Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
58
HUSAYN BOYQARONING “ISHQ SIRRIN OSHIQ O’LG’ON
MUBTALOLARDIN BILING” G’AZALI SHARHI
(Buxoro davlat universitet 3-kurs talabasi
Boymurodova Munisa)
ANNOTATSIYA: Maqolada o’zbek mumtoz adabiyotining yorqin
namoyandasi shoh va shoir Husayn Boyqaroning badiiy-ma’rifiy, oshiqona-
orifona, rindona g’azali ustida sharh olib boriladi. Biz ushbu maqola orqali “Ishq
sirrin oshiq o’lg’on mubtalolardin biling” g’azalidagi ma’no-mohiyatni, Husayn
Boyqaroning qalb botinida joy olgan kalimalarni bilib olamiz.
ANNOTATSION:The article is about Uzbek classical literature a comment
is made on the artistic-educational, romantic-orifice, simple ghazal of the
prominent poet and poet Husayn Boykara. Through this article, we will learn the
meaning of the ghazal “Ishq sirin ashik olgon mubtalardin biling”, the words that
are in the heart of Husayn Boykara.
KALIT SO’ZLAR: ishq, rind, porso, ruju’, Jomi Jam, Majnun, ishqi majoziy,
ishqi haqiqiy, komil inson, tasavvuf.
KIRISH
. Ulug’ mutafakkir, so’z mulkining sultoni - Hazrat Alisher
Navoiy madh etganidek “Sultoni Sohibqiron”, “hazrat”, “Abulg’ozi”, “Shoh
Abulg’oziy”, “Shoh G’oziy”, “Sohibqiron”, “Sohibqiron Abulg’oziy”, “shoh”,
“Mirzo”, “Xusravi G’oziy” – deya ta’rif va talqin etganidek, ushbu madh va
maqtov sohibi shoh va shoir Husayn Boyqarodir.
Menimcha, shohimiz Hazrat haqida ham shunday ta’rifni qo’llash
mumkin. Husayn Boyqaro shoh balki ulkan shoirdir. Husayniy g’azaliyoti
muammolari atroflicha hal qilingan bo’lsada, uning tahlil talab nuqtalari juda ko’p.
Zero, har bir g’azal satri bilan abadiylikka aloqador bu ulkan so’z san’atkorining
ijodiy merosi o’rganilgan sayin chuqurlashib bormoqda. Husayn Boyqaroning turk
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
59
adabiyoti va tili sohasidagi faoliyati diqqatga sazovordir. U turk tilida ijod qilishni
g’oyat olqishlagan, hatto ma’lum asarlarga tatabbular qilish uchun farmoyishlar
berib turgan. Hazrat Alisher Navoiy o’zining “Muhokamatul-lug’atayn” asarida
Husayn Boyqaro turkigo’y laqabi bilan mashhur bo’lgan “ramali musammani
maqsur” vaznining g’oyat ravonlig’ va latofatidin ruhparvarlig’ va salosatidin o’z
devonlarin…boshtin oyoq iltizom qilib, bu vaznda tartib beribdurlar erdi”,[16,33-
34] deb yozadi.
ASOSIY QISM.
Shoh va shoir ijodiyoti sirlari tagiga borgan sari sirlar
ko’payib bormoqda. Tadqiqotchi olima Suyuma G’aniyeva Husayn
Boyqaroning ma’lum bir g’zallarini jamlab bir devon tuzdilar. Ushbu
devonga “Jamolingdin ko’zum ravshan” deb nomladilar. Biz tahlil qilmoqchi
bo’lgan g’azal “Jamolingdin ko’zum ravshan” devoni tarkibidagi “Ishq sirrin oshiq
o’lg’on mubtalolardin biling” matla’si bilan boshlanadi.
Ishq sirrin oshiq o’lg’on mubtalolardin biling,
Vasl komin topmay o’lgan benavolardin biling.
Ishqu hajru dard qasdim qildilar gar holima,
Voqif ermassiz, bu yuzlangan balolardin biling.
Ganda har o’q zahmidin bag’rimda aylang bir boshoq
Ul boshoqlarning hisobin bu yarolardin biling.
Ishq aro anduhu xasratsiz netar ko’nglumga za’f,
Quvvatin ul notavonning bu g’izolardin biling.
Eyki bilmaysiz jununim, chun so’rarsiz holatim,
Oni sharh aylarda nomafhum adolardin biling.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
60
Bilmaganlar ishq bedodini Majnun holig’a,
Bir jafo men tortqan turluq balolardin biling.
Ro’zgorimning qaro bo’lg’anlig’in kayfiyatin,
Eyki bilmaysiz, ko’zu qoshi qaroladin biling.
Jomi jamlik shohlarning hashamatin mayxonada
Dard uchun sing’an safol eltur gadolardin biling.
Gar Husayniy holatin ishq ichra bilmaysiz, ani
Rindlig’ ko’yiga tushgan porsolardin biling [8-9]
“Jamolingdin ko’zum ravshan” devoni tarkibidagi ushbu g’azal 9 bayt
(18 misra)dan iboratdir. Jami so’zlar soni: 109 ta. Qofiyalanishi: a-a, b-a, d-a, e-a,
f-a, g-a, h-a, i-a, j-a kabi qofiyalanadi. Qofiyaga olingan so’zlar quyidagilar:
mubtalolardin, benavolardin, balolardin, yarolardin, g’izolardin, adolardin,
qarolardin, gadolardin, porsolardin. Qofiya tarkibidagi raviy (ya’ni-tirgak tovush)
“o” tovushi hisoblanadi. Qofiyaning turiga ko’ra mujarrad qofiya sirasiga kiradi.
G’azal Husayn Boyqaroning oshiqona-orifona, rindona g’azallari ichidagi eng
go’zal namunalaridan biridir. Ushbu g’azalda tasavvufning muhim masalalari
yoritilgan. G’azal matla’sida ishq borasida so’z yuritilgan.
Ishq sirrin oshiq o’lg’on mubtalolardin biling,
Vasl komin topmay o’lgan benavolardin biling.
Ishq sirini-boshiga, yuragiga, qalbiga ishq savdosi tushganlardan
bilmoqlikni aytadi. Ishq vasliga, ishq kamoliga erisha olmagan bechoralardan
mening holimni biling kabi mazmun mujassam. Shu onda savol tug’ilishi o’rinlidir.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
61
Bu ishq-qanday ishq? Ishqi majoziymi, ishqi haqiqiymi? Yorga oshiqlikmi yoki
Allohga oshiqlikmi? Yor, ma’shuqa, mahbubaga bo’lgan muhabbat ishqi majoziy,
Allohga bo’lgan muhabbat ishqi haqiqiydir. Bu g’azalni sharhi davomida ishq
qanday ishqligini aniq va dalillar bilan guvohi bo’lamiz. Darhaqiqat, ishq dardi
Allohning barcha bandasi boshiga tushadi, shubhasiz. Allohga muhabbat unga
faqatgina chiroyli so’zlar aytish bilangina emas, balki shunga hamohang
xudojo’ylik, ibodat bilan yaqinlashish mumkin. Dunyo insonning asl mohiyatni
anglashi uchun yaratilgan. Undagi barcha narsaning ibtidosi bo’lganidek, intihosi
ham bor. U bir bevafo va o’tkinchi matohdir. Bu dunyodagi barcha narsalar
zohiriydir. Matla’ning bevosita davomi hisoblangan ikkinchi baytda ishqning
ta’rifi, sifatlari shoirga yuzlangan balolar sanashda davom etiladi.
Ishqu hajru dard qasdim qildilar gar holima,
Voqif ermassiz, bu yuzlangan balolardin biling.
Ishq, hajr va dard holimga qasd qildilar biroq xabardor emassiz, mening
holimni menga yuzlangan balolardan biling. Ya’niki ishq savdosi tushgan kimsa
joniga hajr, dard, mubtalo-yu griftor bo’ladi. Ishq bor ekan, uning tajalliylari hajr,
firoq, dard, xasrat, iztirob kabi bir qancha dilni o’rtovchi vositalar qadamba-qadam,
soniyama-soniya yaqinlasha borib, inson vujudiga qasd qiladi. Ishq, hajr, dard
so’zlari bir butunlikni tashkil qilib tanosub san’atini yuzaga chiqargan.
Uchinchi baytga nazar solsak:
Ganda har o’q zahmidin bag’rimda aylang bir boshoq
Ul boshoqlarning hisobin bu yarolardin biling.
Ushbu baytda ruju’ san’ati qo’llangan. Bu san’at she’riyatda shoirning oldingi
misra yoki baytda ifodangan fikri, qo’llangan badiiy tasviriy vositasidan
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
62
qaytgandek bo’lib, keyingi misra yoki baytda uni kuchliroq ifodalab to’ldirishdir.
Baytda oshiq bag’ri ishqdan yaralanganini bayon qiladi. Yaramas o’qning har bir
jarohati bag’rimni boshoq ayladi. Bu boshoqlarning hisobini tanamdagi,
vujudimdagi yaralardan ko’ring va biling. Ishq - ilohiy tuyg’u. U shunday tuyg’uki
kimgadir bir xascha o’t tushdimi tamom, uning butun jism-u jonini o’t alangalab
qurshab oladi.
To’rtinchi bayt ham uzluksiz uchinchi baytning davomi:
Ishq aro anduh xasratsiz netar ko’nglumga za’f,
Quvvatin ul notavonning bu g’izolardin biling.
Ishq olamida bo’lgan ko’nglim xasrat qilmaydi, biroq vujudim zaif,
kuchsizlanib qoldi, quvvati bor yo’qligini bu oziqlardan so’rab biling. Haqiqatdan
ham muhabbat kuyida bo’lgan banda holi kasalmand holidek, lablari qurqshagan,
tanasida madori, rangida qizillik yo’q bo’zdek holatda bo’ladi. Na uning ko’ngliga
xursandchilik, baxt, saodat sig’ar va na unga ochlik shikoyat qilmas, sezilmas. Biz
yuqorida majoziy va haqiqiy ishqlarni tilga oldik. Endi shuni sharhlasak, oshiq
ma’shuqasini sog’insa, uni ko’rishni istasa, qay iloji bo’lsa ham chora izlab uni bir
nazar ko’rishga muvofiq bo’ladi, ammo Allohga oshiq bo’lsa, uni ko’rmoqlikni
butun jismi ila qalban xohlasa ham uning iloji yo’q, bu holatni biz haqiqiy ishq
desak bo’ladi. Hatto yetti iqlim shohi bo’lsin, Qo’rundek boyligi bo’lsin, bor-
yo’g’idan voz kechsa ham Alloh husn-u jamolini ko’rolmaydi. Ma’shuqaga
oshiqlik esa majoziydir.
Beshinchi baytga kelib lirik qahramon suhbatdoshini jununim deydi. Ya’ni
ishqdan telba bo’lgan savdoyidir.
Eyki bilmaysiz jununim, chun so’rarsiz holatim,
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
63
Oni sharh aylarda nomafhum adolardin biling.
Holatimni ko’rib turibsan, lekin yana ahvolimni so’rarsan. Ahvolimni sharh
etishni bilguvchilardan so’rang. Alloh ishqi buyukdir. Allohga oshiq bo’lgan
o’zligini yo’qotib butun jismi Allohga bosh egadi. Chunki, bu olamda faqat birlik
bor, ikkilik yo’qdir. Alloh yagona, faqat u bor va mavjud. Shayx Muhammad
Sodiq Muhammad Yusufning “Ruhiy tarbiya II” kitoblarida
ْمُكَبوُنُذ ْمُكَل ْرِفْغَي َو ُ َّاللَّ ُمُكْبِبْحُي يِنوُعِبَّتاَف َالله َنوُّب ِحُت ْمُت ْمُتنُك نِإ ْلُق
“ Allohning muhabbati U zotga barcha narsani bag’ishlashdan iboratdir.
Undan senga hech narsa qolmaydi. Bundan murod irodangni, azmingni,
ishlaringni, nafsingni, molingni va vaqtingni o’zing muhabbat qo’ygan zot
(ALLOH)ga hiba(topshirmoq)dir”. [89,90]. Demak, sevi-muhabbat ikki
taraflamadir. Allohni sevish va Alloh bandasini sevishi.
Oltinchi baytda lirik qahramon, ishq kuychisi, muhabbat uni o’z komiga
tortgan Majnun obrazi qo’llangan. Bu baytda Majnun obrazining qo’llanishi
talmeh san’atini yuzaga keltirgan.
Bilmaganlar ishq bedodini Majnun holig’a,
Bir jafo men tortqan turluq balolardin biling.
Majnun - oshiq. Uning nomi aslida Qays edi. U mahbubi ishqida mast va
Allohga oshiq. Qays o’zini bilmas, o’zligini unutgan, butunlay ishq yo’liga griftor
bo’lgan. HazratAlisher Navoiy “Layli va Majnun” dostonida ikki xil ishqning
talqinida shoir majoziy ishq martabasiga Majnun va Laylilar ishqi misolida alohida
urg’u beradi, chunki bu martaba komillik martabasi bo’lib, unda “ pok ko’zni pok
nazar bila pok yuzga solmoqdur va pok ko’ngul ul pok oshubidin ko’zg’olmoq va
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
64
bu pok mazhar vositasi bila oshiqi pokboz mahbubi haqiqiy jamolidin bahra
olmoq”dir.[14,68]. Oshiq ham o’z holini Majnun holiga qiyoslaydi. Deydiki,
ishqning jabrin bilmaganlar Majnun holiga boqing, ishq qanday tuyg’u ekanligini,
menga yo’liqqan turli balolardan biling. Ishq sahrosida telba Majnundek his qiladi
oshiq o’zini.
Yettinchi baytda oshiq atrofiga nazar solar ekan, muhabbat sabab uning
turmushi og’ir ahvolga kelib, qora zulmat bo’lganini ko’radi.
Ro’zgorimning qaro bo’lg’anlig’in kayfiyatin
Eyki bilmaysiz, ko’zu qoshi qarolardin biling.
Ushbu baytda tashbihli ma’nodagi istiora va tanosub san’atlari qo’llangan.
Ya’niki, oshiq ishq og’ushiga berilib turmushi, ro’zg’orini esdan chiqaradi, bir
atrofiga qarasa, xuddiki, turmushi qora tundek bo’lib ko’rinadi. Shoir ushbu baytni
ifodaviy, badiiy vositalar orqali juda chiroyli tasvirlagan. Ro’zg’orining qora
bo’lishini qoshi, ko’zi qoralarga o’xshatadi “ko’z-u qoshi qarolardin biling”-deydi
shoir. Tasavvuf an’analarida oshiq-boridan kechgan shaxs, qalbi Allohga
bog’langan kishi. Yuqoridagi sifatlarga ega banda komil inson hisoblanadi.
Aksincha qalbi Alloh taoloning muhabbat va ibodati hamda zikri bilan obod
bo’lmagan bandaning ochko’z
bo’lib, doimiy qashshoqlikda qolishi ham turgan gap.
Sakkizinchi baytimiz bevosita Jamshid jomi bilan boshlanadi.
Jomi jamlik shohlarning hashamatin mayxonada
Dard uchun sing’an safol eltur gadolardin biling.
Jomi Jam (Jamshid jomi) - Jamshid nomli podshoh yasattirgan tilsimli jom
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
65
(Navoiyning ta’rificha, Jamshid hakimlarga buyurib, ikkita jom yasattiradi.
Birining nomi -
jomi ishratfizoy.
Bu jomdagi may, ichgan bilan tugamas, to’liq
turaverar, qiyshaytirilsa ham to’kilmas ekan. Ikkinchisining nomi -
jomi
getinamoy.
Bu jomdan may ichgan paytda dunyoda yuz bergan hodisalar ko’rinib
turar ekan. Bu jomni
- jomi jahonbin, jomi jahonnamo
ham deydilar. Husayniy
ushbu baytda shohlarning hashamatli mayxonasida may ko’pligin bilib Jomi
jamga qiyoslaydi. Ishq dardidan ezilib, singan sopol qadahga may quyib shohga
eltuvchi gadolar bilar sopol dardini. Baytdagi “jomi jam” talmeh san’atini keltirib
chiqargan. Odatda, oshiq o’zini mayxo’rlikka beradi. Kecha-yu Kunduz uning
ovqati-may bo’ladi. Maqta’ lirik qahramonning holati bayoni ila yakunlanar ekan:
Gar Husayniy holatin ishq ichra bilmaysiz, ani
Rindlig’ ko’yiga tushgan porsolardin biling.
Oxirgi misrada rind va porso so’zlari ham tanosub she’riy san’atini ifdalagan.
Tasavvufda bir qancha tariqatlar va tariqat vakillari bor bo’lishi bilan birga, har bir
tariqatning o’zining ishi, amali, e’tiqodi va tushunchasi mavjuddir. Shular sirasiga
kiruvchi rind kim? Porso kim?
Rind - rind bo’lganlik, aysh-ishratga berilgan, beg’am-beparvo kishi
demakdir. Porso - yomon ishlardan o’zini saqlovchi,xudojo’y kimsadir. G’azal
oxirida lirik qahramon ya’ni oshiq Husayniy ekanligi yaqqol ayonlashadi.
