Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
81
ONA TILI DARSLARIDA LINGVISTIK KO‘NIKMANI
SHAKLLANTIRISH
Maxkamova Nigora Sherzod qizi
ToshDO‘TAUning 3-kurs talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada ona tili darslarida ot so‘z turkumini
o‘qitishning samarali usullari, metodik yondashuvlar hamda o‘quvchilarda til
tushunchalarini ongli ravishda shakllantirish yo‘llari haqida fikr yuritiladi. Ta’lim
jarayonida kommunikativ va interfaol usullardan foydalanish orqali ot so‘z
turkumini chuqurroq o‘zlashtirishga erishish mumkinligi asoslab beriladi.
Abstract: This article discusses effective methods of teaching noun
phraseology in native language classes, methodological approaches, and ways to
consciously form language concepts in students. It is argued that it is possible to
achieve a deeper mastery of noun phraseology through the use of communicative
and interactive methods in the educational process.
Kalit so‘zlar: ona tili, ot so‘z turkumi, metodika, interfaol usullar, dars, til
o‘rgatish.
Keywords: native language, noun phrase, methodology, interactive methods,
lesson, language teaching.
Kirish
Ona tili ta’limi o‘quvchilarning fikrlash madaniyati, og‘zaki va yozma
nutqini rivojlantirishda, shuningdek, ularning milliy o‘zlikni anglashida muhim
o‘rin tutadi
. Bu fan orqali o‘quvchilar til tuzilishi, so‘zlarning vazifalari va
qo‘llanish doiralari haqida bilimlarga ega bo‘lishadi. Ayniqsa, so‘z turkumlari
1
G‘ulomov A., Qodirov M., Ernazarova M., va boshq. Ona tili o‘qitish metodikasi. – T.: “Fan va texnologiya”,
2012, 380 bet.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
82
bo‘limi tilshunoslikning asosiy va nazariy poydevorini tashkil etadi. Shulardan eng
birinchi va asosiy o‘rganiladigan bo‘lim — bu ot so‘z turkumidir. Ot so‘z turkumi
— o‘quvchilarga eng erta tanishtiriladigan va til birliklarini ongli o‘zlashtirish
uchun asos bo‘luvchi so‘z turkumlaridan biridir. Chunki inson tafakkuri va nutqi
bevosita predmetlar bilan bog‘liq bo‘lib, otlar ana shu predmetlar, mavjudotlar,
hodisa va tushunchalarni ifodalovchi vositadir. Otlar tahlil qilish va mantiqiy
fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi.
Zamonaviy ta’lim jarayonida darslarni faqatgina nazariy ma’lumot berish
bilan cheklab bo‘lmaydi. O‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish,
ularni mustaqil fikrlashga va faol ishtirok etishga jalb qilish dars samaradorligini
belgilaydi. Shu sababli, ot so‘z turkumini o‘rgatishda ham metodik yondashuvlar,
interfaol usullar va innovatsion texnologiyalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu maqolada ot so‘z turkumining o‘quvchilarga o‘zlashtirilishini
osonlashtiradigan samarali usullar, darsni bosqichma-bosqich tashkil etish
bo‘yicha tavsiyalar hamda amaliy mashg‘ulotlar orqali til bilimlarini
chuqurlashtirish imkoniyatlari tahlil qilinadi.
Ona tili darslarida ot so‘z turkumini o‘rgatishda o‘qituvchi oldida ikki
asosiy maqsad turadi:
1. O‘quvchilarda otlar haqida nazariy bilimlarni shakllantirish;
2. Ushbu bilimlarni amaliy nutq faoliyatida qo‘llash ko‘nikmalarini
rivojlantirish.
O‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni faol
fikrlashga jalb etish, darsni qiziqarli va samarali tashkil etish uchun interfaol
metodlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Quyida ot so‘z turkumini
o‘rgatishda boshlang‘ich sinflarda qo‘llash mumkin bo‘lgan asosiy interfaol
metodlar bayon etiladi:
1.
“Aqliy hujum” usuli.
Bu metod orqali o‘quvchilarning erkin fikrlashi, faol ishtiroki va
ijodkorligi rivojlanadi. Dars avvalida o‘quvchilarga “Ot nima?”, “Otlar qanday
belgilar bilan ajraladi?” kabi savollar beriladi. O‘quvchilar tez-tez fikr bildiradilar,
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
83
o‘qituvchi esa doskaga ularning javoblarini yozib boradi. Yakunda umumiy tahlil
qilinib, asosiy tushunchalar ajratiladi.
2. “Kimni ko‘rdim?” o‘yini
Mazkur o‘yin orqali o‘quvchilar predmetlarni anglatadigan otlarni
mantiqiy yo‘l bilan topishga o‘rganadi. O‘qituvchi biror predmetni tasvirlaydi
(masalan: “Bu yashil, barglari bor, ko‘pchilik hovlida o‘sadi”). O‘quvchilar javob
beradi: “daraxt”. Bu o‘yinni jamoalarga bo‘lib, bellashuv tarzida tashkil etish
mumkin.
3. “Klaster tuzish” metodi
Bu usul orqali o‘quvchilar mavzuni grafik tarzda tartiblaydi va
tushunchalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘radi. Dars markaziga “Ot” so‘zi yoziladi.
O‘quvchilar undan tarqalayotgan tarmoqlarga quyidagilarni yozadilar: Kim?
Nima?, son, egalik, kelishik, gapdagi vazifasi va h.k. Har bir bo‘lim kichik guruhlar
tomonidan ishlab chiqiladi.
4. “Muvaffaqiyat zinasi” usuli
O‘quvchilar
bosqichma-bosqich
savollar
orqali
bilimlarini
mustahkamlaydilar va o‘z darajalarini baholaydilar. Zinapoya shaklida 5-7
bosqichli savollar tuziladi.
Har bir bosqichda savol murakkablik darajasiga ko‘ra kuchayib boradi.
O‘quvchilar bu bosqichlardan o‘tib, bilim darajasini mustahkamlaydi.
5. “Savol-javob” o‘yini
Bu metod orqali o‘quvchilarning fikrlash va to‘g‘ri gap tuzish ko‘nikmalari
rivojlanadi.O‘qituvchi ot so‘zlar ishtirokidagi savollarni beradi: “Nimani sevadi?”,
“Kimdan qo‘rqadi?”, “Kimda bor?”
O‘quvchilar to‘liq gap shaklida javob beradilar: “Kitobni sevadi.”, “Bo‘ridan
qo‘rqadi.” Har javobda otni ajratib, grammatik shaklini izohlaydilar.
6. “Topib yoz” usuli
Bu usulda o‘quvchilar berilgan ifodalar asosida otlarni topib, ulardan
foydalanib gaplar tuzadilar. Rasm yoki qisqa matn asosida o‘quvchilar otlarni
aniqlaydi.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
84
Topilgan otlar ishtirokida gaplar tuzadi yoki ularni son, egalik, kelishik
shaklida o‘zgartiradi. Guruhlar taqdimot qilib, bir-birini baholaydi.
7. “Bitta ot – uchta gap”
Bu ijodiy topshiriq orqali o‘quvchilar tanlangan otni turli mazmunda
qo‘llashni o‘rganadilar.
Qo‘llanilishi:
O‘quvchi “daraxt” otini oladi va u bilan 3 xil mazmunda gap tuzadi:
1. Daraxt ostida dam oldim.
2. U daraxt ekdi.
3. Daraxtlarning bargi to‘kildi.
Har bir gapdagi otning roli tahlil qilinadi.
Ona tili darslarida ot so‘z turkumini o‘qitish – nafaqat tilshunoslik
bilimlarini yetkazish, balki o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish,
tahlil qilish, umumlashtirish hamda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini
shakllantirishda muhim bosqichdir. Bu mavzuni samarali o‘rgatish uchun
o‘qituvchi nazariy bilim bilan bir qatorda metodik yondashuvlarni puxta
rejalashtirishi va o‘quvchilarning yosh, psixologik va individual xususiyatlarini
inobatga olgan holda darslarni tashkil etishi zarur. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki,
interfaol va kontekstual metodlardan foydalanilgan darslar o‘quvchilarda yuqori
darajadagi qiziqish va faollik uyg‘otadi. Ayniqsa, klaster tuzish, rolli o‘yinlar, matn
asosida tahlil, guruhlarda ishlash kabi yondashuvlar orqali o‘quvchilar mavzuni
chuqurroq anglaydilar, otlarning morfologik va sintaktik xususiyatlarini ongli
ravishda o‘zlashtiradilar.
Shuningdek,
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan
foydalanish, elektron resurslar orqali darslarni boyitish — mavzuni nafaqat
tushunarli, balki estetik va interaktiv jihatdan jozibador qiladi. Bu esa o‘quvchining
eslab qolish darajasini oshirib, darsni zamonaviy ta’lim talablariga moslashtiradi.
Xulosa qilib aytganda, lingvistik ko‘nikmalarni shakllantirish – o‘z ichiga
turli metodik vositalarni birlashtiruvchi murakkab, biroq ijodiy jarayondir. Har bir
o‘qituvchi bu mavzuni o‘z pedagogik mahorati, didi va yondashuvi asosida
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 4-son May 2025
85
boyitgan holda o‘quvchilar uchun mazmunli va samarali darslar tashkil etishi
lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
G‘ulomov A., Qodirov M., Ernazarova M., va boshq. Ona tili o‘qitish
metodikasi. – T.: “Fan va texnologiya”, 2012, 380 bet.
2.
D.N. Yuldasheva. “O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi”. – Buxoro:
“Sadriddin Salim Buxoriy” Durdona nashriyoti, 2021. – 424 b.
3.
B.To‘xliyev, M. Shamsiyeva, T. Ziyodova.O‘zbek tili o‘qitish
metodikasi. O‘quv qo‘llanma. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot
jamg‘armasi nashriyoti, T.: 2006. 192 b.
4.
G.A. Asilova. Ilmiy tadqiqot faoliyati asoslari. Uslubiy qo‘llanma.–
T., 2020. – 128 b.