Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
8
SHAXSLARDA RUHIY SALOMATLIKNI
MUSTAHKAMLASHNING ZAMONAVIY PSIXOLOGIK USULLARI
Nabiyeva Mahliyo Abdugapparovna
Namangan viloyati Kosonsoy tumani 36 - sonli umumiy o'rta ta'lim
maktabi psixologi
Botirov Ismoiljon Ergashevich
Namangan viloyati Kosonsoy tumani 14- sonli umumiy o'rta ta'lim
maktabi psixologi
ANNOTATSIYA: Ruhiy salomatlik deganda biz, turli ruhiy buzilish yoki
salbiy ruhiy xolat ko‘rinishlarining yo‘qligi va atrofdagi voqelik sharoitlariga
mos keladigan xatti-harakatlarning tartibga solinishini ta’minlaydigan ruhiy
farovonlik holatidir.
Kali so‘zlar: ijtimoiy soha vakillari, axloqiy-psixologik omillar, salbiy ruhiy
tajribalar
va
holatlar,
professional
mutaxassislarning
psixofiziologik
xususiyatlari, kasbiy stress, “hissiy charchoq” sindromi va belgilari.
KIRISH.
Ruhiy salomatlik” tushunchasi omma orasiga sekin-asta kirib boryapti,
chunki ruhiy muammolar bizni tobora ko‘proq bezovta qilyapti: tushkunlik, stress,
xavotir. Vaqtida mutaxassisga murojaat qilish esa bizda odatga kirmagan –
muammolardan o‘zimizni qaerga qo‘yishni bilmay qolgan chog‘imizdagina bu
esimizga tushadi yoki... tushmaydi. Aslida esa salomatlikka putur yetmasdan turib
salomatlikni saqlash kerak. Bu jismoniy salomatlikka ham, ruhiy salomatlikka
ham tegishli. “Ruh salomat bo‘lgandagina inson o‘zini to‘laqonli salomat his
qilishi va to‘laqonli ijtimoiy faol bo‘lishi mumkin. Demak, salomatlik deganda
faqat jismoniy emas, ruhiy tomondan ham o‘zimizni yaxshi his qilishimiz kerak.
Shundagina o‘z faoliyatimizni yaxshi olib borishimiz, "men"imizni bir maromda
saqlab turishimiz, xulq-atvorimizni atrofda bo‘layotgan voqealarga qaramasdan
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
9
yaxshi tutishimiz mumkin bo‘ladi.
“Inson ruhi nima” deganda biz musulmonlar Qur’oni karimda kelgan "Ruh
Robbimning ishidir. U haqida sizlarga judayam oz bilim berilgandir" degan ma’no
bilan cheklanamiz. Biroq ruhiyat – o‘rganish manbasi.
G‘arbda psixogigiena nomi bilan ruhiy salomatlikni saqlash bo‘yicha bir
qancha tavsiyalar beriladi. Mutaxassis sifatida shuni aytishim kerakki, islom
prinsiplariga asoslangan psixoterapiyani qo‘llaganimizda biz maqsadga oson
yetamiz. Chunki bizda maqsad insonni fitratiga qaytarish bo‘ladi. Har bir inson
tug‘ilganda toza fitrati bilan tug‘ilishini, uning fitratida tavhid borligini bilamiz.
Insonning ijtimoiy muvaffaqiyatining asosiy omillaridan biri bu ruhiy
salomatlikdir. Salomatlikka psixologik qarashlarni o‘rganishdan oldin, keling,
dastlabki savollarga aniqlik kiritaylik. Zamonaviy ilm-fanda “salomatlik”
tushunchasi umumiy qabul qilingan yagona talqinga ega emas, u noaniqligi va
xilma-xilligi (ya’ni, sinkretiklik) bilan tavsiflanadi. 1948 yilda Jahon sog‘liqni
saqlash tashkiloti (JSST) Konstitutsiyasining muqaddimasida berilgan ta’rifga
ko‘ra, “sog‘liq” - bu nafaqat kasallik yoki nogironlikning yo‘qligi, balki to‘liq
jismoniy, aqliy va ijtimoiy farovonlik bilan tavsiflangan insonning holatidir.
Salomatlikning to‘liq ratsional ta’riflari esa kelajak masalasi bo‘lib
qolmoqda. Sog‘liqni saqlash muammosiga bugungi kunda mamlakatimizda xam
ko‘p ishlar qilinmoqdaki, bunga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-
2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza
qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorini
misol qilishiz mumkin. Unga ko‘ra bugungi kunda o‘tgan vaqt mobaynida
aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish milliy xizmatini takomillashtirish,
ruhiy holati buzilishidan aziyat chekuvchi shaxslarni aniqlash, davolash va
reabilitatsiya qilish bo‘yicha sog‘liqni saqlash tizimining barcha darajalarida
muayyan ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga “Ruhiy salomatlik” borasida ham
ishlar yo‘lga qo‘yilganligi quvonarli holdir. Lekin, salbiy ruhiy xolatni bugungi
kunda ba’zi odamlarda, turli kasb egalarida kuzatishimiz mumkin. Asosan bu holat
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
10
ijtimoiy soha vakillarida kuzatilmoqda.
Ijtimoiy soha vakillarining kasbiy faoliyati, bajaradigan ish turidan qat’i
nazar, odamlar, aholi guruhlari va umuman jamiyatning sog‘lig‘i va hayoti uchun
ma’naviy javobgarligi yuqori bo‘lgan kasblar guruhiga kiradi. Ijtimoiy kasb
egalari mijoz bilan murakkab ijtimoiy o‘zaro munosabat jarayonida bo‘lgan
doimiy stressli vaziyatlar, mijozning ijtimoiy muammolarining mohiyatini doimiy
ravishda tushunish, ishonch va boshqa axloqiy-psixologik omillar uning
sog‘lig‘iga salbiy ta’sir qiladi.Ijtimoiy kasb egalari, shu jumladan hokimyat
vakillari, pedagoglar, shifokorlar, o‘z faoliyatining tabiati bo‘yicha, boshqa
odamlar bilan uzoq muddatli intensiv aloqada bo‘ladilar. Odamlar bilan ishlashda
kuchli shaxslararo o‘zaro ta’sir natijasida yuzaga keladigan, hissiy zo‘riqish va
kognitiv bosim bilan birga keladigan jismoniy va ruhiy charchoq holati sifatida
namoyon bo‘ladigan “hissiy charchash” bugungi kunda barchaga
ma’lum.Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, salbiy ruhiy tajribalar va holatlar mehnat
jarayonining turli jabhalariga ta’sir qilishi mumkin - kasbiy faoliyat, kasb
egasining shaxsi, kasbiy muloqot, umuman olganda, shaxsning kasbiy
rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi.
Ijtimoiy
soha
professional
mutaxassislarning
psixofiziologik
xususiyatlariga qat’iy talablar qo‘yadi va ijtimoiy ish mutaxassislarini tanlash,
moslashtirish va hissiy “charchoq” sindromining oldini olishning ilmiy asoslangan
usullarini talab qiladi. Bugungi kunga kelib, ijtimoiy soha egalarining kasbiy
faoliyatida stressga chidamliligini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy ishlar sanoqli
bo‘lib, bu ilm ahlini ushbu muammoni ishlab chiqishga etarlicha e’tibor
berilmaganligini ko‘rsatadi.An’anaga ko‘ra, jamoat ongida ham, ilmiy
adabiyotlarda ham, birinchi navbatda, odamlar bilan ishlashning ijobiy
tomonlariga (shifokorlar, o‘qituvchilar, ijtimoiy xodimlar va boshqalar) urg‘u
beriladi. Shu bilan birga, bu odamlar bilan ishlash o‘zining yuqori talablari,
alohida mas’uliyati va hissiy stressi tufayli mehnat sharoitlari bilan bog‘liq qiyin
tajribalar xavfini va kasbiy stress ehtimolini o‘z ichiga olishi aniq.Birinchi marta
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
11
amerikalik mutaxassislar “hissiy charchoq” sindromi muammosiga ijtimoiy
xizmat sohalarini kengaytirish va ommalashtirish munosabati bilan e’tibor
qaratdilar. Ularning ishchilari kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan yoki psixologiya
yoki sotsiologiya sohasiga maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan mutahassislarga qoida
tariqasida, juda og‘ir muammolari bilan kelgan mijozlar bilan ishlash jarayonida
duch keldilar. Ba’zan bunday holatlarda ularning yagona vazifasi psixologik
yordam ko‘rsatish - tinglash, qo‘llab-quvvatlash, iloji bo‘lsa, biror nima deb
maslahat berish edi.Maxsus tayyorgarlik va xodimlarni tanlashga qaramay, ushbu
xizmatlarning rahbariyati ma’lum vaqt o‘tgach o‘z xodimlarining qoniqarsiz
ishlayotganligi haqidagi dalillariga duch kelganlar. Xodimlarning bunday
qoniqarsiz ishlayotganliginini, tashrif buyuruvchilarga e’tiborsizlik, befarqlik va
hatto qo‘polligi haqida shikoyatlardan aniqlaganlar. O‘tkazilgan tadqiqotlar o‘ziga
xos kasbiy stress – “muloqot stressi”ni aniqlashga olib keldi, bu boshqa kasbiy
stresslar bilan birgalikda “hissiy charchash” deb ataladigan hodisaning paydo
bo‘lishiga sababi edi.“Hissiy charchoq” atamasi 1974 yilda amerikalik psixiatr
H.J.Freudenberger tomonidan mijozlar bilan intensiv va yaqindan muloqotda
bo‘lgan sog‘lom odamlarning psixologik holatini tavsiflash uchun
kiritilgan.Dastlab, bu atama oddiygina charchash holatini anglatgan.“Hissiy
charchoq” tushunchasi odatda odamning yuqori hissiy idrokni o‘z ichiga olgan
vaziyatlarda uzoq vaqt ishtirok etishi natijasida yuzaga keladigan jismoniy, hissiy
va ruhiy charchoq holatini ifodalash uchun ishlatildi, bu esa o‘z navbatida haddan
tashqari yuqori surunkali situatsion stresslar bilan hissiy holatlarning
kombinatsiyasi natijasidir.
K.Maslachning 1976-yilda “Human Behavior” jurnalida chop etilgan ushbu
mavzudagi birinchi maqolasi, o‘z e’tirofiga ko‘ra, ayniqsa, noprofessionallar
orasida katta va kutilmagan munosabatga sabab bo‘ldi. Va shu maqola sabab, u
turli ijtimoiy kasb egalaridan ko‘plab xatlar oldi. Atigi o‘n yildan so‘ng “hissiy
charchoq” sindromi muammolari bo‘yicha mingdan ortiq maqolalar chop etildi.
“Hissiy charchoq” sindromiga tashxis qo‘yishning maxsus usullari ishlab
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
12
chiqildi.Agar dastlab tibbiyot xodimlarining muammolarini tavsiflash haqida
bo‘lgan bo‘lsa, undan keyingi tadqiqotlar aniqlangan fenomenolarini turli kasb
egalarining keng doirasiga etkazish imkonini berdi.K.Kondo “hissiy charchoq”
sindromini ishning haddan tashqari og‘irligi va shaxslararo munosabatlarning
noto‘g‘riligi tufayli ish joyiga moslashmaslik deb ta’riflaydi. Ushbu ta’rif uning
“yonish” tushunchasini talqiniga mos keladi. Bu birinchi navbatda odamlar bilan
alturistik va intensiv ishlaydiganlarga ta’sir qiladi. Bunday emotsional hissiy ish
ruhiy energiyaning haddan tashqari sarflanishi bilan birga keladi va psixosomatik
charchoq (holdan toyish) va hissiy charchoq (toliqish) olib keladi. Natijada
bezovtalik (tashvish), nafas qisilishi, oshqozon-ichak traktining buzilishi, bosh
og‘rig‘i, qon bosimining pasayishi, uyquning buzilishi fonida norozilik hussi,
g‘azab, o‘ziga bahoning pasayishi; hamda qoidaga ko‘ra, oilaviy
munosabatlardagi muammolar paydo bo‘ladi.
“Hissiy charchoq” fenomenini keltirib chiqaradigan stress omillarining
ta’siri turli kasblarni sezilarli qismini qamrab oladi va bu kasallikka moyil
bo‘lganlar sonini kengayishiga sabab bo‘ladi.Ushbu hodisaning dastlabki
tadqiqotlari asosan unga tavsif berish bilan cheklangan bo‘lsalar, 1982-yilga kelib
“hissiy charchoq”ni o‘rganish bo‘yicha etakchi mutaxassislardan biri Maslach bu
hodisani maxsus holat deb atadi. Unga ko‘ra:
•
holdan toyish;
•
degumanizatsiya, depersonalizatsiya belgilari;
•
salbiy o‘z-o‘zini idrok qilish;
•
kasbiy mohirlikni yo‘qotish
1983 yilda E.Maher o‘z sharhida “hissiy charchash” belgilari ro‘yxatini
umumlashtiradi:charchoq, toliqish, horg‘inlik; psixosomatik kasalliklar,
uyqusizlik, mijozlarga salbiy munosabat; ishning o‘ziga salbiy munosabat;
faoliyatda harakatlarning sustligi; kimyoviy vositalarni ortiqcha iste’moli: tamaki,
qahva, spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar; ishtahaning sustligi yoki aksincha,
ortiqcha ovqatlanish, salbiy “Men-kontseptsiyasi”; tajovuzkor his-tuyg‘ular
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
13
(asabiylashish, zo‘riqish, tashvish, holsizlik, haddan tashqari hayajonlanish,
g‘azab); salbiy kayfiyat va u bilan bog‘liq his-tuyg‘ular (beadablik, pessimizm,
umidsizlik hissi, befarqlik, tushkunlik, samarasiz harakat); aybdorlik hissini
boshdan kechirish.
1982
yilda S.Maslach sindromga duchor bo‘lgan shaxsning quyidagi
muhim belgilarini ajratib ko‘rsatdi: o‘z “men”ini saqlab qolish asosidagi
charchoqqa qarshi kurashi. “Charchoq”qa qarshi turish qobiliyatining chegarasi;
ichki psixologik tajriba, shu jumladan his-tuyg‘ular, munosabatlar, motivlar,
umidlar; salbiy shaxsiy tajriba; qayg‘u, noqulaylik, disfunktsiya yoki ularning
oqibatlari. “Charchoq” sindromining asosiy belgilari:
-
holdan toyganlik hissi;
-
mijozlarga nisbatan salbiy his-tuyg‘ularning
mavjudligi; - o‘z-o‘ziga salbiy munosabat.
Sindromning bu belgilari uning namoyon bo‘lishini o‘rgangan va kuzatgan
ko‘pchilik klinitsistlar tomonidan qayd etilgan. Hissiy charchoq sindromining
asosiy belgilarining mohiyati olimlar tomonidan aniqlangandan so‘ng va bu hodisa
umume’tirof etilgandan so‘ng, tabiiy ravishda ushbu kasallikning rivojlanishiga
yordam beradigan yoki unga to‘sqinlik qiladigan omillarni aniqlash va tasniflash
masalasi paydo bo‘ldi.
Psixologlarning ta’kidlashicha, hissiy charchashga asosan kasb egalarining
to‘rtta amal qiladigan pozitsiyasi olib keladi:
Men xato qila olmayman.
Men ehtiyotkor bo‘lishim kerak.
Men tarafkashlikka haqqim yo‘q.
Men hamma narsada namuna bo‘lishim kerak.
Ba’zi tadqiqotchilar (P.Tornton) shaxs omilini o‘rganishda quyidagi
ko‘rsatkichlarni yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, ish staji, ma’lumot darajasi, ish staji,
ijtimoiy kelib chiqishi hisobga oldilar.Biroq, ularga “hissiy charchoq” darajasiga
bog‘liq emasligi ma’lum bo‘ldi.Boshqa tadqiqotchilar (A.Pins) motivatsiya va
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
14
“charchoq” o‘rtasidagi bog‘liqlikka alohida e’tibor berishdi; Xususan, mehnat
faoliyati motivlari ish haqidan qoniqish, ish joyida kerakligini his qilish, kasbiy
yuksalish, mustaqillik va rahbariyat tomonidan nazorat darajasi va boshqalar
o‘rganildi.Lekin “hissiy charchoq” sindromi va ish haqi o‘rtasida to‘g‘ridan-
to‘g‘ri bog‘liqlik yo‘q edi. Shu bilan birga, kasbiy o‘sishdan norozilik va qo‘llab-
quvvatlovchi munosabat (turli mukofotlar, rag‘batlar) “hissiy charchoq”
sindromining rivojlanishi bilan ko‘proq bog‘liq bo‘lib chiqdi. Mustaqillik
etishmasligi (“ortiqcha nazorat”) bo‘lgan ijtimoiy ishchilar uchun “hissiy
charchoq”qa ko‘proq moyillik ham aniqlandi. Ijtimoiy kasb, shuningdek,
psixologik maslahat va psixoterapiya ko‘p hissiy stressni, mas’uliyatni talab
qiladigan va muvaffaqiyat uchun juda noaniq mezonlarga ega bo‘lgan kasblar
sifatida tasniflanadi. Afsuski ushbu kasblar vakillari “hissiy charchoq” xavfi ostida
ekanlar.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, “Hissiy charchoq” sindromi
murakkab psixofiziologik hodisa bo‘lib, u uzoq davom etgan ortiqcha stress tufayli
hissiy, aqliy va jismoniy charchoq sifatida tavsiflanadi. Tadqiqotchilarning fikriga
ko‘ra, bunday buzilishlar mehnat jarayonining turli jabhalariga – kasb egasiga,
faoliyatiga, kasbiy muloqotga ta’sir qilishi mumkin. Bu buzilishlar, odatda,
odamda “hissiy charchoq” paydo bo‘lishidan iborat - bu salbiy ko‘rsatkichlar
to‘plamini o‘z ichiga olgan simptomlar majmuasi, uning ta’siri ostida
mutaxassisning shaxsi yo‘qoladi, u o‘z imkoniyatlari va vositalaridan foydalana
olmaydi. Hamda aqliy charchoq holati bilan bog‘liq yoki mehnat ko‘nikma va
qobiliyatlarini yo‘qotadi. Natijada, kasbiy faoliyatning buzilishi va deformatsiyasi
yuzaga keladi. Umuman mehnat unumdorligi pasayadi. Shu munosabat bilan,
profilaktika va ijtimoiy ishchining ruhiy gigienasini ta’minlashga alohida e’tibor
berilishi va ijtimoiy xodimlarning o‘ziga psixologik yordam tizimini yaratishga
yordam berish kerak.
Korey (1986) va Naisberg-Fennig (1991) tomonidan ta’riflanganidek,
charchash sindromi depressiya holatida, charchoq va holdan toyish hissi, g‘ayrat
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
15
va ishtiyoqning etishmasligi, ijobiy natijalarni ko‘rish qobiliyatining yo‘qolishi
bilan ifodalanadi. Shu sabab o‘z ishiga, mehnatga va umuman hayotga salbiy
munosabat paydo bo‘ladi.
FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Баробанова
М.В. Изучение психологического
содержания
синдрома «эмоционального сгорания»// Вестник
МГУ.–сер.14, Психология.– 1995.– №1.– стр.54-58.
2.
Орел В.Е. Феномен «выгорания» в зарубежной психологии.
Эмпирические исследования//Психологический журнал.– 2001.– №1.–
стр.16-21.
3.
Синдром сгорания. Защитные механизмы.–Меры
профилактики//Вестник РАТЭПП.– 1995. –№1.
4.
Словарь-справочник по социальной работе/ Холостова Е.И..–
М.:Юрист, 2000г.– 424с.
5.
Топчий Л.В. Кадровое обеспечение социальных служб:
состояние и перспективы
развития.–М ,1997.
6.
Фирсов М.В. Студенова Е.Г. Теория социальной работы:
Учебное пособие для
студентов высших учебных заведений.– М.: Владос,2001.– 432с.