Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
158
PSIXOLOGIYADA BILISH JARAYONLARI
Saparova Dilnaza Azimbayevna
Qoraqalpog’iston Respublikasi Ellikqal’a tumani 22-maktab psixologi
Annotatsiya:. Ushbu maqola psixologiya sohasi bilan qiziquvchilar,
pedagoglar va inson tafakkuri hamda bilish jarayonlarining ishlash mexanizmini
chuqurroq tushunishni istaganlar uchun foydali bo‘ladi.
Kalit so‘zlar: Bilish jarayonlari, psixologiya, idrok, xotira, tafakkur, nutq,
diqqat, pedagoglar, omil.
Bilish jarayonlari — idrok, sezgilar, xotira, diqqat, tafakkur, iroda va
hissiyotlarning inson hayoti va professional o‘sishidagi roliga to‘xtab o‘tamiz. Bu
jarayonlar insonga juda yaqin va tanish. Chunki har birimiz ongimiz borligini,
atrofdagi narsalar va xodisalarning ayrim alohida hamda yaxlit xususiyatlarini
bilamiz. Bu narsa va xodisalar bizda har bir alohida sharoitda o‘ziga xos hissiy-
kechinmalarni keltirib chiqarishini ham bilamiz. Masalan, qorningiz och qolganda,
yemishga bo‘lgan talabingizni haqiqatan bor yoki yo‘qligini birovlardan
so‘ramaysiz-ku? Yoki kitob mutoala qilayotgan shaxs shu kitobni rost bilan ham
o‘zi o‘qiyotganligini boshqalardan so‘ramaydi. Bunday ishlar o‘z-o‘zidan tabiiy
jarayonlarday kechaveradi. Faqat imtihon paytida kecha kechasi bilan mutoaala
qilib, o‘rganib chiqqan materialni nega hozir domla oldida eslay
olmayotganligingiz sizni ko‘proq qiziqtiradi va siz “Xotiram ustida ishlashim
kerak” degan xulosaga kelasiz. Darhaqiqat, bilish jarayonlari ham ma’lum
ma’noda boshqariladigan jarayonlar bo‘lib, agar siz o‘z imkoniyatlaringizni
kengaytirish yoki iqtidor darajangizni orttirmoqchi bo‘lsangiz, bu jarayonlarga oid
ma’lum qoidalar va xususiyatlarni bilib olishingiz kerak. Inson ongi bir qarashda
yaxlit narsa, aslida u ayrim alohida jarayonlardan iborat. Shuning uchun ham
atrofmuhitni, o‘zimizni bilishimizga imkon beruvchi ongni o‘rganish uchun uni
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
159
alohida psixik jarayonlarga bo‘lib o‘rgana boshlaganlar. Bu jarayonlar — sezgilar,
idrok, xotira, diqqat, tafakkur, nutq va boshqalardir. Bu jarayonlar shu qadar bir-
birlari bilan bog`liqki, birini ikkinchisiz tasavvur qilishning o‘zi qiyin. Masalan,
ko‘rib idrok qilib turgan narsangizni fikrlamay ko‘ringchi, uning mohiyatini
bilasizmi? Diqqat bilan ko‘rgan yoki o‘qigan tekstingizni eslab qolasiz. Yoki biror
narsa to‘g`risida fikrlash uchun bizga bir vaqtda ham ilgarigi idrok obrazlari, ham
eslab qolish mahoratimiz, ham ichki nutqimiz, irodamiz va diqqat kerak bo‘ladi.
Xattoki, tasodifan qo‘limizga kirib ketgan zirapchaga bergan reaksiyamiz ham
emotsiyalardan tashqari, o‘sha narsaning bu yerda qanday paydo bo‘lganligi kabi
qator tafakkur jarayonlarini keltirib chiqaradi. Murakkab kompyuter texnikasi
chiqqandan keyin odamning o‘z psixik jarayonlariga qiziqishi yanada ortdi. Endi
ma’lumotlarni qabul qilish (an’anaviy idrok deb ataluvchi jarayonga o‘hshash),
ularni qayta ishlash (tafakkurga o‘xshash) va uni saqlash (xotira) haqida 58 ko‘p
gapiradigan bo‘lib qoldik. Lekin bu insondagi tabiiy jonli jarayonlar ahamiyati va
tarbiyasi masalasini yanada yuqori ko‘tardi. Psixologiya sohasida eksperimental
ishlarning muvaffiqiyatli amalga oshirilishi aslida inson psixikasi kompyuterdan
ko‘ra murakkabligi va odam anglagan ma’lumotlaridan ko‘proq narsalarni idrok
qilib, qabul qilishini isbotladi. Masalan, maxsus asboblar yordamida aslida odam
ko‘rmayotgan, his qilmayotgan juda kuchsiz signallar ham fiziologik reaksiyalarni
keltirib chiqarayotganligi qayd etildi. Masalan, shu narsa aniqlanganki, odam kino
ko‘rayotganda bir sekundda 24 kadrni idrok qiladi va biror tasvir ko‘z o‘ngida
gavdalanadi. Psixologlar shunday eksperiment qilishdi: kunlarning birida o‘ziga
xos tasvir namoyon etildi. 24 ta kadr o‘rniga 25 kadr berib, o‘sha 25-kadrda “Koka-
kola iching” degan yozuv berildi. Tabiiy, oddiy idrok bu bitta kadrni ilg`amaydi.
Lekin kinoteatr bufetida ushbu ichimlikni ichish kadrdan keyin 18 foizga oshgan.
Demak, aslida ong bu ma’lumotni qabul qilgan, lekin real anglash, oydinlashuv
ro‘y bermagan ekan. Analogik xolat xotiramizda ham tez-tez ro‘y beradi. Kimnidir
uchratib qolamizda, o‘ylanamiz: qayerda ko‘rgan ekanman? hech eslolmaysiz,
lekin yuzi, ko‘zi va boshqa sifatlari tanishday. Buni ham shunday izohlash lozimki,
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
160
odam ko‘rgan-kechirganlari aslida miyada saqlanadi, biz ong sohasiga
ayrimlarinigina chiqara olamiz. Faqat, kasal bo‘lib yoki biror narsadan qattiq
tashvishga tushganimizda kallamizga har xil o‘y-fikrlar kelaveradi. ¤shalar aslida
bor narsalarning beixtiyor tiklanishi. Ongdagi ma’lumotlarning aslida
miyamizdagilardan kamligining asosiy sababi — odam har qanday ma’lumotni
saralab, tanlab qabul qiladi, o‘zi uchun “ahamiyatsiz” deb baholagan narsaga
diqqat ham qilmaydi, esga tushirmaydi ham. U o‘z ongida barcha mavjud
ma’lumotni o‘ziga xos tarzda qayta ishlaydi, o‘zgartiradi. Shuning uchun ham har
bir inson o‘ziga xos va qaytarilmasdir-individualdir, deyiladi. Bilish jarayonlardagi
individuallik sabablarini tushunish uchun eng muhim bilish jarayonlari bilan
tanishamiz. Psixologlarning fikricha, inson nimaniki idrok qilsa, uni figura va fon
da idrok qiladi. Figura — shunday narsaki, uni aniq anglash, ajratish, ko‘rish,
eshitish va tuyish mumkin. Fon esa aksincha, noaniqroq, umumiyroq narsa bo‘lib,
aniq ob’ektni ajratishga yordam beradi. Masalan, gavjum bozorda ketayotgan
taqdirda ham o‘z ismimizni birov aytib chaqirsa, darrov o‘sha tarafga qaraymiz.
Ism — figura bo‘lsa, bozordagi shovqin- fon rolini o‘ynaydi. Boshqacha qilib
aytganda, biz biror narsani idrok qilayotgan paytimizda uni albatta biror fondan
ajratib olamiz. Masalan, gul bozorida aynan qip-qizil atirgul sizga yoqib qolib,
o‘shani xarid qilasiz, qolgan gullar fonday ongingiz aktiviga o‘tmaydi. Shunday
qilib, idrok — bu bilishimizning shunday shakliki, u borliqdagi ko‘plab, xilma-xil
predmet va xodisalar orasida bizga ayni paytda kerak bo‘lgan ob’ektni xossa va
xususiyatlari bilan yaxlit tarzda aks etishimizni ta’minlaydi. Ya’ni, idrokning
asosida narsa va xodisaning yaxlitlashgan obrazi yotadiki, bu obraz boshqalaridan
farq qiladi. Idrok o‘ziga nisbatan soddaroq bo‘lgan sezgi jarayonlaridan tashkil
topadi. Masalan, olmaning shaklini, hidini, mazasini, rangini sezamiz, ya’ni
alohida-alohida xossalar ongimizda aks etadi. Bu — sezgilarimizdir. Sezgilar
yaxlit tarzda idrok jarayonini ta’minlaydi. Lekin olimlar idrokni sezgilarning
oddiygina, mexanik tarz-dagi birlashuvi, degan fikrga mutloq qarshilar. Chunki
idrok ongli, maqsadga qaratilgan murakkab jarayon bo‘lib, unda shaxsning u yoki
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
161
bu ob’ektga shaxsiy munosabati va idrokdagi faolligi aks etadi. Masalan, buning
isboti uchun ko‘pincha Rubin figurasi tavsiya etiladi. Unda ikkita qora profil oq
fonda berilgan. Bir qarashda ayrimlar bu rasmlarga qarab, “Bu — vaza” deb atasa,
boshqalar uni bir-biriga qarab turgan ikki kishi yuzining yon tomondan ko‘rinishi,
deb ta’riflashi mumkin. Shunisi xarakterliki, birinchi marta shu rasmni ko‘rgan
odam uni yaxlit idrok qilib, nima ekanligini tushunishga xarakat qiladi, lekin biror
figurani ko‘rgach, ma’lum vaqtgacha boshqasini ko‘rmay turadi. Agar shu idrok
darajasi qolsa, ya’ni yana nimanidir ko‘rishni xohlamasa, u ikkinchi figurani
ko‘rmasligi ham mumkin. Bu bizdagi idrok jarayonlarining faolligimizga, ob’ektga
munosabatimizga bevosita bog`liqligini ko‘rsatib turibdi. Ikkinchidan, idrok
bizning kayfiyatimizga ham bog`liq. Tashvish bilan yo‘lakchadan o‘tib ketayotib,
oyog`ingiz tagidagi narsa tugul, ro‘paradagi odamni ham ko‘rmay qolishingiz
mumkin. Yoki san’at muzeyida tomosha qilib yurgan ikki kishi bir rasmda
tamoman har xil narsalarni, elementlarni ko‘rishi mumkin. Yaxshi kayfiyatda,
yaxshi dustlar kompaniyasida iste’mol qilgan taom sizga juda mazaliday tuyuladi.
Agar talaba biror fan predmetidan qarzdor bo‘lib qolsa, och qoringa yegan shirin
taomi ham “ta’timaydi”, xatto nima yeganini ham unutib qo‘yadi. Yomon kayfiyat
ko‘proq qora, nursiz ranglarni idrok qilishga moyil bo‘lsa, yaxshi ko‘tarinki
kayfiyat, aksincha, hamma narsani eng yoqimli ranglarda “ko‘radi”. Bu yana bir
bor idrokning oddiygina aks ettirish yoki bilish jarayoni emas, balki shaxsdagi faol
ustanovkalarga bog`liq bo‘lgan, mantiqan asoslangan ongli jarayon ekanligini
isbotlaydi
Bilish jarayonlari insonning atrof-muhitni tushunishi, axborotni qayta
ishlashi va o‘z tajribasi asosida qaror qabul qilishi uchun asosiy vosita hisoblanadi.
Ushbu jarayonlar inson tafakkurining murakkab jihatlarini qamrab olib, idrok,
xotira, tafakkur, diqqat, nutq va tasavvur kabi muhim tarkibiy qismlardan iboratdir.
Idrok orqali inson tashqi olam haqidagi ma’lumotlarni qabul qiladi va tahlil qiladi,
xotira esa ushbu axborotni saqlash va keyinchalik qayta tiklash imkonini beradi.
Tafakkur yangi bilimlarni yaratish va muammolarni hal etish jarayonlarini
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
162
boshqaradi, diqqat esa ma’lum bir vazifaga e’tiborni jamlashni ta’minlaydi. Nutq
esa insonlarning bir-biri bilan axborot almashish vositasi bo‘lib, muloqot
jarayonida bilish faoliyatining samaradorligini oshiradi. Tasavvur esa insonning
kreativ fikrlashi va yangi g‘oyalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Bilish
jarayonlarining rivojlanishiga turli omillar ta’sir qiladi. Biologik omillar inson
miyasi va nerv tizimi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsa, ijtimoiy omillar jamiyat va
madaniyatning inson tafakkuriga ta’sirini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, psixologik
omillar ham bilish jarayonlarining sifati va samaradorligiga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi. Masalan, stress, motivatsiya va shaxsiy tajriba bilish jarayonlarining
samaradorligini oshirishi yoki pasaytirishi mumkin. Bilish jarayonlarining
buzilishi turli xil psixologik va nevrologik muammolarni keltirib chiqarishi
mumkin. Masalan, xotira zaifligi, e’tiborsizlik, tafakkurning sustligi yoki
idrokning noto‘g‘ri ishlashi insonning hayot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu
muammolarni bartaraf etish uchun turli usullar, jumladan, psixologik treninglar,
aqliy mashqlar va terapiya usullari qo‘llaniladi. Xulosa qilib aytganda, bilish
jarayonlari inson tafakkuri va ongining ajralmas qismi bo‘lib, ular orqali inson
bilim oladi, tajriba to‘playdi va rivojlanadi. Bu jarayonlarning samarali ishlashi
nafaqat shaxsiy hayot, balki kasbiy faoliyat hamda jamiyatdagi muvaffaqiyat
uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, bilish jarayonlarini chuqur
o‘rganish va ularni rivojlantirishga yo‘naltirilgan usullarni qo‘llash har bir inson
uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. “Umumiy psixologiya” P.I.Ivanov, M.E.Zufarova O’zbekiston faylasuflar
milliy jamiyati nashriyoti. Toshkent – 2021.
2. “Umumiy psixologiya” F.I.Xaydarov, N.I.Xalilova Toshkent – 2009.
3. “Umumiy psixologiya” E.G’.G’oziyev Toshkent – 2020. 5. “Kichik maktab
yoshidagi bolalarda aqliy taraqqiyotning namoyon bo‘lishi.
4. Sharipova, N. (2023). PHONETICS: UNLOCKING THE SOUNDS OF
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
163
LANGUAGE. В ZDIT (Т. 2, Выпуск 27, сс. 22–24). Zenodo.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10321056
5. Sharipova Nodira Shavkat Qizi, . (2024). TEACHING ENGLISH TO
YOUNG LEARNERS USING CLIL METHOD IN CLASS. International Journal
of Pedagogics, 4(06), 161–164. https://doi.org/10.37547/ijp/Volume04Issue06-29
. 6. Abdurasulov, J. (2024). PEDAGOGICAL PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF
MILITARY PATRIOTIC EDUCATION IN GENERAL SECONDARY
EDUCATIONAL INSTITUTIONS. В INTERNATIONAL BULLETIN OF
APPLIED SCIENCE AND TECHNOLOGY (Т. 4, Выпуск 7, сс. 38–40). Zenodo.
https://doi.org/10.5281/zenodo.12721051
7. Аbdurasulov J. (2024). HARBIY PEDAGOGIKANING BOSHQA
FANLAR BILAN ALOQASI. Молодые ученые, 2(6), 48–52. извлечено от
https://inacademy.uz/index.php/yo/article/view/28164
8. Jo‘rayev , S. ., & Abdurasulov, J. (2024). SUBJECT, TASKS AND
CONTENT OF STUDYING THE BASICS OF MILITARY-PATRIOTIC
EDUCATION. Академические исследования в современной науке, 3(7), 149–
153.извлечено.