Mualliflar

  • Aliqulova Feruza Abror qizi,

Muallif biografiyasi

  • Aliqulova Feruza Abror qizi,

    O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.123094

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: til madaniyat lingvomadaniyat maqollar mentalitet.

Annotasiya

Annotatsiya. Ushbu maqolada til va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi lingvokulturologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Xususan, koreys va o‘zbek xalq maqollarining lingvokulturologik xususiyatlari solishtirma tahlil asosida o‘rganiladi. Maqolalarda xalqning milliy tafakkuri, dunyoqarashi, qadriyatlari va madaniy urf-odatlari mujassam bo‘lgani sababli, ularni lingvokulturologiya doirasida o‘rganish ikki xalq madaniyatini qiyosiy tahlil qilishda muhim vosita hisoblanadi. Tadqiqot natijalari koreys va o‘zbek xalq maqollarida o‘xshashlik va farqlarning til va madaniyat bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatadi hamda xalqona tafakkur ifodalarini chuqur anglashga xizmat qiladi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 2-son May 2025

254

KOREYS VA O‘ZBEK XALQ MAQOLLARINING

LINGVOKULTUROLOGIK JIHATLARINI TAHLIL QILISHDA TIL VA

MADANIYATNING BOG‘LIQLIGI

Aliqulova Feruza Abror qizi,

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘qituvchisi

E-mail:

aliqulovaf1307@gmal.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada til va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi

lingvokulturologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Xususan, koreys va o‘zbek xalq

maqollarining lingvokulturologik xususiyatlari solishtirma tahlil asosida

o‘rganiladi. Maqolalarda xalqning milliy tafakkuri, dunyoqarashi, qadriyatlari va

madaniy urf-odatlari mujassam bo‘lgani sababli, ularni lingvokulturologiya

doirasida o‘rganish ikki xalq madaniyatini qiyosiy tahlil qilishda muhim vosita

hisoblanadi. Tadqiqot natijalari koreys va o‘zbek xalq maqollarida o‘xshashlik va

farqlarning til va madaniyat bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatadi hamda

xalqona tafakkur ifodalarini chuqur anglashga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar: til, madaniyat, lingvomadaniyat, maqollar, mentalitet.

Har bir xalq, millatning asrlar davomida shakllangan milliy qadriyatlari,

urf-odat va an’analari mavjud. Inson ana shu milliylikni o‘zida aks ettiruvchi

muayyan madaniyat, til, tarix, adabiyotga aloqador bo‘ladi. Ma’lumki, til ijtimoiy

hodisa bo‘lish bilan birgalikda madaniyat bilan ham uzviy bog‘liqdir. Bugungi

kunda insonlar, xalqlar, mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy-siyosiy, madaniy hamda

ilmiy aloqalar, xalqaro-madaniy kommunikativ jarayonlar tilshunoslik sohasida

tillarning o‘zaro munosabati, til madaniyati va tilning milliy o‘ziga xos ko‘rinishi

kabi qator masalalarni kun tartibiga qo‘ymoqda. “Gohida bir tilda so‘zlashayotgan

insonlar ham bir-birini tushuna olmaydi, bunga sabab ularning madaniyatlari

turlichaligidadir,” – deb aytgan edi tilshunos olim L.V.Sherba. Ikki madaniyat


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 2-son May 2025

255

vakillari muloqot qilayotganda bir-birini tushuna olmasligi madaniyatlarning

to‘qnashuvini yuzaga keltiradi. Bu esa tilshunoslikda katta muammo sifatida

ko‘tarilib, til va madaniyat muammosini o‘rganishni maqsad qilgan –

tilshunoslikning yangi sohasi lingvokulturologiyaning yuzaga kelishiga sabab

bo‘ldi.

Lingvomadaniyat tilshunoslikning mustaqil yo‘nalishi sifatida XX asrning

90-yillarida vujudga keldi. Tadqiqotchilarning qayd qilishicha, “lingvomadaniyat”

( “lingvokulturologiya”) (lot. lingua “til”; cultus “hurmat qilish, ta’zim qilish”;

yunon. “ilm, fan”) termini V.N.Teliya rahbarligidagi Moskva frazeologik maktabi

tomonidan olib borilgan izlanishlar bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘lgan [1].

O‘zbek tilshunosligida “til va madaniyat” masalalari bilan eng ko‘p va xo‘p

shug‘ullangan olim Nizomiddin Mahmudov o‘zining “Tilning mukammal tadqiqi

yo‘llarini izlab...” nomli maqolasida “til” va “madaniyat” tushunchalari haqida

quyidagilarni yozadi: “Til va madaniyat deganda, ko‘pincha, “nutq madaniyati”

deyiladigan muammo assotsiativ holda esga tushsa-da, bu ikki o‘rindagi

madaniyatning aynanligini aslo ko‘rsatmaydi. Til va madaniyat deganda, odatda,

(to‘g‘risi ham shu) til orqali u yoki bu madaniyatni yoki aksincha, madaniyatni

o‘rganish orqali u yoki bu tilni tushuntirish nazarda tutiladi, aniqroq aytadigan

bo‘lsak, lingvokulturologiyadagi madaniyatning ma’nosi “aqliy-ma’naviy yoki

xo‘jalik faoliyatida erishilgan daraja, saviya (nutq madaniyati)” emas, balki

“kishilik jamiyatining ishlab chiqarish, ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy hayotida

qo‘lga kiritgan yutuqlari majmuyi (madaniyat tarixi, o‘zbek madaniyati)”

demakdir” [2].

Xalq madaniyatini ko‘rsatishda maqollar eng faol vositalardan biri sifatida

bugungi kunda tilshunoslikda lingvokulturologik izlanishlar jarayonining muhim

mavzularidan biriga aylanmoqda, ko‘plab izlanishlarning asosiy obyekti sifatida

ishlanilyapti. Koreys folklorshunos olimlari Shim Je-gi va Kim Son-pung

maqollarni “

인간사회를

있는

그대로

비추는

거울

” deb ataydilar va bu orqali

maqollar butunlay xalqning madaniyatini ko‘rsatuvchi omillar ekanligiga


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 2-son May 2025

256

ishonadilar. Har bir maqol, ularning fikricha, xalqning turmush tarzini qisqa va

lo‘nda umuman olganda to‘laligicha ifodalay oladigan ko‘zgudir [3]. Maqollar

yuzasidan olib borgan tadqiqotida maqollarning xususiyatlariga to‘xtalar ekan

Chve Chang-ryol shunday deydi: “Maqollar mahalliy xususiyatlarni tashiydi.

Ya’ni maqol o‘zi yaratilgan hududning o‘ziga xos mahalliy belgilarini aks ettiradi.

Turli mintaqalarning tillari, urf-odatlari, turmush tarzi va qadriyatlari turlicha

bo‘lgani kabi, maqollar ham yaratilgan hududga qarab o‘ziga xos hududiy

rangbaranglikka ega. Koreyslarning o‘ziga xos ruhi, e’tiqodi, tarixi va tafakkur

tarzini o‘zida mujassam etgan koreys maqollari ko‘p, shuning uchun ularda

mazmun o‘xshash bo‘lsa-da, har birida Koreyaning o‘ziga xosliklari aks etadi.

Shuningdek, maqollarda zamon xususiyati ham mavjud. Maqol o‘zi

yaratilgan davrning ruhiyatini aks ettiradi. Zero, turmush tarzi, qadriyatlar

zamonga qarab o‘zgarib, insonlarning dunyoqarashi va ijtimoiy tuzumi ham farq

qilib borgani sababli maqollar o‘zlari yaratilgan jamiyatning zamon sharoitlarini

aks ettirganini ko‘rish mumkin. Shu kungacha yetib kelgan maqollar orasida

bizning bugungi dunyoqarashlarimizdan farqli feodal davrga oid maqollar ko‘p

bo‘lib, zamonaviy davrda esa bugunning ruhiyatini aks ettiruvchi maqollar paydo

bo‘lyapti” [4] .

Yuqorida keltirilgan olimlarning nazariyalariga asoslangan holda bir qancha

o‘zbek va koreys tillaridagi maqollarni chuqur tahlil qilib, keltirilgan fikrlarimizni

isbotlashga harakat qilamiz. Ularda xalq turmush tarzi qay darajada

ifodalanganligini misollar yordamida keltirishga va ikki tilda mavjud bo‘lgan

maqollarning solishtirma tahlili orqali o‘zaro o‘xshash va farqli tomonlarini

ko‘rsatishga harakat qilamiz. Masalan: koreys tilidagi

밥이

보약이다

(guruch

tetiklashtiruvchidir),

남의

더운

밥이

식은

밥만

못하다

(boshqaning issiq

guruchi o‘zimning sovugan guruchimdek bo‘lolmaydi),

먹을

때는

개도

때린다

” (guruch yeyayotganda, itni ham haydalmaydi),

먹은

개가

발등

문다

(guruchimdan yegan it oyog‘imdan tishladi)

maqollaridagi

so‘zi

“guruch” ma’nosini beradi. Guruch koreys, yapon, xitoy xalqlari uchun asosiy


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 2-son May 2025

257

ozuqa bo‘lib, u hamisha Uzoq Sharq dasturxonining muhim atributi bo‘lib kelgan.

