Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
41
SHAXSNING IJTIMOIYLASHUVI VA RUHIY RIVOJLANISHIDA
PSIXOLOGIYANI OʻRNI
Safaraliyev Matlab Norboyevich
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida 17- maktabi amaliyotchi psixologi
ANNOTATSIYA: Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, tug’ilganidan
boshlanadi ya’ni, muayyan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam
shaxs bo’lishi uchun har tomonlama yetuk komil inson deb hisoblashi va
boshqalardan farq qilmog’i kerak.
Kalit soʻzlar: shaxsning rivojlanishi, axloq, tarbiya, ma’naviy axloqiy
tarbiya, ma’naviy-axloqiy tushunchalar, ma’naviy-axloqiy xulq-atvor, individ
KIRISH
“Individ” nima? Bola ma’lum yoshga qadar “individ” sanaladi. “Individ”
lotincha “individium” so’zidan olingan bo’lib, «bo’linmas», «alohida shaxs»,
«yagona» ma’nolarini anglatadi. Individuallik esa tarbiya jarayonini amalga
oshirishda bolaning shaxsiy xususiyatlari va yashash sharoitlarini chuqur bilish
hamda hisobga olishdan iborat.Individual yondashuv o’quvchilarning aqliy
qobiliyatlari, bilishga bo’lgan qiziqish hamda iste’dodini namoyon etishda muhim
ahamiyatga ega. Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi
ishtiroki natijasida shakllana boradi.
Shaxs – muayyan jamiyatning a’zosi bo’lib, u psixologik jihatdan taraqqiy
etgan, o’z xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida ham shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh
sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga
oshiruvchi sifatida ta’riflanadi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati
insonni intelektual va ma’naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama
rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo’lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
42
ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuharoning bilim olish, ijodiy
qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb
yo’nalishi bo’yicha mehnat qilish huquqni kafolatlaydi. Odamning ijtimoiy
mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya
kerak bo’ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga
aylanadi.
Rivojlanish oddiyda murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi
holatlarga o’tish, yangilanish, yangining paydo bo’lishi, eskining yo’qolib borishi,
miqdor o’zgarishining sifat o’zgarishiga o’tishini ta’minlovchi murakkab harakat
jarayoni sanaladi. Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklarni o’rtasidagi
kurashdan iboratdir. Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir,
degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot
hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham
muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar
ekan, uning rivojlanishiga biologic va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi,
ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi.
Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi
bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi. Inson butun umri
davomida o’zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi,
bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo’lsa, u jamiyat a’zosi
sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o’ziga munosib
o’rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. Shaxsning
fazilatlarini to’g’ri ko’rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar
jarayonida kuzatish lozim.
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal etish uchun uning
xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.
Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o’sish va rivojlanish qonuniyatlarini
bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya
o’rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
43
Shaxs tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar. Fanda odamning shaxs sifatida
rivojlanishiga biologic va ijtimoiy omillarning ta’siri o’rtasidagi munosabatni
belgilashga oid munozara ko’pdan buyon davom etmoqda. Insonning shaxs sifatida
rivojlanishiga ijtimoiy voqealar, tabiiy omillar yoki tarbiya ta’sir etadimi? Bu uch
omilning o’zaro munosabati qanday?
Fanda biologik yo’nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o’rinlardan
birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori
qo’yadi.
Ular tug’ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o’rnini belgilab
bergan, deydilar. XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi
namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy
muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi.
Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim – bixeviorizm XX asr boshlarida
yuzaga kelgan bo’lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga
o’tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim
E.Torndaykdir.
Progmatizm oqimi va uning vakillari D.D’yul, A.Kombe ham shaxs
rivojlanishini biologic nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni fahat
miqdoriy o’zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni
inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar.
Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga
bog’laydilar.
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil
omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik
rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog’liq deb ko’rsatadilar.
Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir
tushuniladi. Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o’zi yashaydigan ijtimoiy
sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. Ular ijtiomiy
muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam bolasining
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
44
shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo’lib kamolga
yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit),
shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga
ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg’or pedagogik olimlar, psixolog va
faylasuflar ta’limotiga suyaniladi.Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog’liq bo’lgan
ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy
boyligi uning munosabatlariga bog’liq, deb hisoblaydilar.
Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga
yetadi.
Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o’z navbatida inson
faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma’lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat
shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi yoki yo’q qilishi
mumkin. Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo’lagi deb baholaydilar. Bu insondagi
layoqat kurtaklari bo’lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g’oyani
ifodalaydi.
Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Demak, shaxs bilan jamiyat o’rtasida ham uzviy aloqa mavjud. O’smir va
o’spirinlar faoliyatining asosiy turlariga o’yin, o’qish va mehnat kiradi. Ular
yo’nalishiga ko’ra bilishga doir, ijtimoiy, sport, badiiy, texnik, hunarmandchilik
hamda shaxsiy qiziqishga ko’ra tanlangan sohalardan iborat. Faoliyatning asosiy
turi – muloqotdir. Faoliyat faol va passiv bo’lishi mumkin. O’smir faoliyati muhit
va tarbiya ta’sirida faollashishi yoki susayishi mumkin. Inson shaxsining
rivojlanishida uning butun vujudi bilan sevib, o’z imkoniyatlarini namoyon etib,
mehnat qilish, o’zini shaxs sifatida ko’rsata olishi unda o’z faoliyatidan qoniqish
hosil qiladi. Uning ijtimoiy mehnatdagi ishtirokida faollik ko’zga tashlanadi.
Ta’lim jarayonida faollik o’quvchiga bilimlarni chuqur va mustahkam
egallashga, o’z qobiliyatini namoyon etishga yo’llaydi. Bilishga bo’lgan faollik
o’quvchining intellektual rivojlanishini ta’minlaydi.
Faollik ko’rsatishning asosini esa hamma vaqt ehtiyoj tashkil etadi.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
45
Ehtiyojlarning xilma-xilligi faoliyatining ham turlarini kengaytiradi. SHunga
ko’ra, o’quvchining turli yosh davrlarida ularning faoliyati turlicha bo’ladi. Ta’lim
muassasasida hamma vaqt bir xil talab shaxs rivojlanishida ijobiy natija
beravermaydi. Turli yosh davrlarida faoliyatning turlari va mohiyati o’zgarib
turishi kerak.
Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari. Ma’lum bir yosh davriga
xos bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlari yosh
xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim
va tarbiya ishi tashkil etiladi. SHunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli
bo’ladi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda,bolalarning tarbiyasiga to’g’ri yondashish, uni
muvaffaqiyatli o’qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos
xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir.Bolaning o’ziga xos
xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham
psixik jihatdan turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, ko’rish va eshitish qobiliyati,
faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki
kamgapligi, serg’ayrat yoki g’ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, palapartish va
chala ishlaydigan, yig’inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar
nerv faoliyati tizimining ta’siri bo’lib, o’qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi
zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O’RGANISHDA
XVI-XVIII ASRLARDA
YAPONIYA
DAVLATI TARIXINI
AHAMIYATI.
Scientific progress
,
1
(6).
2.
Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O’QITISHDA
ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI.
Scientific progress
,
1
(6).
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
46
3.
Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI
O’RGANISHDA
MITANNI
DAVLATCHILIGINING
O’RNI
VA
AHAMIYATI.
Scientific progress
,
1
(6), 616-619.
4.
Erkinov,
A.
S.
O., &
Haydarov, S.
(2021).
YUNON-BAQTRYA
PODSHOLIGINING
IJTIMOYI
TUZIMI,
XO’JALIGI VA MADANIYATI.
Scientific progress
,
1
(6), 620-622.