Mualliflar

  • Babajonova Guli To'lqin qizi

Muallif biografiyasi

  • Babajonova Guli To'lqin qizi

    Xorazm viloyati Yangibozor tumani 20-son umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.122974

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Jinsiy tarbiya jinsiy hayot gigiyena qoidalari fiziologik hodisalar jinsiy mayl balog’at Yoshi o’spirinlik Yoshi.

Annotasiya

Annotatsiya: Jinsiy tarbiya – bolalar, o’smirlar va yoshlarda jins masalalariga to’g’ri munosabatni shakllantirib borishga qaratilgan tibbiy va pedagogik tadbirlar tizimi.Jinsiy tarbiya shaxsning jismoniy, aqliy, maʼnaviy va estetik rivojlanishi bilan bevosita bogʻliq.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 4-son May 2025

244

YOSHLARDA JINS MASALALARIGA TO’G’RI MUNOSABATNI

SHAKLLANTIRISHNING MUHIM MASALALARI

Babajonova Guli To'lqin qizi

Xorazm viloyati Yangibozor tumani 20-son umumiy o'rta ta'lim maktabi

psixologi

Annotatsiya: Jinsiy tarbiya – bolalar, o’smirlar va yoshlarda jins

masalalariga to’g’ri munosabatni shakllantirib borishga qaratilgan tibbiy va

pedagogik tadbirlar tizimi.Jinsiy tarbiya shaxsning jismoniy, aqliy, maʼnaviy va

estetik rivojlanishi bilan bevosita bogʻliq

.

Kalit so‘zlar: Jinsiy tarbiya, jinsiy hayot, gigiyena qoidalari, fiziologik

hodisalar, jinsiy mayl, balog’at Yoshi, o’spirinlik Yoshi.

KIRISH

Bolalarning jinsiy tarbiyasi juda nozik masala. Tanlagan mavzuimiz kòlami

shu qadar kengki, bolalar ruhiyati bilan birga salomatligiga ham urg’u berib

o’tishga to’g’ri keladi. Jinsiy tarbiya ning asosiy vazifasi yosh avlodning yaxshi

oʻsibunishiga, zurriyot berish funksiyasini bekamu koʻst qilib shakllantirishga,

nikoh va oilani mustahkamlashga yordam berishdan iborat. Jinsiy tarbiyani

bolalarning yoshi, jinsi va malakasiga mos tushadigan qilib olib borish zarur.

Koʻplar jinsiy tarbiyani balogʻat yoshida boshlash kerak deb hisoblashadi.

Bu notoʻgʻri, chunki bunga taalluqli ayrim masalalarni bolaning yoshligidan

boshlab hal qila borish kerak. Koʻpgina ota-onalar jins masalasini muhokama qilish

odobdan emas deb oʻylab yoshlarni qiziqtiradigan masalalar toʻgʻrisida

soʻzlashmaslikni lozim koʻrishadi.

Natijada, bolalar atrofdagilardan, koʻpincha tasodifiy manbalardan koʻr-

koʻrona maʼlumotlar olib, oʻzlarini qiziqtirgan mavzular yuzasidan aksari notoʻgʻri

tasavvurga ega boʻlib qoladilar. Avvalo, yoshlar jins orasidagi tafovutlar, ular jinsiy

aʼzolarining tuzilishi va mohiyati haqida tasavvurga ega boʻlishlari lozim. Buni


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 4-son May 2025

245

maktab yoshidan boshlagan maʼqul. Maʼlumki oʻsmirlik davriga kelib gormonal

oʻzgarishlar, balogʻatga yetish, jismoniy yetilish tufayli qarama-qarshi jinsga

qiziqish paydo boʻladi. Xuddi shu davrda ular jinsiy aʼzolarning anatomik va

fiziologik xususiyatlaridan boxabar boʻlishlari lozim.

Jinsiy tarbiya jarayonini shartli ravishda bir nechta bosqichga ajratish

mumkin. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oddiy gigiyena malakalari va

yurish-turish qoidalarini oʻrgatib borish, organizmni chiniqtirish muhim, chunki

ularning jinsiy jihatdan rivojlanishi umumiy jismoniy rivojlanishiga bogʻliq.

Bolalar tarbiyasi va parvarishida badanning erogen zona deb ataladigan (qarang

Jinsiy hayot) joylari taʼsirlanmasligiga eʼtibor berish, ularga noqulay, tor kiyim

kiygazmaslik, gijja kasalliklari boʻlsa, vaqtida davolatish zarur. Shu yoshdagi

bolalarda, odatda, roʻzgʻor ishlariga qarashish istagi paydo boʻladi, ota-onalar bu

istakni ragʻbatlantirib turishlari, oʻgʻil bolalardan qizlarga yordam berishni talab

qilishlari lozim. Bolada javobgarlik, burch, boshqalarga mehrmuhabbat va hurmat

bilan qarash hissini shakllantirib borish muhim. Bolalar uyda biror ish, maktabda

esa tayinli bir vazifa bilan band boʻlishi jinsiy tarbiyada muhim ahamiyatga ega.

Balogʻatga yetish davridagi jinsiy tarbiya birinchi galda, shu davrda oʻsmirning

organizm va shaxsiyatida boʻladigan oʻzgarishlarni hisobga olishi lozim. Qizlar 12-

14 yoshda, oʻgʻil bolalar esa 13-15 yoshda oʻsmirlikka qadam qoʻyishadi, bu

davrda ularning ichki dunyosi boyib, endokrin bezlari, ayniqsa, jinsiy bezlarining

faoliyati kuchayadi, asta-sekin jinsiy mayl uygʻona boshlaydi. Balogʻatga yetish

jarayonida jinsiy ong qaror topa boshlaydi. Onalar sharqona feʼlimizdagi qon-

qoniga oʻtib kelayotgan oriyat tuygʻusi, avlodlarning shaʼnini pok saqlash yoʻlidagi

andisha tuygʻusi qizlar uchun javohirlardan ham yuksakroq ekanligini yoʻl-

yoʻlakay uqtirib borishlari lozim. Qizlarni maʼnaviy kamol toptirish uchun ular

ruhiyatiga masʼullik, burch, uyat, mehribonlik, fidoyilik, vafo fazilatlarini singdirib

borishlari darkor. Shuningdek, iffat, vijdoniy poklik, nomus, hayo qizlar tabiatiga

xos fazilat ekanligini tushuntirib qoʻyish muhim. Balogʻat yoshidagilar bu davrdagi

gigiyena masalalari tushunchalarini tasodifiy oʻrtoqlaridan emas, balki otaonalari,

pedagoglar va maktab vrachlaridan olishlari muhim. Xususan bu davrda qizlarni


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 4-son May 2025

246

hayz koʻrishga, oʻgʻil bolalarni esa ixtilom boʻlib turishga tayyorlash, bu fiziologik

hodisalar tabiiy hol ekanligini, ular boshlanganida qanday gigiyena qoidalariga

amal qilish kerakligini qizlarga onasi, oʻgʻillariga otasi yoki yaqin kishilari

tushuntirib berishi kerak. Yoshlar oʻzlarida paydo boʻlib boradigan allanechuk

istaklarni hamisha ham jilovlab ololmaydi, qarama-qarshi jinsdagi oʻz tengqurlari

oldida endi oʻzlarini noqulay his qiladigan boʻlishadi. Mana shu davrda yoshlar

oʻzlarini qiziqtiradigan ishlar bilan band boʻlsa, koʻngli odamlarga xayrixohlik

bilan toʻlib-toshib tursa, ularda jins masalalariga odatdan tashqari qiziqish paydo

boʻlmaydi. Jinsiy tarbiya jarayonini shartli ravishda bir nechta bosqichga ajratish

mumkin. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oddiy gigiyena malakalari va

yurish-turish qoidalarini oʻrgatib borish, organizmni chiniqtirish muhim, chunki

ularning jinsiy jihatdan rivojlanishi umumiy jismoniy rivojlanishiga bogʻliq.

Bolalar tarbiyasi va parvarishida badanning erogen zona deb ataladigan (qarang

Jinsiy hayot) joylari taʼsirlanmasligiga eʼtibor berish, ularga noqulay, tor kiyim

kiygazmaslik, gijja kasalliklari boʻlsa, vaqtida davolatish zarur. Shu yoshdagi

bolalarda, odatda, roʻzgʻor ishlariga qarashish istagi paydo boʻladi, ota-onalar bu

istakni ragʻbatlantirib turishlari, oʻgʻil bolalardan qizlarga yordam berishni talab

qilishlari lozim. Bolada javobgarlik, burch, boshqalarga mehr-muhabbat va hurmat

bilan qarash hissini shakllantirib borish muhim.

Bolalar uyda biror ish, maktabda esa tayinli bir vazifa bilan band boʻlishi

jinsiy tarbiya da muhim ahamiyatga ega. Balogʻatga yetish davridagi jinsiy tarbiya

birinchi galda, shu davrda oʻsmirning organizm va shaxsiyatida boʻladigan

oʻzgarishlarni hisobga olishi lozim. Qizlar 12-14 yoshda, oʻgʻil bolalar esa 13-15

yoshda oʻsmirlikka qadam qoʻyishadi, bu davrda ularning ichki dunyosi boyib,

endokrin bezlari, ayniqsa, jinsiy bezlarining faoliyati kuchayadi, asta-sekin jinsiy

mayl uygʻona boshlaydi (qarang Balogʻatga yetish). Balogʻatga yetish jarayonida

jinsiy ong qaror topa boshlaydi. Onalar sharqona feʼlimizdagi qon-qoniga oʻtib

kelayotgan oriyat tuygʻusi, avlodlarning shaʼnini pok saqlash yoʻlidagi andisha

tuygʻusi qizlar uchun javohirlardan ham yuksakroq ekanligini yoʻl-yoʻlakay uqtirib

borishlari lozim. Qizlarni maʼnaviy kamol toptirish uchun ular ruhiyatiga


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 4-son May 2025

247

masʼullik, burch, uyat, mehribonlik, fidoyilik, vafo fazilatlarini singdirib borishlari

darkor. Shuningdek, iffat, vijdoniy poklik, nomus, hayo qizlar tabiatiga xos fazilat

ekanligini tushuntirib qoʻyish muhim. Balogʻat yoshidagilar bu davrdagi gigiyena

masalalari tushunchalarini tasodifiy oʻrtoqlaridan emas, balki otaonalari,

pedagoglar va maktab vrachlaridan olishlari muhim. Xususan bu davrda qizlarni

hayz koʻrishga, oʻgʻil bolalarni esa ixtilom boʻlib turishga tayyorlash, bu fiziologik

hodisalar tabiiy hol ekanligini, ular boshlanganida qanday gigiyena qoidalariga

amal qilish kerakligini qizlarga onasi, oʻgʻillariga otasi yoki yaqin kishilari

tushuntirib berishi kerak.

Tarbiyaning bu jihati o‘ta nozik va mashaqqatli. Chunki farzandning jajji,

ko‘zni quvontiradigan go‘daklik harakatlari ortda qolib, endi u o‘smirlik yoshiga

yetadi. Endi farzand har bir holatni ongli fikrlaydigan, ko‘z oldida kechayotgan har

bir voqelik va jarayonlarga bolalarcha qiziquvchanlik bilan emas, aksincha,

o‘zgacha e’tibor bilan nazar sola boshlaydi. Shuning uchun ham ota-ona va

murabbiylardan bunday tarbiya jarayonida juda katta mahorat talab etiladi. Jinsiy

tarbiya o‘g‘il va qiz bolalarda jins masalalariga nisbatan to‘g‘ri munosabatni qaror

toptirishni ko‘zda tutadi. Yosh avlodning yaxshi va sog‘lom o‘sib-unishiga, voyaga

yetishiga, nasl qoldirish qobiliyatiga ega bo‘lishiga, nikoh va oilani

mustahkamlashga yordam berish jinsiy-ahloqiy tarbiyaning asosiy vazifasidir.

Ota-onalar, tibbiyot xodimlari va murabbiylar faoliyatlarini uyg‘unlashtirib,

bolalarning yoshi, jinsi, iqtidori va boshqa xususiyatlariga mos ravishda jinsiy

hamda axloqiy tarbiyani bir-biriga bog‘lab olib borishlari lozim. Maktabgacha

yoshdagi bolalar va kichik yoshdagi o‘quvchilar bilan ishlashda shunga alohida

e’tibor berish kerak: bunday tarbiya faqat jinsiy hayot asoslari bilan tanishtirish,

bolalarga gigiyenik malakalar, erkak va ayol tanasi tuzilishi, uning rivojlanish

qonunlarini singdirishdan iborat emas, balki axloqiy tarbiyaning ajralmas qismi

hisoblanadi.

Axloqiy tarbiyani to‘g‘ri olib borish uchun kattalar o‘g‘il yoki qiz bolaning

jinsiy rivojlanish bosqichlarini bilishi va tabiiy hamda g‘ayritabiiy ulg‘ayishni bir-

biridan farqlay olishlari zarur. As lida, jinsiy tarbiya ancha barvaqt boshlanadi. 7–


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 4-son May 2025

248

8 kun lik chaqaloqni tug‘uruqxonadan olib chiqilayotganda o‘g‘il yoki qizligiga

qarab va moslab kiyim-kechak hamda boshqa buyumlar tanlanadi. Bola uch

yoshga to‘lganidan so‘ng o‘zining qaysi jinsga mansubligini anglaydi. Bunda,

avvalo, ota va onaning “qizalog‘im”, “do‘mboq qizim”, “popugim” deb

erkalashidan bola qiz bola ekani, “sen o‘g‘il bolasan”, “o‘g‘il bola yig‘lamaydi”,

deb eslatishidan o‘g‘il ekani bola ongiga singadi.

