikr nutqning asosiy
usulidir. Aqliy faoliyatni egallash asoslangandagina nutqni o‘zlashtirish mumkin.
Shuning uchun nutqini o‘quvchilar o‘stirishda so‘z boyligini takomillashtirish,
mavzuga tegishliligini tanlash, yetkazib berish va mantiqiy fikrlashga
yo‘naltiradigan ish turiga katta ahamiyat beriladi, ona tili darsliklari
o‘quvchilarning aqliy. qarash, mantiqiy tafakkurining rivojlanishida boy
materialga ega va tafakkur bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, tilsiz inson
fikrlamaydi. Tafakkursiz o‘quvchining nutqiy mavzusini o‘stirishdan oldin uning
fikrlash miqdorini o‘stirishga talab qoyish lozim. Negaki nutqni tafakkurdan ajratib
hayotdagi narsa-predmetlarning nomi va ular haqida fikr bildirish uchun osha
narsa-predmet anglanadi va unga munosabat bildiriladi. O‘quvchi nutq ustida
ishlash o‘qituvchilar uchun muhim vazifa hisoblanadi. Ona tili darslarida
grammatik va orfografik tasvirlarni egallash jarayonida muayyan fikrlash
faoliyatining yuz berishi bevosita mantiqiy tafakkur tarbiyasi bilan chambarchas
bog‘liqdir. Tafakkur til materiali yordamida nutqiy shakllantirilsa va bayon
etilsagina, muvaffaqiyatli amalga oshadi. Fikrni nutqiy undan aniq, tushunarli, sof,
mantiqiy bo‘lishini ta'minlash bilan birga, tilni egallash shu tilning fonetikasini,
lug‘at tarkibini, grammatik qurilishini bilib olish, tafakkurni o‘stirish uchun shart-
sharoit hozirlaydi. Bilimlar haqida har xil axborotlar tafakkurning ham, nutqning
ham materialidir. Nutq tafakkur jarayonini o‘rganish muhim vosita bo‘lib xizmat
qiladi. Nutqdan o‘quvchi fikriy rivojining asosiy o‘lchovlaridan biri sifatida
foydalanadi. O‘quvchining barcha o‘quv predmetlaridan materialni o‘zlashtirishi
va umumiy aqliy faoliyati haqida fikr yuritilganda, u bu mavzuni o‘quvchi o‘z
nutqida yozgan inshosida, axborotida, qayta hikoyalashda, savollarga bergan
javobida qanday bayon eta olishiga qaraladi. Shunday qilib, nutqni tafakkurdan
ajratib bo‘lmaydi, nutq tafakkur asosida rivojlanadi, fikr nutq yordamida pishib
yetiladi, chiqadi. Ikkinchi tomondan, nutqning o‘sishi fikrni o‘sishiga yordam
beradi, takomillashtiradi.
XULOSA
Bog‘lanishli nutq ko‘rinishini egallashga masala yechish bilan bogliq holda
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
352
olib boriladigan ishlar, ayniqsa, masala tuzishga o‘rgatish qobiliyati samarali ta'sir
ko‘rsatadi. Masalan o‘qib eshitilgandan so‘ng, o‘quvchilarning foydali mazmunini
eshitib idrok ustiga, to‘g‘ri, qisqa va aniq qayta aytib yuborish o‘rgatiladi.
Masalaga o‘rgatish esa mantiqiy, muhokama bilan kichik hikoyani beradi. Bu
mashq o‘quvchidan faollikni va mustaqillikni talab qiladi. Masalaning hikoyadan
farqi, unda nimadir noma'lum bo‘lib, uni topish uchun ma'lum so‘roqqa javob
berish talab qilinadi. O‘quvchi rasm asosida «Daraxtga uchta chumchuq qo‘ngan
edi, yana ikkita chumchuq uchib kelib qo‘ndi. Daraxtda nechta chumchuq bo‘ldi?»
masalasini tuzadi. Bu masalani yechishda o‘quvchilar daraxtga qo‘ngan
chumchuqlar sonini bilish uchun nima qilish o‘ylaydilar, muhokama qiladilar.
Masalani yechish uchun aniq izchillikda muhokama qilish va yordam bilan bolalar
o‘z fikrlarini matematika tilida aniq va bog‘lanishli bayon etishni o‘rganadilar.
O‘quvchilar nutqini o‘stirishda o‘qituvchining nutq madaniyati katta o`ringa ega.
O‘qituvchi barcha darslarda, sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarda faqat
orfoepik talaffuz va adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda ifodali, ta’sirli
so‘zlashi, har doim o‘quvchi daftariga, barcha hujjatlarga husnixat va imlo tartibga
rioya qilgan holda yozishi zarur.
Bu bilan u bolalarni ifodali so‘zlashga, xatosiz, chiroyli nutq so‘zlashga va
yozishga o‘rgatadi, tilga sezgirlikni uyg‘otadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
N.Saidaxmedov. Yangi pedagogik texnologiyalar. T. “Moliya”, 2003 172.
2.
R.Joʻrayev, A.Zunnunov. Ta’lim jarayonida oʻquv fanlarini integratsiyalash.
T..“Sharq”. 2005. 80 b.
3.
Qosimova K, Matchonov S, G‘ulomova X, Yo‘ldosheva Sh, Sariyev Sh.
Ona tili o‘qitish metodikasi. - Toshkent,” Noshir” nashriyoti,2009, 231b.
4.
Roziqov O.,Mahmudov M. va b. Ona tili didaktikasi. –Toshkent: „Yangi asr
avlodi“, 2005
5.
K.Qosimova,S. Matjonov , X. G‘ulomova , Sh.Yo‘ldosheva ,Sh. Sariyev .
“Ona tili o‘qitish metodikasi”-Toshkent, “Nosir” nashriyoti, 2009
6.
Internet materiallari