Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
37
OILA-JAMIYAT USTUNI SIFATIDA,OILALARDA SOGʻLOM
PSIXOLOGIK MUHITNI TOʻGʻRI TASHKIL ETISHNING DOLZARB
MASALALARI
Murodova Gulnoza Ablakulovna
Samarqand viloyati Urgut tumani 65-maktabi amaliyotchi psixologi
Annotatsiya. Sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish hozirgi kuning dolzarb
masalalaridan biri hisoblanadi. Jamiyatning eng kichik bo‘gini bo‘lmish oilada
sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish katta ahamiyat kasb etadi.
Kalit so‘zlar: sogʼlom turmush tarzi, salomatlik, tasavvurlar, oila
psixologiyasi, jismonan sogʼlom, aqlan barkamol, ijtimoiy muhit, sog‘lom
psixologik muhit.
KIRISH
Oilada sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishda ma’lum bir to‘siqlarga duch
kelmoqdamiz. Zararli odatlarning kundalik hayotimizning ajralmas qismi bo‘lib
qolganligi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Ushbu holatlarni bartaraf etish uchun
Prezidentimizning “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida: “Barchamiz bundan
jiddiy xulosa qilgan holda zararli odatlardan voz kechib, ommaviy sport bilan
doimiy shug‘ullanish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, xususan
tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan hamda xamirli taom va
shirinliklarni, non mahsulotlarini me’yoridan ortiq iste’mol qilmaslikni, bir so‘z
bilan aytganda, sog‘lom turmush tarzini kundalik hayotimizga aylantirishimiz
zarur ekanligini bugungi davrning o‘zi taqozo etmoqda. Jismoniy tarbiya va
ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish hamda sog‘lom turmush tarzi
bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish orqali har bir fuqaroda kasallikka
qarshi kuchli immun tizimi paydo bo‘lishini ta’minlash, zararli odatlardan voz
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
38
kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga amal qilish, tiklash va reabilitatsiya
ishlari hamda ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil
qilish, bu borada tegishli infratuzilma va boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratish
maqsadida: Hozirgi kunda zararli odatlarning oilaning psixologik tomondan
rivojlanishiga qanchalik ta’sir etishi masalasida juda ko‘plab izlanishlar amalga
oshirilmoqda. Ushbu izlanishlar shuni ko‘rsatadi, oilalardagi sog‘lom turmush
tarziga rioya qilmaslik yoki ushbu muammoning jadallashib borishi asosan
oiladagi er-xotin o‘rtasidagi psixologik muhitning buzilganligidan ham kelib
chiqmoqda.
Oilaviy munasabatlarning asosiy mazmun mohiyatini tibbiyot psixologiyasi
va sog‘lom turmush tarzi asoslarida atroflicha fikr yuritilgan bo‘lib, ... G. Selyening
strees va adaptatsiya sindromi haqidagi, Z. Freydning psixosomatik tibbiyot va
psixoanalitik ta‘limotlarga, shuningdek, salomatlikka nisbatan neogippokratik
qarash, ... rivojlanib bormoqda.
Oilaviy munosabatlarning me‘yoriy sog‘lom munosabatlarning o‘rnatilishi
himoya mexanizmlariga bog‘liq. Himoya mexanizmi - bu shaxsdagi psixik
buzilishining oldini olish vositasi. Biroq, himoya mexanizmlari bir xil emas. Bir
tomondan ular barqarorlashadi, ya'ni odamning o'zi bilan munosabatlarini
o'rnatadi, boshqa tomondan tashqi dunyo bilan munosabatlarni buzishi mumkin.
Mudofaa mexanizmlari - bu psixologik strategiyalar bo'lib, ular yordamida
odam umidsizlik, ziddiyat, xavotir va stress kabi salbiy holatlarning oldini oladi
yoki kamaytiradi. Oila va undagi munosabatlar hamisha tashqi psixologik ta‘sirida
bo‘ladi. Hozirgi vaqtda oilalarda sog‘lom psixologik muhit yaratishda quyidagi
psixologik himoya choralarini ko‘rishimiz mumkin:
-
sog‘lom turmush tarzi, jismoniy faollik orqali tashkil qilish;
-
boy tarixiy an‘analarimiz, qadriyatlarimizga asoslangan milliy
tarbiyaviy;
-
intellektual avlodni tarbiyalashda internet madaniyatni, axborot
iste‘moli madaniyatini oilaviy munosabatlarda;
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
39
-
psixogigyena, nazorat orqali;
-
yoshlarni axborot-psixologik immunitetini rivojlantirish.
Shaxsning salbiy his-tuyg'ulari bilan kurashish va shaxsning o'zini o'zi
qadrlashini saqlab qolishi oilada sog‘lom muhitning paydo bo‘lishida juda muhim
ahamiyatga ega hisoblanadi.
Oilaviy farovonlik omillarini tahlil qilish turli jins, yosh, ijtimoiy va kasbiy
mansublikdagi odamlarning psixologik omillarning to'liq ro'yxatini tanlashga
urinish muvaffaqiyatsiz bo'lishi mumkinligiga olib keladi.
Oiladagi sog‘lom munosabatlarda shaxsning qoniqish darjasiga ham
bog‘liqdir va bu muayyan darajada oilaning vazifalari bajarilishiga bog‘liq.
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida bugungi zamon oilasining
asosiy vazifalari qatorida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:
-
Iqtisodiy,
-
Reproduktiv,
-
Tarbiyaviy,
-
Rekreativ,
-
Kommunikativ,
-
Regulyativ (boshqaruv),
-
Felitsitologik kabilar.
Oilaviy munosabatlarning teng va o‘zaro tushunishga asoslangan holda olib
borilishi yosh avlodga to‘g‘ri samarali yetkazib berish qiyinchiliklar uchrab turibdi.
“Bugungi yoshlarimiz esa yuqorida bayon etilganidek, 12-13 yoshlarida jinsiy
balog‘atga yetadilar va aksariyat hollarda oradan 7-8 yil o‘tgandan so‘ng, ya‘ni
qizlar 19-20 yoshda, yigitlar esa 21-22 yoshda oila quradilar. Bu vaqtda esa ular na
iqtisodiy jihatdan, na ijtimoiy jihatdan va na psixologik jihatdan oilaviy hayotga
tayyor bo‘ladilar.”“Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi tomonidan nikoh
ajrimlarining sabablari o‘rganilganda, aksariyat holatlarda bu birinchi o‘rinda er-
xotinlarning o‘zaro kelishmovchiliklari, fe‘l-atvorning bir-biriga mos
kelmasliklari, rashk, xiyonat, kelin bilan qaynona va boshqa yaqin
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
40
qarindoshlarning chiqishmasliklari, erkakning zararli odatlarga berilib ketishi
(ichkilikka, giyohvand moddalarga va shu kabi), moddiy qiyinchiliklar (asosan
erning ishlamasligi, mustaqil oilani boshqara olmasligi), qudalarning to‘ydan keyin
o‘zaro kelishmay qolishlari, erning daraksiz ketib qolishi kabilar qayd etiladi.”
XULOSA
Xulosa qilib aytganda oilada sog‘lom psixologik muhitning yaratilishi,
sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Sog‘lom
psixologik muhit er va xotin o‘rtasidagi psixologik jihatdan yetilganlik hamda
ijtimoiy jihatdan tayyorlik asosida shakllanadi. Sog‘lom turmush tarzining oilaviy
muhitga ta’siri ham katta hisoblanadi. Chunki har bir oila a’zosi sog‘lom turmush
tarziga rioya qilsa, to‘g‘ri ovqalansa, sport bilan shug‘ullansa ushbu jarayonlar
ularda psixosomatik o‘zarishlarni keltirib chiqaradi. Ya’ni ularning sog‘lom
turmush tarziga rioya qilishi mental psixologik holatini yaxshilaydi. Sog‘lom
turmush tarzi oilaviy muhitning ijtimoiy psixologik jihatdan o‘zgarishiga ta’sir
o‘tkazadi. Sog‘lom munosabatlar sog‘lom turmush tarzidan boshlanadi. Ushbu
holatlar oiladagi ijtimoiy psixologik jarayonlarga katta ta’sir o‘tkazadi. Oilada
sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishda sog‘lom psixologik muhitning ijtimoiy
psixologik ahamiyati ushbu jarayonlarning sinxron ravishda tashkil qilnganligiga
bog‘liq hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
R. Arziqulov. Sog‘lom turmush tarzi asoslari ( Valeologiya) -
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, Toshkent-2009;
2.
G.B. Shoumarov, I.O. Haydarov, N.A. Sog‘inov; G‘.B. Oila
psixologiyasi: Akad. litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun darslik
Т.: «Sharq», 2015. 296 b.;
3.
V.M.Karimova. Oila psixologiyasi: Darslik. Pedagogika oliygohlari
talabalari uchun // Muallif: - T.: -Fan va texnologiya, 2008. - 170 b.;
4.
https://yuz.uz/uz/news/mamlakatimiz-uchun-bitta-ajrim-ham-kop