Mualliflar

  • Radjabov Nuriddin Tagaynazarovich

Muallif biografiyasi

  • Radjabov Nuriddin Tagaynazarovich

     Surxondaryo viloyati Jarqo`rg`on tumani 10-maktab psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.90430

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: trening ong ruhiyat ruhiy barqarorlik psixofiziologiya korreksiya.

Annotasiya

Annotatsiya: Bugungi  kunda  insonlar  o‘rtasida  muomala  va munosabatda hissiy va ruhiy salomatligi  masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir. Hozirgi  davrda  inson  ruhiyatini  sog‘lomlashtirish,  ularga  ruhiy  ko‘mak  berish,  tig‘iz vaziyatlarda o‘zini bashqara olishni shakllantirish muammosi psixologiya sohasini oldida turgan dolzarb masalalardan biridir.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 2-son May 2025

145

OʻQUVCHILARNING RUHIY HOLATINI YAXSHILASHDA

MAKTAB PSIXOLOGINING VAZIFALAR

Radjabov Nuriddin Tagaynazarovich

Surxondaryo viloyati Jarqo`rg`on tumani 10-maktab psixologi

Annotatsiya: Bugungi kunda insonlar o‘rtasida muomala va munosabatda

hissiy va ruhiy salomatligi masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir.

Hozirgi davrda inson ruhiyatini sog‘lomlashtirish, ularga ruhiy ko‘mak berish,

tig‘iz vaziyatlarda o‘zini bashqara olishni shakllantirish muammosi psixologiya

sohasini oldida turgan dolzarb masalalardan biridir.

Kalit soʻzlar: trening, ong, ruhiyat, ruhiy barqarorlik, psixofiziologiya,

korreksiya.

Ruhiy barqarorlik ayniqsa o‘smir va o‘spirinlik davridagi yoshlar ruhiyatida

katta ahamiyat kasb etadi. Shu o‘rinda aytib o‘tishimiz lozimki yoshlar

o‘rtasida ruhiy barqarorlikni ta’minlash va oshirish uchun avvalo ulardagi ya’ni

o‘smir va o‘spirinlardagi psixik holatlar, o‘tish yoshidagi inqirozli jarayonlar,

yoshga bog‘liq bo‘lgan psixofiziologik o‘zgarishlariga alohida to‘xtalib

o‘tishimiz joiz. O‘tish yoshini turli olimlar turlicha chegaralaydilar. Ayrimlar

10-14 yoshni boshlanish yoshi, 14-18 o‘rta, 18-20 ni o‘tish yoshining yakuni deb

hisoblaydilar. Zamonaviy tibbiyot esa organizmning anotomik-fiziologik

o‘zgarishlarining 7 yoshdan boshlanishini o‘rganib chiqdilar. Shunga ko‘ra,

taqvim bo‘yicha emas, aynan organizmdagi jinsiy o‘zgarishlariga qarab o‘tish

yoshini belgilash lozim deb hisoblaydilar.Organizmning fiziologik

o‘zgarishining tezlashuvi natijasida bu yoshda bola o‘zida hayajon, ko‘tarinki

kayfiyatda uyg‘onish va ba’zan o‘z-o‘zini erga urish hissini sezadi. Bu davrlarda

bola o‘ziga nisbatan ko‘proq diqqat-e’tiborni talab qiladi. U o‘zini katta odam deb

hisoblaydi va shaxsiga nisbatan kattalardek munosabatni talab qiladi. Lekin


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 2-son May 2025

146

maktabda, kollej yoki litseyda va uyda uning mavqei avvalgidek qolaveradi.

Natijada bolada o‘smir va o‘sripin yoshi inqirozi boshlanadi. O‘smirlik yoshi

inqirozi emansipatsiya, tengdoshlar bilan guruhlashish va xobbi reaksiyalarini

keltirib chiqaradi. Emansipatsiya reaksiyasi holatida bola kattalar

nazoratidan chiqish va mustaqillikka erishishni xohlaydi, unda o‘zining

“men”i paydo bo‘ladi. Kattalar tomonidan o‘tkazilmoqchi bo‘lgan kichkina

ta’qib ham bolaning xulqining buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Tengdoshlar

bilan guruhlashish bolada o‘zaro harakat, jamoa tartibiga bo‘ysinish, hurmatga

ega bo‘lish va o‘z xohishidagi mavqega ega bo‘lish qobiliyatlarini shakllaydi.

