Mualliflar

  • Sheraliyev Ilyosjon Ibroxim o‘g‘li

Muallif biografiyasi

  • Sheraliyev Ilyosjon Ibroxim o‘g‘li

    Toshkent tibbiyot akademiyasi patologik   anatomiya kafedrasi assistenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.123356

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: kasallik sindrom mushak pnevmoniya tashxis o‘pka norfogenez simptom to‘qima patofiziologiya reabilitatsiya intensiv terapiya. Ключевые слова: заболевание синдром мышца пневмония диагностика легкое норфогенез симптом ткань патофизиология реабилитация интенсивная терапия. Key words: disease syndrome muscle pneumonia diagnostics lung norphogenesis symptom tissue pathophysiology rehabilitation intensive care.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada postkovid sindromida o'pka to'qimalarida rivojlanadigan patologik o'zgarishlarni oqibati va asoratlarini oldindan prognozlash va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ikkilamchi proliferativ  o'choqlarni morfogenezi, o'pka to'qimasidagi sklerotik  o'zgarishlar, morfofunktsional buzilgan bronx o'pka segmentlaridagi chegralangan soxalardagi o'ziga xos jixatlarini ochib berish orqali reabilitatsiya qilish jarayonini aniq mezonlar orqali taktik davolash samaradorligi uchun tavsiyalar ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan.  

        Аннотация: В статье прогнозируются последствия и осложнения патологических изменений, развивающихся в легочной ткани при постковидном синдроме, обсуждается морфогенез возможных вторичных пролиферативных очагов, склеротических изменений легочной ткани, морфофункциональных опухолей бронхов, разработать рекомендации по эффективности тактического лечения по конкретным критериям реабилитационного процесса путем выявления особенностей ограниченности участков сегментов ПКА.

   Abstract: The article predicts the consequences and complications of pathological changes developing in the lung tissue in post-COVID syndrome, discusses the morphogenesis of possible secondary proliferative foci, sclerotic changes in the lung tissue, morphofunctional tumors of the bronchi, and develops recommendations on the effectiveness of tactical treatment according to specific criteria of the rehabilitation process by identifying the features of the limitations of the areas of the RCA segments.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

20-to’plam 1-son May 2025

11

COVID KASALLIGIDAN KEYINGI SINDROMDA O'PKANING

PATOMORFOLOGIYASI

Sheraliyev Ilyosjon Ibroxim o‘g‘li

Toshkent tibbiyot akademiyasi patologik anatomiya kafedrasi assistenti

SHERALIYEV726ILYOS@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada postkovid sindromida o'pka to'qimalarida

rivojlanadigan patologik o'zgarishlarni oqibati va asoratlarini oldindan

prognozlash va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ikkilamchi proliferativ o'choqlarni

morfogenezi, o'pka to'qimasidagi sklerotik o'zgarishlar, morfofunktsional

buzilgan bronx o'pka segmentlaridagi chegralangan soxalardagi o'ziga xos

jixatlarini ochib berish orqali reabilitatsiya qilish jarayonini aniq mezonlar orqali

taktik davolash samaradorligi uchun tavsiyalar ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan.

Kalit so‘zlar: kasallik, sindrom, mushak, pnevmoniya, tashxis, o‘pka,

norfogenez, simptom, to‘qima, patofiziologiya, reabilitatsiya, intensiv terapiya.

ПАТОМОРФОЛОГИЯ ЛЕГКИХ ПРИ ПОСТ-COVID-

СИНДРОМЕ

Шералиев Ильясжон Ибрагимович.

Ассистент Ташкентской медицинской Академии.

SHERALIYEV726ILYOS@gmail.com

Аннотация: В статье прогнозируются последствия и осложнения

патологических изменений, развивающихся в легочной ткани при

постковидном синдроме, обсуждается морфогенез возможных вторичных

пролиферативных очагов, склеротических изменений легочной ткани,

морфофункциональных опухолей бронхов, разработать рекомендации по

эффективности тактического лечения по конкретным критериям


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

20-to’plam 1-son May 2025

12

реабилитационного

процесса

путем

выявления

особенностей

ограниченности участков сегментов ПКА.

Ключевые

слова: заболевание, синдром, мышца, пневмония,

диагностика, легкое, норфогенез, симптом, ткань, патофизиология,

реабилитация, интенсивная терапия.

PATHOMORPHOLOGY OF THE LUNGS IN POST-COVID SYNDROME

Sheraliev Ilyosjon Ibroxim o‘g‘li.

Assistant of the Tashkent Medical Academy.

SHERALIYEV726ILYOS@gmail.com

Abstract: The article predicts the consequences and complications of

pathological changes developing in the lung tissue in post-COVID syndrome,

discusses the morphogenesis of possible secondary proliferative foci, sclerotic

changes in the lung tissue, morphofunctional tumors of the bronchi, and develops

recommendations on the effectiveness of tactical treatment according to specific

criteria of the rehabilitation process by identifying the features of the limitations

of the areas of the RCA segments.

Key words: disease, syndrome, muscle, pneumonia, diagnostics, lung,

norphogenesis, symptom, tissue, pathophysiology, rehabilitation, intensive care.

Kirish

2019-yil koronavirus infeksiyasi (COVID-19) —

SARS-CoV-2

,

yaʼni ogʻir

oʻtkir nafas olish sindromi

koronavirusi

keltirib chiqaradigan yuqumli kasallik

hisoblandi. Kasallik ilk marotaba 2019-yilda

Xitoyning

Uxan

shahrida aniqlandi

va

global

miqyosda

tarqalib,

2019–2020-yillardagi

koronavirus

pandemiyasini

keltirib chiqardi. Kasallik yuqori harorat, yoʻtal hamda nafas

olishni mushkullashishi kabi simptomlarni keltirib chiqaradi. Ayrim holatlar

mushaklar ogʻrishi, balgʻam ajralishi hamda tomoq ogʻrishi kuzatiladi. Virus


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

20-to’plam 1-son May 2025

13

yuqtirganlarning aksarida yengil simptomlar yuzaga kelsa-da ayrim bemorlarda

kasallik ogʻir

pnevmoniya

hamda bir necha organ faoliyatining ishdan chiqishiga

olib keladi. Tashxis qoʻyilgan holatlar orasida oʻlimlar koʻrsatkichi oʻrtacha 3,4

foizni tashkil qiladi. 20 yoshga toʻlmaganlar orasida bu koʻrsatkich 0,2 foizni, 80

yoshdan oʻtganlar orasida 15 foizni tashkil qiladi.

Og'ir o'tkir respirator sindrom

virusi-2 SARS-CoV-2 sabab bo'lgan yangi COVID-19 koronavirus infektsiyasi avj

olganligiga bugungi kunda to'rt yil o'tdi. COVID-19 - bu jamoat sog'lig'ini saqlash

sohasi va ijtimoiy strukturalarga chuqur globar iqtisodiy inqirozi orqali o'z ta'sirini

ko'rsatgan. COVID-19 vaktsinalarining paydo bo'lishi SARS-CoV-2 infektsiyasi

xavfini samarali ravishda kamaytirdi va o'tkir infektsiyadan keyin o'lim holatlari

va kasallikning og'ir darajalarining oldi olindi. Biroq, COVID-19 dan tuzalgan

bemorlarning taxminan 10-30 foizi 3 oydan ortiq davom etadigan va o'tkir

kasallikdan keyin 28 kun ichida rivojlanadigan surunkali kasallikka duchor

bo'lishadi. Ushbu davom etayotgan sog'liq holatlari bo'yicha kuzatilayotgan

muammolar COVID-19 dan keyingi sindrom yoki COVID-19 sindromi deb

ataladi, ammo “SARS-CoV-2 ning o'tkir asoratlari” (PASC) deb ham ataladi. Vafot

etmasdan olgan bemorlar tomonidan bildirilgan PASC belgilari o'zaro bir-biridan

farq qiladi, ammo umumiy simptomlar bo'lib, charchoq, uyqusizlik, nafas siqilishi

va yo'talni o'z ichiga oladi. PASC ning bir qismi o'tkir o'pka PASC infektsiyasidan

tuzalganidan keyin ham doimiy o'pka simptomlari bezovta qilishda davom etadi.

