Mualliflar

  • Yo‘ldosheva Feruza Abduzoir qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.123190

Kalit so‘zlar:

Anor kasallik muammo biologik himoya agrotexnika eksport resurs tanqisligi fitosanitar xavfsizlik.

Annotasiya

Ushbu maqolada eksportga mo‘ljallangan anor navlarini yetishtirishda uchraydigan asosiy kasalliklar, ularning qo‘zg‘atuvchilari, zarar yetkazish darajasi hamda ushbu kasalliklarga qarshi kurashishning samarali usullari, xususan biologik va agrotexnik chora-tadbirlar tahlil qilingan.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

3-son Iyun 2025

291

ANOR YETISHTIRUVCHILARNING KASALLIKLAR BILAN

KURASHISHDAGI MUAMMOLARI VA ULARNING YECHIMI

Yo‘ldosheva Feruza Abduzoir qizi

Termiz davlat muhandislik va

agrotexnologiyalar universiteti tayanch doktoranti

yoldoshevaferuza48@gmail.com

https://orcid.org/0009-0008-4707-9250

Annotatsiya

Ushbu maqolada eksportga mo‘ljallangan anor navlarini yetishtirishda

uchraydigan asosiy kasalliklar, ularning qo‘zg‘atuvchilari, zarar yetkazish darajasi

hamda ushbu kasalliklarga qarshi kurashishning samarali usullari, xususan

biologik va agrotexnik chora-tadbirlar tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar

Anor, kasallik, muammo, biologik himoya, agrotexnika, eksport, resurs

tanqisligi, fitosanitar xavfsizlik.

Kirish

Anor mevasi O‘zbekistonning qadimiy va eksportbop hosillaridan biri

hisoblanadi. Har yili yuzlab tonna anor Rossiya, Qozog‘iston, BAA kabi

mamlakatlarga eksport qilinadi. Biroq, hosil sifati va hajmi ko‘pincha o‘suv

davridagi kasalliklar va saqlash vaqtida

yuzaga keluvchi fitopatogenlar ta’sirida

pasaymoqda. Dehqonlar ko‘pincha kasallik alomatlarini kech aniqlashadi,

zararkunandalar va qo‘zg‘atuvchilar bilan kurashish strategiyasi yo‘qligi tufayli

hosilning 25

–40 foizigacha yo‘qotish holatlari qayd etiladi.

1. Muammolar tahlili


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

3-son Iyun 2025

292

1.1. Diagnostika vositalarining yetishmasligi

Kasalliklarni erta aniqlash imkonini beruvchi laboratoriya uskunalari va dala

sharoitida foydalanish mumkin bo‘lgan vositalar fermerlar ixtiyorida yo‘q. Ko‘p

hollarda kasalliklar keyingi bosqichda aniqlanadi, bu esa kurash samaradorligini

pasaytiradi.

1.2. Biologik preparatlar bozorining tartibga solinmaganligi

Bozorda mavjud biologik vositalar (Trichodermin, Planriz, Gaupsin)

ko‘pincha sertifikatsiyadan o‘tmagan, noto‘g‘ri saqlangan yoki qaysi patogenga

qarshi ishlatilishi to‘g‘risida aniq ma’lumot yo‘q.

1.3. Agrotexnik xatoliklar

Sug‘orishning me’yorsizligi, tuproqning to‘g‘ri ishlanmasligi, meva

qoldiqlarining yondirilmasligi yoki o‘z vaqtida olib tashlanmasligi patogenlar

uchun qulay muhit yaratadi.

1.4. Ilmiy-amaliy tafovut

OTM va ilmiy markazlarda olib borilayotgan tadqiqotlar dehqonlar

faoliyatida kam qo‘llaniladi. Sababi –

axborot almashinuv tizimi yo‘q, aniq amaliy

qo‘llanmalar tayyorlanmagan, tajriba fermer xo‘jaliklari yetarli emas.

1.5. Saqlash infratuzilmasining yetishmovchiligi

Ko‘p hollarda anor mevalari moslashtirilmagan omborxonalarda, xonada

saqlanadi. Bu joylarda havo aylanishi, namlik va harorat nazorati yo‘qligi sababli

saqlash davridagi chirishlar soni ko‘payadi.

2. Muammolar va Yechimlar


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

3-son Iyun 2025

293

Muammo

Yechim

Diagnostika

vositalari

yo‘qligi

Mobil diagnostika qurilmalarini tarqatish, dala

laboratoriyalarini tashkil qilish

Biopreparatlar sifati pastligi

Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga sertifikatlash va

monitoring tizimi joriy etish

Agrotexnika talablariga rioya

qilinmasligi

Amaliy seminarlar, mavsumiy monitoring tizimi

Ilm-fan va amaliyot uzviy

emasligi

Ilmiy tadqiqotlarni fermerlar uchun

yo‘naltirish,

tajriba xo‘jaliklarini kengaytirish

Saqlash

sharoitlarining

yomonligi

Maxsus sovitkichlar, mobil saqlash kameralarini

subsidiyalash

3. Anor yetishtiruvchilarning muammolari uchrashish f

oizi ko‘rinishida

aks ettirilishi:

Diagnostika vositalari

65%

Saqlash muammolari

60%

Biopreparat sifati

52%

Agrotexnika xatolari

48%

Ilmiy-amaliy tafovut

39%

4. Takliflar

Har bir tuman darajasida “Anorchilik laboratoriyasi” tashkil etish

Har mavsumda fitosanitar kurslar tashkil qilish

Biopreparat ishlab chiqaruvchilarga davlat ko‘magini oshirish

Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha mobil ilova orqali kasallik belgilarini

aniqlash tizimini ishlab chiqish

Saqlash uskunalarini ijaraga berish markazlarini ochish


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

3-son Iyun 2025

294

Kasallik

nomi

Qo‘zg‘atuvchisi

Asosiy belgilar

Zarar

ko‘lami

Meva chirishi

Aspergillus

niger

,

Penicillium spp.

Meva

po‘stining

qorayishi, chirishi

25-40%

Alternarioz

Alternaria alternata

Barg va mevalarda qora

dog‘lar

10-20%

Fuzarioz

Fusarium oxysporum

Ildiz chirishi, o‘suvning

susayishi

15-30%

Antraknoz

Colletotrichum

gloeosporioides

Mevada yiringli dog‘lar

5-15%

Kurash choralari

1.

Agrotexnik tadbirlar

Anorchilik plantatsiyalarida tuproq unumdorligini oshirish;

Sug‘orish me’yorini saqlash;

O‘simlik qoldiqlarini yo‘qotish;

Navlarni to‘g‘ri tanlash (kasallikka chidamli navlar –

masalan, “Qora

dona”, “Qo‘zoqi”).

2.

Biologik preparatlar

Quyidagi preparatlar tajribada sinovdan o‘tkazildi va ijobiy natijalar berdi:

Preparat

nomi

Faol modda

Ta’sir doirasi

Qo‘llanish vaqti

Trichodermin

Trichoderma

harzianum

Zamburug‘larga

qarshi

Vegetatsiya davrida 2-

3 marta

Planriz

Pseudomonas

fluorescens

Bakterial kasalliklarga

Tuproqga

ishlov

berishdan oldin


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

3-son Iyun 2025

295

Preparat

nomi

Faol modda

Ta’sir doirasi

Qo‘llanish vaqti

Fitolavin

Antibiotik

Antraknoz, bakterial

dog‘lar

Barg orqali purkash

3.

Saqlash davrida kurash

Mevalarni saralab saqlash;

Namlik va haroratni nazorat qilish (T=4-

6°C, HR=85

-90%);

Antifungal vositalar bilan oldindan ishlov berish.

Xulosa

Anor yetishtirish va saqlashda kasalliklarning oldini olish va ularga

qarshi kurashish eksport salohiyatini oshirishda muhim omildir. Biologik

preparatlardan foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazmaydi va ekologik toza

mahsulot yetishtirishga yordam beradi. Anor navlarining kasalliklarga chidamliligi

bo‘yicha seleksiy

a ishlari olib borilishi ham dolzarbdir.

Anor yetishtiruvchilarning kasalliklar bilan bog‘liq muammolari faqat

kimyoviy vositalar bilan emas, balki ilmiy-amaliy yondashuv, texnologik

modernizatsiya va fermerlarni muntazam o‘qitish orqali hal

etilishi mumkin. Bu

nafaqat ichki bozor, balki xalqaro eksportdagi raqobatbardoshlikni oshiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1.

Xudoyberganov R.X., Usmonov R.J. O’simliklar kasalliklari

va ularni nazorat qilish.-

Toshkent:O’qituvchi,2017.

-240b

2.

Abdukarimov A.A., Rasulov M.M. Qishloq xo’jaligi ekinlari

himoyasi.-

Toshkent: “Fan va texnologiya”,2020.

-310b

3.

Saidova D.S. Eksportbop mahsulotlar yetishtirish va logistika

tizimi.-Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari.-Toshkent, 2023.-
110-115b