Bolada o‘z-o‘zini baholash hususiyati o‘sadi. U tengdoshlarining fikrlarini

kattalarning tanqidiga nisbatan ko‘proq qadrlaydi. Dastur asosi: Shaxsning hissiy

va ruhiy salomatligini oshiruvchi, emotsional-hissiy sohadagi buzilishlarni oldini

olish, jumladan aybdorlik hissini psixokorreksiya qilish, motivatsion sohani

rivojlantirish va psixologik resurslarni shakllantirish shuningdek, korreksiya

qiluvchi psixokorreksion metodlarning, mashg‘ulotlarning guruhiy tarzda

tanlanishi. Maqsad: Kichik guruhlarda psixokorrektsion mashg‘ulotlar o‘tkazish

yordamida shaxsning ruhiy barqarorlikni oshirish va psixologik mashg‘ulotlar

orqali ularda ruhiy zo‘riqishlarni bartaraf eta olish, yenga olish ko‘nikmasini

shakllantirish Vazifalar:

•Ruhiyat va ruhiy barqarorlik haqida umumiy ma’lumot berish;

•Emotsional-hissiy sohadagi buzilishlarni (agressivlik, bezovtalik),

xarakter aksentuatsiyasini psixokorreksiya qilish;

•Aybdorlik hissini psixokorreksiya qilish;

•Motivatsionsohani rivojlantirish va psixologik resurslarni shakllantirish;

•Ishtirokchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi va o‘zini o‘zi baholash darajasini

oshirish;

•Ichki uyg‘unlikni buzilishi(disgarmoniya)ni bartaraf etish;

•Ruhiy muvozanatga keltirish, boshqalarning va o‘zining holatini tushuna

olish ko‘nikmalarini rivojlantirish.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 2-son May 2025

147

Ruhiy barqarorlikni oshirish bo‘yicha mashg‘ulot (Kichik guruhlarda

ishlash) “Hissiyotlar ro‘yxati” trening mashg‘uloti. Mashg‘ulot tavsiya

etiladigan holatlar:

•ijobiy va salbiy hissiyotlar va ularga munosabatni shakllantirishda;

•guruhiy va individual psixokorreksion faoliyatda;

•hissiyotlarni ratsional va konstruktiv muhokama qilish ko‘nikmasini

shakllantirishda;

•emotsional-hissiy sohadagi buzilishlarda (agressivlik, bezovtalik);

xarakter aksentuatsiyasini psixokorreksiya qilishda.

Mashg‘ulot ishtirokchilariga quyidagi emotsiya va hissiyotlar ro‘yxati

beriladi. Bunda har bir emotsiya yoki hissiyotning insonga salbiy va ijobiy ta’sir

natijasi muhokama qilinib ko‘rib chiqiladi. Shundan so‘ng umumiy xulosaga

asosan salbiy deb topilgan emotsiya va hissiyotlar ro‘yxati tuziladi. Bu ro‘yxat

ishtirokchilarga tarqatma material tarzida berilishi ham mumkin, bunda ular

shunchaki har bir so‘z to‘g‘risiga + yoki -belgisini qo‘yish orqali uning ijobiy yoki

salbiy ekanligini ajratishlari mumkin. Ishtirokchilar salbiy emotsiya va

hissiyotlarning ro‘yxatini tuzib chiqqach umumiy muhokama qilinadi, shundan

so‘ng trener salbiy emotsiya va hissiyotlarning oqibatlarini o‘smirlarga tushuntirib

o‘tadi. Bunda quyidagilarni trener sabab-oqibatlari bilan tushuntirib va ta'riflab

aytib o‘tishi mumkin. Ushbu mashg‘ulot insondagi hissiy-emotsional sohadagi

buzilishlarni psixokorreksiya qilishda, ishtirokchilarni psixologik stress yoki

zo‘riqishdan halos qilish, ruhiy engillikni vujudga keltirishda hamda inson umumiy

ruhiy holatini psixokorreksiya qilishda tavsiya etiladi. Bu mashg‘ulotning afzallik

tomoni shundaki, mashg‘ulotdan psixolog yordamisiz ham har bir inson o‘zidagi

yengil stresslarni bartaraf etish uchun foydalanishi mumkin, buning uchun tinch

joy va yaxshilab o‘tirib olishi uchun o‘rindiq bo‘lsa kifoya. Trener mashg‘ulot

avvalida ishtirokchilarga stress (ruhiy zo‘riqish) o‘zi nima va u insonda qanday

kechadi degan savollarga javob berishi lozim. Stresslarning insonga

faollashtiruvchi va passivlashtiruvchi ijobiy hamda salbiy ta’sirlarini tushuntirib


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 2-son May 2025

148

o‘tishi ham mashg‘ulot samaradorligini oshiradi. Jarayon: mashg‘ulot stulda o‘tirib

bajariladi. Ishtirokchilar ushbu mashqni bajarishdan oldin qorni och

bo‘lmasligi, jismonan o‘ta charchamagan bo‘lishi, kasal bo‘lmasligi talab etiladi.

Chunki, ushbu mashq yuqoridagi hollarda ortiqcha jismoniy zo‘riqish, bosh

aylanishikabi qo‘shimcha muammolarni yuzaga keltirishi mumkin, shuning

uchun trener bunga e’tibor qaratishi joiz. Ishtirokchilar stulda joylashib iloji

boricha o‘zlarini bo‘sh qo‘yib, erkin o‘tirib olishlari kerak bo‘ladi. Mashq:

ishtirokchilar qo‘llarini pastga tushirib musht qilib olishadi hamda iloji boricha

mushtlarini qattiq siqishlari lozim, shundan so‘ng mushlarini ochib yubormagan

holda yanada mushtni qattiq siqib qo‘llarini sekin ko‘tarishlari kerak, musht

shunday qattiq siqilishi ya’ni qaltiraydigan darajada qattiq siqilishi kerak. Qo‘llar

sekin ko‘tarilib mushti ko‘zlar to‘g‘risigacha kelganda mushtni qattiq siqib 4-

5 sekund yana ushlab turiladi so‘ngra qo‘llarni baland ko‘tarib mushtlar sekin

ochib yuboriladi va kaftlarni sekin keng ochib qo‘llar yana pastda tushiriladi. Bu

mashq 2-3 martadan ortiq bajarilishi mumkin emas, chunki u jismoniy

zo‘riqishni paydo qilishi mumkin. Mashqni trener ham birgalikda ishtirokchilarga

namoyish etib bajarsa u yanada samaraliroq chiqadi. Shuningdek, trener ushbu

mashqniikkinchi marotaba bajartirayotganida ishtirokchilarda quyidagi

ustanovkalarni tasavvurda hosil qilishni so‘rashi ham treningni yanada

samaradorligini ta’minlaydi: Faraz qiling, hozir siz barcha charchoqalaringiz,

tavshvish va muammolaringizni barchasiniqo‘lingizga yig‘ib olayapsiz hamda

ularni qo‘lingizga qattiq ushlab, siqib oldindiz (qo‘llar pasta musht qilindi); Endi

bor kuchingizni yig‘ib ularni ko‘tarayapsiz (musht yanada qattiq siqib balandga

sekin ko‘tariladi); Endi ularni qattiq siqib yanchibtashladingiz va ular engil parga

aylanib g‘oyib bo‘ldi (ko‘z to‘g‘risida musht 4-5 sekund musht qaltiraydigan

darajada qattiq siqib ushlab turiladi va kaftlarni keng ochib qo‘llar tepaga ko‘tarilib

sekin pastga tushiriladi). Mashg‘ulot so‘nggida trener ishtirokchilardan

taassurotlari va fikrlarini olishi kerak, hamda ularga ruhiy zo‘riqish va stressni

engish bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalar berishi ham mumkin. Insonlarning psixik


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 2-son May 2025

149

jihatdan sog‘lom, me’yorida rivojlanishida, ularni ruhiy inqirozlardan, og‘riqli

kechinmalardan va umidsizlikdan olib chiqishda psixologik treninglarning

o‘rni kattadir. Shundan kelib chiqib, bugungi kunda psixologlarning oldida turgan

dolzarb muammolardan biri bu inqirozli vaziyatlarda shaxsda kelib chiqadigan

turli sohadagi buzilishlarni yanada chuqurroq o‘rganish, ularning oldini olish

chora –tadbirlarini ishlab chiqish va psixologik mashqlar va treninglar

yordamida ruhiy salomatlikni tiklashni amaliyotga tadbiq etishdan iboratdir.

Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, treninglar natijasida, interfaol usullar

va amaliy topshiriqlardan foydalanish natijasida ishtirokchilarda katta

taassurot qoldiriladi. Shaxsning hissiy va ruhiy salomatligini oshiruvchi, stress

va g‘azab (alamzadalik)ga barqarorligini oshiruvchi mashg‘ulotlarning guruhiy

tarzda o‘tilishi ishtirokchilar ruhiyati ijobiy tamonga yo‘naltirish imkonini

beradi. Shuningdek, kichik guruhlarda psixokorrektsion mashg‘ulotlar o‘tkazish

yordamida shaxsning stressga barqarorligini va alamzadalikni yenga olishini

oshirish, turli relaksatsion psixotexnika ko‘nikmalarini egallash, stressning

oldini olish ko‘nikmalarini egallash, Muammoli vaziyatlarda pozitiv, konstruktiv

tafakkur ko‘nikmalarini egallash ko‘nikmalarini shakllantiradi.

FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR

1.A.Abdullaev. “Psixokorreksion trening mashg‘ulotlari” (xulqi og‘ishgan

o‘quvchilar bilan psixologik korreksion-rivojlantiruvchi treninglar) Toshkent-

2017.

2.S.N.Alimxodjayeva. F.I.Haydarov. “Psixologik treninglar ishlanmasi”

(Amaliyotchi psixologlar uchun)1 –qism. Toshkent-2008 yil.

3.Б.Д.Парыгина. Практикум по социально-психологическому

тренингу. Под.ред.. СанктПетербург, 1994

4.Емильянов Ю.Н. Активное социально-психологическое обучение. Л.;


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 2-son May 2025

150

ЛГУ. 1985.

5..G.I.Niyazmetova. “Shaxs psixodiagnostikasining proektiv metodikalari”

psixologlar uchun qo‘llanma . G‘afur g‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy

uyi . Toshkent –2015

6.B.M.Umarov N.N.Shomurodova tanglik xulq-atvor psixologiyasi va uning

oldini olish profilaktikasi (uslubiy qo‘llanma) Toshkent-2019.

7.O.I.Yadgarova., “Hissiy va ruhiy salomatlikni oshirishda psixologik

treninglar” nomli uslubiy qo‘llanma. –Samarqand: 2023, 125. bet.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари