Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
294
MIKRO GESLARNING GIDROENERGETIKADAGI ISTIQBOLLARI.
Nazarov Bobir Urazali o‘g‘li
1
,
Murodaliev Rustambek Ramazon o‘g‘li
2
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, katta o‘qituvchi
1
,
talaba
2
, +998904190095
Annotatsiya: Ushbu maqolada mikro gidroelektr stansiyalarning (mikro
GES) gidroenergetika sohasidagi o‘rni va istiqbollari tahlil qilingan. Mikro
GESlar - quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan kichik energiya manbalari bo‘lib, ularning
ekologik tozaligi, kam xarajatli ekspluatatsiyasi va mustaqil energiya ta’minoti
imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Tadqiqot davomida mikro GESlarning texnik-
iqtisodiy ko‘rsatkichlari, ularni joylashtirish sharoitlari, hamda tog‘li va tog‘ oldi
hududlarda qo‘llanish imkoniyatlari o‘rganildi. Mikro GESlar O‘zbekistonda
qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish, uzoq hududlarni
elektrlashtirish va energiya xavfsizligini ta’minlashda katta salohiyatga ega ekani
isbotlandi. Maqolada mikro GESlarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ham
berilgan.
Kalit so‘zlar: Mikro GES, gidroenergetika, qayta tiklanuvchi energiya,
elektr energiyasi ishlab chiqarish, suv resurslari, energiya xavfsizligi, iqtisodiy
samaradorlik, ekologik energiya manbai.
Kirish:
Bugungi kunda global miqyosda energiya resurslaridan oqilona va
barqaror foydalanish dolzarb muammolardan biriga aylanmoqda. Aholi sonining
o‘sishi, sanoatning kengayishi va energiya resurslariga bo‘lgan talabning ortib
borishi natijasida, an’anaviy manbalarga alternativ bo‘lgan qayta tiklanuvchi
energiya manbalarini rivojlantirish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Ayniqsa, gidroenergetika sohasida kichik va mikro GESlar ekologik
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
295
toza, iqtisodiy va texnik jihatdan maqbul variant sifatida ko‘rilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi ham ushbu yo‘nalishda faol harakat qilmoqda.
Jumladan, Prezidentning 2023-yil 9-martdagi PQ-95-sonli qarorida qayta
tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, shu jumladan kichik GESlarni
barpo etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan [1]. Shuningdek, 2022-yil 1-
dekabrdagi PQ-436-sonli qaror asosida “Yashil energiya” dasturi ishlab chiqilib,
uning doirasida 2030-yilga qadar 400 dan ortiq mikro va kichik GESlarni barpo
etish rejalashtirilgan [2]. Bu esa mamlakatda energiya xavfsizligini ta’minlash,
uzoq hududlarni elektrlashtirish va importga qaramlikni kamaytirishga xizmat
qiladi.
Mikro GESlar (quvvati 100 kVtgacha) - kichik suv oqimlaridan foydalanish
orqali elektr energiyasi ishlab chiqaradigan, lokal darajada ishlaydigan qurilmalar
bo‘lib, ular past bosimli va o‘rtacha suv sarfli daryolarda samarali qo‘llaniladi.
Ayniqsa, tog‘li va tog‘ oldi hududlar uchun mikro GESlar energiya ta’minotining
eng maqbul variantlaridan biri hisoblanadi.
Bundan tashqari davlat rahbarining 2024-yil, 7-noyabr kuni suv va energiya
resurslaridan oqilona foydalanish, shuningdek, qishloq xo‘jaligida yo‘qotishlarni
kamaytirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi [3]. O‘zbekistonda
suv yo‘qotilishini kamaytirish maqsadida kanallarni betonlash dasturini davom
ettirish rejalashtirilmoqda. 2025-yilda bu maqsadga 800 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.
Prezident betonlangan kanallarda suv oqimini tezlashtirish hisobiga kichik GESlar
qurish imkoniyatini qayd etib o‘tdi. Hozirgi paytda tabiiy o‘zanli kanallardagi
suvning tezligi ancha past bo‘lib betonlashgandan keyin suvning tezligi 2-3 martta
oshadi va bu suv energiyasidan samarali foydalanish imkonini beradi.
Asosiy qism:
Mikro GESlarning texnologik imkoniyatlari.
Mikro GESlar - quvvati 5 dan 100 kVtgacha bo‘lgan, mahalliy suv resurslari
asosida ishlovchi, mustaqil energiya ishlab chiqaruvchi tizimlardir. Ular asosan
kichik daryo, soy, kanal va suv chiqarish inshootlari bazasida quriladi. Bunday
tizimlar quyidagi asosiy elementlardan tashkil topadi: suv qabul qiluvchi inshoot,
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
296
turbina, elektr generatori, regulyator va uzatish liniyalari.
Eng ko‘p qo‘llanilayotgan turbina turlari -
Pelton, Francis, Kaplan,
shuningdek, yangi avlod
kinetik va spiralsimon turbinalar
dir. Ayniqsa, suv
bosimi past, lekin suv sarfi yuqori bo‘lgan hududlarda
spiralsimon (Arximed
vintli)
turbinalar samarali hisoblanadi. Suv oqimi past bo‘lgan daryolar yoki soylar
esa
kinetik turbinalar
yordamida elektr energiyasi ishlab chiqarishga mos keladi.
Bu turbinalarning kamchiliklari esa ularning quvvati va samaradorligi suv oqimi
tezligiga bog‘liq bo‘lishidir [4], [8].
Mikro GESlarning iqtisodiy samaradorligi.
Mikro GESlar qurilish va ekspluatatsiya xarajatlari jihatidan yirik GESlarga
nisbatan ancha arzon bo‘lib, kichik ijtimoiy guruhlar, fermer xo‘jaliklari, qishloq
aholi punktlari uchun mustaqil energiya manbai vazifasini o‘taydi. Ularni barpo
etish:
•
yangi elektr uzatish liniyalarini tortish zaruratini kamaytiradi;
•
uzoq hududlarda energetik qaramlikni yo‘qotadi;
•
investitsiyalarning qaytish muddati odatda 4-7 yilni tashkil etadi.
Masalan, Surxondaryo viloyatida quvvati 30 kVt bo‘lgan mikro GES 150 ta
xonadonni elektr bilan ta’minlay oladi. Bu turdagi loyihalar ko‘pincha xalqaro
grantlar va davlat-xususiy sheriklik asosida moliyalashtirilmoqda [5].
Mikro GESlarning ekologik afzalliklari.
Mikro GESlar karbon chiqindilarini kamaytirish, suv resurslaridan oqilona
foydalanish va atmosfera ifloslanishini kamaytirish jihatidan ekologik toza
manbalar sirasiga kiradi. Yirik GESlarga nisbatan, ular:
•
suv ombori qurishni talab qilmaydi;
•
baliqlar va suv hayvonlariga zarar yetkazmaydi;
•
tabiiy ekotizimga aralashuv darajasi minimaldir.
Yuqoridagi omillar Yevropa Ittifoqi va boshqa rivojlangan mamlakatlarda
mikro GESlarga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirdi. O‘zbekistonning tabiiy sharoitlari
ham bu tizimlarning joriy etilishini qo‘llab-quvvatlaydi, ayniqsa tog‘li viloyatlarda
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
297
[6].
Hududiy salohiyat (O‘zbekiston misolida).
O‘zbekistonning tog‘li va tog‘ oldi hududlari (Surxondaryo, Farg‘ona,
Qashqadaryo, Jizzax, Namangan) kichik suv oqimlariga boy bo‘lib, bu yerlar
mikro GESlar uchun ayni muddao hisoblanadi. Suv chiqarish kanallari (Paxtaarna,
Amu-Buxoro magistrali) ham qo‘shimcha energiya ishlab chiqarish uchun mos
ob’yektlardir[7].
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, faqatgina Surxondaryo viloyatining tog‘li
qismlarida 100 dan ortiq mikro GESlarni qurish imkoniyati mavjud bo‘lib,
ularning umumiy quvvati 3-5 MVt ni tashkil qilishi mumkin.
Xulosa:
Mikro GESlar - qayta tiklanuvchi energiya manbalari ichida
texnologik soddaligi, ekologik xavfsizligi va iqtisodiy tejamkorligi bilan ajralib
turuvchi tizimlardandir. Ular ayniqsa tog‘li va tog‘ oldi hududlarda,
markazlashtirilmagan elektr energiyasi tizimlari zarur bo‘lgan joylarda katta
ahamiyatga ega. O‘zbekiston sharoitida kichik daryolar, sug‘orish kanallari va suv
chiqarish inshootlari bazasida mikro GESlarni keng joriy etish orqali energiya
ta’minotidagi hududiy nomutanosibliklar bartaraf etilishi, aholining elektr
energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji mustaqil ravishda qondirilishi mumkin.
Prezident qarorlari bilan tasdiqlangan milliy dasturlar mikro GESlar rivoji
uchun muhim huquqiy va iqtisodiy asos yaratmoqda. Kelgusida zamonaviy turdagi
turbinalarni, xususan kinetik va spiralsimon turbinalarni amaliyotga joriy etish,
hamda mahalliy texnologiyalar asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali
ushbu soha yanada rivojlanadi. Mikro GESlar nafaqat barqaror energiya
ta’minotini, balki yashil iqtisodiyot tamoyillariga asoslangan ekologik
muvozanatni ham ta’minlash imkonini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 9-martdagi PQ–95-
sonli qarori – “Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”. https://lex.uz/docs/6412167
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
298
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-dekabrdagi PQ–
436-sonli qarori – “Yashil energiya” dasturini tasdiqlash to‘g‘risida.
https://lex.uz/docs/6278342
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-noyabrdagi
yig‘ilish bayoni – suv resurslaridan oqilona foydalanish va kichik GESlar barpo
etish yuzasidan. https://president.uz/uz/lists/view/6487
4.
Хамидов, А. Ҳ. (2021).
Gidroenergetika asoslari
. Toshkent: “Fan va
texnologiya” nashriyoti.
5.
Azizov, B. (2022). "Mikro GESlar: imkoniyat va istiqbollar",
Energetika
va sanoat
jurnali, №3, 15–19-betlar.
6.
International Renewable Energy Agency (IRENA). (2020).
Renewable
Power
Generation
Costs
in
2020
.
https://www.irena.org/publications/2021/Jun/Renewable-Power-Costs-in-2020
7.
World Bank. (2021).
Small Hydropower Resource Mapping in Central
Asia – Uzbekistan
.
https://documents.worldbank.org/en/publication/documents-
reports/documentdetail/151061617213362642
8.
Clean Energy Group. (2023).
Kinetic Turbines for Low-Head
Hydropower
.
https://www.cleanegroup.org/publications/kinetic-turbines-low-
head-hydropower
9.
European Small Hydropower Association (ESHA). (2020).
Small
Hydropower Technology Guide