Mualliflar

  • Ro‘zmetova Sevara Oktamboyevna,

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.123230

Annotasiya

Annotatsiya. Ushbu tezisda zamonaviy ta’lim konsepsiyalaridan biri bo‘lgan STEAM yondashuvi asosida kimyo fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda kreativ va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari yoritiladi. STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) modeli fanlararo bog‘liqlik orqali o‘quvchining bilim olish jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan. Kimyo fanini ushbu yondashuv asosida o‘qitish o‘quvchilarda analitik tafakkur, ijodiy yondashuv va muammoni kompleks hal qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

3-son Iyun 2025

43

STEAM YONDASHUV ASOSIDA KIMYO FANINI O‘QITISHDА

KREATIV VA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH

Ro‘zmetova Sevara Oktamboyevna,

Urganch davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi,

rozmetovasevara15@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu tezisda zamonaviy ta’lim konsepsiyalaridan biri

bo‘lgan STEAM yondashuvi asosida kimyo fanini o‘qitish jarayonida

o‘quvchilarda kreativ va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari

yoritiladi. STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) modeli

fanlararo bog‘liqlik

orqali o

‘quvchini

ng bilim olish jarayonining faol

ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan. Kimyo fanini ushbu yondashuv asosida

o‘qitish o‘quvchilarda analitik tafakkur, ijodiy yondashuv va muamm

oni kompleks

hal qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi.

Kirish.

Zamonaviy jamiyatda o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, tahliliy

yondashuvi, ijodkorlik salohiyati va innovatsion qarorlar qabul qilish ko‘nikmalari

eng muhim va zarur kompetensiyalar sifatida e’tirof etilmoqda. Ta’lim jarayoni

faqatgina tayyor bilimlarni egallashga emas, balki shaxsiy fikr yuritish,

muammolarni har tomonlama tahlil qilish hamda ularni real hayotga mos

yechimlar orqali bartaraf etishga qaratilishi lozim.

Ana shu talablarga javob beruvchi ilg‘or ta’lim strategiyalaridan biri bu —

STEAM yondashuvi hisoblanadi. STEAM (Science

Fan, Technology

Texnologiya, Engineering

Muhandislik, Art

San’at, Mathematics –

Matematika) yondashuvi bu

fanlararo integratsiyani nazarda tutuvchi, nazariy

bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtiruvchi, o‘quvchilarni ijodiy va

tanqidiy fikrlashga undovchi, ularning intelektual va estetik salohiyatini

rivojlantiruvchi kompleks pedagogik modeldir.

Mazkur yondashuv doirasida o‘quvchilar laboratoriya tajribalari,

muhandislik loyihalari, dizayn ishlari va matematik modellashtirish orqali nafaqat

bilim oladilar, balki ularni real hayotdagi muammolarga tatbiq etishni ham


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

3-son Iyun 2025

44

o‘rganadilar. STEAM modeli o‘quvchilarni passiv bilim oluvchidan faol

ishtirokchi, tadqiqotchi va yaratuvchi shaxs sifatida shakllantirishni maqsad qiladi.

Kimyo fani esa

o‘zining nazariy asoslari, amaliy tajribaga boyligi va

fanlararo aloqadorlik darajasi yuqoriligi bois, STEAM yondashuvini samarali joriy

qilish mumkin bo‘lgan yetakchi fanlardan biridir. Chunki kimyo —

tabiat

hodisalarini tushuntirish, yangi materiallar va mahsulotlar yaratish, ekologik

muammolarni hal qilish kabi dolzarb masalalarni o‘z ichiga oladi. Kimyo

darslarida STEAM elementlarini qo‘llash orqali o‘quvchilarda ilmiy tadqiqot olib

borish, muammoga turli burchaklardan yondashish, sinab

ko‘rish va ijodiy

g‘oyalarni ilgari surish kabi kompetensiyalar shakllanadi.

Shu jihatdan, kimyo

fanini STEAM konsepsiyasi asosida o‘qitish nafaqat bilim sifati va dars

samaradorligini oshiradi, balki o‘quvchilarning zamonaviy dunyo talablariga mos,

raqobatbardosh, tanqidiy fikrlaydigan, kreativ yondasha oladigan shaxs sifatida

shakllanishiga xizmat qiladi.

XXI asrda ta’lim sohasidagi tub islohotlar o‘quvchilarning bilim olish

jarayonida faolligini oshirish, ularni mustaqil fikrlovchi, muammolarni yecha

oladigan, ijodiy yondashuvga ega shaxs sifatida shakllantirishga qaratilgan. Ana

shu maqsadga erishishda

STEAM yondashuvi

muhim o‘rin tutadi.

STEAM

ingliz tilidagi so‘zlarning bosh harflaridan tashkil topgan

qisqartma bo‘lib, quyidagi fanlar integratsiyasini anglatadi:

S

Science (Fan),

T

Technology (Texnologiya),

E

Engineering (Muhandislik),

A

Art (San’at),

M

Mathematics (Matematika).

STEAM yondashuvi bu

o‘quv jarayonida nazariy bilimlarni amaliy

faoliyat bilan uyg‘unlashtirish orqali o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, muammoni

hal qilish, kreativlik, hamkorlikda ishlash va innovatsion tafakkur kabi

ko‘nikmalarini shakllantirishga xiz

mat qiluvchi fanlararo pedagogik modeldir.

STEAM yondashuvining mohiyati STEAM yondashuvi quyidagi tamoyillarga

asoslanadi:

Fanlararo integratsiya: kimyo, matematika, texnologiya, san’at va

muhandislik elementlarini birlashtirish; Loyihaviy yondashuv: muammoni


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

3-son Iyun 2025

45

aniqlash, tahlil qilish, hal qilish va natijani taqdim etish; Ijodiy va tanqidiy

fikrlashni faollashtirish.

Kimyo fani o‘z mohiyatiga ko‘ra STEAMning asosiy ilmiy tayanchi

hisoblanadi. Unda moddalarning tarkibi, tuzilishi, xossalari va ularning o‘zaro

ta’siri haqida chuqur bilimlar o‘rgatiladi. O‘quvchilar kimyoviy qonuniyatlar,

reaksiyalar va tajribalar asosida ilmiy tafakkurni shakllantiradilar. Kimyo

darslarida turli tajribaviy jihozlardan foydalanish, laboratoriya texnikalarini

o‘rganish, sanoat texnologiyalari bilan tanishish orqali o‘quvchilar real hayotda

texnologiyaning o‘rni haqida tushunchaga ega bo‘lad

ilar. Masalan, suvni tozalash

texnologiyalari, bioplastiklar, batareyalar, kimyoviy ishlab chiqarish jarayonlari

bilan bog‘liq loyiha ishlari tashkil qilinadi.

Kimyo muhandisligi komponenti orqali o‘quvchilar qurilish materiallari,

eritish, ajratish, sintez va filtrlash jarayonlarini modellashtirishni o‘rganadilar.

Darslarda sharoitga mos tajriba jihozlari, reaktorlar yoki laboratoriya

uskunalarining maketlarini loyihalashtirish topshiriqlari muhandislik yondashuvini

shakllantiradi.

Ko‘plab kimyoviy jarayonlar (masalan, pigmentlar, bo‘yoqlar,

kristallar sintezi) san’at bilan bog‘lanadi. O‘quvchilar kimyoviy moddalar

yordamida ranglar hosil qilish, bezakli kristallar yetishtirish, rangli reaksiyalar

bajarish orqali estetik did va ijodkorlikni rivojlantiradilar. “Kimyo san’atda”

loyihalari aynan shu maqsadga xizmat qiladi. Kimyoviy hisob-kitoblar, molyar

massa, konsentratsiya, tenglamalar, grafiklar, reaksiyalar tezligi va muvozanat

masalalari

bularning barchasi matematik ko‘nikmalarni talab qiladi. Kimyo

darslari matematikani real muammolarda qo‘llashga imkon beradi. Masa

lan,

reaksiya tezligini grafik asosida tahlil qilish orqali analitik tafakkur shakllanadi.

3. Darslarda STEAM elementlarini joriy etish

Dars mavzusi

STEAM integratsiyasi

Kreativlik va tanqidiy

fikrlash

Kimyoviy reaksiyalar

turlari

Fizika va matematika

bilan

Reaksiya tezligi

modellashtirish


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

3-son Iyun 2025

46

Kislotalar va asoslar

Biologiya va ekologiya

bilan

PH-indikatorlar yasash

loyihasi

Organik moddalar

San’at va dizayn

Kosmetik vositalar

yaratish tajribasi

O‘quvchilar kichik laboratoriya tajribasini o‘tkazib, tanqidiy fikr bilan

tarkibini tahlil qiladi va ijodiy yondashuv bilan mahsulotni bezatadi.

Xulosa. STEAM yondashuvi asosida kimyo fanini o‘qitish o‘quvchilarning

nafaqat fanga qiziqishini oshiradi, balki ularni kreativ, mustaqil, kompleks

yondashuvga ega shaxs sifatida shakllantiradi. Kimyo darslariga integratsion

yondashuvlar orqali tanqidiy va ijodiy fikr yuritish mexanizmlarini kiritish

dolzarbdir. Bu esa kelajakda zamonaviy kasblarga mos, innovatsion tafakkurga ega

avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Yakubov O. A. “STEAM yondashuvi asosida kimyo ta’limini

integratsiyalash”.

Kimyo va hayot

,

2023, №1.

2.

Mamatov M., Ibragimov A. “Kimyo ta’limida kreativlikni rivojlantirish

yo‘llari”. –

Toshkent: Fan, 2022.