Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
53
YOSHLAR OʻRTASIDA PSIXOLOGIK TAFAKKUR VA
IJODKORLIKNI SHAKLLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI
Faxritdinov Husniddin Amritdin oʻgʻli
Navoiy viloyati Nurota tumani 32-umumta'lim maktabi amaliyotchi
psixologi
ANNOTATSIYA: Barchamizga ayonki, inson psixologiyasini tushunish, uni
teran tahlil qilish va rivojlantirishga e'tibor berish, deyarli barcha davlatlarning
ijtimoiy va iqtisodiy hayotida ustuvor vazifa bo'lib kelmoqda. Shu o'rinda aytib
o'tishimiz lozimki, psixologiya fani va uning ilg'or vakillari tomonidan XX asr
boshlarida asoslab berilgan psixologik xizmat ko'rsatish tizimining qulayligi,
butun insoniyat uchun ahamiyatli voqea bo'ldi.
Kalit so’zlar: psixologik tafakkur, ijodkorlik mezonlari, assotsiativ fikirlash,
ijodiy tasvir, texnik ijodkorlik, pedogogik ijodkorlik,qobiliyat.
KIRISH
Ijodkorlik (kreativlik) – bu insonning standart fikrlash doirasidan tashqariga
chiqadigan yangi, original g‘oyalar, tushunchalar yoki yechimlarni yaratish
qobiliyatidir. U turli sohalarda – san’atdan fangacha, biznesdan kundalik
hayotgacha o‘zini namoyon qiladi hamda muammo va vazifalarga nostandart
yondashuvlarni topishga yordam beradi.
Keng fikrlilik. Ijodkorlik insondan muammolarni hal qilishning tanish
usullardan uzoqlashishni talab qiladi. Bu turli xil g‘oyalarni birlashtirish, mavjud
yechimlarni yangi sharoitlarga moslashtirish yoki tubdan yangi tushunchalarni
yaratish qobiliyatidir.
Originallik va yangilik. Ijodkorlikning asosiy belgilaridan biri o‘ziga
xoslikdir. Ijodkor odam san’atda, texnologiyada yoki boshqa faoliyat turida
bo‘lsin, o‘ziga xos, yangi va g‘ayrioddiy narsalarni yaratishga intiladi.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
54
Fikrlashning moslashuvchanligi. Ijodkorlik turli vaziyatlarga moslashish va
nuqtayi nazarni o‘zgartirish qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Moslashuvchanlik
insonga dastlabki g‘oyalari ish bermagan bo‘lsa ham yangi yechimlarni topish
imkonini beradi.
Tasavvur qilish. Ijodiy jarayonning asoslaridan biri rivojlangan tasavvurdir.
Bu muayyan harakatlarning mumkin bo‘lgan natijalari yoki oqibatlarini, hatto ular
hali amalda amalga oshirilmagan bo‘lsa ham ko‘rish imkonini beradi.
G‘oyalar kombinatsiyasi. Ijodkorlik ko‘pincha mavjud g‘oyalarni
birlashtirish va ulardan yangi narsalarni yaratish qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Bu
jarayon ongli yoki ongsiz ravishda sodir bo‘lishi mumkin.
Tavakkalchilik va tajriba. Ijodiy bo‘lish garchi u darhol muvaffaqiyat
keltirmasa ham., tavakkal qilishdan qo‘rqmaslik va yangi narsani sinashga tayyor
bo‘lishni anglatadi, Ijodkor odamlar tajribaga ochiq, ular muvaffaqiyatsizlikdan
saboq olishadi va innovatsion echimlarni izlashda davom etadilar.
Tafakkur (arabcha fikrlash, aqliy bilish) – inson maʼnaviyatining tarkibiy
qismi, bilishning olamdagi narsa va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlarini
aniqlaydigan, ular oʻrtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, yaʼni qonuniy bogʻlanishlarni
aks ettiradigan aqliy bosqichi. Tafakkur iborasi arabcha “fikr” soʻzidan kelib
chiqqan boʻlib, oʻylash, muhokama, mushohada va fikr yuritish maʼnolarini
bildiradi.
Tafakkur jarayoni faqat insonning miyasi bilan emas, balki qalbi va ruhiyati
bilan ham uzviy bogʻliqlikda kechadi. Fikrlovchining ichki dunyosi qanchalik boy
boʻlsa, uning fikrlash saviyasi ham, xatti-harakati ham shunga yarasha boʻladi.
Inson fikrining teranligi, tiniqligi, mantiqiyligi, erkinligi, mustaqilligi, badiiyligi,
ijodiyligi tafakkurning sifatlari hisoblanadi. Inson dunyoni tafakkurning aynan shu
shakllari orqali anglaydi, uni oʻziga xos tarzda tasvirlaydi, xulosalar chiqaradi.
Ruhiyati uygʻoq, qalbi behalovat odam biror narsaga mehr qoʻyadi, oʻzida yaratish,
ijod qilish, kashfiyot ochishga ehtiyoj sezadi. Bu ehtiyoj esa uni harakatga undaydi,
maʼnaviy kamolot sari yetaklaydi. Inson borki, u fikr yuritish qobiliyatiga ega.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
55
Mutafakkir iborasining oʻzagi ham fikrdir. Lekin har bir fikr yurita oladigan
kishiga nisbatan mutafakkir iborasini qoʻllab boʻlmaydi.
Turli xil sohalarda psixologik xizmatning rivojlanib borishi insonlardagi
turli xil xususiyatlarni anglab yetish va ijodkorlik ruhini yaqqol payqashga asos
bo'ldi. Psixologik tafakkur bilan insoniyatni qanchalik darajada yaratuvchi
ekanligi, har bir sohada o'zgacha ijod yondashuvi borligi namoyon qilindi va bir
nechta ijodkorlik mezonlari asosida yaqqol o'z aksini topdi. Ijodkorlik nafaqat
yozma tarzda balki boshqa turli xil ko'rinishda: rassomlik, haykaltaroshlik va
hattoki ta'lim sohasida ham muhim ahamiyat kasb etadi.Shu bilan bir qatorda
ijodkorning ijod psixologiya har qanday ijodiy asarning yaratilishida qanday
ahamiyat kasb etishi haqida ham ma'lumotlarga ega bo'lamiz.
Tafakkur- inson aqliy
faoliyatining yuksak shakli bo’lib,u obyektiv voqelikning ongda aks etish
jarayonidir. Insoniyatning boshqa mahluqotlardan ustuvor jihatlaridan bittasi ham
tafakkur qilish xususiyatiga ega ekanligi barchamizga ma'lum. Shu jumladan so'ngi
yillarda turli xil sohalar doirasida psixologik tafakkur tushunchasi keng doirada
qo'llanila boshladi. Xo'sh, psixologik tafakkur o'zi nima?Psixologik tafakkur bu siz
bir qarashdayoq bevosita idrok etib bo'lmaydigan xususiyatlar va atrofdagi dunyo
munosabatlari haqida bilim olishga imkon beradi. Shu sababdan ham psixologik
tafakkur shakllari bevosita falsafa va mantiq fanlari bilan uzviy bog'liq deb
hisoblanadi
Biz insonlar nafaqat ko'rinish, xarakter jihatdan balki sixologik jihatdan ham
bir- bir birimizdan keskin farq qilamiz va shu sababdan har bir insonda o'ziga
yarasha shaxs psixologiyasi mavjud bo'lib bu uning boshqalardan farqli individual
ekanini isbotidir. Shu o'rinda, insoniyatning eng qiymatli qobilyatlaridan biri
ijodkorlik ekani barchamizga ma'lum va har qanday sohada ham ijod muhim omil
sanaladi.
Ijodkorlik-bu o’zgalar anglolmagan narsani anglash, yangi g’oyalar
asosida takrorlab bo’lmas bebaholikni yaratish deganidir.Shu o'rinda Hindistonlik
Osho taxallusi bilan tanilgan buyuk faylasufning ijod haqidagi quydagi jumlasiga
e'tibor qaratsak: Ijod- borliqdagi buyuk isyondir.Chindan ham bu ta'rif shu qadar
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
56
haqqoniy tarzda berilganki go'yoki har bir ijodkor o'zining ichki dunyosidagi
buyuk isyonni butun dunyoga ayon qilish istagida bo'ladi. Shu bilan bir qatorda
nufuzli amerikalik psixolog Avraam Maslouning fikricha, ijodkorlik har kimga
xos, lekin ko'pchilikdagi bunday xususiyat atrof muhit ta'siri ostida yuzaga
chiqolmay qoladi va asta-sekinlik bilan yo'q bo'ladi.
Deyarli barcha inson biron ijodkorlik qobilyatiga ega holda dunyoga keladi
faqat ulg'aygan sari bu xususiyatni o'stirib, rivojlantirib borish lozim. Aslida har
qanday shaxsning yaratgan ijodiy asarida, u xoh rassomlik ishi bo'lsin xoh yozma
janrdagi biron asar, muallifining o'z tafakkuridagi g'oyalar, turli xil tasvirlar va
boshqalardan farqli jihatlar yaqqol o'z aksini topadi,albatta, bu o'z o'rnida ijod
psixologiyasi bilan uzviy bog'liq ekanini isbotlovchi dalildir. Misol uchun hayotga
hech bir xayoliy tasavvurlarsiz real nigoh bilan qaraydiga ijodkorlarning asarlarida
haqqoniy realizimning guvohi bo'lamiz chunki uning ijod jarayoni to'g'ridan-to'g'ri
o'z psixologiyasi bilan bog'liq holda rivojlanib boradi. Aynan asardagi
tasvirlarning haqqoniyligi kishini go'yoki o'sha muhitda nafas olishiga, atrofdagi
voqea-hodisalarni o'z hayotida sodir bo'layotgandek his qilishiga sabab bo'ladi. Bu
jihatdan har birimiz uchun ijod psixologiyasining asl mohiyatini anglash, u haqda
teran mulohaza yuritish ko'p hollarda qiyinchilik tug'dirmaydi.
XULOSA:
Insoniyatning tafakkur qilish imkoniyati cheksizdir shu sababdan ham
psixologik jihatdan turli xil yondashuvlar asosida har kim o'zidagi "men" ni
shakillantrib boradi. Shunisi yaqqol ayonki har bir shaxs o'z hayotinging
yaratuvchisidir, qanday kasb va qanday yoshda bo'lishdan qat'iy nazar insoniyat
ruhida ijod doim yashaydi biroq buni o'z vaqtida namoyon qilish, yanadan unga
sayqal berish ko'pchilik uchun mushkul ish hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Nishonov Z., Alimbayeva Sh. Psixologik ong va tafakkur. ’ Toshkent:
Yangi avlod, 2005. ’ 153 b.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
57
2.
Akromov F., Lutfullayeva N.Pedogogik psixologiya: ma’ruzalar
to'plami. ’ Toshkent: TDIU, 2005. ’ 200 b.
3.
’ URL: https://ziyo.com/docs/- 4417140(murojaat sanasi:25.05.2023)
4.
Shoumarov G'. Ijodkorlikda psixologik tafakkur: ilmiy maqola.
Buxoro: Xabarchi nashriyot, 1026. 26 b.
5.
Wolfe T. Creativity in different spheres: Learning among the
Creativity of New York. Colorado: Hardown UP, 1986. — 177 b.
6.
Ошо. Ижод/Рус тилидан Олимжон Салимов // Жахон адабиёти.
— 2021. — 292 б.