Mualliflar

  • Raxmanberdiyev Muxtor Murotqulovich

Muallif biografiyasi

  • Raxmanberdiyev Muxtor Murotqulovich

    Surxondaryo viloyati Jarqo’rg’on tumani 27-sonli umumta'lim maktab psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.123116

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: psixogimnastika maqsadi vazifasi trenerga tavsiyalar diagnostika korreksiya hissiy tanglik mimikali va pantomimikali etyudlar tana tili.

Annotasiya

Anotatsiya: Ushbu maqolada guruhiy psixologik treninglarda qo’llanadigan psixogimnastikaning o’rni va ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 2-son May 2025

151

GURUHIY TRENINGLARDA PSIXOGIMNASTIKANING ROLI

Raxmanberdiyev Muxtor Murotqulovich

Surxondaryo viloyati Jarqo’rg’on tumani 27-sonli umumta'lim maktab

psixologi

Anotatsiya: Ushbu maqolada guruhiy psixologik treninglarda qo’llanadigan

psixogimnastikaning o’rni va ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so’zlar: psixogimnastika, maqsadi, vazifasi, trenerga tavsiyalar,

diagnostika,

korreksiya, hissiy tanglik, mimikali va pantomimikali etyudlar, tana

tili.

Psixogimnastika – bu guruh a’zolarining o‘zini iamoyon qila oladigan va

nutqsiz munosabatga kirisha olishini ta’minlovchi metoddir. Bu samarali vosita

yordamida shaxsning ijtimoiy hodisalarni idrok qilishi uchun eng qulay sharoit

yaratiladi, “tana tili”ga e’tibor beriladi, atrof-hayot munosabatlarini ifodalashga

imkoniyat yaratiladi.

Guruh a’zolarining asosiy kommunikatsiya vositasi imo-ishorali harakatlar

bilan ta’sir o’tkazish hisoblanadi. Tor ma’nodagi psixogimnastika -o’yinlar

etyudlar ko’rinishida bo’lib, guruh a’zolari aloqa vositasi sifatida nutqsiz harakatni

qo’llaydilar. Psixogimnastikaning bu turi guruhiy korreksiya vazifalarini

bajarishga yo’naltirilgan, ya’ni o’zaro aloqa o’rnatish, tarang vaziyatni ko’tarib

tashlash, qarama-qarshi tomon aloqalarini ishlab chiqish va boshqalar. Keng

ma’nodagi psixogimnastika – bu maxsus mashg’ulotlar kursi bo’lib, uning

yo’nalishi bilishga oid va shaxsiy emotsional tomondan rivojlantirishga va

korreksiya qilishga qaratilgandir. Guruh bilan ishlashning nutqsiz usuli sifatida

psixogimnastika hissiy kechinmalarning paydo bo’lishi, emotsional holatlarning

kechishi, harakatlarni bajarishdagi muammolar, yuz mushaklarining ma’noli

harakatlari, imo-ishoralar bilan qilinadigan harakatlarni nazarda tutadi, mijozga


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 2-son May 2025

152

o’zini namoyon qilishga va so’z yordamisiz muloqot o’rnata olishga imkon

yaratadi. Bu qayta tiklovchi psixokorreksiya metodi bo’lib, maqsadi – mijoz

shaxsini o’rganish, tushunish va o’zgartirishdir demakdir. Psixogimnastik

mashqlarni o‘tkazishning o‘ziga xosligi. Psixogimnastika 3 qismdan iborat bo’lib,

har bir qism o’zining mustaqil vazifalari va shaxsiy metodik vositalari bilan

xarakterlanadi:

Tayyorgarlik kismi.

Pantomimika (imo-ishorali harakatlar) qismi

Yakuniy qism.

Tayyorgarlik qismi qoidaga asosan diqqatni rivojlantirishga qaratilgan

mashqlardan boshlanadi. Bu turdagi mashqlarga quyidagilar kiradi:

- kechikish (orqada qolish) mashqi: Guruh a’zolari oddiy gimnastika mashqini

boshlovchidan bir harakatga ortda qolib ketma-ket ravishda qaytaradilar. Mashq

tezligi sekin-asta ortib boradi.

-ritmni doira bo’ylab uzatish: Guruh a’zolarining hammasi bir-birining

ortidan doira bo’ylab berilgan ritmni chapak chalib takrorlaydilar.

- harakatni doira bo’ylab uzatish: Guruh a’zolaridan biri tasavvuridagi

predmet bilan shunday harakat bajara boshlaydiki, bu harakatni keyingi ishtirokchi

davom ettira olishi kerak. Keyingi ishtirokchi ham tasvirlangan predmet bilan

bog‘liq boshqa biron harakatni bajarishi va bu predmet doira bo’ylab turli

harakatlar bilan aylanib chiqishi lozim. - oyna: Guruh a’zolari juft-juft bo‘lib

ajraladilar va navbatma-navbat o‘z sheriklarining harakatini takrorlaydilar.

Mashqlarning yana bir turi, asosan, tarang holatni olib tashlashga mo‘ljallangan

bo‘lib, oddiy harakatlardan tashkil topgan. Masalan: “Men suvda yurib

ketayapman”, “Ishdan qaytyapman”, “Guruhdagi mashg‘ulotga ketyapman” v.b.

Bu turkumga “Uchinchisi ortiqcha” tipidagi mashqlar ham talluqli bo‘lib, ulardan

turli harakatli o‘yinlar sifatida foydalanish mumkin. Keyingi turdagi mashqlar

guruh a’zolari o‘rtasidagi emotsional masofani qisqartirishga, hamkorlikda

ishlashga, va o‘zaro yordamni rivojlantirishga yo’naltirilgandir. Bunda bevosita


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 2-son May 2025

153

aloqani nazarda tutuvchi fazoviy masofani kamaytiruvchi mashqlardan

foydalaniladi: juft-juft bo‘lib tor ko‘prikda ajralish, stulga o‘tirish, boshqa odam

bilan mashg‘ul bo‘lish, xafa bo‘lgan odamni tinchlantirish, davra bo‘ylab sezgilari,

his-tuyg‘ularini kuzatish. Oxirgi mashqda guruhning barcha a’zolari ko‘zlarini

yumib, doira bo‘lib o‘tiradilar. A’zolardan biri qo‘lini sal tekkizish orqali

qandaydir sezgini yonidagi sherigiga o‘tkazadi. Sherigi esa o‘z navbatida yonidagi

sherigiga xuddi shu hisni mazmunini o‘zgartirmay faqat o‘z usuli yordamida

o‘tkazishi lozim. Bir his (sezgi) turli harakatlar, qo’lning sal tegishi yordamida

ifodalanadi, davra bo‘ylab aylanadi, Bu turdagi mashqlar mijozdagi xavfsirash

hissini yo‘qotishga, o‘zaro ishonch, bir-birini hissiy tushinish, qabul qilishga

yordam beradi. Ishning dastlabki tayyorgarlik davrida tayyorgarlik qismiga

mashg‘ulotning yarmidan ko‘p vaqtini, ba’zan esa hamma vaqtni ajratish mumkin.

Chunki bu qismda xavotirlanish, zo‘riqish, mijozning o‘zini erkin tutolmasligi,

aloqa o‘rnatishdagi qo‘rquv kabilar o‘rganilmagan sharoitda kuchayadi, va aynan

shuning uchun bunday ko‘rinishlarni bartaraf etishga yordam beruvchi mashqlar

o‘tkazish zarur bo‘ladi. Bunday hollarda guruh a’zolarida qanday kechinmalar

bo‘lganini muhokama qilishga kam vaqt ajratib, eng umumiy kechinmalar

bilangina cheklanib qolinadi. Mashqlarni tanlash va davomiyligi guruhning

umumiy holatiga, rivojlanishiga, maqsad va vazifalariga ko‘ra aniqlanadi. Ba’zi

hollarda psixogimnastikaning birinchi mashg‘ulotlari boshlangich qism

mashqlaridan iborat bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu bosqichda haddan ziyod

murakkab pantomimik vazifalar bermaslik va mashqlarni izohlashga berilib

ketmaslik kerak. Bunday sharoitda guruhga diqqatni mashq qiluvchi, nutqsiz

ta’sirotlarni tushunish kunikmasini rivojlantiruvchi, o‘zaro emotsional masofani

kichraytiruvchi umumiy mashqlar tavsiya qilish samarali natija beradi.

Keyingi

bosqichlarda

pantomimik

vazifalarning

salmog’i ortadi.

Psixogimnastikada pantomimika qismiga korreksiyalash guruhida asosiy vaqt

ajratiladi. Mijoz taklif qilgan mavzular so‘zsiz tanlanadi. Mavzular psixolog

tomonidan ham tavsiya qilinishi mumkin. Pantomimika uchun mavzular mazmuni


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 2-son May 2025

154

chegaralanmagan va alohida bir mijozning muammolariga, butun guruh

a’zolarining muammolariga, shaxslararo harakatlarga mo‘ljallangan bo‘lishi

mumkin. Pantomimika qismida quyidagi mavzular tez-tez yakullaniladi:

1.Qiyinchiliklarni engib o‘tish. Bu mavzu umuminsoniy muammolar va

munozaralarni aks ettirib, timsol ko’rinishida tasavvur qilinishi mumkin.

“Qiyinchiliklarni yengib o‘tish”, “Ta’qiqlangan meva”, “Chorraha”, “Kasallik”,

“Sog’liq”, “Baxt”, “Xavf’ va boshqalar. Barcha mijozlar navbatma-navbat hayotiy

qiyinchiliklarni qanday bartaraf etishni tasvirlaydilar, Qiyinchilik timsoli sifatida

qandaydir predmetdan foydalanish, masalan. stul yoki skameyka to‘siq bo‘lib uni

engib o‘tish kerak.

2. Ta’qiqlangan meva. Hamma mijozlar navbatma-navbat o‘z xohish istaklari

tashqi va ichki me’yorlar bilan mos tushgan holatlarda o‘zlarini qanday tutishlari

haqida gapirib beradilar. Ta’qiqlangan meva sifatida qandaydir predmetdan

foydalanish mumkin.

3.Mening oilam. Mijoz guruh a’zolaridan bir nechtasini tanlab oladi. Ularni

davrada shunday joylashtiradiki, ular o‘rtasidagi masofa oila a’zolari o‘rtasidagi

emotsional yaqinlik bilan mos kelsin.

4.Haykaltarosh. Guruh a’zolaridan biri haykaltarosh rolini ijro etadi. Guruh

a’zolarining o‘ziga xos xususiyatlari va munosabatlarini aks ettiruvchi holatlarni;

ularning gavda tuzilishi, tashqi qiyofasini shunday holatga keltiradiki, uning

fikricha bu ko’rinish shu odam shaxsiga xos xususiyatlari va nizolarini

(janjalkashliklari) aks ettirsin.

5.Mening guruhim. Mavzu guruh a’zolariga o‘z his-tuyg‘ularini izhor qilish

bilan bog‘liq. Guruh a’zolari xonaning turli joylariga shunday joylashtiriladiki,

ular o‘rtasidagi masofa emotsional yaqinlikni aks ettirsin.

6.Odatiy hayotiy holatlar. (iltimos, talab, ayblash, janjallashish, v.b.)

7. Ertak. Ertak mavzusi “fantaziyalaridan foydalanib” mavzusiga bog’lanadi.

Mijozlar sehrgarlar, sehrlangan qahramonlar rolini tasvirlaydilar. Pantomima

jarayonida “Egizaklar” va “Oyna” tipidagi yordamchi usullardan ham


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 2-son May 2025

155

foydalaniladi. Ularning mohiyati shundaki mijozlarga nutqsiz o‘zaro bog’lanish

uchun sharoit yaratish, o‘zini o‘zgalar ko‘zi bilan ko’rish (agar guruh a’zolari rol

o’ynayotgan mijozning nutqsiz harakatlarini takrorlashsa) va joiz bo‘lgan

variantlar haqida ma’lumotga ega bo‘lishdir (qachonki boshqa mijozlar hozirgina

tasavvur qilingan holat bo‘yicha o‘zining nutqsiz muomala vositalarini taklif

qilishsa). Har bir bajarilgan pantomimik vazifadan so’ng guruh a’zolari ko’rgan

narsalarini muhokama qiladilar. Ya’ni, vazifalarni bajarish vaqtida yoki

boshqalarning nutqsiz muloqoti vaqtida, o‘z tasavvurlari, his tuyg‘ulari, fikrlari

o‘rtasidagi o‘zaro boglanishlar, xotiralar, tajriba almashishlar vaqtida paydo

bo‘lgan hissiy kechinmalar bilan o’rtoqlashadilar. Holatni o‘zi istagancha

tushunish, guruh a’zolarining o‘zaro muloqoti va o‘zaro harakatlarini tahlil qilish

taklif qilinadi. Pantomima vazifalarini bajarish vaqtida olingan ma’lumotlar

keyingi guruhiy munozralarda yakullanilishi mumkin.

Psixogimnastik mashqlarning natijalarini muhokama qilish. Psixogimnastika

mashg‘ulotining yakuniy qismi.Psixogimnastikaning yakuniy qismi guruh

a’zolarida pantomima qismi davomida paydo bo‘lgan, muhim ahamiyatga ega

bo‘lgan, kuchli emotsiyalar, guruh jipslashuvining ortishi, ishonch va qatiylikning

ortishi natijasida hosil bo‘lgan tarang holatni ko’tarib tashlashni nazarda tutadi. Bu

erda mijozlarga boshlang’ich qismdagi jipslashish hissini boshdan o‘tkazishga

yordam bergan mashqlardan foydalaniladi. G.Yunova metodikasidagi har bir

mashg‘ulot: ritmika, pantomima, guruhiy o’yin va raqslarni o‘z ichiga olib, u 3

davrdan iborat;

1. Tarang holatni chiqarib tashlash, Sotsiometriya ahamiyatiga ega bo‘lgan

yugurish va yurishning turli variantlari orqali erishiladi; kimni sheriklikka tanlash,

kim bilan bir komandada birga bo‘lish v.b.

2. Pantomimika davri. Bu davrda guruh a’zolari turli holatlarda, masalan,

derazadan o‘g‘ri tushgandagi, ko‘lmakka (botqoqqa) qadam qo‘yishga

qo‘rqqandagi holatni nutqsiz tasvirlab berishlari lozim.

3. Yakuniy davr. Guruh a’zolari bilan bir tan bir jon ekanlik hissini


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 2-son May 2025

156

mustahkamlash. Unda turli ko‘rinishdagi jamoaviy o‘yin va raqslardan

foydalaniladi. M.I.Chistyakova kichik yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan

psixogimnastika metodini taklif qildi. Shu nomli kitobida bolalarda turli psixik

funksiyalarni rivojlantiruvchi, o‘zini-o‘zi tinchlantirishga va turli hissiy holatlarini

aytib bera olishga o‘rgatuvchi, sistemaga solingan etyud va o‘yinlarni talif qiladi.

Ushbu etyud va o‘yinlarni katta maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi

bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bir xaftada ikkita mashg‘ulot o‘tkaziladigan, 3

oy davom etadigan, ja’mi 20 ta mashg‘ulotdan iborat. Mashg‘ulotlar 25 minutdan

1soat 30 minutgacha davom etadi. Mashg‘ulot davomiyligi bolalarning yoshi va

xulq- atvori bilan bog‘liqdir. Mashg‘ulotlar aniq sxema asosida 4ta bo‘g‘in yoki

davrdan iborat.

1. Mimikali va pantomimikali etyudlar. Maqsad – jismoniy va psixik

mamnunlik va norozilik hissi bilan bog‘liq alohida emotsional holatlarni ifodali

tasvirlash. Asosiy emotsiyalar va ba’zi ijtimoiy oliy hislarni ifodalash modeli.

Bolalar ifodali harakatlar elementlari bilan tanishadilar; mimika, ma’noli

harakatlar, yurish, gavdani tutish holati v.b.

2. Shaxsning alohida xususiyatlari va emotsiyalarini ifodalashga

yo‘naltirilgan etyud va o‘yinlar. Maqsad – badiiy qahramonlar xulqi u yoki bu

xarakter hislatlari modelini tayyorlash, o‘zlashtirilgan ijtimoiy bilimdonlikni

o‘zlashtirish, mustaxkamlash va kengaytirish, bir vaqtning o‘zida barcha ifodali

harakatlarning tarkibiy qismlariga bolalar diqqatini jalb qilish.

3.Guruh a’zolari yoki aynan bir bolaga qaratilgan aniq bir yo‘nalishdagi etyud

va o‘yinlar. Maqsad – bolaning alohida xarakter hislatlari, kayfiyatini

korreksiyalash, modellashtirishga qaratilgan (ishlab chiqilgan) standart holatlar

treningi. 4. Mushaklarni psixologik mashq qildirish davri. Maqsad – emotsional

tanglikni olib tashlash, istalgan kayfiyat va fe’l-atvorga erishish. Shuningdek,

ishtirokchilarning o’zaro bir – birini his qilishni rivojlantirish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 2-son May 2025

157

birgalikda barpo etamiz. “O’zbekiston” 2016.

2. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini

birgalikda barpo etamiz. “O’zbekiston” 2016. Yu.Mirziyoyev Sh.M. Buyuk

kyelajagimizni mard va oliyjanob halqimiz bilan birga quramiz. “O’zbekiston”

2017

3. Abramova G.S. Vvyedyeniye v praktichyeskuyu psihologiyu - M., 1994.

4. Andryeva G. I. Sotsialnaya psihologiya. — M: aspyekt Pryess, 2001

5. Ageyev V.S. Mejgruppovoye vzaimodyeystviye.- M.: MGU, 1990. – 280

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари