Mualliflar

  • Xolnazarova Munira Iskandarovna

Muallif biografiyasi

  • Xolnazarova Munira Iskandarovna

    Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 1-sonli umumta'lim maktab psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.123375

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: imkoniyati cheklangan uyda yakka tartibdagi ta’lim ta’lim olish o‘qituvchi ijtimoiy moslashuv ijtimoiy-pedagogik yordam qo‘llabquvvatlash shaxsiy xususiyatlar.

Annotasiya

Annotasiya. Uyda yakka tartibda taʼlim olish jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan, uzoq vaqt davolanishga muhtoj va tibbiy xulosasiga koʻra doimiy yoki vaqtincha maktabga qatnay olmaydigan bolalar uchun tashkil etiladi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 5-son May 2025

61

UYDA YAKKA TARTIBDA OʻQITILADIGAN BOLALARNING

RUHIY HOLATINI OʻRGANISH HAMDA SIFATLI BILIM

BERISHNING SAMARALI USULLARI

Xolnazarova Munira Iskandarovna

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 1-sonli umumta'lim maktab

psixologi

Annotasiya.

Uyda yakka tartibda taʼlim olish jismoniy yoki psixik

rivojlanishida nuqsoni boʻlgan, uzoq vaqt davolanishga muhtoj va tibbiy

xulosasiga koʻra doimiy yoki vaqtincha maktabga qatnay olmaydigan bolalar

uchun tashkil etiladi.

Kalit so‘zlar: imkoniyati cheklangan, uyda yakka tartibdagi ta’lim, ta’lim

olish,

o‘qituvchi,

ijtimoiy

moslashuv,

ijtimoiy-pedagogik

yordam,

qo‘llabquvvatlash, shaxsiy xususiyatlar.

KIRISH

Nogironligi bo‘lgan bola tug‘ilsa, uni tug‘ilganidan boshlab ijtimoiy

hayotga moslashtirish, avvalo maktabgacha ta’lim bosqichiga, umumiy o‘rta

ta’lim, so‘ngra Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishiga erishish va amalga

oshirish uchun mutaxassislar, psixolog, nevropatolog, nogironlik turiga qarab

oligofrenopedagog, tiflopedagog yoki logoped biriktiriladi. Bu mutaxassislar bola

hayotining dastlabki kunlaridan boshlab bola bilan shug‘ullanishadi va uni

ijtimoiy muhitga har tomonlama moslashtirib boradilar. Respublikamiz xalq

ta’limi tizimida imkonniyati cheklangan bolalarga ta’lim berishning uyda yakka

tartibdagi ta’lim shakli mavjud. Uyda yakka tartibda taʼlim olish jismoniy yoki

psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan, uzoq vaqt davolanishga muhtoj va tibbiy

xulosasiga koʻra doimiy yoki vaqtincha maktabga qatnay olmaydigan bolalar

uchun tashkil etiladi. Sog‘liqning buzilishi bolalarning shaxsiyatida o‘z izini

qoldiradi: birinchi navbatda, sog‘lig‘ining cheklanganligi kasbiy o‘zini o‘zi


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 5-son May 2025

62

belgilashga va mehnat faoliyatini amalga oshirishga ta’sir qiladi. Patologiyaning

mavjudligini bilish o‘z qobiliyatlarini, intilishlar darajasini, tashabbusning

yetishmasligi

va

bunday

bolalarning

mustaqilligini

yetarli

darajada

baholamaslikka olib keladi. Hissiy sohaning rivojlanishida buzilish mavjud bo‘lib,

bu ijtimoiy moslashuv, ta’lim olish va kasbiy faoliyatga qiziqishning

yetishmasligida namoyon bo‘ladi.

Uyda yakka tartibdagi ta’limda pedagogik ishlar o‘quvchi hayotining

ijtimoiy, hissiy, kognitiv sohalariga hamda o‘z-o‘zini anglashiga qaratilishi zarur.

Imkoniyati cheklangan bolalar uchun uyda ta’limning integratsiyalashgan tizimini

amalga oshirishda butun ta’lim davrida bolaning rivojlanishi uchun psixologik,

tibbiy va pedagogik yordam doimiy kerak.

Bilish faoliyatini rivojlanmay qolishi, aqli zaiflikni asosiy belgisi

hisoblanadi. Bu buzilish birinchi o‘rinda voqelikni aks ettirishga sezgi va idrokka

taalluqli. Nerv sistemasi buzilgan bolalarda bu psixik funksiyalar, sekin va bir

qator xususiyat hamda kamchiliklar bilan shakllanadi. Bu xususiyatlar o‘qish

jarayonida aniq namoyon bo‘ladi: bilib olish suratini sekinligi, grafikasi o‘xshash

harflarni, raqamlarni, predmetlarni, talaffuzi o‘xshash tovush va so‘zlarni

aralashtirib yuborish bularga misol bo‘la oladi.

Uyda ta’lim olayotgan imkoniyati cheklangan bolalarning ijtimoiy

moslashuvi - bu turli xil yashash muhitiga moslashishning ijtimoiy ijobiy

tajribasini, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yutuqlarga erishish jarayonida o‘zini

namoyon qilish va o‘zini o‘zi anglash tajribasini to‘plash qobiliyatini

belgilaydigan integral shaxsiy ta'lim hisoblanadi. Bunday moslashuvchanlik uyda

ta’lim olayotgan imkoniyati cheklangan bolaga o‘z kasbini tanlashda va

keyinchalik kasbni egallashda muvaffaqiyatli o‘zini o‘zi belgilashga, mustaqil

hayotda o‘zini ijobiy va shaxsan namoyon etishga imkon beradi. Imkoniyati

cheklangan bolalarni uyda o‘qitish ularning ijtimoiylashuviga ta'sir qiladi hamda

oilalar va bolalar uchun ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalari mutaxassislaridan

ijtimoiy va pedagogik yordam talab qiladi. Bunday qo‘llab-quvvatlash bolalar

haqida bilish, ularning ijtimoiy rivojlanish istiqbollarini, o‘zini namoyon qilish,


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 5-son May 2025

63

yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy muammolarni bashorat qilish va ularni

mustaqil ravishda yengishini ta'minlash, o‘z-o‘zini anglash va ijtimoiylashuvni

rag‘batlantiradigan tegishli vaziyatlarni yaratishning maqsadga muvofiq

jarayonidir. Uyda ta’lim olayotgan bolalarning ijtimoiy moslashuvini

shakllantirishni ijtimoiy-pedagogik qo‘llab-quvvatlash shaxsga yo‘naltirilgan

yondashuvga asoslanadi. Ushbu yondashuvning mohiyati bolalarning ijtimoiy

o‘ziga xosligini, ularning sotsializatsiya ehtiyojlarini, ta’lim va tarbiya muhitini,

shuningdek, jamiyatga integratsiyalashuv istiqbollarini to‘liq hisobga olishdan

iborat.

Uyda ta'lim olayotgan bolalarning ijtimoiy moslashuvini shakllantirishni

ijtimoiy-pedagogik qo‘llab-quvvatlashning muvaffaqiyati uchun zarur bo‘lgan

shart-sharoitlar majmui quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

har bir

bolaning

shaxsiyatini shakllantirishni

qo‘llab-

quvvatlash strategiyasini belgilash jarayonida uning individual o‘ziga xosligini

hisobga olish, ijtimoiy moslashuv; imkoniyati cheklangan bola oilasining

mutaxassislar bilan munosabatda ochiqligi; turli hayotiy

vaziyatlarda

bolalarning ijtimoiy moslashuvining rag‘batlantiruvchi ko‘rinishlari; uyda

ta'lim beruvchi o‘qituvchining imkoniyati cheklangan bola, uning oila a’zolari va

maktab pedagoglari bilan o‘zaro munosabatlarida hamkorlik va sheriklik;

uyda ta'lim beruvchi o‘qituvchining, mutaxassislarining ijtimoiy-

pedagogik yordamga tayyorligi

Ota-onalar zarur imkoniyatlarni yaratib, tegishli soha mutaxassislari bilan

birgalikda hamkor bo‘lib ishlarni amalga oshirish, bolaning imkoniyatlariga loyiq

turli faoliyatlarga jalb etish, uning psixologik-fiziologik, jismoniy va aqliy

rivojlanishiga munosib hissa qo‘shish bilan korreksiyalash ishlarini samarali

amalga oshirish uchun eng muhim zaminni vujudga keltiradi. Bu o‘rinda,

shifokor-pedagog-psixolog va ota-ona hamkorligi ilmiy asosda, barcha

psixologik-fiziologik jarayonlarni to‘g‘ri hisobga olib tashkil etilsa, yuqori

natijalarga erishish kafolatlanadi.

Dars mashg‘ulotlarning davom etishi bajariladigan faoliyatlarning


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 5-son May 2025

64

murakkablik darajasiga, o‘quvchining shu darsni o‘zlashtirish vaqtidagi sog‘lig‘i

va psixik holati hamda jismoniy imkoniyatlariga bog‘liq. Ushbu jarayon

o‘rganilayotgan mavzuning murakkablik darajasiga qarab 5-10 daqiqadan 20-25

daqiqagacha o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Imkoniyati cheklangan uyda

yakka tartibdagi ta’limga jalb etilgan o‘quvchilarning aksariyatida tez toliqish,

diqqatining tarqoqligi, turli xil salbiy xatti-harakatlar paydo bo‘ladi. Bunday

holatlarni oldini olish va bartaraf etish, shuningdek, psixonevrologik rivojlanishda

kamchiligi bo‘lgan o‘quvchilarning foydali ish koiffitsyenti darajasini oshirish o‘z

vaqtida dam olish daqiqasini o‘tkazish va turli faoliyat turlarini almashtirish orqali

amalga oshiriladi. Dam olish daqiqasi butunlay o‘quvchining holatiga bog‘liqdir.

Agar kerak bo‘lsa, dars davomida istalgan vaqtda yoqilishi mumkin. Dars va

mashg‘ulotlar davomida foydali ish koiffitsyentini maqbul darajasini saqlab qolish

uchun o‘quvchilar miya katta yarimsharlarining funksional holatini tezroq

tiklashga qaratilgan turli tadbirlardan foydalanishlari; ta’limga qiziqishni

faollashtirish va oshirish maqsadida tuzatuvchi o‘yinlar va mashqlar ko‘ngilochiq

tomoshalardan foydalanishlari maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Uyda ta’lim olayotgan bolalarning ijtimoiy moslashuvini shakllantirishni

ijtimoiy-pedagogik qo‘llab-quvvatlash quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga

oladi:ijtimoiy individual ahamiyatga ega muammolarni aniqlash (bolalar

rivojlanishining o‘ziga xosligi, ijtimoiylashuvi, ularning ijobiy va salbiy

xususiyatlari, ijtimoiy moslashuvning shakllanishiga sezilarli ta’sir qiladi va ular

bilan ijtimoiy-pedagogik ishlashda e’tiborga olishni talab qiladi; bolalar

hayotning turli sohalarida o‘zini namoyon qilish jarayonida duch kelishi mumkin

bo‘lgan haqiqiy qiyinchiliklar, ularni yengish jarayonida ular ijtimoiy-pedagogik

yordamga muhtoj bo‘ladi; rag‘batlantirishga qaratilgan bolaning xatti-harakati va

o‘zini namoyon qilish istiqbollarini bashorat qilish usullari, shuningdek,

rivojlanish holatlarida o‘zini o‘zi anglashda eng munosib yordam bo‘lgan qo‘llab-

quvvatlashni ko‘rsatish; bolaning individual muhim ijtimoiy muammolarini

mustaqil ravishda yengishini ta'minlash (yordam, qo‘llab-quvvatlash,

rag‘batlantirish, o‘qitish, mashq qilish, maslahat berish va boshqalar); bolalarning


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 5-son May 2025

65

ijtimoiy moslashuvini shakllantirish samaradorligini baholash

(ijtimoiy ahamiyatga ega shaxsiy fazilatlar, kasbiy yo‘nalishni

shakllantirish monitoringi).

O‘qituvchilarning faoliyatida og‘zaki nutqdan tashqari boshqa aloqa

vositalariga ega bo‘lishi ham alohida ahamiyatga egadir. Bunday aloqalarga

jismoniy va vizual aloqalar – o‘quvchining boshini silash, qo‘llarini ushlash,

yelkalarini quchoqlash kiradi. O‘qituvchilar bunday harakatlarni yurakdan

chiqarib bajarsa o‘quvchilar ularni juda aziz inson deb qabul qiladilar.

Muloqot va hamkorlik uyda yakka tartibdagi ta’lim jarayonida

yo‘naltiruvchi hamda rag‘batlantiruvchi omil sifatida qaraladi. Darslarni olib

borishda ijobiy munosabatni shakllantirish uchun o‘quvchining dunyosiga yo‘l

topa bilish, quvonch-u qayg‘usiga sherik bo‘lish, ishonchini oqlay bilish lozim.

O.N.Maikina quyidagini ta’kidlagan edi: “Siz har doim o‘zingizning

xattiharakatlaringizni eslab qolishingiz kerak, chunki o‘quvchi uchun o‘qituvchi

nafaqat do‘st, maslahatchi, balki adolatning tirik timsoliˮ

O‘qituvchi o‘quvchining individual psixologik, shaxsiy xususiyatlarini,

vazifalarning tabiatini yaxshi bilishi orqaligina ushbu muhim masalada

muvaffaqiyatga erishishi mumkin. O‘qituvchi har doim o‘quvchining shaxsiy

xususiyatlarini tahlil qilganda unga yaxshi munosabatda bo‘lishi uchun asos topa

olishi kerak. O‘qituvchi o‘quvchiga o‘qitish faoliyatida haqiqiy muvoffaqiyatga

erishishiga yordam berishga qodir bo‘lishi lozim. Bunga erishish uchun o‘qituvchi

o‘quvchiga ijobiy, do‘stona hamda xayrixoh munosabatni yaratishga intilishi

yaxshi natija beradi.

XULOSA

Uydagi ta’lim bolalarning bilim olish huquqlarini ta’minlash va ularning

ta’lim olishi uchun kerakli shart-sharoitlarni yo‘lga qo‘yish maqsadini ko‘zda

tutadi. O‘quvchilar dunyoqarashi va tasavvurini shakllantirish, fanlar bo‘yicha

bilim, hayotiy ko‘nikma hamda malakalarni singdirish, axloqiy-ma’naviy jihatdan

tarbiyalash, mehnatga tayyorlash kabi va boshqa vazifalarni bajaradi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

19-to’plam 5-son May 2025

66

Aqliy, jismoniy va psixik rivojlanishi muammoli bolalar ta’limning qay bir

shakli, turiga jalb qilinmasin, ularga mos yondashuvlarni tanlash o‘ziga xos

murakkab, shuningdek, kompleks chora-tadbirlarni taqazo qiluvchi jarayon

hisoblanadi. Bunday chora-tadbirlarni samarali yo‘lga qo‘yish uchun pedagog o‘zi

ta’lim berayotgan o‘quvchining shaxsiy, tibbiy, psixologik hamda pedagogik

o‘ziga xosliklari borasida ma’lumotlarni bilishi zarur. Ijtimoiy-pedagogik yordam

ortiqcha himoya bilan almashtirilmasligi kerak, balki bolaning o‘zini namoyon

qilishini rag‘batlantirishga, yuzaga keladigan ijtimoiy muammolarni bartaraf

etishga va jamiyatga integratsiyalashuvi uchun zarur bo‘lgan o‘zini o‘zi anglash

tajribasini to‘plashga qaratilgan bo‘lishi kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYHATI

1Рыжова, Ольга Семеновна. Социально-педагогическое проектирование

надомного обучения детей с ограниченными возможностями здоровья:

дис… кандидат педагогических наук. – Ростов-на-дону. 2003. 241 с.

2.

Попова,

Людмила

Григорьевна.

Сойиально-педагогическое

сопрования

формирования

социальной

адаптивности

подростков,

обучающихся на дому, в условиях учреждения социального обслуживания

семьи и детей: дис… кандидат педагогических наук. Москва. 2009. 246 с.

3.

Кевля Ф.И. Психолого-педагогический консилиум как средство

прогнозирования личностного развития ребёнка // Вестник психо

социалъной и коррекционно-реабилитационной работы. 1996. - №3. – С.

5058.

4.

Куликова Т.А. Семейная педагогика и домашнеевоспитание. – М.,

2001. – 102 с.

5.

Мирзаев, О. Х. (2020). Воспитание профессионально-нравственных

качеств у будущих молодых фермеров средствами отечественной

литературы. Science and Education, 1(2), 508-513.

6.

Xusanovich, M. O. (2021). Formation Of Elements Of Entrepreneurial

Activity In Pupils Of The Preschool Educational Organization. JournalNX, 1, 265.