Sovg‘a qilingan o‘yinchoq, kiyim-kechak, o‘yin va mashg‘ulotlardan o‘g‘il

va qiz o‘z jinsi haqida ma’lumotga ega bo‘lib boradi. Ota-ona va tarbiyachilar

bolalarga o‘g‘il yoki qiz bola ekanini bildirib va ularning qanday yumushlar

bajarishi lozimligini uqtirib, oiladagi o‘rnini ko‘rsatib borishadi. Bolalar

bog‘chasiga qatnaydigan kichkintoy odam tanasining tuzilishi, o‘g‘il va qiz bola

a’zolarining tuzilishi haqida qiziqib va o‘smoqchilab savol beraveradi. Hatto bu

haqida bexosdan ko‘pchilik davrasida so‘rab qolishi ham mumkin. Ota-ona yoki

tarbiyachi shunday holatda ularga: “Bunday narsani so‘rama”, “Uyat bo‘ladi”

demasligi, bolaga ta’qib ko‘zi bilan qaramasligi, ularni qiziqtirgan savolga vaqtini

topib, to‘g‘ri, erinmasdan, bosiqlik bilan javob berishi kerak. Aks holda, bolada

noxush va qo‘rqinchli tasavvur paydo bo‘lishi mumkin.

Aslida, bunday tarbiyadan maqsad – bolaning aqli uyg‘onishi bilan, avvalo,

jinsga nisbatan qarashini to‘g‘ri singdirib borish. Bu esa yigitlarning erkaklarga xos

tarbiyasi va o‘z o‘rnida, qizlarning ayollarga xos bo‘lgan tarbiyasiga e’tibor

yo‘lidir. Shu yo‘sinda oilada farzandlarning bir-birlariga nisbatan o‘zaro

muomaladagi masofa va o‘zlari haqidagi nozik tushunchalar berib boriladi. Shu

bilan birga yoshlariga qarab, uylanish va turmush qurish bilan bog‘liq masalalarni

ham yetkazib va uqtirib borish talab etiladi. Toki o‘spirin ulg‘ayib borarkan,

hayotda bu borada nima halol va nima harom ekanini tushunib yetsin. Kelgusidagi

turmushi davomida bu borada muammolarga duch kelmasin. Chunki aksariyat

oilalarda ota-onalar istihola qiladi yoki umuman ushbu tarbiyaga befarq bo‘ladi.

Oqibatda esa farzandlari turmush qurganidan keyin, ushbu masalalar sabab bo‘lib,

muammolar va ular orqasidan kelishmovchilik kelib chiqadi. Natijada, ko‘pincha

bunday oilalar hayoti ajralish bilan xotima topadi. Yoki tamoman noto‘g‘ri


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 4-son May 2025

249

tarbiyadan mosuvo bo‘lib o‘sgan farzand o‘ta qabih yo‘l – nafsoniy shahvat ketidan

quvib, turli buzuqliklarga berilib ketishi ham mumkin.

Bu kabi xunuk, sharmsiz holat va muammolarga barham berishning eng

go‘zal yo‘li jinsiy tarbiyani o‘ziga xos uslubda, dinimiz ko‘rsatmalari va milliy urf-

odatlarimizga muvofiq tarzda o‘rgatib borishdir. Ushbu tarbiya jarayonida ota-ona

farzandining yoshiga katta e’tibor berishi lozimdir.Shu bois necha yoshda qaysi

jihatga ko‘p e’tibor berish muhim ekanini bosqichma-bosqich bayon qilamiz.

Farzandlarning yoshiga qarab bunday tarbiya ularga uch bosqichda beriladi.

1-bosqich – 7–12 yoshlar oralig‘i, bu yaxshi va yomonni ajrata oladigan

yosh. Bu paytda bolaga izn so‘rash va nazar solish odobi o‘rgatiladi.

2-bosqich – 12–16 yoshlar oralig‘i, bu balog‘at yoshi bo‘lib, o‘smirlik yoshi

ham deyiladi. Bu vaqtda o‘g‘il bolada ehtilom va qiz bolada hayz bo‘ladi.

Ba’zilarda erta, ayrimlarda esa bir muddat kech kuzatiladi.

3-bosqich – 16–17 yoshlar oralig‘i, bu kamolga yetish yoshi hisoblanadi.

XULOSA

Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, yoshlar oʻzlarida paydo boʻlib boradigan

allanechuk istaklarni hamisha ham jilovlab ololmaydi, qarama-qarshi jinsdagi oʻz

tengqurlari oldida endi oʻzlarini noqulay his qiladigan boʻlishadi. Mana shu davrda

yoshlar oʻzlarini qiziqtiradigan ishlar bilan band boʻlsa, koʻngli odamlarga

xayrixohlik bilan toʻlib-toshib tursa, ularda jins masalalariga odatdan tashqari

qiziqish paydo boʻlmaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

G’.B.Shoumarov ‘Oila psixologiyasi’

2.

Семейная психология Шнайдер Л.Б

3.

Шнейдер, Лидия Бернгардовна. Семейная психология. –

М.: Деловая книга, 1999.

4.

Internet materiallari


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 4-son May 2025

250

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари