Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
3
BOLALAR OʻRTASIDA OʻZARO MUNOSABATLARNI
SHAKLLANTIRISH,MILLATCHILIKNI OLDINI OLISH HAMDA
AHILLIKNI TA’MINLASHNING PSIXOLOGIK MASALALARI
1.
Xasanova Shaxnoza Yuldashaliyevna
Fargʻona viloyati Quvasoy shahar 11-sonli IDUM psixologi
Ermatova Gulchehra Jumaboyevna
Fargʻona viloyati Quvasoy shahar 4-maktab psixologi
Xusainova Maxliyo Alisherovna
Fargʻona viloyati Quvasoy shahar 5-maktab psixologi
ANNOTATSIYA: Ahillik – yagona oila yagona Vatan tuygʻusi, umumiy
maqsad va manfaatga asoslangan, doʻstlik, qon-qardoshlik, inoqlik va xayrixohlik
natijasida hosil boʻladigan maʼnaviy va ruhiy yaqinlik.
Kalit so‘zlar: bola,oila,kattalar mehnati,hurmat, ijobiy munosabat,
jamoa,psixologik, rivojlantirish.
KIRISH
Ahillik hamma joyda – oilada ham, jamoada ham, mahallada ham, qoʻni-
qoʻshnichilikda, odamlarning oʻzaro munosabatlarida ham hamisha kerak.
Shuning uchun ahillik tushunchasini keng maʼnoda ahil doʻstlar, ahil oila, ahil
qoʻni-qoʻshnilar, ahil hamkasblar, ahil mahalla, ahil hamkor mamlakatlar kabi
maʼnolarda ishlatish mumkin. Ahillik baynalmilallik, tolerantlik, bagʻrikenglik,
maʼnaviy yakdillik, muayyan vazifani koʻpchilik yordamida bajarish, bir-birini
qoʻllab-quvvatlash kabi olijanob gʻoyalarga yaqin turadi.
Ahillik xalqimizning qon-qoniga, ruhiga, mentalitetiga singib ketgan
muqaddas tuygʻu hisoblanadi. Shuning uchun u xalqimizning urf-odatlarida,
anʼanalarida, ogʻzaki ijod namunalari va kundalik turmush tarzida doimo ulugʻlab,
eʼzozlab kelinadi. “Ahil boʻlsang, olamni olasan”, “Jahonda doʻstlikdan qudratli
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
4
kuch yoʻq”, “Oltovlon ola boʻlsa – ogʻzidagini oldirar, toʻrtovlon tugal boʻlsa –
unmaganni undirar” kabi hikmatli soʻz, aforizm va maqollar ahillik qanday buyuk
fazilat ekanini koʻrsatadi. Ahillik tushunchasini bir necha shartli atamalarga boʻlib
oʻrganish mumkin: kishilar oʻrtasidagi oʻzaro doʻstlik va ahillik, oilaviy ahillik,
jamoaviy ahillik, qoʻni-qoʻshnilar ahilligi, qon-qarindoshlar ahilligi, mahalla
ahilligi, hamkasblar ahilligi, milliy ahillik, xalqaro ahillik, qitʼalararo ahillik, diniy
bagʻrikenglik va hokazo. Kishilar oʻrtasidagi ahillik – koʻproq koʻcha-koʻyda,
tanish-notanish odamlar orasida, toʻy-maʼrakalarda namoyon boʻladigan insoniy
fazilat.
Oilaviy ahillik – er-xotin, farzandlar oʻrtasidagi, oila aʼzolarining oʻzaro
muomalasida namoyon boʻladigan, ota-bobolarning eʼtiqodi, vaʼz-nasihatlari,
tarbiyasi, anʼana va urf-odatlari orqali shakllanadigan munosabatlar yigʻindisi. Er-
xotin ahil yashasa, bir-birini qanchalik izzat-hurmat qilsa, ardoqlasa, bu albatta,
oilada kamol topayotgan farzandlar tarbiyasiga ijobiy taʼsir qiladi. Jamoaviy
ahillik – bitta korxona, tashkilot yoki muassasada ishlaydigan jamoa aʼzolarining
oʻzaro munosabatlarida namoyon boʻladigan fazilat. Bunda jamoa aʼzolari ishda
bir-biriga begʻaraz, xolis yordam koʻrsatadi. Jamoada muayyan vazifani bajarish
niyatida amalga oshiriladigan ijobiy xatti-harakatlar uning aʼzolari tomonidan
maʼqullanishi mazkur jamoaning ahilligidan darak beradi. Agar jamoa ahil
boʻlmasa, belgilangan rejani bajara olmaydi. Natijada korxona inqirozga uchraydi
yoki jamoa rahbari vazifasidan chetlatiladi. Odam jamiyatda yashab turib, undan
chetda qola olmaydi.
Oila bolani o‘rab turgan ijtimoiy muhitning eng muhim bo‘g‘inidir. Uning
bola shaxsi shakllanishiga ko‘rsatadigan tasiri benihoyat kattadir, Bolaning
mustaqilligi nisbiy bo‘lib, u ko‘p jihatdan kattalar qaramog‘i va yordamiga muhtoj
bo‘ladi. Otaonaning fikri va munosabati bu davrda shunchalik katta undovchi
kuchga ega bo‘ladiki, u xulq-atvorning regulyatori va psixik rivojlanishining
stimulyatori bo‘lib xizmat qiladi.
Bolalarning mehnat faoliyatlarini o‘zida qamragan mashg‘ulotlar asosan
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
5
bog‘cha yoshidagi davrdan boshlanadi. Bu yoshda bolalarning mehnatlari juda
sodda va elementar bo‘lsa ham ularning psixik taraqqiyotlarida juda katta
ahamiyatga egadir. Bog‘cha yoshidagi bolalar bilan o‘tkaziladigan cifatlar
natijasida bolalarda mehnatga nisbatan ijobiy munosabat, mehnat qilish ishtiyoqi
tug‘iladi. Kattalarning mehnat faoliyatlariga taqlid qilish dastavval bolalarning
o‘yinlarida namoyon bo‘ladi. Bolalar kattalarning mehnat faoliyatlarini o‘zlarining
o‘yinlarida taqlidan takrorlash bilan cheklanib qolmay, balki kattalar mehnatida
bevosita qatnashish uchun xapakat qila boshladilar. Masalan.: qiz bolalar onalari
kir yuvayotganda ayrim kichikroq narsalarni (dastrumolchalarni) chayishda
qatnashadilar.Bog‘cha yoshidagi bolalarning ishiga baho berib borish ularda
mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni tarbiyalashda katta rol o‘ynaydi. Bolalar
kuchlari yetadigan ishlarni bajarayotganlarida ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishlari
turgan gap. Lekin bunda bolalarni mexnatga jalb qilmaslik kerak, bolalarning
bajaradigan ishlarini kattalarning o‘zlari bir pasda qilib qo‘yishlari mumkin degan
ma’no kelib chiqadi. Sharq xalqida bir maqol bor: “Bolaga ish buyur, ketidan
o‘zing yugur”. Bu juda to‘g‘ri, hayotiy gap. Bolalarga biron yumush buyurilganda,
uni qanday bajarayotganliklaridan ko‘zquloq bo‘lib turish kerak, degan ma’noni
bildiradi.
Ta`lim-tarbiyaviy ishlarda bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali
ularga kattalarning mehnati ijtimoiy-foydali mehnat bo’lib, narsa va buyumlarni
yaratishga qaratilganligi, ular har bir kishi va butun xalq uchun zarur ekanligi
to’g’risida tushuncha berib boriladi. Masalan, o’simliklarni, hayvonlarni parvarish
qilish orqali ulardan olinadigan mahsulot kimlar uchun va nima maqsadda
ishlatilishi to’g’risida bilim va tushunchalar berib boriladi.Kattalarning mehnati
bilan tanishtirish yana quyidagi maqsadni ko’zlab ham amalga oshiriladi: kattalar
mehnati to’g’risida aniq bilim va tasavvurlar berish, mehnatni va mehnat
natijalarini qadrlashga o’rgatish, mehnatga qiziqish va muhabbat uyg’otish,
mehnat qilish xohishini tarbiyalash va ishni sifatli bajarishga o’rgatish.Kattalar
mehnati bilan tanishtirishning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
6
-
har bir kishi mehnatining ijtimoiy mohiyati;
-
mehnat ahli o’rtasidagi ijobiy o’zaro yordam berish
munosabati; - har qanday kasb ham muxim ekanligini tushuntirish.
Mehnat faoliyatining asosiy tarkibiy qismlari bilan tanishtirish:
-mehnatning maqsadi, uning ijtimoiy ahamiyati;
-materiallarni tanlash (mehnat materiallari);
-jihozlash (mehnat faoliyati uchun zarur bo’lgan asboblarni tayyorlab olish);
-mehnat jarayoni (maqsadga erishish uchun bajariladigan mehnat harakatlari); -
natija-mehnat mahsuli.
Har bir yosh guruhidagi bolalar kattalar mehnati to’g’risida quyidagi bilim
va tasavvurlarni egallab olishlari lozim:
Kichik guruh:
1.
Ayrim kasb egalarining mehnat jarayoni.
2.
Mehnat jarayonidagi mehnat harakatlari.
3.
Mehnat jarayonini amalga oshirish uchun kerakli materiallar.
4.
Ma`lum bir mehnat jarayonini bajarish uchun jihozlar.
5.
Mehnat natijasi.
6.
Kishilar mehnatining ijtimoiy ahamiyati.
O’rta guruhda mehnat to’g’risida qo’shimcha tasavvur va bilimlar
beriladi: - Harakat sifati haqida.
-
Kishilarning mehnatini yengillatuvchi moslamalar.
-
Kishilarning mehnatga muhabbati.
Katta va maktabgacha tayyorlov guruhida yana yangi tasavvur va bilimlar
beriladi:
Kishilar mehnatini yengillatadigan mashina va mexanizmlar to’g’risida.
Kishilar mehnati jamoa harakterida ekanligi to’g’risida.
Jamoa mehnati jarayonida kishilarning o’zaro munosabatlari to’g’risida.
Kattalar mehnati bilan tanishtirishning vosita va metodlari bolalarni kattalar
mehnati bilan tanishtirish har xil tashkiliy yo’llar va metodlar orqali amalga
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
7
oshiriladi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda,bolalar oʻrtasida oʻzaro ijobiy munosabatlarni
rivojlantirish, kattalar mehnatiga qiziqish va hurmat xissini shakllantirish bog‘cha
yoshidan boshlanadi va bu holat maktab davrida ham davom etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.Касимов Ф. М., Касимова М. М., Умарова Г. У. Учебные задачи как
средство активизации учебной деятельности учащихся на уроках математики
//Обучение и воспитание: методики и практика. – 2015. – №. 19.
2.
Умарова Г. У. Влияние компьютерных дидактических игр на
формирование учебной деятельности младших школьников //Наука и
инновациисовременные концепции. –2019.
3.
Умарова Г. У. Развитие логического мышления школьников в
процессе обучения математике //Научная дискуссия: вопросы педагогики
и психологии. – 2016. – №. 3-1.
4.
Умарова
Г.
У.
ВЛИЯНИЕ
КОМПЬЮТЕРНЫХ
ДИДАКТИЧЕСКИХ ИГР НА ФОРМИРОВАНИЕ ПОЗНАВАТЕЛЬНЫХ
ПРОЦЕССОВ В МЛАДШЕМ
ШКОЛЬНОМ ВОЗРАСТЕ //Научная дискуссия: вопросы педагогики и
психологии. – 2017. – №. 1
5.
Камилова Г. А., Курбанова Г. Р., Джаббарова С. З. Особенности
формирования
педагогических
навыков
у
воспитателей
дошкольнообразовательных учреждений .
6.
Камилова Г. А., Тураева О. С. К. ФОРМИРОВАНИЕ
ДИАГНОСТИЧЕСКИХ НАВЫКОВ У СТУДЕНТОВ ДОШКОЛЬНОГО
ОБРАЗОВАНИЯ //Проблемы науки. – 2021. –
7.
Камилова Г. А., Курбонова Г. Р. ЭФФЕКТИВНОСТЬ
ЭКОЛОГИЧЕСКОГО
ОБРАЗОВАНИЯ: ОБРАЗОВАНИЕ ДОШКОЛЬНИКОВ С ПОМОЩЬЮ
ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ //Academy. – 2020. – №.
8.
Kamilova G. Maktabgacha talim muassasalarida ekologik tarbiyani
tashkil etishda integrativ yondashuv //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz). – 2020.
– Т. 1. – №. 1.