Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
47
YOSHLAR XULQIDA SALBIY ILLATLARNI BARTARAF
ETISHNING PSIXOLOGIK YECHIMLARI
Muhiddinova Shahnoza Iso qizi
Buxoro tuman 43-umumtalim maktabi amaliyotchi psixologi
ANNOTATSIYA: Hozirgi kunda yoshlar o`rtasida xudbinlik va
shuxratparastlik keng yoyilib bormoqda. Bularning oqibatlari ham yaxshilik bilan
tugamayabdi. Shuxratparastlik va xudbinlik biznes olamiga ham, virtual olamga
ham umuman olganda hamma joyga o`z ta`sirini o`tkazmasdan qolmayabdi.
Ko`proq natijalarga erishish uchun harakat qilgan insonni ham shuxratparast
deyish mumkin.
Kalit so`zlar:xudbinlik, oliyjanoblik, manfaatparastlik, shaxsiyarparastlik,
ijtimoiytarmoqlar, ommaviy axborot vositalari
KIRISH
Inson atrofidagi yaqinlarini, do`stlarini o`zidan past darajada deb qaramasa
ular bilan har doimgidek muloqotda bo`lsa bunday insonlarni shuxratparast deyish
mumkin emas. Agarda yuqoriroq martabaga erishgandan keyin o`zini hammadan
ustun deb bilgan insonlar haqiqiy shuhratparast va xudbin inson bo`ladi.
Shuhratparastlik-bu shon-shuxratortidan ergashayotganda namoyon bo`ladigan
axloqiy
illatdir.
Shuhratparast
insonlar
doimo
jamiyat
vaatrofdagilar
diqqatmarkazida bo`lishga, o`zini boshqalardan ustun qo`yishga va mashhurlikka
erishishga intiladi. Bunday insonlar manman va maqtanchoq bo`lishadi.
Shuhratparastlik mag`rurlik,o`zini o`zi o`ylash, tajavvuskorlikda namoyon bo`ladi.
Shuhratparastlikning axloqiy illat sifatidagi xatarli tomoni shundaki, u ravnaq
topib borish xususiyatiga ega: dastavval kishi o'z «men»ining boshqa «men»lardan
kam bo'lmasligini talab qiladi, keyin asta-sekin o'z «men»ining barcha
«men»lardan baland turishini xohlab qoladi va nima qilib bo'lsa ham shu xohishni
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
48
amalga oshirishga intiladi. Natijada u mavjud veqelikni, atrofdagilarning o'ziga
bo'lgan asl munosabatini real baholay olmaydi; qaerda uni «ko'tar-ko'tar» qilib
maqtashsa, o'sha erga o'zini uradi, hayot asl insoniy vazifasini bajarishdan
chalg'iydi, tuzatib bo'lmas xatolarga yo'l qo'yadi. Shuhratparastlikka yorqin misol,
umumbashariy timsol sifatida, odatda salkam 2,5 ming yildan buyon Herostratning
nomi keltiriladi: u abadiy shuhrat qozonish uchun olamning etti mu'jizasidan biri -
Efes shahridagi Artemida ibodatxonasida o't qo'ygan. Uning nomi hozirgacha
taajjub, hayrat, ayni paytda nafrat va la'nat bilan tilga olinadi .
“Shuhratparastlik - shon-shuhrat ketidan quvadigan va bu yo‘lda harqanday
axloqsizlikdan qaytmaydigan insonlar toifasining xislati. Shuhratparast odam o‘z
nominmg doimo atrotdagilar va jamiyat diqkat markazida turishiga, shov-shuvga,
maqtovga ichki bir tiyiqsiz ehtiyoj sezadi. Bu ehtiyoj oxir-oqibat uni jamiyatning
axloqiy-ijtimoiy talablari bilan ham, indivisiatiagiоz biologic va ma’naviy-
intellektual imkoniyatlari bilan ham mutlaqo hisoblashmaydigan ijtimoiy nafs
bandasiga aylantirib qo‘yadi”.
Xudbinlik o'z individual ehtiyojlarini hamma narsadan yuqori qo'yadigan
axloqiy sifat, illatni anglatuvchi tushuncha; biror - bir insonning moddiy - maishiy
manfaatlarining
boshqalarnikidan
ustun
qo'yilishini
bildiruvchi
manfaatparastlikdan
va
o'z
shaxsini
mutlaqlashtirishiga
qaratilgan
shaxsiyatparastlikning ba'zi unsurlaridan iborat salbiy xatti-harakatlar majmu'idir.
U sharqona jo'mardlik axloqiy tamoyili va insoflilik meyo'rining aksi: agar
jo'mardlik, ko'rib o'tganimizdek, biror shaxs, jamoa yoki jamiyat baxti, farovonligi
yo'lida kishining hatto o'ziga eng zarur bo'lgan narsalardan ham voz kechishiga
tayyor turishini anglatsa, xudbinlik o'z manfaatlari yo'lida, hech kimni, hech bir
jamoani, hech qanday jamiyatni tan olmaydigan salbiy me'yor egasining bo'rtib
ko'zga tashlanadigan xususiyati. Xudbinlikni inson shaxsining o'ziga bo'lgan
muhabbati bilan chaplashtirmaslik lozim. Biz Imom G'azzoliy muxabbatning besh
turi haqida so'z yuritib, insonning o'ziga, o'zining a'zolariga, salomatligiga bo'lgan
muhabbatini birinchi o'rniga qo'yganini yaxshi bilamiz. Uningcha, bu muxabbat
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
49
Alloh, ota-ona, qarindosh-urug', do'stbirodar, muhtoj-ehtiyojmandlar xizmatida
bo'lishga imkon yaratuvchi vosita hisoblanadi. Xudbinlik esa muhabbat hissiga
emas, nafsga, hirsga, rujuga asoslanadi, o'zini adolatsizlik, insofsizlik va berahmlik
xislatlarida namoyon etadi. To'g'ri, hammaning ham qo'lidan jo'mardlik
kelavermaydi, lekin insonning o'ziga bo'lgan muhabbati, boshqalarning ham o'ziga
shunday muhabbati borligini inkor etmasligi kerak. Shu qoida buzilgan joydan
xudbinlik boshlanadi. Xudbinlik jinoyat emas, xudbin odam qonunni buzmaydi,
aksincha doimo qonun oldida «toza», “faqat qonuniy haqi»ni qanday sharoitda
bo'lmasin - birovlarning fojeasi ustidami, o'limi, - qat'i nazar, undirib oladi, xolos.
Uning aqidasi: «Go'zal bino qulasa-qulayversin, men o'zimga tegishli yuzta g'ishtni
sug'urib olishim kerak!”
Shuni afsus bilan qayd etish keraki, xudbinlik ustidami jamiyatda ko'payib
borsa-borayaptiki, kamaymayapti. Chunki qonunning mustahkamlanib borishi
xudbin odamlar uchun qulaylik tug'diradi: ular qonunning ruhini - mohiyatini bir
chetga surib qo'yib, uning jumlalaridan - shaqlidan foydalanadilar. Avvalgi,
an'anaviy urfodatlar hukumron davrlarda xudbin odam jazolanishi - bir chetga
chiqarib qo'yilishi, jamoadan, mahalladan haydalishi mumkin edi. Endilikda
bunday munosabat erkin shaxs huquqlarini paymol qilish, noqonuniy yondashuv
deb hisoblanadi. Demak, xudbinlikni yo'qotishning faqat bir yo'li bor, u ham bo'lsa
jamiyatda axloqiy tarbiyani zamonaviy tarzda keng joriy etish.
Xudbinlik- salbiy axloqiy sifat deb qaraladi ya`ni bunday insonlar
o`zmanfaatlarini boshqalarnikidan ustun qo`yadi. O`z maqsadlariga erishishda
hechnarsadan bosh tortmaydi. Xudbinlik manfaatparastlik va shaxsiyatparastlikni
o`z ichiga oladi. Shu o`rinda aytib o`tadigan bo`lsam xudbinlik oliyjanoblikning
teskari shaklidir.
Xudbinlik nafsga va xirsga asoslanadi. Oliyjanoblik hammanining ham
qo`lidan kelavermaydi. Bunday insonlar o`zini qay darajada hurmat qilsa
boshqalarni ham shunday hurmat qiladi. Yani hammani o`zi bilan teng biladi.
Shuning uchun ham oliyjanoblik hammaning ham qo`lidan kelavermaydi.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
50
O‘zbekiston xalq shoiri, axloqshunos olim A.Sher xudbinlikka shunday tar’if
beradilar: “U o‘z individual ehtiyojlarini hamma narsadan yuqori qo‘yadigan
axloqiy xislat illatni anglatuvchi tushuncha; biror-birin insonning moddiy-maishiy
manfaatlarining
boshqalarnikidan
ustun
qo‘yilishini
bildiruvchi
manfaatparastlikdan
va
o‘z
shaxsini
mutlaqlashtirishiga
qaratilgan
shaxsiyatparastlikning ba’zi unsurlaridan iborat salbiy xatti-harakatlar majmuyidir.
U sharqona jo‘mardlik axloqiy tamoyili va insoflilik me’yorining aksi: agar
jo‘mardlik, ko‘rib o'tganimizdek, biror shaxs, jamoa yoki jamiyat baxti, farovonligi
yo‘lida kishining hatto o‘ziga eng zarur bo'lgan narsalardan ham voz kechishiga
tayyor turishini anglatsa, xudbinlik о`z manfaatlari yo'lida, hechkimni, hech bir
jamoani, hech qanday jamiyatni tan olmaydigan salbiy me’yor egasining bo‘rtib
ko‘zga tashlanadigan xususiyati”.Xudbinlik haqida donishmand Muhammad
Javhar Zamindor shunday deydi: ”Xudbinlik insonga zavollik keltiradi. Kimki
xudbin bo`lsa xalq nazaridan qoladi. Ey aziz agar sen inson bo`lay desang xudbin
bo`lma, yo`qsa sen o`z joningni xatarga tashlagan bo`lasan. Agar sen ulug`likni
hohlasang, kamtarlik yo`lini tut”.
Shuhratparastlik va xudbinlik bir – biriga o`xshash illatlardir. Buni biz
yuqorida keltirilgan ta`riflardan ham bilishimiz mumkin. Bugungi kunda
shuhratparastlikning ildiz otib ketishida ommaviy axborat vosita (OAV)larining
o`rni katta bo`lyabdi.Ya`ni ijtimoiy tarmioqlardan insonlar o`zmaqsadlarida,
noto`g`ri yo`lllarda foydalanishayabdi. Asosan bunaqa insonlarning ko`pchiligini
yoshlar tashkil qiladi. Bugungi asr tili bilan aytganda yoshlar istagram ,tik tok,
fasebook va you tube kabi ilovalarda o`zlarining har xil videolari bilan chiqmoqda.
Bundan ko`zlangan maqsad o`zobunachilari va kuztuvchilarini ko`paytirish, va
bularning ortidan mo`may pul topish va shunga o`xshash yoshlar o`rtasida
birinchilikka chiqish deb aytish mumkin. Bunday xolatlarni zamonaviy
shuxratparastlik va xudbinlikning ko`rinishlaridan biri deyish mumkin. Afsuski,
bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarni cheklab qo`yishning iloji yo`q. Shuning uchun
ham yoshlar o`rtasida bunaqa illatlar ko`payib ketmoqda.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
51
Shuhratparastlik inglizlar talqinida ijobiy hususitatga egadir. Ularda inson
biror natijaga erishish uchun shuhratparast bo`lish kerek deb bilishadi. Bizda esa
shuhratparastlik gunohkorlik sifatida talqin etiladi. Hadislarda ham shuhratga
moyillik minnat bilan barobar gunoh sifatida kiritilgan. Imom al Buxoriyning “riyo
va shuhratparastlik haqida” hadisida shunday deyiladi: Jundub roziyallohu anhu
rivoyat qiladi:”Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “kimda kim hayrli ishlarini
shuhrat topmoq niyatida ovoza qilsa, Alloh taolo ham qiyomatda uni sharmanda
qilib, ovoza qiladi, kimda-kim xayrli ishlarini odamlar meni ko`rib qo`ysinlar deb
ko`z - ko`zqilsa, Alloh taolo ham qiyomatda uni barcha bandalari o`rtasida izza
qiladi”,dedilar”. Ushbu hadisdan ham bilishimiz mumkinki shuhratparastlik yaxshi
illat emasligini.
XULOSA
Shuxtarparastlik va xudbinlik axloqiy jihatdan yomon illat ekanligini va
insonlar ongini zarazli g`oyalar bilan chag`itishini kuzatish mumkin. Xulosa
sifatida shuni aytish mumkinki: Shuhratparastlik ham xuddi xudbinlik kabi
zamonaviy jamiyatda avj olgan illatlardan hisoblanadi. Agar xudbinlikning keng
yoyilishiga ma'lum ma'noda shaxs erkinligining qonuniy muhofazasi, ba'zi,
demokratik tamoyillar yo'l ochib bersa, shuhratparastlik uchun zamonaviy
ommaviy axborot vositalari ko'k chiroq vazifasini o'taydi: Nittsshe aytganidek,
hozirgi paytda har qanday kichkinagina «men», yo'lini topib, sahnadan, sahifadan
yoki ekrandan o'zi haqida jahonga jar solish huquqiga va imkoniga ega Matbuot va
so'z erkinligidan «o'ziga xos» foydalanadigan, «mashhurlar» haqidagi shov-
shuvlar bilan shug'ullanadigan o'nlab gazetalar, ko'rsatuv va eshittirishlar
shuhratparastlarning yomg'irdan keyingi qo'ziqorinlardek paydo bo'lishini
ta'minlamoqda. Misol tariqasida ko'pchilik omaviy axborot vositalarida aslida
horijiy mualliflar musiqalarini, qo'shiqlarini noqonuniy o'zlashtirgani - o'g'irlagani
(plagiat) uchun jazolanishi kerak bo'lgan shuhratparast «san'atkorlar»ning
ko'klarga ko'tarilishini keltirish mumkin. Shuhratparstlikning bunday keng
yoyilishiga qarshi faqat axloqiy tarbiya vositasida kurashish qiyin, shu sababli
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
52
ularga nisbatan axloqiy yo'l bilan birga ichki va xalqaro huquq me'yorlaridan ham
unumli foydalangan holda kurashish maqsadga muvofiqdir. Shunday qilib, axloqiy
me'yorlar bir-biri bilan shu darajada chambarchaski, ba'zan birini ikkinchisidan
aniq ajratish qiyin, zero ular xulq va odob doirasidagi axloqiy hatti harakatlardir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Abdulla Sher Axloqshunoslik. Darslik. T. O‘zbekiston faylasuflari milliy
jamiyati.
2010. 282-bet
2.
Шеров А. Ахлоқшунослик. Тошкент.: ЎАЖБНТ - Янги аср
авлоди, 2007.189bet
3.
Abdulla Sher Axloqshunoslik. Darslik. T. O‘zbekiston faylasuflari
milliy jamiyati.
2010. 289-bet