Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
242
MUTAHASSISLIK FANLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION
TA’LIMNING O‘RNI
Sabirova Ullibibi Sharipovna
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada asosan bugungi zamonning mehnat bozori va
malaka talablarining muhandis kadrlarga qo‘ygan talabini bajarishda innovatsion
metodlarning o‘rni juda yuqori sanaladi. O‘qitishning zamonaviy metodlarini
qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu
metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga
muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar
faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta’lim
oluvchilarning o‘zlashtirish darajasi o‘sishiga olib keluvchi metodlar haqida tahlil
va tadqiqotlar yoritilgan.
Kalit so‘zlar: innovatsiya, pedagogik texnologiya, pedagogik loyiha,
didaktika, interfaol ta’lim, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli
o‘yinlar.
Abstract: In this article, the role of innovative methods in meeting the
requirements of today's labor market and qualifications for engineers is considered
very high. The use of modern teaching methods leads to high efficiency in the
teaching process. It is appropriate to choose these methods based on the didactic
task of each lesson. While preserving the traditional form of the lesson, enriching
it with various methods that activate the activity of learners, the methods that lead
to an increase in the level of mastery of learners are analyzed and researched.
Keywords: innovation, pedagogical technology, pedagogical project,
didactics, interactive education, problem situation, guiding text, project, role-
playing games.
Globallashgan dunyo har qanday vaqtda ochiq va shaffof raqobat maydoniga
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
243
taklif qiladi. Shunday ekan bilim, ko‘nikmaga ega yoshlarni raqobatga faqatgina
ta’limdagi innovatsion qarashlargina raqobatbardoshlikni shakllantira olishi
mumkin. Innovatsion pedagogik texnologiyani mazmun-mohiyati, muammo
vayechimlarini DTS asosida o‘qitiladigan fanlarni o‘rganish jarayonigaqo‘llashga
doir usul va uslublarini ishlab chiqish va joriy etish davrtalabi. Innovatsion
pedagogik texnologiya pedagogik loyihasi sifatida fanasoslari bo‘yicha o‘quvchi
(talaba)larning bilish faoliyatini maqsadgamuvofiq holda tashkil etish va amalga
oshirishni ko‘zda tutadi. Uning metodikadan farqli jihatlari:
•
oldindan loyihalanadi.
•
yakuniy ijobiy natija kafolatlanadi.
Bu natijani aniqlash mezoni esa o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasi
hisoblanib, u har bir mashg‘ulot didaktik masalalarni aniq o‘rnatish va ularni hal
etish texnologiyasi asosi didaktik jarayon samarasi bilan ta’minlanadi.
“Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog‘lomo‘sishi, balki
ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo‘lgan,uyg‘un rivojlangan
insonlar bo‘lib, XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan barkamol avlod bo‘lib
voyaga etishi uchun zarur barchaimkoniyat va sharoitlarni yaratishni o‘z oldimizga
maqsad qilib qo‘yamiz” [1,2]. Bu maqsadni amalgam oshirish uchun yangi
pedagogik texnologiyalarva ularni joriy qilishning o‘rni beqiyosdir. Innovatsion
pedagogika-hukmron nazariya, nazariy va amaliy muammolarni hal etishning asosi
qilib olingan. Innovatorlar fikriga asosan odatiy mumtoz pedagogik nazariyalar
eskirib qolgan, yangisharoitda hozirgi avlodni bu yo‘l bilan tarbiyalash mumkin
emas. Hozirgi pedagogik fandagi vaziyat umumiy holda shundan iborat. Bu
vaziyatda innovatsiya juda muhim. Pedagogika-bilimlar tizimidir. Obyektivlik,
maqsadga muvofiqlik, mustahkamlik, bir-biriga zidbo‘lmaslik – uning asosiy
xarakteristikalaridir [3]. Pedagogika tizimini harqanday ilmiy nazariya kabi
tizimini tashkil etuvchi tamoyillariloyihalashtiradi, birlashtiradi va ushlab turadi
ya’ni ushbu tizim asosiybilimlarga asoslanishi asosiy holdir.
O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
244
samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik
vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq [3]. An’anaviy dars shaklini
saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman
metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasi o‘sishiga olib
keladi. Hozirgi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya
jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
qo‘llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar
nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta’lim metodlari hozirda eng ko‘p tarqalgan va
barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng qo‘llanayotgan metodlardan hisoblanadi
[4]. Shu bilan birga, interfaol ta’lim metodlarining turlari ko‘p bo‘lib, ta’lim-
tarbiya jarayonining deyarlik hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari
uchun moslari hozirda mavjud.
Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha
qo‘llash mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta’lim metodlarini ma’lum
maqsadlarni amalga oshirish uchun to‘g‘ri tanlash muammosini keltirib chiqargan.
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan
ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi
muttasil rag‘batlantirib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib,
ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-
munozara, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi
metodlarni qo‘llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga
undash talab etiladi .
Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o‘zaro muloqotda, o‘zaro
bahsmunozarada fikrlash asnosida, hamjixdtlik bilan hal etishdir. Bu usulning
afzalligi shundaki, butun faoliyat o‘quvchi-talabani mustaqil fikrlashga o‘rgatib,
mustaqil hayotga tayyorlaydi. O‘qitishning interfaol usullarini tanlashda ta’lim
maqsadi, ta’lim oluvchilarning soni va imkoniyatlari, o‘quv muassasasining o‘quv-
moddiy sharoiti, ta’limning davomiyligi, o‘qituvchining pedagogik mahorati va
boshqalar e’tiborga olinadi.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
245
Ta’lim oluvchi markazda bo‘lgan yondashuvning foydali jihatlari
quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
➢
ta’lim samarasi yuqoriroqbo‘lgan o‘qish-o‘rganish;
➢
ta’lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi;
➢
ilgari orttirilgan bilimlarning ham e’tiborga olinishi;
➢
ta’lim jarayoni ta’lim oluvchining maqsad va extiyojlariga
muvofiqlashtirilishi;
➢
ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-
quvvatlanishi;
➢
amalda bajarish orqali o‘rganilishi;
➢
ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.
Shunday qilib, fanlarni o‘qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish
o‘ziga xos xususiyatga ega. Ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan har bir interfaol
metodni sinchiklab o‘rganish va amalda qo‘llash o‘quvchi-talabalarning fikrlashini
kengaytiradi hamda muammoning to‘g‘ri echimini topishlariga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi. O‘quvchi-talabalarning ijodkorligini va faolligini oshiradi. Turli xil
nazariy va amaliy muammolar interfaol metodlar orqali tahlil etilganda
o‘quvchitalabalarning bilim, ko‘nikma, malakalari kengayishi va chuqurlashishiga
erishiladi. Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari quyidagilar
sanaladi: Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “O‘quv keyslari”), “Blis-so‘rov”,
“Loyiha”, “Ijodiy ish”, “Muammoli ta’lim” va b. Interfaol ta’lim
strategiyalari.“Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zigzag”, “Zinama-zina”,
“Muzyorar”, “Rotastiya”, “Yumaloqlangan qor” va k. Interfaol ta’lim metodlari
tarkibidan interfaol ta’lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga
yondashuv ma’lum ma’noda strategikyondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi.
Interfaol ta’lim metodlarini ko‘pincha turli shakllardagi o‘quv mashg‘ulotlari
texnologiyalari bilan bir vaqtda qo‘llanmoqda. Bu metodlarni qo‘llash mashg‘ulot
ishtirokchilarining faolliklarini oshirib, ta’lim samaradorligini yaxshilashga xizmat
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
246
qiladi.
Eng jiddiy didaktik muammolardan biri ta’lim metodlarini tanlash nimalarga
bog‘liq, degan masaladir. Didaktikaga oid adabiyotlarda ta’lim metodlarini to‘g‘ri
tanlash va ularni qo‘llash samaradorligining turli omillar bilan bog‘liqliklari
quyidagicha qayd qilinadi:
✓
birinchidan,o‘quv mashg‘ulotlarining didaktik maqsadlari va vazifalariga
bog‘liq;
✓
ikkinchidan,bayon qilinadshan materialning harakteriga bog‘liq;
✓
uchinchidan,ta’lim oluvchilarning bilimi va rivojlanish darajasiga bog‘liq;
✓
to‘rtinchidan,o‘quv jarayonida o‘rganilayotgan fan asoslarining muayyan
(hozirgi) davrdagi metodlariga bog‘liq;
✓
beshinchidan,oliy o‘quv yurti yoki kafedraning sharoitlariga bog‘liq;
✓
oltinchidan,o‘quv jarayonining moddiy-texnik ta’minoti bilan bog‘liq;
✓
yettinchidan,o‘qituvchining pedagogik mahorati, uning tayyorgarligi va
o‘quv jarayonini tashkil etish darajasi hamda o‘qituvchining hozirgi zamon
metodlari bo‘yicha bilimlariga bog‘liq.
Xulosa Shunday qilib, oliy ta’lim muassasalaridagi kasbiy ta’lim jarayoni
o‘qitishning zamonaviy shakl va metodlariga muvofiq tashkil etiladigan ko‘pqirrali
yaxlit tizim doirasida amalga oshiriladi. Bunda har bir shakl o‘z oldiga qo‘ygan
vazifalarni bajaradi, lekin shakl va metodlar to‘plami yagona didaktik majmuani
hosil qiladi. Bu didaktik majmuaning amalga oshirilishi esa, o‘quv jarayonining
psixologikpedagogik qonuniyatlari bilan belgilanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
[1]. Anvarovich, A. A., Djurayevna, T. G., & Gulomovna, M. M. The role
and significance of using the visual-cognitive approach in higher education.
[2]. Khamidov Jalil Abdurasulovich, Khujjiev Mamurjon Yangiboevich,
Alimov Azam Anvarovich, Gafforov Alisher Xolmurodovich, Khamidov Odil
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
247
Abdurasulovich. "Opportunities and results to increase the effectiveness of
multimedia teaching in higher education." Journal of Critical Reviews 7 (2020),
89-93. doi:10.31838/jcr.07.14.13
[3]. Alimov, A. A. (2016). Improving the Training the Future Teachers of
Special Disciplines in Uzbekistan. Eastern European Scientific Journal, (1), 113-
117.
[4]. Хўжжиев, М. Я. (2020). Возможности повышения эффективности
мультимедиа в процессе урока.Universum: психология и образование, (1), 10-
13.