Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
140
NANOBIOTEXNOLOGIYA - SARATONNI DAVOLASHDA MAQSADLI
DORI YETKAZISH TEXNOLOGIYASI
Xolbekova Zuhra G’ofur qizi
Mirzo Ulugbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialli
Annotatsiya: Saratonni an’anaviy davolashda jarrohlik, kimyoterapiya va
nurlanish terapiyasi juda keng tarqalgan bo’lib , va ba’zan kutilgan natijalarni
bermaydi. Ba’zi holatlarda nojo’ya ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Nanobiotexnologiyada maqsadli dori yetkazish usullari orqali dori moddalarini
bevosita saraton hujayralariga yetkazish va sog’lom hujayralarni himoya qilishga
yordam beradi.
Kalit so‘zlar: Nanozarrachalar, saraton terapiyasi, liposamalar, liposomal
doxorubicin, maqsadli dori yetkazish, saraton turlari.
Saratonni erta aniqlash va samarali davolash usullarini ishlab chiqish ishlari
hozirgacha ham davom etmoqda. Saraton dunyo bo’ylab o’limning ikkinchi asosiy
sababi hisoblanadi. 2022-yilda dunyo bo’yicha 20 milliondan ortiq saraton bilan
kasallanish holatlari kuzatilgan. Saratonni samarali erta aniqlash usullari: o’simta
belgilari, kompyuter tomografiyasi, ultratovush tekshiruvi, endoskopiya,
sitogenetik tahlil va hujayra genetikasiga asoslangan skringi usullari qo’llaniladi.
Saratonni erta aniqlashda nanobiotexnologiya samarali vositaga aylandi.
Nanobiotexnologiyada saraton hujayralarini tanlab olish va maqsadli dori
yetkazish turlari orqali ularni xavfsiz bartaraf etish mumkin [4].
Bunda nanozarrachalar yordamida dori yetkazish-dorilar maxsus
nanoqobiqlarga
joylashtiriladi
va
saraton
hujayralariga
yetkaziladi.
Nanozarrachalarning xarakteristikalari tizimli ravishda yetkazib berishda muhim
ahamiyatga ega, dori uzoq vaqt davomida qon aylanishida qoladi [1].
Nanozarrachalar hajmi,ko’pincha, katta bo’lishi uchun sun’iy ravishda
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
141
manipulatsiya qilinadi. Optimal o‘lcham 50-150 nm atrofida bo‘lib, bu
nanozarrachalarning hujayralarga kirishi va organizmda uzoqroq saqlanishi uchun
eng yaxshi diapazon hisoblanadi. Hajmi ta’siriga ko’ra nanozarracha yoki o’sma
ichki muhiti tomonidan stimulyatsiyasini qilinishini tetiklashga doir tadqiqot
o’tkazilgan. Asosiy maqsad saraton hujayralarni maksimal darajada o’ldirish va
nojo’ya ta’sirlarni kamaytirish hisoblanadi. Saraton hujayralarga dorilarni yetkazib
berish uchun nanozarralar va liposomalar orqali yuborish mumkin, va dorining
o’simta massasiga uzoqroq vaqt davomida saqlash mumkin. Nanotashuvchilar
dori-darmonlarni ma’lum bir joyga yetkazib berishda muhim rol o’ynaydi. Hozirgi
paytda liposomal va polimer asosidagi nanozarrachalar tibbiyotda keng
qo‘llanilmoqda, ayniqsa,saraton terapiyasi va antibiotik dori yetkazishda. Oltin,
kumush va magnit nanozarrachalar esa ilmiy tadqiqot va klinik sinovlar
bosqichida.An’anaviy kimyoterapiya butun organizmga ta’sir qilib, sog’lom
hujayralarga ham zarar yetkazadi.Nanobiotexnologiya yordamida dori vositalarni
faqat saraton hujayralarga yo’naltirish imkonini beradi [2].
Maqsadli dori yetkazish-nanozarrachalar yordamida dorilarni bevosita
saraton hujayralariga yetkazish usuli hisoblanadi. Bu jarayon nanobiotexnologiya
bilan hamkorlikda qilinishi mumkin. Saraton hujayralariga dori vositalarni
yetkazish va uning ta’sirini uzaytirishga yordam beradi.Bu esa sog’lom
hujayralarga zarar yetkazilishini oldini olishga yordam beradi. Bu usullar orqali
yaqin kelajakda samarali va xafsiz davolashga erishiladi[5]. Saraton kasalligini
davolash an’anviy usullari-kimyoterapiya, radioterapiya va jarrohlik bemorlarning
og’ir nojo’ya ta’sirlar yetkazishi mumkin. Ayniqsa, kimyoterapiya butun
organizmga ta’sir qilib, sog’lom hujayralarga ham zarar yetkazadi. Maqsadli dori
yetkazish esa ushbu muammoni hal qilish uchun innovatsion yondashuv bo’lib,
nanozarralar yordamida dori moddalarni faqat saraton hujayralariga yetkazish
imkonini beradi. Maqsadli dori yetkazish usullarining asosiy vazifasi-dori
vositalarning faqat saraton hujayralarga yetib borishini ta’minlash va sog’lom
to’qimalarga zarar yetkazilishining oldini olishdir.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
142
Maqsadli dori yetkazib berishning nisbiy konsentratsiyalarini kamaytirish bilan
birga, yon ta’sirlarni kamaytirishga bilan samaradorlikni oshiradi. Bu usul bilan
uning terapevtik indeksi kabi farmakologik javobi bilan o’lchanadi va xavfsizlik
darajasini oshiradi [1].
1-jadval
Maqsadli dori yetkazish turlari
Turi
Ishlash jarayoni
Afzalliklari
Liposomal dori yetkazish Lipid qoplama dorilarni
saraton hujayralarga
yetkazadi
Nojo’ya ta’sirlarni
kamaytiradi va boshqa
hujayralarga zarar
yetkazmaydi
Polimer nanozarrachalar
Biokompatibil
polimerlar dorini kerakli
joyga olib boradi
Dori vositalarni sekin va
doimiy ravishda ajralib
chiqaradi ,uzoq muddatli
ta’sirni ta’minlaydi
Antikorga asoslangan
tizimlar
Saraton hujayralari
yuzasidagi maxsus
antigenlarni aniqlaydi
Juda yuqori
aniqlik,organizmda
immunitetni oshirishda
faollashtirishda
foydalinadi
Stimuli bilan
faollashuvchi
nanozarralar
Faqat saraton muhitida
faollashadigan dorilar
Dori faqat kasallangan
joyda
chiqariladi,umumiy
toksiklik pasayadi
Magnitnanozarrachalar
Tashqi magnit maydon
yordamida dorilarni
kerakli joyga yetkazish
Elektromagnit maydon
ta’sirida qizib,saraton
hujayralarni nobud qiladi
Liposomal doxorubicin
-bu saratonni
davolashda
samarali
va
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
143
rivojlanayotgan maqsadli dori yetkazish texnologiyasidan biridir. Liposomalar
1960-yillarda aniqlangan bo‘lib, 1995-yilda doxorubitsinning liposomal
formulasi (Doxil) ishlab chiqilgan. Bu texnologiya saraton hujayralariga dori
yetkazishda samarali, liposomalar dori moddalarini qon oqimida barqaror saqlab,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘smalarga yo‘naltiradi, sog‘lom hujayralarga zarar
yetkazmaydi. Liposomal doxorubicin turli saraton turlarida, jumladan, ko‘krak
saratoni, yumshoq to‘qimalar sarkomasi va ovaryan (tuxumdon saratoni)
saratonini davolashda ishlatiladi. Bu dori an’anaviy doxorubitsinga nisbatan
kamroq toksik, samarali va xavfsizroqdir. Liposomalar yordamida dori ta’siri
kuchayadi, shuningdek, kardioprotektiv vositalar bilan salbiy ta’sirlar
yumshatilishi mumkin. Liposomal dori tizimlari zamonaviy terapiyaning muhim
qismiga aylangan va shaxsiylashtirilgan davolashda kata istiqbollarni namoyon
qiladi. [3].
Xulosa:
Zamonaviy tibbiyotda innovatsion yondashuvlar saraton
kasalligiga qarshi kurashda yangi texnologiyalarni taqdim etadi. Liposomal
doxorubicin — bu an’anaviy kimyoterapiyaning cheklovlarini bartaraf etishga
qaratilgan yuqori texnologik yechim bo‘lib, o‘simtaga aniq yo‘naltirilgan
maqsadli dori yetkazish tizimlari orqali ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu usul dorining
sog‘lom hujayralarga zarar yetkazish xavfini minimallashtiradi. Liposomal
texnologiya yordamida doxorubitsin molekulalari lipid qobiq bilan himoyalanadi,
bu esa dori vositasining organizmda uzoqroq saqlanishini ta’minlaydi. Natijada,
nojo‘ya ta’sirlar kamayadi, davolash samaradorligi oshadi va bemorlarning hayot
sifati yaxshilanadi. Ayniqsa, ko‘krak bezi saratoni kabi agressiv o‘sma turlarida
liposomal doxorubicin o‘zini samarali davolash vositasi sifatida isbotlamoqda.
Maqsadli dori yetkazish — nanobiotexnologiyaning muhim yo‘nalishlaridan biri
bo‘lib, saraton terapiyasida aniqroq va samarali yondashuvni ta’minlaydi.
Kelajakda nanobiotexnologiyalar va tibbiyot integratsiyasi natijasida yanada
samarali va xavfsiz terapiya usullari ishlab chiqilishi aytilgan.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
144
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Asadipour E. et al. Nano‐biotechnology and challenges of drug delivery
system in cancer treatment pathway //Chemistry & Biodiversity. – 2023. – Т. 20.
– №. 6. – P. e202201072.
2.
Barabadi H., Mostafavi E., Saravanan M. (ed.). Pharmaceutical
nanobiotechnology for targeted therapy. – Springer International Publishing AG,
2022.
3.
Khan I. et al. Nanobiotechnology and its applications in drug delivery
system: a review //IET nanobiotechnology. – 2015. – Т. 9. – №. 6. – P. 396-400.
4.
Meng J., Agrahari V., Youm I. Advances in targeted drug delivery
approaches for the central nervous system tumors: the inspiration of
nanobiotechnology //Journal of Neuroimmune Pharmacology. – 2017. – Т. 12. –
P. 84-98.
5.
Mustafakulov M. et al. Human growth hormone produced with recombinant
DNA technology //BIO Web of Conferences. – EDP Sciences, 2024. – Т. 130. – P.
04009.