Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 5-son May 2025
134
BOLALARNING MAKTABGA MOSLASHUVINI OʻRGANISH VA
ULAR BILAN KORREKSION MASHGʻULOTLAR OLIB BORISHNING
PSIXOLOGIK USULLARI
Sharifzoda Raximbek
Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumani 7-sonli umumtaʼlim maktabi amaliyotchi
psixologi
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada
maktabga qabul qilingan olti yoshli
bolalarni yangi ijtimoiy muhitga moslashtirish,barkamol shaxsni tarbiyalashda
u dunyoga kelganidan boshlab, to maktabgacha tarbiya yoshigacha bo‘lgan
davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va
psixologlar, ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega.
Kalit so’zlar: Psixologiya, pedagogika, maktab, ta’lim, fiziologik
o’zgarishlar, motivatsiya, psixofiziologik holat, individuallik, “psixologik
salomatlik”.
KIRISH
Bolaning maktab ta’limiga psixologik moslashuvi birinchidan, bilim olish
uchun bolada moyillik va o‘quvchining ijtimoiy yo‘nalishi shakllangan bo‘lishi,
ikkinchidan, o‘z tengdoshlari bilan muloqot qila bilishi, o‘qituvchining
talablarini bajarishi, o‘z xulqini nazorat qila olish kabi jihatlarining
shakllanganligiga bog‘liq.
Bular bolani o‘quv faoliyatiga “silliq” o‘tishini ta’minlaydi.
Maktabga qabul qilingan olti yoshli bolalarni yangi ijtimoiy muhitga
moslashtirish maktab psixologi va boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi faoliyatida
muhim o‘rin tutadi.
Olti yoshli bolalarning maktabga moslashuvi va rivojlanish dinamikasini
o‘rganish uchun maktab amaliyotchi psixologlari va boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilari tomonidan trening mashg‘ulotlari va korreksion rivojlantirish
mashg‘ulotlarini o‘tkazilishi muhimdir.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 5-son May 2025
135
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Tadqiqot jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta’lim to‘g‘risida
qonun, Sh.Mirziyoev asarlari, mavzuga doir adabiyotlar hamda internet
manbalaridan foydalanildi. Maqolani yozish davomida nazariy-deduktiv xulosa
chiqarish, analiz va sintez, mantiqiylik tamoyillari qo’llanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Bolalarning maktab sharoitiga moslashuvini bir necha bosqichlarga bo‘lib
o‘rganish mumkin, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, organizm
funksional tizimining turli zo‘riqqanlik darajasi bilan tavsiflanadi.
Birinchi bosqich – mo‘ljal oluvchi bo‘lib, bunda tizimli muloqot boshlanishi
bilan bog‘liq yangi ta’sirlar majmuasiga organizmning deyarli barcha tizimlari
jo‘shqin reaksiyalar bilan javob qaytaradi. Bu “fiziologik o‘zgarishlar” uzoq
davom etadi (2-3 hafta).
Ikkinchi bosqich – beqaror moslashuv, organizm bu ta’sirlarga qandaydir
maqbul yoki qulayroq bo‘lgan variantlarni izlaydi. Bu bosqichda “noodatiy
holatlar” asta-sekin susayadi.
Uchinchi bosqich – nisbatan barqaror moslashuv davri. Bunda organizm
bosimga qarshi kamroq zo‘riqish talab etuvchi variantlarni topadi. O‘quvchi
qanday ishni bajarmasin, bu xoh yangi bilimlarni o‘zlashtiruvchi faoliyat bo‘lsin,
xoh statistik bosim yoki turli jamoalardagi muloqotdagi psixologik bosim bo‘lsin
organizm aniqrog‘i, uning har bir tizimi zo‘riqish faoliyati bilan javob beradi.
Shuning uchun har bir tizim qanchalik ko‘p zo‘riqsa, organizm shunchalik ko‘p
zahirasini yo‘qotadi. Biz bilamizki bola organizmining imkoniyatlari u darajada
ko‘p emas. Uzoq davom etuvchi zo‘riqish, charchoq esa, boladan ko‘p energiyani
talab etadi.
Moslashuvni 3-bosqichining davomiyligi taxminan 5-6 hafta davom etadi,
o‘quv yilining birinchi oyi eng murakkab moslashuv davri bo‘lib hisoblanadi.
Moslashish jarayoning muvaffaqiyati bolaning sog‘lom holati va o‘qishga
psixologik tayyorligi bilan aniqlanadi.
Olti yoshli bolalarning moslashuvi bo‘yicha tavsiyalar:
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 5-son May 2025
136
-
O‘qish va o‘qishdan tashqari ishlarni tizimli tashkil etish;
-
ta’lim dasturini murakkablashtirish va jadallashtirishdan qochish;
-
qo‘shimcha topshiriqlarni cheklash;
-
nevrologik kasalliklar va funksional buzilishlarda individual korreksion
rivojlantiruvchi ishlarni tashkil etish;
-
dars jarayonida guruhiy va individual yondashuvni tashkil etish;
-
materialni tushuntirish, yozuvga o‘rgatish bo‘yicha individual yondashuvni
tashkil etish;
-
yetarli shart-sharoitlar yaratish;
-
o‘quvchilar asab tizimi va ish qobiliyatining qayta tiklanishini hisobga olib,
qiyin fanlarni osonroq o‘zlashtiriladigan fanlar bilan oralatib qo‘yilishini
ta’minlash;
-
o‘quvchilar toliqish va charchashini hisobga olib tanaffussiz va qo‘shaloq
darslarni o‘tilishiga yo‘l qo‘ymaslik;b
-
bosh miya yarim sharlari ishchanlik darajasining faolligiga qarab o‘quv
darslarini boshlang‘ich sinflarda har kuni 3-4 soatdan o‘tilishini ta’minlash;
-
1-sinf o‘quvchilarining maktab sharoitiga moslashuvlarini yengilashtirish
maqsadida bosqichma-bosqich o‘quv darslarini sentyabr oyida 35-daqiqadan har
kuni 3-soat, 2-chorakda 35 daqiqadan kuniga 4 soatdan o‘tilishini ta’minlash;
-
shaxslararo munosabatlarning keskin kechishi;
-
bola organizmining toliqishi va zo‘riqishi;
-
psixofiziologik holat (charchoq, mudroq, zerikish)ning kuzatilishi;
-
yangi mavzuni o‘zlashtirishdagi ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish
bo‘yicha individual ishlarni tashkil etish;
-
o‘quvchilardagi charchash va mudroq holatlarini bartaraf etuvchi qisqa
muddatli psixologik o‘yinlar va treninglardan foydalanish;
-
o‘quvchilarda emotsional his-tuyg‘ular va irodaviy sifat (qat’iyatlilik)larni
shakllantirish;
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 5-son May 2025
137
-
o‘quvchilar
bilish
psixik
jarayonlarini
rivojlantirish
bo‘yicha
korreksionrivojlantiruvchi o‘yinlar tashkil etish;
-
mayda qo‘l motorikasi va ko‘ruv harakat koordinatsiyasini rivojlantirish
bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etish;
-
dars
jarayoniga
barcha
o‘quvchilarni
(a’lochimi
yoki
past
o‘zlashtiruvchimi) jalb etish; - o‘quvchining o‘ziga bo‘lgan ishonch hissini
oshirish;
-
o‘quvchilarda kommunikativ (o‘zaro fikr almashinuv) qobiliyatlarni
rivojlantirish;
-
o‘quvchilarning psixofiziologik holatlar (charchash, zerikish, chalg‘ish)ini
bartaraf etish maqsadida psixologik o‘yin (“Mening sevimli mevam”, “Adashib
ketmayman”, “Kuzatuvchanlik”, “Qarsaklar” v.b.) mashqlaridan foydalanish;
-
darsni tortinchoqlik va zo‘riqish kabi holatlardan xoli bo‘lgan vaziyatlarda
tashkil etish, shaxslararo munosabatlar muhitini yaratish;
-
o‘quvchilarda charchash va zo‘riqish kabi holatlarni oldini olish uchun
relaksatsiya mashqlarini tashkil etish;
Moslashish jarayoni qiyin kechayotgan bolalar bilan korreksion
mashg‘ulotlarni olib borish hamda ularning ota-onalari bilan hamkorlik ishlarini
tashkil etish; - past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan individual yondashuvni
tashkil etish hamda ularni rag‘batlantirish maqsadida jomoa ishlarida yetakchi
vazifalarni topshirish. Maktabgacha yoshdagi bolalarda maktab taʼlimiga
tayyorlash hamda unda savodxonligini rivojlantirish quyidagi talablarga
boʻysunadi.
- bolani rivojlantirishga qaratilgan qulay, doʻstona, xavfsiz muhitni yaratish.
Bolalar jamoasida doʻstona munosabatni qadrlash. Bolaga yoʻnaltirilgan taʼlimga
yondashuv asosida taʼlim -tarbiya berish, uzoq davom etadigan mashgʻulotlar bilan
emas, balki bolada qiziqishni uygʻotadigan, uni hayratlantiradigan oʻyinlardan
iborat taʼlimiy jarayonlarni tashkil etish. Oʻyindan asosiy taʼlimiy faoliyat sifatida
foydalanish. Didaktik vositalarni keng qoʻllash.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 5-son May 2025
138
- bolaning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularning xotirasi, diqqati,
nutqi, tafakkurini inobatga olish. Bolada oʻqishga nisbatan xohish, istak, qiziqish
uygʻotish. Kattalar tomonidan bolaga bosim oʻtkazish, uning erishgan natijalaridan
qoniqmaganlikni bildirish man etiladi.
- olib boriladigan taʼlim va tarbiyaviy jarayonlar ketma-ketlikda, oddiydan
murakkablashib borishi zarur.
- tizimli ravishda bolada kichik yosh davridan boshlab soʻzlarni toʻgʻri
talaffuzini rivojlantirish. Tarbiyachi oʻz nutqiga nisbatan talabchan boʻlishi.
- bolalarda oʻz nutqida toʻgʻri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilma-xil
gap konstruksiyalaridan va yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan
foydalana olishga boʻlgan ishonchni hosil qilish.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytishimiz kerakki, bolalarni 6-7 yoshda maktab taʼlimiga
tayyorlash, ularda ertaga maktab dasturlarini yaxshi oʻzlashtirishlari, shuningdek
ularning intilishlari, qobiliyatlarini namoyon qilishga imkoniyat yaratadi. Bolalarni
maktabga tayyorlashda, maktabgacha yoshdagi bolalik inson tafakkuri va umuman
inson shaxsini shakllantirish jarayonida alohida rol oʻynaydi, jamiyatimizning
ongli avlodini tarbiyalashga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Ta’lim to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. – T.:
O‘zbekiston. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz
bilan quramiz. – T.:O‘zbekiston, 2017.
4. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi//
G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
6.
Югай А.Х., Мираширова Н.А. “Oбщая психология” – Ташкент
2014.
7.
Дружинина В.. “Психология “. Учебник. “Питер”, 2003.