Mualliflar

  • Toshpo‘latov Jahongir Samar o‘g‘li

Muallif biografiyasi

  • Toshpo‘latov Jahongir Samar o‘g‘li

     Qarshi davlat texnika universiteti magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.123372

Annotasiya

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini barqaror rivojlantirish eng avvalo yerga bo‘lgan munosabatning to‘g‘ri hal etilishi hamda sug‘orma dehqonchilikda suv resurslarining o‘rniga bog‘liqligi bois, aksariyat olimlar tomonidan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida iqtisodiy samaradorlikni aniqlashda yer-suv resurslaridan foydalanish masalasini asosiy mezon sifatida e’tiborga olish lozimligini e’tirof etadilar. Bunday qarash qishloq xo‘jaligida hal qiluvchi va almashtirib bo‘lmaydigan  asosiy ishlab chiqarish vositasi va mehnat predmeti hisoblangan qishloq xo‘jaligiga yaroqli bo‘lgan yerlar va suv resurslarining makonda keskin cheklanganligini asoslagan holda qishloq xo‘jaligi samaradorligi tushun-chasini aniqlash imkonini beradi. Shu sababdan ham barcha yerdan foydalanuvchilarga minimum xarajat evaziga har gektardan maksimal mahsulot yetishtirish vazifasi qo‘yiladi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 5-son May 2025

80

O‘SIMLIK DUNYOSINI BARQAROR RIVOJLANTIRISH

BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN MELIORATIV

TADBIRLAR

Toshpo‘latov Jahongir Samar o‘g‘li

Qarshi davlat texnika universiteti magistranti

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini barqaror rivojlantirish eng avvalo yerga

bo‘lgan munosabatning to‘g‘ri hal etilishi hamda sug‘orma dehqonchilikda suv

resurslarining o‘rniga bog‘liqligi bois, aksariyat olimlar tomonidan qishloq

xo‘jaligi ishlab chiqarishida iqtisodiy samaradorlikni aniqlashda yer-suv

resurslaridan foydalanish masalasini asosiy mezon sifatida e’tiborga olish

lozimligini e’tirof etadilar. Bunday qarash qishloq xo‘jaligida hal qiluvchi va

almashtirib bo‘lmaydigan asosiy ishlab chiqarish vositasi va mehnat predmeti

hisoblangan qishloq xo‘jaligiga yaroqli bo‘lgan yerlar va suv resurslarining

makonda keskin cheklanganligini asoslagan holda qishloq xo‘jaligi samaradorligi

tushun-chasini aniqlash imkonini beradi. Shu sababdan ham barcha yerdan

foydalanuvchilarga minimum xarajat evaziga har gektardan maksimal mahsulot

yetishtirish vazifasi qo‘yiladi.

Ilmiy va maxsus adabiyotlarda yer-suv resurslaridan foydalanish,

shuningdek, tuproq unumdorligini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan

meliorativ tadbirlardan foydalanish iqtisodiy samaradorligini aniqlash mezon va

ko‘rsatkichlarlari xususida turli fikr, taklif va tavsiyalar bildirilmoqda. Masalan,

bir guruh olimlar yerdan foydalanish samaradorligini aniqlashda muayyan yer

maydonlarining ishlab chiqarish va iqtisodiy ko‘rsatkichlarining o‘zaro

taqqoslanishi yoki yer maydoniga mutloq baho berilishi mumkinligi, samaradorlik

ko‘rsatkichlari taqqoslanadigan sharoitda eng avvalo yer maydonining

taqqoslanayotgan vaqtdagi unumdorligi darajasini hisobga olish muhim


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 5-son May 2025

81

ahamiyatga ega

1

, deb hisoblaydilar, boshqa bir guruh olimlar esa yerdan

foydalanish samadorligini aniqlashda majmuaviy yondashuv, ya’ni har xil

sharoitlarga mos omillar asosida, tarkibiga ko‘ra tuzilmaviy va ko‘rsatkich va

natijallariga ko‘ra natijaviy ko‘rsatkichlar

2

orqali aniqlash lozimligini qayd

etadilar. Yana bir boshqa guruhdagi olimlar esa yerdan foydalanish iqtisodiy

ko‘rsatkichlarni natural, qiymat va nisbiy ko‘rsatkichlariga bo‘lish mumkin, deb

hisoblaydilar va bunda ular natural ko‘rsatkichlar sifatida hosildorlik, maydon

birligidan olinadigan ozuqa birligi miqdorini, qiymat ko‘rsatkichlari sifatida bir

gektar yer maydoni va bir ball-bonitet hisobiga olinadigan yalpi mahsulot qiymati

va sof foyda miqdoridan kelib chiqishni, nisbiy ko‘rsatkichlar sifatida esa ekin

maydonlari tarkibi, yerdan foydalanish koeffitsienti va suv bilan ta’minlanganlik

darajasini hisobga olishni taklif etganlar

3

.

Bizningcha, meliorativ tizim samaradorligini baholashda D.T.Zuzik

4

tomonidan taklif qilingan meliorativ tizim samaradorligini baholash va ularni

hisoblash uslubida keltirilgan quyidagi texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimidan

foydalanish masalani kengroq yoritish imkoniyatini beradi. Mazkur tizim beshta

guruhlardan iborat bo‘lib, quyidagilardan tashkil topgan:

I guruh – meliorativ qurilishlardan oldingi mahsulot miqdori, uning qiymati

va boshqa ko‘rsatkichlar.

II guruh – meliorativ tizim yoki alohida inshootlarga, shuningdek

melioratsiya qilinadigan yerlarni o‘zlashtirish uchun asosiy va aylanma fondlarga

kapital quyilmalar.

III guruh – meliorativ tizim yoki alohida inshoot va qishloq xo‘jalik

mahsulotini ishlab chiqarish bo‘yicha yillik xarajatlar.

IV guruh – tabiiy resurslar va ishlab chiqarish vositalaridan foyda-lanish.

1

Қурбонов Э. Кўп укладли иқтисодиёт шароитида суғорилдиган ерлар самарадорлигини ошириш йўллари.

И.ф.н. илмий даражасини олиш учун диссертация. Т.: 2004. –

135 (12) б.

2

Рахматуллаев А. Бозор иқтисодиёти шароитида қишлоқ хўжалигида ер муносабатларини такомил

-

лаштириш. И.ф.н. илмий даражасини олиш учун диссертация. Т.: 2002. –

149 (46)

б.

3

Рахимов А. ва бошқалар. «Қишлоқ хўжалигида ерлардан фойдаланиш самрадорлиги ва мелиоратив

ҳолатини яхшилашнинг ташкилий

-

иқтисодий ва ҳуқуқий асосларини такомиллаштириш йўналишлари».

мавзусидаги амалий лойиҳа бўйича якуний ҳисобот. Т,: ҚХИИТИ. –

2014.

13

0 (13) б.

4

Зузик Д.Т. Экономика водного хозяйства. –

4е изд., перераб. и доп. –

М.: Колос, 1990, –

400 с.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 5-son May 2025

82

Yerdan, tizim va alohida kanallar, suvdan foydalanish, inshootning

o‘tkazuvchanlik imkoniyatidan foydalanish koeffitsientlari, tuproq unumdorligi,

fondning qoplanishi, fond sig‘imi, material sig‘imi, energiya sig‘imi va b.

V guruh – mehnat xarajatlari va unumdorligi. Xodimlar soni, meliorativ va

qishloq xo‘jalik ishlariga qilingan mehnat sarfining umumiy qiymati.

VI guruh – kapital quyilmalar iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlari.

Daromad, umumiy va qiyosiy iqtisodiy samaradorlik koeffitsientlari, kapital

quyilmalarning qoplanish muddati, o‘tkaziladigan chora-tadbirlar rentabelligi.

Bizningcha, zamonaviy melioratsiyaning oldiga qo‘yilgan vazifalaridan kelib

chiqib meliorativ tadbirlarning mavjud turlari bo‘yicha mazkur ko‘rsatkichlar

tizimini ishlab chiqish masalani kengroq yoritish imkonini beradi. Xususan,

yuqorida qayd etilgan meliorativ tadbirlar turlaridan kelib chiqqan holda qishloq

xo‘jaligida amalga oshirilgan agrotexnik melioratsiya samaradorligining asosiy

mezoni bo‘lib, o‘simliklarning biologik omillariga ta’sir qilgan holda muayyan

ekin maydonining mikroiqlimi, tuproq xossalari va sizot suv rejimini yaxshilash

sanaladi. Ularni quyidagi samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholash maqsadga

muvofiq:

yerni tekislashda,

ya’ni qishloq xo‘jaligi ekinlari ekiladigan maydonlarning

notekisligi, qiyaligi, nishabligi sababli ko‘riladigan zarar hamda yerlarni tekislash

natijasida erishiladigan ishlab chiqarish va iqtisodiy ko‘rsatkichlar;

almashlab ekishni joriy etish

yerlarning meliorativ holatini yaxshilashdagi

asosiy tadbirlardan bo‘lib, ilmiy asoslangan sxemalar orqali amalga oshiriladi.

Bunda erilishadigan asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlar sifatida tuproq tarkibining

azot birikmalari bilan boyitilganligi va almashlab ekish natijasida erishilgan

hosildorlik va foyda ko‘rsatkich-larida o‘z aksini topadi;

tuproqqa to‘g‘ri ishlov berish tadbirlari

bir qator ko‘rsatkichlar va

omillarga bog‘liq bo‘lib, birinchidan qishloq xo‘jaligi ekinlariga ishlov berish

jarayonlarida foydalaniladigan texnika turlari va ularning texnik ko‘rsatkichlari,

xususan tuproq zichlanishi va uning biologik strukturasiga ta’sirini belgilovchi

koeffitsentlardan tarkib topadi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 5-son May 2025

83

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Qurbonov E. Ko‘p ukladli iqtisodiyot sharoitida sug‘orildigan yerlar

samaradorligini oshirish yo‘llari. I.f.n. ilmiy darajasini olish uchun

dissertatsiya. T.: 2004. – 135 (12) b

2.

Raxmatullaev A. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo‘jaligida yer

munosabatlarini takomil-lashtirish. I.f.n. ilmiy darajasini olish uchun

dissertatsiya. T.: 2002. – 149 (46) b.

3.

Raximov A. va boshqalar. «Qishloq xo‘jaligida yerlardan foydalanish

samradorligi va meliorativ holatini yaxshilashning tashkiliy-iqtisodiy va

huquqiy asoslarini takomillashtirish yo‘nalishlari». mavzusidagi amaliy

loyiha bo‘yicha yakuniy hisobot. T,: QXIITI. – 2014. – 130 (13) б.

4.

Зузик Д.Т. Экономика водного хозяйства. – 4е изд., перераб. и доп. –

М.: Колос, 1990, – 400 с

5.

uz# demografiya# o’zbekistonaholisi. 7.09.2021 yil

6.

http://www.soil.uz@taiti_soil@tuproq_kinikasi

7.

https://uza.uz/uz/posts/global-iqlim-ozgarishi-qurgoqchilik-chollanish-

va-degradaciya-bugunning-dolzarb-muammosi_500755

8.

https://sendpulse.com/ru/support/glossary/gross-profit

9.

https://daryo.uz/k/2022/05/11/ozbekistonda-sugorish-uchun-suvdan-

foydalanish-limitlari-belgilandi

10.

https://kyrator.com.ua/knigi/727-rekomendacii-po-nou-till

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари