Mualliflar

  • Yetkirova Aziza Xaydarovna

Muallif biografiyasi

  • Yetkirova Aziza Xaydarovna

    O‘zbekiston Respublikasi Bank moliya akademiyasi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.123359

Annotasiya

Har qanday jamiyat taraqqiyotida davlatning keng ko‘lamli islohotlari muhim o‘rin tutadi. Mustaqillik yillaridan boshlab, ayniqsa, tadbirkorlik sohasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 5-son May 2025

146

“XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH

UCHUN KREDITLASH AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH

USULLARI”

Yetkirova Aziza Xaydarovna

azizaetkirova@gmail.com

O‘zbekiston Respublikasi Bank moliya akademiyasi magistranti

Har qanday jamiyat taraqqiyotida davlatning keng ko‘lamli islohotlari

muhim o‘rin tutadi. Mustaqillik yillaridan boshlab, ayniqsa, tadbirkorlik sohasini

rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivoji bevosita xususiy sektor bilan bog‘liq.

Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, davlatlar farovonligi, avvalo, tadbirkorlik

faoliyati orqali daromad olishga asoslanadi. Chunki, xalq boy bo‘lsa, davlat ham

qudratli bo‘ladi.

Respublikamizda

amalga

oshirilayotgan

islohotlarning

muhim

yo‘nalishlaridan biri - aholining katta qismini (qariyb 50%) tashkil etuvchi xotin

- qizlarning jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok etishi uchun sharoit yaratishdir.

Bu ularning farovonligini ta’minlashning muhim omilidir.

Oxirgi yillarda xotin - qizlarning biznes sohasidagi ishtirokini oshirish

maqsadida davlat tomonidan qo‘llanilgan moliyaviy instrumentlar, jumladan,

subsidiyalar va imtiyozli kreditlar, sezilarli o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi

Respublikada tadbirkorlik, ayniqsa, xotin - qizlar tadbirkorligini

rivojlantirishga qaratilgan say-harakatlar faqatgina ko‘rsatkichlar bilan

cheklanmaydi. Qonuniy asosga ega davlat dasturlari va qabul qilingan me’yoriy

hujjatlar ushbu sohada olib borilayotgan ishlarning asosi hisoblanadi. Bu holat

respublika darajasida tadbirkorlikka katta e’tibor qaratilayotganidan dalolat

beradi.

Xotin - qizlar tadbirkorligi global iqtisodiyotning ajralmas qismi boʻlib,

innovatsiyalarni rivojlantirishda, ish oʻrinlari yaratilishi va ijtimoiy barqarorlikni


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 5-son May 2025

147

taʼminlashda muhim rol oʻynaydi. Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC, 2023)

maʼlumotlariga koʻra, ayollar boshqaradigan korxonalarning global YaIMga

qoʻshgan hissasi $5 trilliondan oshadi, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa ular

kichik va oʻrta biznesning 40%ga yaqinini tashkil qiladi. Masalan, Sahroi Kabirdan

janubdagi Afrika mamlakatlarida xotin - qizlar Startuplarning 58% ni boshqaradi,

bu esa dunyo boʻylab oʻrtacha koʻrsatkichdan ancha yuqori (Mastercard Index of

Women Entrepreneurs, 2022).

So‘nggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlar masalalari va ularni har

tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi, Yangi

O‘zbekistonda xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvida faol ishtirokini

ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu jihatlar xalqaro miqyosda ham

keng e’tirof etilmoqda. Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev

mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarni xalqaro

doiralarda targ‘ib qilar ekan, butun jahon hamjamiyatining diqqatini ushbu

masalaga qaratmoqda. Shu munosabat bilan xotin-qizlarning davlat va jamiyat

boshqaruvidagi o‘rnini oshirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini ta’minlash,

kasbga o‘rgatish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-

quvvatlash, ta’lim olishlari va ilmiy faoliyatlari uchun zarur shart-sharoitlar

yaratish, turmush sharoitlarini yaxshilash va eng muhimi, ularning huquq va

erkinliklarini har tomonlama himoya qilishga qaratilgan tizimli ishlar amalga

oshirilib, aniq natijalarga erishilmoqda. Shu bilan birga, xotin-qizlarning

bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va zamonaviy kasblarga

o‘qitish bilan bog‘liq masalalar sohada dolzarb yo‘nalishlardan va asosiy

vazifalardan biri hisoblanadi.

Jamiyatda xotin-qizlarning faolligini oshirishga kelganda, bu yo‘nalishda

maqtashga arziydigan jihatlar ko‘p. Avvalo, so‘nggi yillarda xotin-qizlarni

qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish va ular uchun

munosib sharoitlar yaratishga qaratilgan turli me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul

qilinganini takidlash joiz. Xususan, bu masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining quyidagi qarorlarini keltirishimiz mumkin:


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 5-son May 2025

148

2024-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi

bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirishning ustuvor yo'nalishlari

to'g'risida”gi PQ-29-son, 2024-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning tadbirkorligini

yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-

tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-122-sonli Qarori, 2024-yil 8-noyabrdagi “Xotin-qizlar

tadbirkorligini yanada qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi PQ-385-sonli Qarori, 2025-yil 7-martdagi “Xotin-qizlar

tadbirkorligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-

tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-96-sonli, 2025-yil 14-martdagi “Oila va xotin-qizlarni

qo‘llab-quvvatlash

tizimini

yanada

takomillashtirish

chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi PQ-103-son qarorlarda o‘z aksini topgan bo‘lib, ushbu qarorlarda

xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini va bandligini oshirish, tadbirkorlik

ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor

yo‘nalishlar belgilab berilgan.

Alohida takidlash joizki, Prezidentimizning 2025-yil 14-martdagi “Oila va

xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-103-son qarori bilan xotin-qizlar tadbirkorligini

qo‘llab-quvvatlashning yaxlit tizimi joriy etilmoqda.

Umuman olganda, kichik biznes, xususan, tadbirkor ayollar uchun

moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyati asosiy toʻsiqlardan biri hisoblanadi.

Quvonarlisi, Oʻzbekiston moliya tizimi soʻnggi oʻn yillikda sezilarli darajada

rivojlanib, bu davrda xususiy sektor tomonidan ajratilgan kreditlarning YAIMga

nisbati toʻrt barobarga oshgan

.

Bu oʻsishning asosiy qismi 2017-yilda bozor va

boshqaruv sohasidagi islohotlar joriy etilganidan soʻng sodir boʻldi. 2024-yilda

davlat banklari hissasiga Oʻzbekiston kredit portfelining uchdan ikki qismidan

koʻprogʻi toʻgʻri kelgan boʻlsa, oʻtgan yili davlat nazorati ostida boʻlmagan banklar

tomonidan kreditlash hajmi 20 foizga oshdi. Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra,

2019-2023-yillarda Oʻzbekistonda mikromoliya tashkilotlari va lombardlar soni

mos ravishda 53 va 40 foizga oshgan. Shu vaqt ichida mikromoliya

tashkilotlarining aktivlari olti barobar, lombardlar aktivlari esa qariyb uch barobar


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 5-son May 2025

149

oshganligini ta’kidlash lozim.

Oʻzbekistondagi aksariyat bank kreditlari hanuz yirik biznesga taqdim

etilishi davom etayotgani bois, davlat dasturlari kichik biznes uchun ushbu

nomutanosiblikni bartaraf etishga qaratilgan. 2020-yilda Oilaviy tadbirkorlikni

rivojlantirish dasturlari doirasida 215 mingta loyihaga 6,1 trillion soʻmdan ortiq

(qariyb 607 million AQSH dollari)

imtiyozli kreditlar ajratildi

(har bir loyihaga

2820 AQSH dollariga toʻgʻri keladi).

COVID-19 pandemiyasidan keyingi

tiklanish oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab -quvvatlashning dolzarbligini kamaytirib,

ushbu dastur doirasidagi moliyalashtirish 2024-yilda 339 mingta loyiha uchun 5,7

trillion soʻmga

(taxminan 445 million AQSH dollari)

kamaydi

(har bir loyiha

uchun 1316 AQSH dollari).

Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvvatlash davlat

dasturi doirasida moliyalashtirilgan tadbirkor ayollar loyihalari 2020-2024-yillarda

4615 tadan 188 mingtaga oʻsib, bu oʻtgan yili ushbu davlat dasturi orqali qoʻllab-

quvvatlangan loyihalar umumiy sonining 55 foizini tashkil etdi. Shuningdek,

Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvvatlash davlat dasturi doirasida ushbu

loyihalarga ajratilgan mablagʻlar hajmi shu vaqt ichida 96 milliard soʻmdan

(9,5

million dollar)

3,1 trillion soʻmga

(243 million dollar)

oshdi. Loyihalarning (49%)

va ajratilgan mablagʻlarning (50%) eng katta ulushi qishloq xoʻjaligida faoliyat

yuritayotgan tadbirkorlarga toʻgʻri keldi. Ushbu loyihalarning 22 foizi xizmat

koʻrsatish sohasi tadbirkorlari hissasiga toʻgʻri kelgan boʻlsa, undan keyin

hunarmandlar

(21 foiz)

keladi.

2020-yilda tijorat banklari tomonidan ayollarga tegishli kompaniyalarga 4,9

trillion soʻm

(487 million AQSH dollari)

miqdorida kredit ajratilib, 100 mingdan

ortiq loyiha moliyalashtirilgan. 2024-yilga kelib, ushbu loyihalar soni 253

mingtaga, ajratilgan kreditlar miqdori esa 16,8 trillion soʻmga

(1,3 milliard AQSH

dollari)

yetgan. Shu tariqa, har bir loyiha uchun oʻrtacha kredit miqdori shu davr

ichida 4 870 dollardan 5 138 dollargacha ortgan. Ushbu maʼlumotlar shuni

koʻrsatadiki, Oʻzbekiston moliya tizimining hatto davlat byudjeti ko‘magisiz ham

tadbirkor ayollarning kreditlashga loyiq loyihalarini aniqlash va moliyalashtirish

imkoniyati kengayib bormoqda.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 5-son May 2025

150

O‘zbekiston Respublikasida xotin - qizlar tadbirkorligini moliyaviy

qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilayotganiga

qaramay, sohada o‘z yechimini kutayotgan bir qator dolzarb masalalar ham

mavjud. Shu bois, ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish va

kengaytirish lozim.

Moliyaviy resurslarga cheklanganlik muammosi

: O‘tkazilgan so‘rov

natijalariga ko‘ra, xotin-qizlar tadbirkorlarining 65% i biznesni boshlash yoki

kengaytirish uchun moliyaviy resurslarga yetarli darajada ega emasligini

ta’kidlagan. Tijorat banklarining kredit foiz stavkalari yuqoriligi va garov

talablarining qat’iyligi bu muammoni yanada kuchaytiradi.

Bilim

va

ko‘nikmalarning

yetishmasligi

:

Tadqiqot

davomida

aniqlanishicha, xotin-qizlar tadbirkorlarining 40% i biznesni boshqarish,

marketing, moliyaviy hisobot va qonunchilik sohalarida yetarli bilim va

ko‘nikmalarga ega emas. Bu esa ularning biznesini samarali yuritishga to‘sqinlik

qiladi.

Gender stereotiplari va ijtimoiy bosim:

Jamiyatda xotin-qizlarning

tadbirkorlik faoliyatiga nisbatan hali ham mavjud bo‘lgan gender stereotiplari

ularning biznes sohasida o‘z o‘rnini topishiga to‘sqinlik qiladi. Ijtimoiy bosim va

oilaviy majburiyatlar ham xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini cheklaydi.

Davlat dasturlarining roli va samaradorligi

: "Har bir oila - tadbirkor" va

"Ayollar daftari" kabi davlat dasturlari xotin-qizlarning tadbirkorligini qo‘llab-

quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi. Biroq, bu dasturlarning samaradorligini

oshirish uchun ularning monitoringi va baholash tizimini takomillashtirish zarur.

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, dasturlar haqida xabardorlik darajasi hali ham yetarli

emas.

Tadqiqot natijalariga asoslanib, O‘zbekistonda xotin-qizlarning tadbirkorlik

faoliyatini yanada samarali qo‘llab-quvvatlash uchun quyidagi asosiy taklif va

tavsiyalar amalga oshirish maqsadga muvofiq:

Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish va

soddalashtirish:

Imtiyozli kreditlash dasturlarini ko‘paytirish, garov talablarini


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 5-son May 2025

151

yumshatish, mikro-moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish va grant

dasturlarini joriy etish zarur. Shuningdek, moliyaviy resurslarga kirish jarayonini

soddalashtirish va shaffofligini ta'minlash muhim ahamiyatga ega.

Biznesni rivojlantirish bo‘yicha ta’lim va konsalting xizmatlarini

kuchaytirish:

Xotin-qizlar uchun maxsus o‘quv kurslari, seminarlar va mentorlik

dasturlarini tashkil etish, biznes-rejalarni tuzish, marketing, menejment va huquqiy

masalalar bo‘yicha bepul konsalting xizmatlarini ko‘rsatish lozim.

Gender stereotiplarini bartaraf etish va ijtimoiy qo'llab-quvvatlashni

kuchaytirish:

Ommaviy

axborot

vositalari

orqali

xotin-qizlarning

tadbirkorlikdagi muvaffaqiyatli hikoyalarini keng yoritish, jamiyatda tadbirkor

ayollarga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish, shuningdek, bolalar

parvarishi va uy xo‘jaligi bilan bog‘liq yuklamalarni kamaytirishga qaratilgan

ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish zarur.

Qonunchilik va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish:

Xotin-

qizlarning tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirishga qaratilgan aniq va samarali

qonun hujjatlarini qabul qilish, mavjud qonunchilikdagi gender tengsizligini

keltirib chiqaruvchi normalarni bartaraf etish lozim.

Davlat

organlari

va

nodavlat

tashkilotlarining

hamkorligini

kuchaytirish:

Xotin-qizlarning tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha

faoliyat yuritayotgan davlat organlari, mahalliy hokimliklar, tadbirkorlikni qo‘llab-

quvvatlash

markazlari

va

nodavlat

notijorat

tashkilotlari

o‘rtasidagi

koordinatsiyani kuchaytirish, resurslardan oqilona foydalanish va takroriylikni

oldini olish muhim.

Xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish va tadbirkorlikka keng jalb

qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mamlakatda ularning

jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Tizimli va innovatsion

yondashuv orqali tadbirkorlik salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlar

xotin-qizlar hayotiga ijobiy o‘zgarishlar kiritishi shubhasiz.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda xotin-qizlarning tadbirkorlik

faoliyatini rivojlantirish iqtisodiy o'sish, bandlikni ta'minlash va ijtimoiy


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 5-son May 2025

152

barqarorlikka erishishning muhim omili ekanligi tadqiqot davomida yana bir bor

tasdiqlandi. Mavjud muammolarni hal etish va xotin-qizlarning tadbirkorlik

salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun davlat, biznes va jamiyatning birgalikdagi

sa’y-harakatlari, aniq maqsadlarga yo'naltirilgan siyosat va dasturlar, moliyaviy

va texnik yordam, biznes-ta'lim va mentorlik dasturlari, byurokratik to‘siqlarni

bartaraf etish va gender stereotiplariga qarshi kurashish zarur. Ushbu chora-

tadbirlar xotin-qizlarning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash, ularning oila va

jamiyatdagi rolini oshirish va mamlakatning barqaror rivojlanishiga hissa

qo’shishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-martdagi “Xotin-

qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga

oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-122-sonli Qarori.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-noyabrdagi “Xotin-

qizlar tadbirkorligini yanada qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi PQ-385-sonli Qarori.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-martdagi “Xotin-qizlar

tadbirkorligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-

tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-96-sonli Qarori.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi “Oila va

xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-103-son Qarori.

5. Ubaydullaeva R. Ayollar tadbirkorligi: nazariya va amaliyot. Toshkent:

Iqtisodiyot, 2020.

6. Raximova D. O‘zbekistonda gender tengligi va ayollar ishtirokidagi

iqtisodiy jarayonlar. Toshkent: Akademnashr, 2021.

7. Sobirova M. Kichik biznes va ayollar tadbirkorligining rivojlanish

tendensiyalari. Samarqand: Samarqand nashriyoti, 2022.