Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
299
BUGUNGI KUN TA’LIM TIZIMIIDA STEAM YONDASHUVINING
QO‘LLANILISHI
Pazilova Shoxida Abdulbasitovna
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi p.f.f.d.(PhD), dotsent
Annotatsiya. Ushbu maqolada STEAM texnologiyalarining bugungi
kundagi ahamiyati, uning imkoniyatlari va yutuqlari, ta’lim tizimidagi afzalliklari
haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.
Kalit so‘zlar: STEM, STEAM, ta’lim, tabiiy fanlar, texnologiya,
muhandislik, matematika fanlari integratsiyasi
STEAM - hozirgi kunda dunyo ta’lim tizimining eng zamonaviy innovatsion
metodlardan biri hisoblanib, ushbu metod yordamida fanlar alohida tarmoqlarda
emas, balki integratsiyalashgan holda umumiy bog‘liqligini ko‘rsatib o‘rgatiladi.
Texnalogik rivojlanish davom etar ekan, STEAM ko‘nikmalari bu-rivojlanishning
asosi bo‘lib hisoblanadi. STEAM qisqartmani yoysak, quyidagilarni olamiz: S-
science, T-technology, E-engineering, A-art va M-math. Bu so‘zlarni ingliz tilidan
tarjima qilsak, tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika kelib
chiqadi. Ushbu yo‘nalishlar zamonaviy dunyoda eng dolzarb yo‘nalishlar bo‘lib
kelmoqda. STEAM ta’limi yo’nalishi va amaliy yondashuvni qo’llash, ushbu
beshta sohani yagona ta’lim tizimiga integratsiyalashuviga asoslangan.
STEAM nazariya va amaliyotni birlashuvining mantiqiy natijasi bo‘lib,
Amerikada ishlab chiqilgan. Bunda tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at
va matematikadan olingan bilimlar kelajakda ta’lim oluvchilarning malakali
mutaxassis bo‘lib yetishishi e’tiborga olingan. Shuning uchun ta’lim oluvchilar
yaxshi bilim olishga intilgan va uni darhol amalda qo‘llashgan.
STEAM yondashuvining asosiy g‘oyasi amaliyotning nazariy bilimlar bilan
chambarchas bog‘liqligidadir. STEAM ta’lim muhitida ta’lim oluvchilar bilimga
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
300
ega bo‘lishlari bilan darhol undan foydalanishni o‘rganadilar. Shuning uchun, ular
hayotiy muammolarga duch kelganda, turli sohalardagi bilimlarga tayanib va
birgalikda ishlash orqali bu muammolarni hal qilish mumkinligini tushunadilar.
STEAM yondashuvida ta’lim oluvchilar qobiliyatlarini, ijodkorligini,
moslashuvchanligini rivojlantiradi va boshqalar bilan hamkorlik qilishni
o‘rganadi. Bu ko‘nikma va bilimlar ta’limning asosiy vazifasini tashkil etadi.
Bugungi tezkor o‘zgarishlar, yangi ixtirolar, yangi ish turlari, yangi
kasblarning paydo bo‘lishi yangi muammolarnin paydo bo‘lishiga olib keladi.
Zamonaviy o‘qituvchilar o‘qitadigan bilimlari va mahoratlari bugungi talablarga
javob berishi kerak. Agar an’anaviy ta’limning asosiy maqsadi bilimlarni o‘rgatish
va bu bilimlardan fikrlash va ijod qilish uchun foydalanilsa, STEAM yondashuvi
oligan bilimlarni haqiqiy ko‘nikmalar bilan birlashtirishga o‘rgatadi.
STEM ta’limi maktabdan boshlanishi kerak. Bu ta’lim asosida o‘quvchi
dunyoda yuz berayotgan muammolarga yechim topishni o‘rganadi. Ilm-fanni
(Sience) yaxshi o‘zlashtirish o‘quvchiga o‘zini o‘rab turgan atrof-muhitni yaxshi
anglashga yordam beradi. Texnologiya fani insoniyat kelajagi bo‘lgan raqamli
dunyoga moslashuvchan qiladi. Muhandislik (Engineering) bilan o‘quvchi
muammolarni hal qilish qobiliyatini shakllantiradi, o‘rgangan bilimlarini yangi
loyihalar yaratish uchun qo‘llay oladi. Matematika ma’lumotlarni tahlil qilish,
xatolarni tuzatish, to‘g‘ri yechimlar topish uchun kerak. STEM mana shu
yo‘nalishlarni bir tizimga keltiradi va jamiyatga yangiliklar yarata oladigan,
muammolarga yechimlar topa oladigan mutaxassislarni tayyorlab beradi. STEM
ta’lim oluvchilarga ta’lim muassasasida, ishda va turli kasblarda muvaffaqiyat
qozonish imkonini beradi.
STEM fanlarini o‘qish davomida ta’lim oluvchida quyidagi qobiliyatlar
shakllanadi:
1.
Muammoni hal qila olish;
2.
Kreativlik; tanqidiy fikrlash;
3.
Jamoaviy ishlay olish;
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
301
4.
Mustaqil fikrlash;
5.
Tashabbuskorlik;
6.
Kommunikatsiya;
7.
Raqamli savodxonlik.
STEM ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematikani bir-biriga bog‘liq
holda yaxshi o‘zlashtirgan, o‘rganganlarini amaliyotda qo‘llay oladigan,
kompyuterda ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, ham jamoaviy yaxshi ishlashni,
ham mustaqil tashabbuslarni qoyillata oladigan mutaxassislar tayyorlaydi. STEM
yo‘nalishidagi kasblarda har bir fanni o‘zlashtirish ahamiyatli.
Texnologiyalar kundan kunga rivojlanyapti. Lekin shunday bo‘lsa ham,
yangi dasturiy ta’minot yaratish, kosmik kema uchun zarur moddalarni kashf
qilish, qayta tiklanuvchi energiyalarni o‘rganish, hali davosi yo‘q kasalliklarga
davo topish kabi qilinmagan ishlarni ham kimdir bajarishi kerak. STEM fanlarini
yaxshi o‘zlashtirish aynan mana shunday qiyin kasblarni uddalay oladigan
mutaxassislar tayyorlaydi. Bu mutaxassislarda zamonaviy bilimlar bo‘lgani uchun
ham ish beruvchilar ham ularga yuqori maoshlar taklif qilinadi.
Yaqin kelajakda dunyoda va shuningdek, O’zbekistonda muhandislar,
yuqori texnologiyali ishlab chiqarish mutaxassislariga talab juda yuqori bo’ladi.
Biz tabiiy fanlar bilan birgalikda texnologiya va yuqori texnologiyali ishlab
chiqarish bilan bog’liq bo’lgan kasblarga ega bo’lamiz, ayniqsa bio va
nanotexnologiya mutaxassislariga katta talab bo’ladi. Mutaxassislar texnologiya,
tabiiy fanlar va muhandislikning turli sohalaridan keng qamrovli ta’lim va tajribaga
muhtoj bo’ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tizimida davom etayotgan
islohotlarning asosiy vazifasidan biri - professional harbiy mutaxassislar bilan
ta’minlash, ularni tayyorlash. Buning uchun esa harbiy xizmatchilarning
professional tayyorgarlik darajasiga alohida e’tibor qaratish lozim. Bugungi kunda
Respublikamizda oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi ta’lim tizimini noyob
tamoyillar asosida rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Yangi harbiy ta’lim
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
302
jihatlariga erishish uchun yoki samaradorligini oshirish uchun, davlat
mudofaasidagi harbiy ta’lim-tarbiya tizimini yangidan barpo etish va ta’minlash
lozim. Buning uchun nazariy va amaliy bilimlar, ilmiy qo‘llanmalar va yangi dars
berish metodlarini qo‘llash maqsadga muvofiq.
Zamonaviy qurolli kurashlarda harbiy mutaxassislarning professional
tayyorgarlik saviyasiga qo’yilayotgan talablar oshib boradi. Bugungi harbiy
mutaxassis zehn-zakovatli, yuqori malakali ofitser bo’lishi, murakkab vaziyatda
nostandart qaror qabul qila olishi, bo’ysunuvchi bo’linmani jangda ham, kundalik
faoliyat davomida ham mohirona boshqara bilishi shart. Buning uchun, oliy harbiy
ta’lim muassasalaridagi ta’lim tizimida zamonaviy o‘qitish metodlaridan unumli
foydalanish zarur.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, STEAM - tabiiy fanlar, texnologiyalar,
muhandislik, san’at va matematika fanlarini uyg‘unlikda o‘qitish uslubidir.
STEAM texnalogiyasi an’anaviy ta’limdan farqli ravishda bilimlarni alohida emas,
o‘zaro mutanosib holda olib borishni ta’minlab beradi. Ta’lim oluvchilar o‘zida
nostandart fikrlash, muammoga bir nechta yechim topish va ijodkorlik
ko‘nikmalarini shakllantiradi va bu uning kelajakdagi faoliyatida juda qo‘l keladi.
Bu esa STEAM texnalogiyalarining bugungi kun ta’lim tizimida katta o‘rni
borligini ko‘rsatadi.
STEAM texnologiyalarining bugungi kunda ommalashayotganini va
samaradorligini, ta’limdagi afzalliklarini hisobga olgan holda ta’lim jarayonlarida
STEAM texnologiyalari qo‘llash tavsiya qilinadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
R.A.Mavlonova va boshqalar. “Umumiy pedagogika”. “Fan va
texnalogiya” nashriyoti. T: 2018.
2.
O‘. Tolipov, D. Ro‘zieva “Pedagogik texnalogiyalar va pedagogik
mahorat”. Toshkent innovatsiya -Ziyo. T: 2019.
3.
S. Turg‘unov va boshqalar. “Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va
boshqarish, sifat va samaradorligini oshirish texnologiyalari”. “O‘zbekiston
Respublikasi O‘zPFITI” nashriyoti. T: 2014.