Yaqinda o'tkazilgan yirik kogordagi tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, COVID-19 bilan

kasallangan odamlarda qo'shma kasalliklar, ayniqsa diabet, shuningdek, yurak

qon-tomir va buyrak kasalliklarini rivojlanish xavfi yuqori hisoblanadi. PASC

holatlarining global miqyoda tarqalishi va COVID-19 dan omon qolganlarning

organizmida qoldirgan oqibatlari ularning hayot sifati va nogironlikka olib kelgan

umr yillariga ta'sirini inobatga olgan holda, PASC sog'liqni saqlash infratuzilmasi

uchun bugungi kunda jiddiy global muammo bo'lib qolmoqda.

Mavzu bo'yicha adabiyotlarni tahlil qilish

COVID-19 odatda faqat yengil simptomlarni keltirib chiqaradi, lekin ayrimlar

qattiq kasal boʻlishi mumkin. Bu odatda, qariroq odamlar yoki oldindan kasal


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

20-to’plam 1-son May 2025

14

boʻlganlarga tegishli. Shu sababli har kim aholi orasida infeksiyaning tarqalishini

sekinlashtirishga yordam berishi muhim. Buni mahalliy va milliy darajada

belgilangan qoida va tartiblarga har doim amal qilish orqali bajarishingiz mumkin.

Infeksiya yuqtirib olganingizdan COVID-19 simptomlarini his qilguningizgacha

odatda 4-5 kun vaqt ketadi. Infeksiya yuqtirib olganlarning koʻpchiligida

simptomlar 10 kun ichida koʻrinadi. Simptomlari paydo boʻlishidan 1-2 kun oldin

va simptomlarning birinchi kunida siz kuchli infeksiya tarqatuvchi boʻlasiz.

Postkovid sindromida o'pka to'qimalarida rivojlanadigan patologik o'zgarishlarni

oqibati va asoratlarini oldindan prognozlash va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan

ikkilamchi proliferativ o'choqlarni morfogenezi, o'pka to'qimasidagi sklerotik

o'zgarishlar, morfofunktsional buzilgan bronx o'pka segmentlaridagi chegralangan

soxalardagi o'ziga xos jixatlarini ochib berish orqali reabilitatsiya qilish jarayonini

aniq mezonlar orqali taktik davolash samaradorligi uchun tavsiyalar ishlab

chiqariladi. O'pka to'qimasida yuzaga keladigan gipertenziya oqibatida

rivojlanadigan o'pka-yurak patologiyasining morfofunktsional jixatlari ochib

beriladi. O'pka to'qimasi segmentlarida bronx drenaj ko'rsatkichlarini yaxshilashga

qaratilgan tavsiyalar beriladi. Dunyoda covid-19 pandemiyasidan keyin

rivojlangan ikkilamchi asoratlarning keskin ko'payishi, ayniqsa, surunkali

kasalliklar bilan og'rigan bemorlarda fon kasalliklari va yo'ldosh kasalliklarni

assotsiatsiyalangan ko'rinishda yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi. AQSH va

Yevropa davlatlarida postkovid sindromi nomi bilan yuzaga kelgan o'pka,

oshqozon osti bezi, yurak, buyrak va tayanch tizimi a'zolaridagi o'zgarishlarning

yuzaga kelishi 2020 yilning oxiri 2021 yildan boshlab keskin sur'atlarda o'sishi,

aynan o'pka to'qimasida karnifikatsiyalanish (o'pka to'qimasini go'shtlashishi)

jarayoni, kichik qon aylanish doirasida gipertenziyaning yuzaga kelishi va bunga

javoban o'pka yurak yetishmovchiligi bilan bog'liq o'lim ko'rsatkich 3,4% dan

31,4% oshganligi bilan izoxlanadi. Shu bilan birga postkovid sindromlarida o'pka

yurak tizimidagi morfofunktsional o'zgarishlar oqibatida barcha parenximatoz

a'zolarda gemodinamik o'zgarishlarning yuzaga kelishi, ayniqsa, jigar to'qimasida

gipofunktsional xolatining yuzaga kelishi oqibatida, o'pka to'qimasida yuzaga


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

20-to’plam 1-son May 2025

15

kelgan membranoz shishlar va o'pka to'qimasining fibrosklerozi xaqidagi

ma'lumotlar morfologik jixatdan to'la to'kis o'rganilmaganligi va klinik morfologik

jixatdan davolash taktikasi uchun aniq bir mezonlar xali xanuzgacha taklif

etilmaganligi, ushbu mavzuni dolzarbligini anglatadi. Postkovid sindromida o'pka

to'qimasida yuzaga keladigan morfologik peyzajning turli tuman ko'rinishda

yuzaga kelganligi, bemor xayot anamnezida to'la to'kis aks etmaganligi

patologiyani yashirin tarzda davom etishi va klinik morfologik belgilarning boshqa

kasalliklar fonida qolishi bilan davom etishi, aksariyat, mexnatga layoqatli

kontingentda yuzaga kelishi kutilmagan yuqori darajada letal ko'rsatkichlar bilan

tugallanadi.

Postkovid sindromida asosan shikastlanishlar parenximatoz a'zolardagi

ikkilamchi sklerotik o'zgarishlar bilan namoyon bo'lishi, sanogenez va tanotogenez

mexanizmini belgilashda muhim ahamiyat kasb etishi yuqorida keltirilgan

ma'lumotlar bilan tasdiqlanadi. MDX davlatlarida postkovid sindromi tushunchasi

ostida yuzaga kelgan ikkilamchi o'zgarishlar dastavval Rossiya federatsiyasi

olimlari tomonidan 2020 yil may oyidan “xayotiy muxim a'zolardagi to'qima va

qon tomir oralig'ida siyrak va dag'al tolali tuzimalarning keskin ko'payishi,

a'zolarning

morfofunktsional ko'rsatkichlarini keskin kamayishi bilan davom etadi...” COVID

dan keyin shifokorlar o‘z oldilariga quyidagilarni vazifa qillib qo‘ydilar:

-

Postkovid sindromida o'pkalarning morfologik jihatlarini o'rganish;

-

Postkovid sindromida o'pka to'qimasini morfometrik ko'rsatkichlarini

o'rganish;

-

Postkovid sindromida o'pka to'qimasini immunogistokimyoviy tekshirish

orqali olingan o'zgarishlarni o'rganish va baxolash;

-

Postkovid sindromida o'pkalarning morfologik, immunogistokimyoviy va

morfometrik xos o'zgarishlar asosida baxolash va klinik morfologik tashxislash

algoritmini ishlab chiqarish;

Klinik morfologik tashxislash algoritmini ishlab chiqarish orqali, postkovid

sindromida bemorlarni reabilitatsiya qilish, morfounktsioanal jixatlarini aniq


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

20-to’plam 1-son May 2025

16

mezonlar asosida tavsiyalar berish bilan xarakterlanadi. Postkovid sindromida

yuzaga kelishi mumkin sanogenez va tanotogenez mexanizmlarini prospektiv

baxolash va ularga qarshi davo choralarini qo'llash uchun tavsiyalar taklif etish

imkoni paydo bo'ladi.

Tahlil va natija

Virusning uzoq vaqt davom etishi COVIDga yordam beradigan potentsial

mexanizmlarga virus bilan bog'liq patofiziologik o'zgarishlar (masalan,

mikrokoagulyatsiya), o'tkir infektsiya natijasida kelib chiqadigan immunologik va

yallig'lanish disregulyatsiyasi va og'ir kasalligi bo'lgan bemorlarda kasallikning

ma'lum oqibatlari (intensiv terapiyadan keyingi sindrom) kiradi. Lancet

Respiratory Medicine jurnalining COVID-19 ning o'tkir oqibatlarga bag'ishlangan

sonida og'ir kechuvchi o'tkir COVID-19 ning nafas olish, neyrokognitiv,

psixologik va sistemali oqibatlariga e'tibor qaratgan holda koviddan keyingi

sindromning diagnostikasi, davolashi va boshqaruvi to'g'risidagi ma'lumotlar

muhokama qilingan. Koviddan keyingi sindrom uchun ma'lum bo'lgan xavf

omillari orasida o'tkir kechuvchi og'ir kasalliklar, qo'shma kasalliklar (masalan,

qandli diabet va surunkali yurak yetishmovchiligi) va o'pkaning invaziv sun'iy

ventilyatsiyasi kabi hayotni saqlab qoluvchi muhim davolash usullari kiradi.

Ma'lum qilinishicha, COVID-19 dan omon qolganlarning 30 foizi kasalxonaga

yotqizilganidan keyin holsizlikni boshdan kechiradilar. Covid dan keyingi

sindromning yashirin xususiyatlaridan biri shundaki, u COVID-19 bilan

kasallangan odamlarda kasallikning har qanday og'irlik darajasida ham ta'sir qiladi.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, Covid dan keyingi sindromning hatto yengil va

o'rtacha og'ir darajadagi bemorlarga, shuningdek, nafas olishni qo'shimcha

ravishda yengillashtirishni talab qilmagan, kasalxonaga yotqizishga yoki intensiv

terapiya muolajalariga muhtoj bo'lmagan yoshi kichik insonlarga ham ta'sir qiladi.

SARS-CoV-2 uchun ijobiy natija bo'lmagan, bundan tashqari kasalxonadan

chiqarilgan bemorlar, shuningdek, ambulator davolanishdagi bemorlarda ham

Coviddan keyingi sindrom rivojlanishi mumkin. Yana bir tashvishli holat

shundaki, Covid dan keyingi sindrom bolalarga, shu jumladan COVID-19


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

20-to’plam 1-son May 2025

17

asimptomatik tarzda kechgan bemorlarga ham ta'sir qiladi, bu nafas siqilishi,

charchoq, mialgiya, kognitiv buzilishlar, bosh og'rig'i, yurakning tez urishi va

ko'krak qafasidagi og'riq kabi alomatlarga olib keladi, bu esa kamida 6 oydan kam

bo'lmagan vaqt davom etadi. O'pka to'qimalarida va har xil turdagi o'choqli

(ekssudativ bosqichda jarayonni tarqalish maydoni bilan aniqlanadi) tarqaluvchi

fibroproliferativ jarayonlar o'choqli pnevmofibroz rivojlanishiga olib keladi.

Ekssudativ pnevmoniya yoki pnevmonitni va qoida tariqasida, ayniqsa

interalveolyar kapillyarlarda eritrotsitlar trombining ko'p shakllanishini o'z ichiga

oladi va bu miofibroblastlarning ko'payishi, bronxoalveolyar epiteliyning

giperplaziyasi va metaplaziyasi, fibroz-kostoz remodelyatsiyasi va ikkilamchi

emfizem o'choqlarining shakllanishi bilan kechadi. Koviddan keyingi o'pkaning

interstitsial shikastlanishi bo'lgan bemorlarda o'pka fibrozi rivojlanishi, nafas olish

yetishmovchiligi va nafas siqilishi, yo'tal, balg'am kuzatiladi. Mazkur ko'rinishlar

boshqa organlarning disfunktsiyasi bilan birlalikda kelishi mumkin.

Munozara.

Myroshnychenko MS, Pasiyeshvili NM, (2023) koviddan keyingi

sindromda o'pkaning morfologik xususiyatlarini ko'rib chiqqanlar. Autopsiya

materiallari – 96 nafar murdalar (59 erkak va 37 ayol) o'pka to'qimalarining

bo'laklaridan foydalanildi. Anamneziga ko'ra o'limiga qadar hayoti davomida

barcha bemorlarda turli darajadagi COVID-19 aniqlangan bo'lib va ushbu

infektsiyani davolashdan so'ng ularda nafas olish yetishmovchiligining turli

darajalari kuzatilgan. Koviddan keyingi davrning o'rtacha davomiyligi 148,6±9,5

kunni tashkil etdi. Kasallik tarixida COVID-19 ning og'irlik darajasiga qarab,

barcha holatlar uchta guruhga bo'lingan. 1-guruhga yengil COVID-19 bilan

og'rigan 39 nafar bemor kiritilgan. 2-guruhga o'rtacha og'irlikdagi COVID-19 bilan

kasallangan 24 nafar bemor kiritilgan. 3-guruhga og'ir darajada COVID-19 bilan

kasallangan 33 nafar bemor kiritilgan. Tadqiqotda gistologik, gistokimyoviy,

morfometrik va statistik tadqiqot usullaridan foydalanilgan. Koviddan keyingi

sindromda o'pkadagi bo'ladigan morfologik o'zgarishlar ya'ni pnevmosklerozning

rivojlanishi, immun hujayrali lokal-diffuz infil`tratsiya; emfizematoz va atelektik

o'zgarishlar; alveola epiteliysida alterativ o'zgarishlar; biriktiruvchi to'qimalarda


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

20-to’plam 1-son May 2025

18

metaplastik o'zgarishlar; distrofik kalsifikatsiya; bronxial daraxtning epiteliy

qavatida distrofik o'zgarishlar, metaplastik va displastik o'zgarishlar; gemodinamik

buzilishlar kuzatilishi mumkin deb xulosa qilindi. Pnevmoskleroz, immunitet

hujayralarning o'choqli-diffuz infiltratsiyasi, alveola epiteliysidagi alterativ

o'zgarishlar, emfizematoz va atelektik o'zgarishlar va gemodinamik buzilishlar

COVID-19 kuchayishi bilan mazkur jarayonlar ham tezlashib boradi. Biriktiruvchi

to'qimadagi metaplastik o'zgarishlar, distrofik kaltsinoz, bronxial daraxtning

epiteliy qavatidagi distrofik, metaplastik va displastik o'zgarishlar infektsiyaning

og'irligiga bog'liq bo'lmaydi. Mualliflar tomonidan aniqlangan o'zgarishlar

koviddan keyingi sindromning o'pka ko'rinishini tushuntirishga yordam beradi.

Ular shifokorlarda o'sma jarayonlariga shubhani shakllantirish, bemorlarning

ushbu toifasi uchun reabilitatsiya va terapevtik tadbirlarni ishlab chiqish uchun

asos bo'lishi kerak. O'pka fibrozi - o'pka to'qimalarining progressiv chandiqlari

bilan tavsiflangan, o'pka funktsiyasiga ta'sir qiluvchi va gaz almashinuvi va nafas

olish qiyinlishuviga olib keladigan interstitsial o'pka kasalligi hisoblanadi. Hozirgi

vaqtda o'pka fibrozi bilan kasallanish sezilarli darajada oshib bormoqda. O'pka

fibrozining rivojlanishi qarish jarayoni, chekish, genetik moyillik, kasbga bog'liq

chang va asbest ta'siri kabi ko'plab xavf omillari bilan bog'liq bo'ladi. O'pka fibrozi

bo'lgan bemorlarda kasallikning rivojlanishini to'xtatish uchun samarali davolash

usullari bugungi kunda yo'qligi sababli o'lim xavfi ortib bormoqda. COVID-19

atipik pnevmoniyaga olib kelishi mumkin bo'lib, bu o'pkaning o'tkir shikastlanishi

va o'tkir respirator distress sindromiga (O'RDS) olib kelishi mumkin. COVID-19

bilan bog'liq alomatlar yuqori nafas yo'llarining yengil shikastlanishidan tortib

o'pka fibrozi tufayli uzoq muddatli kislorod terapiyasini talab qiladigan og'ir o'tkir

respirator disstres sindromi (O'RDS) gacha olib kelishi mumkin. O'pka fibrozi

rivojlangan COVID-19 bemorlarida o'lim xavfi ortib boradi, chunki o'pka fibrozi

nafas yetishmovchiligiga olib keladigan va yomon prognoz bilan bog'liq bo'lgan

progressiv kasallik sanaladi. O'pka transplantatsiyasi natijalarni yaxshilash uchun

ko'rsatilgan yagona davolash usuli hisoblanadi. COVID-19 ning hayot uchun

xavfli asoratlari rivojlanishi oqibatida endoteliy hujayra disfunktsiyasi, qonning


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

20-to’plam 1-son May 2025

19

mikrotsirkulyator disfunktsiyasiga, bu esa venoz tromboembolik kasallik va ko'p

a'zolarning shikastlanishi kabi asoratlarni rivojlanishiga o'z hissasini qo'shadi.

O'pka fibrozini aniqlashning zamonaviy usullari to'qima namunalarini gistologik

tekshiruvi va kompyuter tomografiyasi yordamidagi nurli tashxisot tekshiruvini o'z

ichiga oladi. Gistologik tahlil natijalariga ko'ra, fibroz ko'rinishini, kollagen

maydoni fraktsiyasi va hujayra lokalizatsiyasi kuzatilishi mumkin. Gistopatologik

tasvirlar bo'yicha baholangan kollagen zonasi fraktsiyalari fibrozning gistologik

ko'rsatkichlari bilan o'zaro kuchli bog'liqdir va bu fibroz miqdorini aniqlash uchun

ishonchli indeksni beradi.

Olimlar ishlab chiqilgan modelning simulyatsiya natijalarini solishtirish

uchun gistologik tahlildan kollagen sohasi fraktsiyalaridan foydalanganlar.

Uzluksiz yangilanish va parallel rivojlanishni qo'llab-quvvatlash uchun modulli va

kengaytiriladigan bo'lish uchun maxsus ishlab chiqilgan epiteliy to'qimalari, virusli

infektsiya, hujayrali immun reaktsiyasi va to'qimalarning shikastlanishini ko'p

o'lchamli fazoviy-vaqtli modellashtirish uchun ochiq manba platformasidan

foydalanildi. Epiteliy to'qimalarining soddalashtirilgan sohasini va immun

reaktsiyasini asosiy modellashtirish keng tarqalgan infektsiyani kamaytirish va

tozalashgacha bo'lgan infektsiya dinamikasining aniq namunalarini ko'rsatadi.

Virusning sekinroq internalizatsiyasi va immun hujayralarining tezroq to'planishi

infektsiyani sekinlashtiradi va uni ushlab turishga yordam beradi. Antivirusli

preparatlar nojo'ya ta'sirga ega bo'lishi va keyinchalik infektsiya vaqtida

qo'llanilganda klinik samaradorlikni pasaytirishi mumkinligi sababli, biz davolash

samaradorligining rivojlanishiga ta'sirini va infektsiyadan keyin birinchi davolash

vaqtini ko'rib chiqdik. Simulyatsiyalarda, hatto virusli RNK replikatsiyasi tezligini

kamaytiradigan dori bilan past quvvatli terapiya infektsiyaning boshida berilganda

umumiy to'qimalarning shikastlanishi bu virus yukini sezilarli darajada kamaytirdi.

Dozalash va davolash vaqtining ko'p kombinatsiyasi sitotoksik natijalarga olib

keladi, ba'zi simulyatsiya replikatsiyalari tozalash yoki nazoratni (davolash

muvaffaqiyati), boshqalari esa barcha epiteliy hujayralarining tez infitsirlanishini

(davolash muvaffaqiyatsizligi) ko'rsatadi. Shunday qilib, yuqori quvvatli terapiya,


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

20-to’plam 1-son May 2025

20

odatda, keyinroq qo'llanilganda bu samarasiz bo'lsada, keyinroq davolanish ba'zan

samarali hisoblanadi.

Xulosa.

COVID-19 ning hayot uchun xavfli asoratlari rivojlanishi oqibatida

endoteliy hujayra disfunktsiyasi, qonning mikrotsirkulyator disfunktsiyasiga, bu

esa venoz tromboembolik kasallik va ko'p a'zolarning shikastlanishi kabi

asoratlarni rivojlanishiga o'z hissasini qo'shadi. O'pka fibrozini aniqlashning

zamonaviy usullari to'qima namunalarini gistologik tekshiruvi va kompyuter

tomografiyasi yordamidagi nurli tashxisot tekshiruvini o'z ichiga oladi. Gistologik

tahlil natijalariga ko'ra, fibroz ko'rinishini, kollagen maydoni fraktsiyasi va hujayra

lokalizatsiyasi kuzatilishi mumkin. Gistopatologik tasvirlar bo'yicha baholangan

kollagen zonasi fraktsiyalari fibrozning gistologik ko'rsatkichlari bilan o'zaro

kuchli bog'liqdir va bu fibroz miqdorini aniqlash uchun ishonchli indeksni beradi.

Koviddan keyingi sindrom uchun ma'lum bo'lgan xavf omillari orasida o'tkir

kechuvchi og'ir kasalliklar, qo'shma kasalliklar (masalan, qandli diabet va

surunkali yurak yetishmovchiligi) va o'pkaning invaziv sun'iy ventilyatsiyasi kabi

hayotni saqlab qoluvchi muhim davolash usullari kiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Абдуллаев Р. Ю. Клинико-лабораторные проявления и патологоанато-

мическая картина тяжелого течения новой коронавирусной инфекции

(ковид-19) с летальным исходом // Инфекционные болезни: Новости.

Мнения. Обучение. 2022. №4 (43). -С.30-37.

2. Воробьев П. А., Воробьев А. П., Краснова Л. С. Постковидный синдром:

образ болезни, концепция пато-генеза и классификация //Проблемы

стандартизации в здравоохранении. – 2021. – №. 5-6. – С. 3-10.

3. Деев Р. В., Емелин А. М. Стромально-паренхиматозные взаимодействия в

легких при тяжелых формах новой коронавирусной инфекции //Актуальные

вопросы патологической анатомии в мирное и военное. – 2022. – С. 16.

4. Казимирский А. Н. и др. Пост-ковидный синдром ассоциирован с


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

20-to’plam 1-son May 2025

21

повышением внеклеточных пуриновых оснований и нейтрофильных

экстраклеточных ловушек в плазме крови //Бюллетень сибирской медицины.

– 2022. – Т. 21. – №. 2. – С. 41-47.

5. Хасанова Д. Р., Житкова Ю. В., Васкаева Г. Р. Постковидный синдром:

обзор знаний о патогенезе, нейропсихиатрических проявлениях и

перспективах лечения //Неврология, нейропсихиатрия, психосоматика. –

2021. – Т. 13. – №. 3. – С. 93-98.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари