Mualliflar

  • Sharifova Dilfuza Ilhomovna

Muallif biografiyasi

  • Sharifova Dilfuza Ilhomovna

    Denov tuman 28-umumiy òrta ta'lim maktabi amaliyotchi psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.123366

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: sogʼlom turmush tarzi salomatlik tasavvurlar oila psixologiyasi jismonan sogʼlom aqlan barkamol ijtimoiy muhit sog‘lom psixologik muhit.

Annotasiya

Annotatsiya. Maqolada oilada sog‘lom  psixologik muhitning shakllanishida er va xotin munosabatlarining psixologik jihatdan himoya mexanizmlari o‘rganilgan..


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 5-son May 2025

105

OILALARDAGI SOG‘LOM PSIXOLOGIK MUHITNI

SHAKLLANTIRISHNING MUHIM VA ZAMONAVIY MASALALARI

Sharifova Dilfuza Ilhomovna

Denov tuman 28-umumiy òrta ta'lim maktabi amaliyotchi psixologi

Annotatsiya.

Maqolada

oilada sog‘lom psixologik muhitning

shakllanishida er va xotin munosabatlarining psixologik jihatdan himoya

mexanizmlari o‘rganilgan..

Kalit so‘zlar: sogʼlom turmush tarzi, salomatlik, tasavvurlar, oila

psixologiyasi, jismonan sogʼlom, aqlan barkamol, ijtimoiy muhit, sog‘lom

psixologik muhit.

KIRISH

Sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish hozirgi kuning dolzarb masalalaridan

biri hisoblanadi. Jamiyatning eng kichik bo‘gini bo‘lmish oilada sog‘lom turmush

tarzini rivojlantirish katta ahamiyat kasb etadi. Ammo oilada sog‘lom turmush

tarzini rivojlantirishda ma’lum bir to‘siqlarga duch kelmoqdamiz. Zararli

odatlarning kundalik hayotimizning ajralmas qismi bo‘lib qolganligi bunga yaqqol

misol bo‘la oladi. Ushbu holatlarni bartaraf etish uchun Prezidentimizning

“Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada

rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida: “Barchamiz bundan jiddiy

xulosa qilgan holda zararli odatlardan voz kechib, ommaviy sport bilan doimiy

shug‘ullanish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, xususan tarkibida tuz,

qand va yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan hamda xamirli taom va shirinliklarni, non

mahsulotlarini me’yoridan ortiq iste’mol qilmaslikni, bir so‘z bilan aytganda,

sog‘lom turmush tarzini kundalik hayotimizga aylantirishimiz zarur ekanligini

bugungi davrning o‘zi taqozo etmoqda.

Jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish hamda


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 5-son May 2025

106

sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish orqali har bir

fuqaroda kasallikka qarshi kuchli immun tizimi paydo bo‘lishini ta’minlash, zararli

odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga amal qilish, tiklash va

reabilitatsiya ishlari hamda ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va

samarali tashkil qilish, bu borada tegishli infratuzilma va boshqa zarur shart-

sharoitlarni yaratish maqsadida:

1. Quyidagilar Sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va

ommaviy sportni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:

har bir oila, mahalla va tuman (shahar)da, maktabgacha, umumiy

o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida hamda boshqa

tashkilotlarda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishga shart-

sharoitlar yaratish; ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha oilalar, sinflar,

mehnat jamoalari va hududlar o‘rtasida sport musobaqalarini muntazam

ravishda o‘tkazish;

Maktabgacha ta’lim, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim

muassasalarida, korxona, tashkilot va boshqa turdagi barcha muassasalarda

jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun zamonaviy moddiy-texnika

bazasini shakllantirish.” Hozirgi kunda zararli odatlarning oilaning psixologik

tomondan rivojlanishiga qanchalik ta’sir etishi masalasida juda ko‘plab izlanishlar

amalga oshirilmoqda. Ushbu izlanishlar shuni ko‘rsatadi, oilalardagi sog‘lom

turmush tarziga rioya qilmaslik yoki ushbu muammoning jadallashib borishi

asosan oiladagi er-xotin o‘rtasidagi psixologik muhitning buzilganligidan ham

kelib chiqmoqda.

Oilaviy munasabatlarning asosiy mazmun mohiyatini tibbiyot psixologiyasi

va sog‘lom turmush tarzi asoslarida atroflicha fikr yuritilgan bo‘lib, ... G. Selyening

strees va adaptatsiya sindromi haqidagi, Z. Freydning psixosomatik tibbiyot va

psixoanalitik ta‘limotlarga, shuningdek, salomatlikka nisbatan neogippokratik

qarash, ... rivojlanib bormoqda.

Oilaviy munosabatlarning me‘yoriy sog‘lom munosabatlarning o‘rnatilishi

himoya mexanizmlariga bog‘liq. Himoya mexanizmi - bu shaxsdagi psixik


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 5-son May 2025

107

buzilishining oldini olish vositasi. Biroq, himoya mexanizmlari bir xil emas. Bir

tomondan ular barqarorlashadi, ya'ni odamning o'zi bilan munosabatlarini

o'rnatadi, boshqa tomondan tashqi dunyo bilan munosabatlarni buzishi mumkin.

Mudofaa mexanizmlari - bu psixologik strategiyalar bo'lib, ular yordamida

odam umidsizlik, ziddiyat, xavotir va stress kabi salbiy holatlarning oldini oladi

yoki kamaytiradi. Oila va undagi munosabatlar hamisha tashqi psixologik ta‘sirida

bo‘ladi. Hozirgi vaqtda oilalarda sog‘lom psixologik muhit yaratishda quyidagi

psixologik himoya choralarini ko‘rishimiz mumkin:

-

sog‘lom turmush tarzi, jismoniy faollik orqali tashkil qilish;

-

boy tarixiy an‘analarimiz, qadriyatlarimizga asoslangan milliy

tarbiyaviy;

-

intellektual avlodni tarbiyalashda internet madaniyatni, axborot

iste‘moli madaniyatini oilaviy munosabatlarda;

-

psixogigyena, nazorat orqali;

-

yoshlarni axborot-psixologik immunitetini rivojlantirish.

Shaxsning salbiy his-tuyg'ulari bilan kurashish va shaxsning o'zini o'zi

qadrlashini saqlab qolishi oilada sog‘lom muhitning paydo bo‘lishida juda muhim

ahamiyatga ega hisoblanadi.

Oilaviy farovonlik omillarini tahlil qilish turli jins, yosh, ijtimoiy va kasbiy

mansublikdagi odamlarning psixologik omillarning to'liq ro'yxatini tanlashga

urinish muvaffaqiyatsiz bo'lishi mumkinligiga olib keladi.

Shu sababli, biz oilaviy farovonlikning eng muhim omillarini quyida sanab

o‘tishimiz mumkin:

1.

Er-xotinlarning (umuman oila a'zolari) psixologik muvofiqligi;

2.

Oilani yaratadigan odamlar ehtiyojlar majmuasini qondirishga

intilishadi

Nikohdagi muvaffaqiyatsizlik ko'p jihatdan sherik tanlashda xatolar

bilan belgilanadi:

tanlangan kishi aslida shaxsiy xususiyatlarga ega emas yoki uning


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 5-son May 2025

108

psixofiziologik xususiyatlari, qarashlari va qadriyatlarining uyg'unligi. Er va

xotinning tarbiyaning turli siyosiy, madaniy, psixologik qarashlarini aks ettiruvchi

biologik va axloqiy omillar nuqtai nazaridan bir-biriga mos kelishi, juda muhimdir.

Oiladagi sog‘lom munosabatlarda shaxsning qoniqish darjasiga ham

bog‘liqdir va bu muayyan darajada oilaning vazifalari bajarilishiga bog‘liq.

Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida bugungi zamon oilasining

asosiy vazifalari qatorida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:

-

Iqtisodiy,

-

Reproduktiv,

-

Tarbiyaviy,

-

Rekreativ,

-

Kommunikativ,

-

Regulyativ (boshqaruv),

-

Felitsitologik kabilar.

Oilaviy munosabatlarning teng va o‘zaro tushunishga asoslangan holda olib

borilishi yosh avlodga to‘g‘ri samarali yetkazib berish qiyinchiliklar uchrab turibdi.

“Bugungi yoshlarimiz esa yuqorida bayon etilganidek, 12-13 yoshlarida jinsiy

balog‘atga yetadilar va aksariyat hollarda oradan 7-8 yil o‘tgandan so‘ng, ya‘ni

qizlar 19-20 yoshda, yigitlar esa 21-22 yoshda oila quradilar. Bu vaqtda esa ular na

iqtisodiy jihatdan, na ijtimoiy jihatdan va na psixologik jihatdan oilaviy hayotga

tayyor bo‘ladilar.”

XULOSA

Xulosa qilib aytganda oilada sog‘lom psixologik muhitning yaratilishi,

sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Sog‘lom

psixologik muhit er va xotin o‘rtasidagi psixologik jihatdan yetilganlik hamda

ijtimoiy jihatdan tayyorlik asosida shakllanadi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 5-son May 2025

109

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 30.10.2020

yildagi PF-6099-son,

“Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada

rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida”

2.

R. Arziqulov. Sog‘lom turmush tarzi asoslari ( Valeologiya) -

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, Toshkent-2009;

3.

G.B. Shoumarov, I.O. Haydarov, N.A. Sog‘inov; G‘.B. Oila

psixologiyasi: Akad. litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun darslik

Т.: «Sharq», 2015. 296 b.;

4.

V.M.Karimova. Oila psixologiyasi: Darslik. Pedagogika oliygohlari

talabalari uchun // Muallif: - T.: -Fan va texnologiya, 2008. - 170 b.;

5.

Internet materiallari

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари