Mualliflar

  • Uralova Ma’rifat Shonazarovna

Muallif biografiyasi

  • Uralova Ma’rifat Shonazarovna

    Iqtisodiyot va pedagogika universiteti NTM o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.123354

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: ta’lim institutlar me’yor jamiyat munosabat rivojlanish hissa zamonaviy globallashuv institutsionalizatsiya munosabat.

Annotasiya

ANNOTATSIYA: Ijtimoiy institutlar jamiyatda muayyan qoidalar, qonunlar va me’yorlar asosida insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartbga soluvchi tizim sifatida tasvirlanadi. O‘zbekistondagi ijtimoiy institutlar faoliyatiga zamonaviy globallashuv jarayonlari va davlat siyosati ta’siri ham ko‘rib chiqiladi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

20-to’plam 1-son May 2025

29

IJTIMOIY INSTITUTLARNING O‘QUVCHI -YOSHLAR

TARBIYASIDA AHAMIYATI.

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti NTM o‘qituvchisi

Uralova Ma’rifat Shonazarovna

uralovamarifat26@gmail.com

+998939311162

ANNOTATSIYA: Ijtimoiy institutlar jamiyatda muayyan qoidalar,

qonunlar va me’yorlar asosida insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartbga

soluvchi tizim sifatida tasvirlanadi. O‘zbekistondagi ijtimoiy institutlar faoliyatiga

zamonaviy globallashuv jarayonlari va davlat siyosati ta’siri ham ko‘rib chiqiladi.

Kalit so‘zlar: ta’lim, institutlar, me’yor, jamiyat, munosabat, rivojlanish,

hissa, zamonaviy, globallashuv, institutsionalizatsiya, munosabat.

Dunyoda ijtimoiy institutlar va ta’lim muassasalari hamkorligi tizimini

mustahkamlash va rivojlantirish uchun muhim sa’y-harakatlar amalga

oshirilmoqda, ta’lim, fan, madaniyat va axborot sohasidagi mintaqaviy,

submintaqaviy hamkorlikni yuksaltirish, ijtimoiy institutlari va ta’lim

muassasalarini hakmorlikda tarbiyalash masalalarining yuzaga kelishi tufayli

jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini izchil va barqaror rivojlantirishga

doir ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu esa o‘z navbatida, ilg‘or xorijiy

tajribalarga tayanib fan va texnologiya yutuqlari bilan hamohang tarzda ilmiy tahlil

qilish, o‘quvchi-yoshlarni tarbiyalashda ijtimoiy institutlarning rolini oshirish va

sohani rivojlantirish, o‘quvchilarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish bilan

bog‘liq ko‘nikma hamda malakalarni ta’lim va tarbiya integratsiyasi asosida

shakllantirish zaruratini keltirib chiqarmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda demokratik huquqiy jamiyat qurish bevosita

o‘quvchi-yoshlarimizni tarbiyalash bilan bog‘liqdir. Shunday ekan, o‘quvchi-

yoshlar qalbida milliy tafakkur va sog‘lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash,


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

20-to’plam 1-son May 2025

30

ularning ongli yashashga, fikriga ega bo‘lishga turli mafkuraviy tajovuzlarga

qarshi sobit tura olishga qodir bo‘lgan, irodali, fidoiy va vatanparvar insonlar etib

tarbiyalashga yo‘naltirilgan. Zero, mamlakatimizda o‘quvchi-yoshlarni tarbiyalash

ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va ta’lim - tarbiyaning bosh maqsadi etib belgilangan.

O‘quvchi yoshlarni tarbiyalashda ijtimoiy institutlar va ta’lim muassasalari

hamkorligini takomillashtirish jarayonida ularni estetik ruhida tarbiyalash

muammosi ilmiy-nazariy jihatdan yaxlit va bir butun holatda tadqiq qilinsa;

O‘quvchi yoshlarni tarbiyalashda ijtimoiy institutlar va ta’lim muassasalari

hamkorligini takomillashtirish ishlarni tashkil etishning mazmun-mohiyati va

funksiyalari ochib berilsa;

O‘quvchi yoshlarni tarbiyalashda ijtimoiy institutlar va ta’lim muassasalari

hamkorligini takomillashtirish yo‘llaridan tashqari ishlarini zamonaviy pedagogik

texnologiyalar asosida qilish mazmuni ishlab chiqildi va uni amalga oshirishning

samarali metodlari, vositalari tavsiflansa ;

Ijtimoiy institutlar va ta’lim muassasalari hamkorligini takomillashtirish

yo‘llarini tashkil qilish orqali o‘quvchilarni maktab ,oila, mahalla hamkorligidagi

tarbiyalanganlik darajasini aniqlovchi mezonlar belgilandi va ularning

samaradorligini ko‘rsatuvchi darajalar ishlab chiqilsa;

Ijtimoiy institutlar va ta’lim muassasalari hamkorligini takomillashtirish

yo‘llarini tashkil qilish orqali o‘quvchilarni pedagogik texnologiyalar asosida

estetik ruhida tarbiyalash samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi ilmiy-

metodik tavsiyalar ishlab chiqilib, ularga asoslanadi.

Bugungi kundagi taraqqiyotning jadal suratlar bilan rivojlanishi,

globallashuvi intellektual jihatdan yuksak rivojlangan davlatlarning dunyoda

gegemonlik va barcha sohalarda yuksalishlari va ularning tajribasi namuna

bo‘layotgan bir davrda O‘zbekiston o‘zining boshqaruvdagi o‘ziga xos tizimi

shakllantirganligi ham tahsinga sazovardir. Uchinchi Renasansni qurayotgan

Yangi O‘zbekiston davlati taqdirini o‘z qo‘liga olib, yangi hayot, jamiyat qurishga,

kelajagini jahon hamjamiyatining uzviy bir qismi sifatida tashkil etishga kirishdi.

Zahmatkash xalqimiz o‘zining fidoiy mehnati bilan dunyoda hech kimdan kam


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

20-to’plam 1-son May 2025

31

bo‘lmay, taraqqiy topgan mamlakatlar qatoridan o‘rin olib, tinch, farovon va osuda

hayot kechirishga haqlidir. Lekin bu yo‘l juda murakkab yo‘l bo‘lib, u jamiyat

a’zolaridan fidoyilik, vatanparvarlik, xalqparvarlik tuyg‘ulari ustuvor bo‘lishini

talab qiladi. Buning uchun jamiyat hayotining ertangi kunini yaratadigan yoshlarda

xuddi mana shu tuyg‘ularni shakllantirish zarur.

2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot

strategiyasida “Ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilish va ustuvor tarmoqlarni

rivojlantirishga yo‘naltirilgan muhim loyihalar barcha hududlarning talablari va

mahalliy tashabbuskorlarning takliflarini inobatga olib, 20-maqsadida aholining

huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu borada davlat organlarining

fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va ta’lim tashkilotlari

bilan o‘zaro samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yish” masalasiga alohida e’tibor

qaratilgan.

Xulosa qilib shuni aytish joizki, Ta’lim olishimizda va hayotda o‘z o‘rnimizga

ega bo‘lishimizda Ijtimoiy institutlarning o‘rni beqiyos bu maqolamiz orqali

yoritib berishga harakat qildim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Xalq so‘zi 2013-yil 19-yanvar

2.Ta’lim muommolari ilmiy-uslubiy jurnal 4-son Toshkent, 2004-yil

3. A.Sh.Bekmurodov. Z.Y. Karimov- Bosh maqsadimiz- keng ko‘lamli islohatlar

va modernizatsiya yo‘lini qat’iyat bilan davom ettirish Toshkent-2013-yil.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари