Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
240
OʻQUVCHILARDA KORRUPSIYAGA QARSHI
KOʻNIKMALARNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK
MASALALARI
Qurbonaliev Raufjon Teshaboyzoda
Fargʼona viloyati So'x tuman 12- IDUM amaliyotchi psixologi
Annotatsiya: Korrupsiya- shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeyidan
shaxsiy manfaatlarini yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki
nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi
shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish.
Kalit so’zlar: Korrupsiya, islohotlar, sudyalar, Korrupsiyaga qarshi
kurashish agentligi.
KIRISH
Korrupsiya bu – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan
bog‘liq bo‘lgan jinoyat turi hisoblanadi. Korrupsiya faoliyati xufyona
iqtisodiyotning asosiy turlaridan biridir. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda
davlat xizmatchilari tomonidan shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab, boylik orttirish
maqsadida xalqdan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish
tushuniladi. Ammo, umuman olganda, davlat amaldorlarigina emas, balki, davlat
tashkilotida ishlamaydigan fuqarolar ham korrupsiyaga doir munosabatlarning
ishtirokchilari bo‘lishi, pora pul emas, balki boshqa narsa evaziga ma’lum xizmatni
amalga oshirishlari mumkin.
Korrupsiya masalasi dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo’lgan eng asosiy
global muammolardan biridir.Bu muammo har qanday davlat va jamiyatning
ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadigan, inson huquq
va erkinliklarining poymol bo’lishiga olib keladigan salbiy illatdir.Shuning uchun
ham bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurash masalasi xalqaro ahamiyat kasb
etib, jahon siyosatining muhim masalasi qatoridan joy oldi.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
241
Korrupsiya- shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy
manfaatlarini yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki
nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi
shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish.
Insoniyat tarixida ma’lumki, korrupsiya jamiyatni yemiradigan, shaxsni
ahloqiy jihatdan inqirozga uchratadigan, har qanday davlat iqtisodiyotiga salbiy
ta’sir qiladigan ijtimoiy illatdir.Mustaqilligimizning ilk yillarida ham aynan shu
masalaga alohida to’xtalib o’tildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich
Karimov rahbarligida mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlashning
va korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari shakllantirildi. O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham qonun ustuvorligini ta’minlash
va korrupsiyaga qarshi qat’iy kurashish bo’yicha muhim takliflarni ilgari surdi.
"Islohotlarimiz samarasi koʻp jihatdan 4 ta muhim omilga, yaʼni qonun
ustuvorligini taʼminlash;
korrupsiyaga qarshi qatʼiy kurashish;
institutsional salohiyatni yuksaltirish va kuchli demokratik institutlarni
shakllantirishga bogʻliq
bilan alohida suhbat-intervyular o‘tkazish qo‘l keladi.
Yakkama-yakka suhbatlarda korrupsiyaning shakli, ishlash mexanizmi,
amalga oshirishdagi halqalar – shaxslar, usul va vositalar haqidagi ma’lumotlar
to‘planadi. Shundan so‘ng korrupsionerga emas, balki korrupsiyani keltirib
chiqarayotgan sabablarga qarshi kompleks kurash chora-tadbirlari ishlab chiqiladi.
Bunda korrupsioner, unga vositachilik qilayotganlar qattiq ogohlantirilishi,
mansabdor shaxslar, yaqin qarindoshlarining daromadlari, mol-mulklari, sarf-
xarajatlari o‘rganilib, noqonuniy yo‘l bilan topilgan daromadlar aniqlangan
taqdirda, tegishli tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin.
Bu usul korrupsiyaga xizmat qilayotgan omillarni tizimli bartaraf etish,
qaysi o‘rinlarda korrupsiyaga ko‘proq yo‘l qo‘yilayotganini, buning sabablarini
aniqlash imkonini ham beradi.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
242
Bolalikdan korrupsiyaga qarshi toqatsizlik kayfiyatini uyg‘otish uchun
maktablarda antikorrupsion darslar tashkil etilishi kerak. Darsda korrupsiya nima,
uning qanday zararlari borligi bolalar tushunadigan sodda tilda yetkazilishi,
o‘quvchilar bilan korrupsiya haqida suhbatlar o‘tkazilishi, rolli o‘yinlar o‘ynalishi
mumkin.
Darslarda korrupsion holatlarga aniq misollar keltirilib, uning oqibatlari,
qarshi kurashish usullari, bunda o‘quvchining shaxsiy ishtiroki qanday bo‘lishi
aytiladi. Masalan, muayyan tibbiy ma’lumotnomani olishda ko‘rikdan o‘tmay
turib, pora evaziga ishni bitirish holati hammaga tanish. Ammo shunday yo‘l bilan
tibbiy ma’lumotnoma olgan sil kasalligiga chalingan shaxs maktab oshxonasida
ishlasa nima bo‘ladi? Oqibatda qancha odam kasallanadi, ular orasida siz ham
bo‘lishingiz mumkin, deyiladi.
Kichik yoshdagi bolalar bilan ishlashda rolli o‘yinlar foydali. Biror vaziyat
sahnalashtirilib, pora oluvchi soha mutasaddilari roli bolalar o‘rtasida
taqsimlanadi. Yoki bolalar vijdonli va vijdonsiz rahbar haqidagi o‘z qarashlarini
suratlar orqali tasvirlab beradi.
Jamiyatda poraxo‘rlikka qarshi kurash keng qamrovli, kompleks ishlarni o‘z
ichiga oladi. Birgina sababga qarshi kurashib bu illatni yo‘qotib bo‘lmaydi. Barcha
sabablar chuqur o‘rganilishi, poraxo‘rlik, ya’ni oqibat emas, balki unga olib
boruvchi yo‘llar, uni vujudga keltiruvchi sabablar yo‘qotilishi kerak.
O‘qituvchi pora olmaydi, maktab direktori hammani teng ko‘radi, u o‘z
mansabi va vakolatlarini hech qachon suiiste’mol qilmaydi, biz pora berib
o‘qimaymiz, ta’limda tenglik, qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik bo‘lishi shart,
qabilidagi tushunchalar odamlarning qon-qoniga singib, qadriyat darajasiga
ko‘tarilmas ekan, korrupsiya biz bilan yonma-yon yashayveradi.
Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha 2021-2025-yillariga
mo’ljallangan milliy strategiya loyihasini ishlab chiqishi jadalshtirish va uning
loyihasini keng jamoatchilik, fuqarolar o’rtasida ommaviy muhokamasiga taqdim
etish bo’yicha tegishli qarorlar qabul qilinmoqda.
Harakat bir tomondan emas, ikki tomondan qulinsa, marraga tezroq yetib
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
243
boriladi. Ya’ni, korrupsiyaga qarshi faqat davlat organlari, shuningdeek, ishlab
chiqilgan samarali qonunlar orqaligina erishib qolmaymiz. Bu qonunlarni amalda
ijro etish faqat davlatning emas, bizning ham majburiyatimizdir.
XULOSA
Korrupsiyaga qarshi kurashish har bir fuqaroning, ichki-ruhiy maslagi va
e’tiqodiga aylanishi kerakki, bu korrupsiyaga qarshi ma’rifatning o’zagini tashkil
qiladi. Mamlakatimizning kelajagini va obro’-e’tiborini qadrlaydigan har bir
vijdonli fuqaro korrupsiya tahdidini zararli oqibatlarini doimo esda tutmog’i va
unga qarshi kurashmog’i shart.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
“ Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’zbekiston
Respublikasi qonuni
2.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
24.01.2020
3.
Internet materiallari