Husayniyning isyoni ko’p. U ko’p iltijo, ilinj bilan bo’lsa ham Allohga erishishni
istaydi. Aytadiki, Husayniyning bu holatini ishqdan deb o’ylamaysiz, uning bu
ahvolini rindlig’ ko’yiga tushgan porsolar (xudojo’ylar)dan biling. Darhaqiqat,
bandaning eng yaqin rafiqi Allohdir. Endi bizga ayonki Husayniy muhabbati “ishqi
haqiqiy” ya’ni Allohga oshiq ekan. U qay yo’l bilan bo’lmasin Allohga yetishishni,
Alloh jamolini ko’rishni orzu qiladi.
XULOSA.
G’azal tom ma’noda rohatbaxshdir. Buni o’qigan kishi vujudi
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
66
jimirlab ketadi, orom oladi. Banda xato qilar, lekin Alloh mehribon va rahmdil. U
kechiruvchan. Har qanday gunohkor va yo’ldan ozgan bandalar ham Alloh shafqati
tufayli uning marhamatiga sazovor bo’lar. G’azal badiiy jihatdan ham g’oyatda
e’tiborga loyiq. Tahlil davomida ushbu g’azalimizda juda ko’plab badiiy san’atlar,
jumladan- tanosub, ruju’, istiora, tashbih, talmehlarning betakror va g’oyatda
go’zal namunalarini uchratdik. Husayniyning boshqa g’azallari singari ushbu
g’azali ham asrlar silsilasidan o’tib, o’z qiymatini shu kungacha yo’qotmasdan
kelmoqda. Ushbu Husayniy devoni va undagi g’azallar bugungi kunda ham komil
insonni tarbiyalashda nimalarga e’tibor qaratish kerak degan savolga to’liq javob
bera oladi. “Majolisun-nafois”da Hazrat Alisher Navoiy maxsus majlis-alohida
bobda Husayn Boyqaro she’riyatini tadvin qoidasiga ko’ra alifbo tartibida tahlil
qilib beradi. Bunda shoir g’azallaridagi mavzu rang-barangligi, badiyatdagi
kashfiyotlar, noyob tashbihlar, dilrabo adolar haqida atroflicha so’z yuritadi. Shoir
tarannum etgan ishqning qudrati va oshiqning iztiroblar, intilishlari, ruhiyatiga
yuzlangan mayuslik yoxud xushnudlikni ajib bir dilbarlik bilan tarannum etishga
noil bo’lganini ko’rsatib beradi. Husayniy she’riyatida dunyoviy ruhdagi lirika
an’analariga, Hazrat Alisher Navoiy lirikasiga tayangani ko’zga tashlanadi. Ayni
choqda, unda ijodkorning shoirona shu’uri, badiiy o’tkir nigohi ro’yi rost namoyon
bo’ladi.
FOYDALANILGAN ADABOYOTLAR :
1.
Eshonqulov H. Navoiyshunoslik. Lirik asarlarni sharhlash.-Toshkent: Fan
ziyosi, 2023.-111b.
2.
Haqqulov I. Tasavvuf va she’riyat.-Toshkent: Adabiyot va san’at, 1991.-
184b.
3.
Hojiahmedov A. She’riy san’atlar va mumtoz qofiya.-Toshkent: Sharq,
1998.-158b.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
67
4.
Islom tasavvufi manbalari. Tuzuvchi. X.Boltaboyev.-Toshkent: O’qituvchi,
2005.-400b.
5.
Navoiy asarlar lug’ati. Tuzuvchi. S.Rafiddinov.- Toshkent: Akademnashr,
2023.-653b.
6.
Navoiy A. Mukammal asarlar to’plami. 20 jildlik, 9-jild.- Toshkent: Fan,
1992.-377b.
7.
Navoiy A. Mukammal asarlar to’plami. 20 jildlik, 13-jild.- Toshkent: Fan,
1997.-284b.
8.
Navoiy A. Mukammal asarlar to’plami. 20 jildlik, 16-jild.- Toshkent: Fan,
2000.-329b.
9.
Xo’jayev T. Navoiy devonlarida Husayn Boyqaro haqidagi mulohazalar
talqini.- Urganch: Ilm sarchashmalari, 2020.-202b.
10.
G’aniyeva S.
Jamolingdin ko’zum ravshan.-Toshkent: G’afur
G’ulom, 1991.-26b.
11.
Shayx Muhammad Sodiq M.Y. Ruhiy tarbiya II.- Toshkent: Sharq,
2008.-461b.
.