Jumladan, Xitoyda ishdan bo‘shatilgan, ishini yo‘qotgan odamga nisbatan “U

qozonini sindirdi” (ya’ni guruchli qozonini)

自己的

) degan iboraning

mavjudligi ham guruchning rizqu nasiba ramzi ekanligini ko‘rsatadi. Shuningdek,

“guruch”, ya’ni “mi” komponenti bilan yasalgan quyidagi frazeologizmlarni

keltirish mumkin: Qiao fu nan wei wu mi zhi chui – “Uy bekasi qanchalik aqlli

bo‘lmasin, mahsulotsiz ovqat pishira olmaydi yoki “Bai yang mi yang bai yang

ren” “Har kimning aqli, tashqi ko‘rinishi va boshqalarni muhokama qilish usuli

farq qiladi” . Xitoy va koreys xalqi madaniyatida insonlar bir-biri bilan

uchrashganda “Ovqatlandingizmi?” ma’nosida xitoylarda “

吃了沒

?”,

koreyslarda “

먹었어요

?” deb so‘rash an’anaga aylangan. Buni xitoy va koreys

xalqlarining ko‘p asrlik tarixida yashash uchun olib borilgan kurashi bilan izohlash

mumkin. (Shuni alohida ta’kidlash joizki, Koreyada 1945-yillarda, Xitoyda 1960-

yillarda ocharchilik keng tarqalgan edi).

Yuqorida keltirib o‘tilgan guruch bilan bog‘liq koreys maqollarning

o‘zbekcha muqobili sifatida esa “Yarimta non – rohati jon”, “Nasiya nonning ham

kuyugi bo‘lar, ham kesagi”, “Bir kun tuz ichgan joyga qirq kun salom ber”, “Tuzini

yeb tuzlig‘iga tupurdi” maqollarini keltirishimiz mumkin. Non va tuz azaldan

o‘zbek xalqi uchun muqaddas va muhim ozuqa etaloni hisoblanib kelib, o‘zbek

xalq maqollari orasida non va tuz konseptli maqollar juda ko‘p uchraydi. Dunyoda

o‘zbekchalik nonga yuksak hurmatda bo‘lgan xalq bo‘lmasa kerak. Deyarli

ko‘pgina xalqlarda, jumladan o‘zbek xalqida uyga mehmon kelsa, dasturxonga

birinchi bo‘lib non qo‘yadilar. Diplomatik, hamkorlik aloqalari munosabati bilan

tashrif buyurgan mehmonlarga ham non, tuz bilan peshvoz chiqadilar. Non va tuz

milliyligimiz, madaniyatimiz belgisidir. Ushbu tushunchalar eng ulug‘, eng aziz

ne’mat sifatida qon-qonimizga singib ketganki, hatto mana shu konseptlar zamirida

duo, tilak bildirish (noni ko‘paysin, noni butun bo‘lsin, bitta noni ikkita bo‘lsin),

qarg‘ish (non ko‘r qilsin, non ursin, bergan tuzimga rozi emasman, tuzim ko‘r


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 2-son May 2025

258

qilgur) ma’nolari ham shakllangan.

Koreys xalqi tomonidan ko‘p ishlatiladigan maqollardan yana biri bu

친구와

포도주는

오래될

수록

좋다

(do‘stlik va vino qancha uzoq saqlansa

shuncha yaxshi bo‘ladi)

ma’nosini beradi. Koreys xalqi spirtli ichimliklar ko‘p

istemol qilganligi sababli aroq bilan bog‘liq maqollar xalq orasida ommalashgan:

외모는

거울로

보고

마음은

술로

본다

(tashqi ko‘rinishni oyna orqali

ko‘rsang, qalbni aroq orqali ko‘rasan).

Shulardan yana

biri

반잔

술에

눈물나고

한잔

술에

웃음

난다

(yarim idish vino ko‘z yoshini, to‘la idishdagi vino kulguni

chiqaradi)

maqoli bo‘lib, bu maqol muloyimlik va ko‘ngil og‘ritishni ko‘rsatib

beruvchi kichik xatti-harakatni ifodalab keladi: mehmonga idishning yarmida

ichimlik berish uning ko‘nglini og‘ritish, hurmatsizlikni anglatadi. Idishni to‘latib

ichimlik berish esa, aksincha, muvaffaqiyat tilash va hurmatni ko‘rsatadi.

Shuningdek, koreys xalqiga xos bo‘lgan qarashlardan yana biri bu o‘zidan katta

inson spirtli ichimlik uzatganda uni qaytarish yoki ichmaslik unga nisbatan

hurmatsizlik hisoblanishidir. Hatto aroq quyish va ichish bilan bog‘liq bir qancha

etiket qoidalari ham mavjudki, bu koreys xalqi hayotida

ning katta ahamiyatga

ega ekanligini bildiradi. Koreys xalqida spirtli ichimlik kundalik hayotning

ajralmas qismi bo‘lib, ko‘cha-ko‘yda ham

ichib ketayotgan insonni uchratish

tabiiy holatdir. Koreys xalq maqollari orasida spirtli ichimlikning salbiy oqibatlari

haqida ogohlantiruvchi maqollar ham uchrab turadi:

술친구는

친구가

아니다

(sen bilan ichib o‘tirgan do‘st haqiqiy do‘sting emas).

Ammo bunday maqollar

judayam sanoqli.

Ammo o‘zbek tilida hech qachon koreys tilida uchraydigan spirtli ichimlik

bilan bog‘liq ijobiy mazmundagi maqollar uchramaydi. Chunki o‘zbek xalqining

ko‘pchilik qismi islom diniga sig‘inadi va islom dinida spirtli ichimlik harom

qilingan va eng og‘ir gunohlardan hisoblanadi. Shu bois xalqimizda har qanday

holatda ham spirtli ichimlik ichish doim qoralanadi:

“Aroqxo‘r – o‘ziga qonxo‘r”,

“Aroq ichgan – o‘ziga kafan bichgan”, “Pastak tog‘da qor bo‘lmas, Aroqxo‘rda

– or”.

Bu jihatdan olib qaraganda o‘zbek va koreys xalqining diniy qarashlaridagi


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 2-son May 2025

259

ayrim tushunchalar farq qiladi va tilda ham shunday aks etadi.

Demak, biror xalq hayotida mavjud va kundalik hayotda faol qo‘llaniluvchi

leksemalar tilda o‘z qiyofasini yaratadi va xalqlarning milliy mentalitetini

ko‘rsatishda maqollarda ishtirok etmay qolmaydi. Ahamiyatli tomoni shundaki,

har ikki tilda mavjud bo‘lgan bir xil maqollar ba’zan ikki xalq tomonidan bir xil,

ba’zan umuman boshqacha ifoda bilan o‘zining xususiyatlarini ochib beradi.

Buning sababi shundaki, xalqda bor narsa uning tilida ham ifodalanadi. Agar bir

narsa yoki holat har ikkala tilda ham mavjud bo‘lsa, maqol ko‘pincha bir xil ma’no

anglatadi. Agar buning aksi bo‘lsa, maqollar umuman boshqacha ma’no berishi

yoki bir maqolning muqobil varianti qiyoslanayotgan tilda umuman mavjud

bo‘lmasligi mumkin. Shu o‘rinda koreys va o‘zbek maqollarida xalqning

o‘tmishidan bugungi kunigacha bo‘lgan barcha millatga xos urf-odatlar o‘z aksini

topgan va xalq o‘g‘zaki ijodining nodir namunalari sifatida maqollar bu vazifani

bajarishda yetakchilik qiladi. O‘zbek va koreys xalqining mentalitetiga xos

jihatlarni o‘rganishda o‘zbek va koreys maqollari bu ikki xalqning o‘ziga yarasha

o‘xshash va farqli tomonlarini ko‘rasatib bera oladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Телия В.Н. Русская фразеология: семантический, прагматический и

лингвокультурологический аспекты. –М.: Школа “Языки русской

культуры”, 1996.

2.

Mahmudov N. Tilning mukammal tadqiq yo‘llarini izlab…//O‘zbek tili va

adabiyoti. – Toshkent, 2012. – №5. – 10 b.

3.

Manba:

encykorea.aks.ac.k.

심재기

,

김선풍

.

«

속담

»,

한국민족문화대백과사전

. – South Korea, 2021.

4.

최창렬

.

우리속담연구

. –

일지사

, 1999. – 16

.