Mualliflar

  • Mansurova Salomatxon Komiljon qizi

Muallif biografiyasi

  • Mansurova Salomatxon Komiljon qizi

    Andijon viloyati Andijon tumani 32-umumiy oʻrta taʼlim maktabi psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.123374

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Oʻqitish metodi taʼlim texnologiyalari verbal muloqot taʼlim jarayoni shaxs didaktika

Annotasiya

 Annotatsiya. Maqolada boshlangʻich sinflarda tabiatshunoslik fanini oʻqitish jarayonida didaktik oʻyinlardan foydalanish va uning metodologiyasi haqida soʻz yuritilgan. 


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 5-son May 2025

67

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA O’QUVCHI HAMDA

O’QITUVCHI MUNOSABATLARINI TASHKIL ETISH,ULAR

OʻRTASIDAGI KONFLIKTLI VAZIYATLARNI OLDINI OLISHNING

PSIXOLOGIK MASALALARI

Mansurova Salomatxon Komiljon qizi

Andijon viloyati Andijon tumani 32-umumiy oʻrta taʼlim maktabi psixologi

Annotatsiya. Maqolada boshlangʻich sinflarda tabiatshunoslik fanini

oʻqitish jarayonida didaktik oʻyinlardan foydalanish va uning metodologiyasi

haqida soʻz yuritilgan.

Kalit so’zlar: Oʻqitish metodi, taʼlim texnologiyalari, verbal muloqot, taʼlim

jarayoni, shaxs, didaktika

KIRISH

Ushbu muammolarni tahlil qilishdan avval quyidagi maʼlumotlar, tushuncha

va atamalar ustida toʻxtab oʻtish lozim. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar

mohiyati oʻquvchiga bilim berish, ularni toʻliq oʻzlashtirishdan iborat. Taʼlim

muassasalarida pedagogik texnologiyalar asosida dars oʻtishda asosiy talab

oʻquvchining hayotiy tajribasi, avval oʻzlashtirgan bilimi va qiziqishlari asosida

yangi bilim berishni koʻzda tutadi. Taʼlim jarayonida pedagogik texnologiyalardan

foydalanish samaradorligi oʻzining koʻp qirraliligi bilan namoyon boʻlmoqda.

“Oʻquvchining ruhiy holatlari, uning kelajakda rivojlanishi (yoki pasayishi)

qanday hisobga olinyapti?”, degan savollarning yechimiga bogʻliq. Shu jihatdan

olganda, pedagogik texnologiya shaxs rivojlanishi bosqichlarini loyihalashtirish,

tashxislash va differensiyalash imkoniyatlariga ega. Bu pedagogning taʼlim

texnologiyalaridan foydalanish qobiliyatiga bogʻliq. Uzluksiz taʼlim tizimida

zamonaviy pedagogik, axborot texnologiyalaridan foydalanish oʻquv materiallarini

oʻquvchi tomonidan qabul qilish va oʻzlashtirish samarasini oshiradi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 5-son May 2025

68

O’qituvchi o'quvchilar bilan bo'ladigan muloqotida quyidagi malakalarni

egallagan bo'lishi lozim: tashqi qiyofani nazorat qilish, nutqni egallash, pedagogik

munosabat madaniyatini egallash, tashkilotchilik mahorati, o'quv-tarbiya

jarayonini boshqarish uslublarini egallash.

Munosabatlarni boshqarish uslublari:

1.

Avtoritar uslub

2.

Demokratik uslub

3.

Liberal uslub

4.Avtoritar uslub:

Ilmiy-pedagogik adabiyotlarda quyidagi munosabat turlari ko'rsatilgan:

hamkorlikdagi munosabat;

bavosita munosabat;

do'stona munosabat,

nosamimiy munosabat;

oraliqdagi munosabat;

bekorchi munosabat;

qo'rquv orqali munosabat; - dialog va monolog.

Oʻqituvchi oʻquvchiga nisbatan sergak, ziyrak boʻlib, uning qiziqishi,

qobiliyatini hisobga olib, murabbiylarcha muomalada boʻlishi darkor. Shundan

keyingina

darslarda

foydalaniladigan

didaktik

oʻyinli

texnologiyalar

oʻquvchilarning bilish faoliyatini faollashtirib, darslik va qoʻshimcha adabiyotlar

ustida mustaqil ishlash, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish, ularni ongli

ravishda kasbga yoʻllash, didaktik oʻyin davomida vujudga kelgan qiyinchiliklarni

bartaraf etishda moʻljalni toʻgʻri olish, har xil vaziyatlarni tahlil qilib, toʻgʻri xulosa

chiqarishga zamin tayyorlaydi.Darslarda foydalaniladigan didaktik oʻyinli

texnologiyalar oʻquvchilarning bilim faoliyatini faollashtirish, darslik va

qoʻshimcha adabiyotlardan mustaqil foydalanish, nutq va muloqot madaniyatini

rivojlantirish, ularni ongli ravishda kasbga yoʻllash, didaktik oʻyin davomida

vujudga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etishda moʻljalni toʻgʻri olish, har xil


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 5-son May 2025

69

vaziyatlarni tahlil qilib, toʻgʻri xulosa chiqarishga zamin tayyorlaydi. A.Zikiryayev

va boshqalarning fikricha, taʼlim jarayonida didaktik tamoyillar muammosi barcha

davrlarda oʻquvchilarning diqqat-eʼtiborida boʻlgan. Ular bu borada

mutaxassislarning erishgan yutuqlari bilan birga hozirga qadar taʼlim tamoyillari

tizimining ilmiy asoslari mukammal ishlab chiqilmaganini qayd etishgan.

A.Yusupova,

Uzluksiz taʼlimda pedagogik texnologiyaning asosini tizimli yondashuv

loyihalari va shu bilan birga boshlangʻich taʼlimda pedagogik texnologiyadan

samarali foydalanishda nimalarga eʼtibor berish lozimligi koʻrsatilgan. Undan

tashqari maʼlumki, anʼanaviy taʼlimda, taʼlim maqsadi, mazmuni, oʻqitish

uslublari, nazorat natijalarini baholash kabi koʻplab jarayonlar maʼlum bir tizimsiz

amalga oshirilgan, yaʼni ularni bajarish oldidan loyihalashtirilmagan. Boshlangʻich

taʼlimda oʻquvchilarga tayyor maʼlumotlar berib, oʻquvchilar ularni xotiralarida

saqlab qolishlarini taʼminlashdan iborat boʻlgan eski taʼlimda kafolatlangan

natijaga erishish fikri yuritilmagan. Boshlangʻich taʼlimda har bir masalaga chuqur

yondashib, oldindan loyihalashtirilgan maʼlumotlarni faqat oʻqituvchi beribgina

qolmay, balki oʻquvchilarni mustaqil ishlashi, darsda oʻqituvchi bilan fikr

almashishishiga eʼtibor qaratilgan va kafolatlangan natijaga erishish haqida fikr

yuritilib, anʼanaviy va noanʼanaviy taʼlimni taqqoslab, ularning afzalliklari ochib

berilgan.

O.Berdiyeva hozirgi iqtisodiy oʻtish davrida taʼlim jarayonini isloh etishda

muammolar mavjudligi va shu muammolarning bir qismini hal etishda

oʻqituvchidan tashabbuskorlik, izlanuvchanlik va ijodkorlik talab qilinishi va

taʼlim jarayonida yangi pedagogik texnologiyaning maqsadi, maqsadga erishish

uchun undan samara berilishiga toʻxtalib, yangi mavzuni tushuntirishda oʻqituvchi

reja asosida savol-javob, chizma, kerakli kompyuter vositalaridan foydalanishi

lozimligini keltirgan. Shundagina oʻqituvchining xotirasida mavzu uzoq vaqt

saqlanib qolishi toʻgʻrisida fikr yuritilib, oʻqituvchi dars oʻtishda nimalarga eʼtibor

berishi kerakligi haqida maʼlumotlar keltirgan. R.Safarova va L.Shermatov oʻz

asarlarida pedagogika fanining muammosi va ularni qanday yechish kerakligi


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 5-son May 2025

70

toʻgʻrisida toʻxtalganlar. Taʼlim-tarbiya boʻyicha uning samaradorligini oshirish

uchun ilmiy jihatdan shaxsni rivojlantirish va uning manfaatlarini uygʻunlashtirish,

dunyoqarashini moddiy jihatdan rivojlantirish haqida ham fikr yuritganlar. Bunda

oʻquvchi jamiyat taraqqiyotini faol rivojlantirishda ijtimoiy va siyosiy, texnikaviy

apparatlardan foydalanib, oʻz ustida koʻproq ishlashi lozimligi koʻrsatib berilgan.

Ularni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: verbal, noverbal,

vizual, studiya, tabiiy, oʻquv anjomlari hamda maktab jihozlari. Verbal

vositalarning asosini axborot tashkil qiladi. Bular soʻzlar bilan ifodalanadigan

axborotlar boʻlib, ularni soʻz orqali ifodalab berish uchun oʻqituvchi uni

oʻzlashtirgan boʻlishi, yaʼni shu axborot haqida bilimga ega boʻlishi kerak.

Boshqacha

aytganda,

pedagogik

texnologiyalarning

verbal

vositalari

oʻqituvchining bilimlari darajasidagi axborot hisoblanadi. Shu sababli hozirgi

taʼlim jarayonida faqat oʻqituvchi va oʻquvchilarning ishtirok etishi yetarli boʻlmay

qoldi.

Zamonaviy taʼlimni amalga oshirishning yana bir zarur sharti oʻquv fanlari

boʻyicha axborot manbalari, shu jumladan, yangi axborot texnologiyalaridan tez va

qulay foydalanish imkonini beruvchi turlaridan har bir oʻqituvchi va oʻquvchi erkin

foydalana oladigan sharoit yaratishdan iborat. Yaʼni, hozirda sifatli taʼlim berish

uchun oʻqituvchi oʻquvchiga zarur axborotlarni yetkazib turuvchi xizmatdan iborat

faoliyatni tashkil qilish zarur. Bu yoʻnalish axborot texnologiyalarini taʼlim-tarbiya

jarayoniga joriy qilish yoʻnalishi deb nomlanadi. Shu axborotlarni oʻquvchilar

tushuna oladigan mantiqiy shakllarda ifodalash oʻquvchi bilan oʻqituvchining

verbal muloqotini tashkil qiladi.

Oʻquvchilarning kompyuter savodxonligini ta’minlash esa, ayniqsa

zarurdir. Umuman ta’limni ishlab chiqarish mehnati bilan qoʻshib olib borish

prinsipini yanada toʻlaroq roʻyobga chiqarishga, ta’lim berish samaradorligini

oshirishga, yoshlarni mustaqil hayotga va mehnatga tayyorlashni tubdan

yaxshilashga, zamonamizning ongli quruvchilarini tarbiyalashga yanada qat’iyroq

tarzda erishmoq kerak. Ta’lim toʻg‘risidagi Qonunda oʻquv jarayonining asosi

xisoblangan dars bilan bir qatorda umum ta’lim maktabining yuqori sinflarida,


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 5-son May 2025

71

akademik lisey va kollejlarda ma’ruzalar oʻqish, seminar va vmashg‘ulotlari

oʻtkazish, suhbatlar, praktikumlar, konsultasiyalar uyushtirish, toki umum ta’lim

maktabi, kollej va oliy oʻquv yurti ish mazmuni va shakli oʻrtasida uzluksizlikni

ta’minlash zarurligi ta’kidlab oʻtildi. Bu talablar fan oʻqituvchilaridan har bir

oʻquvchining oʻziga xos xususiyatlari toʻg‘risida ma’lumotga va chuqur bilimga

ega boʻlishni: pedagogik muammolarni prognoz qilish va hal etishning metodik

jihatdan asoslangan yoʻllarini qidirib topish, oʻquvchi shaxsiga pedagogik ta’sir

koʻrsatishning strategik mahoratini tanlay bilishni taqozo kiladi. Biroq,

oʻqituvchining funksiyasi u dars paytida koʻrsatgan faoliyat bilangina cheklanib

qolmaydi. Oʻqituvchi oʻquvchilar bilan darsdan tashqari vaqtlarda bajariladigan

sinfdan tashqari ishlarni tashkil etadi, sinf, guruh rahbari vazifasini bajara borib,

bolalarning ota–onalari bilan ish olib boradi. Bunday sharoitlarda oʻquvchilarning

oʻquv va oʻqishdan tashqari faoliyatini yagona ta’lim tarbiya jarayoni sifatida

rejalashtirish va tashkil qilishga nisbatan kompleks va izchil yondoshishning

oʻqituvchi faoliyatidagi roli ortib boradi. Bunday faoliyat oʻquvchilarni bilimlar

bilan qurollantirishga hamda bilish, muloqot va mehnatning ongli sub’ektlari

sifatida ular shaxsini shakllantirib borishga qaratilmogi kerak. Oʻqituvchi

mehnatini pedagogik–psixologik tadqiq etish shuni isbot etganki, oʻquvchilarning

oʻquv faoliyati samaradorligiga g‘oyat katta ta’sir koʻrsatadi. Oʻqituvchining ilmiy

jihatdan bilimdonligi, uning shaxsiga xos ijobiy fazilatlar oʻquvchilarga tarbiya

berishning, ularda ongli faollikni hamda mustaqil ijodiy bilishga boʻlgan intilish

faolligini shakllantirishda hal qiluvchi omil hisoblanadi.

XULOSA

Oʻqituvchining dunyoqarashi – undagi pedagogik madaniyatning hamda

tarbiyachi sifatidagi mahoratning muhim komponenti hisoblanadi. Bugungi kunda

oʻzini pedagoglik kasbiga bagishlagan talaba yoshlar shuni yaxshi bilishlari

kerakki, hozirgi zamonning yoshlarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, hozirgi

zamonning g‘oyat dolzarb va keskin muammolari yuzasidan bahs-munozaralar

oʻtkaza olish, odamlarni ishontira olish, mustaqil toʻg‘ri xulosa va umumlashmalar


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 5-son May 2025

72

chiqara olish mahoratini egallab olishlari g‘oyat muhim ahamiyatga egadir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.Berdiyeva O. Taʼlim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar. // “Xalq

taʼlimi” jurnali, 2003, 1-son. –16-b.

2.Zikiryayev A. va boshqalar. Oʻquvchilar bilimini tekshirishda innovatsion

texnologiyalar. // “Xalq taʼlimi” jurnali, 2001, 6-son. –19-b.

3.

Nishonaliyev U. Yangi pedagogik va axborot texnologiyalari

muammolari va yechimlari. // “Pedagogik taʼlim” jurnali, 2000, 3-son. –11-b.

4.

Norbutayev

X.

Mejpredmetnыe

svyazi

pri

obuchenii

prirodovedeniyu. //

“Nachalnaya shkola”. M., 2011, № 11. –S. 25.

5.

Safarova R, Shermatov L. Pedagogikaning taraqqiyot yoʻli. // “Xalq

taʼlimi” jurnali, 2002, 2-son. –14-b.

6.

Internet maʼlumotlari