Mualliflar

  • Yo‘ldashova Malika Shaxobovna

Muallif biografiyasi

  • Yo‘ldashova Malika Shaxobovna

    Parkent tumani MMTB ga qarashli 30-maktab amaliyotchi psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.90449

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: psixolog rivojlanish pedagoglar jamoa jismoniy va aqliy qobiliyat iqtidorli o‘quvchilar.

Annotasiya

Annotatsiya: Аmaliyotchi psixolog kasbi individual va guruhli psixologik yordam , diagnostika, maslahat va psixoterapevtik mashgʼulotlarni oʼz ichiga oladi. U umumiy va klinik psixologiya boʼyicha bilimga ega boʼlishi, rivojlanish psixologiyasini tushunishi, psixodiagnostika va oilaviy terapeya usullaridan foydalangan holda oila va shaxslar aro munosabatlar bilan ishlashi kerak.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 2-son May 2025

22

MAKTAB AMALIYOTCHI PSIXOLOGI KIM?

HAMDA UNING VAZIFALARI

Yo‘ldashova Malika Shaxobovna

Parkent tumani MMTB ga qarashli 30-maktab amaliyotchi

psixologi

Annotatsiya: Аmaliyotchi psixolog kasbi individual va guruhli psixologik

yordam , diagnostika, maslahat va psixoterapevtik mashgʼulotlarni oʼz ichiga

oladi. U umumiy va klinik psixologiya boʼyicha bilimga ega boʼlishi, rivojlanish

psixologiyasini tushunishi, psixodiagnostika va oilaviy terapeya usullaridan

foydalangan holda oila va shaxslar aro munosabatlar bilan ishlashi kerak.

Kalit so‘zlar: psixolog, rivojlanish, pedagoglar jamoa, jismoniy va aqliy

qobiliyat, iqtidorli o‘quvchilar.

KIRISH

Аmaliyotchi

psixolog muayyan usullardan foydalangan holda

psixodiagnostika oʼtkazadi. Shaxsiy xususiyatlar va idrokni, temperament turini,

hatti-harakatlarni hisobga olgan holda mijoz bilan ishalash rejasini tuzadi. Mijozga

individual yeki guruh bilan ishlayotgan boʼlsa, guruh ichida maslahatlar beradi.

Zamonaviy psixolog nimalarni bilishi va nimalarni bajara olishi kerak?

- Mavjud muammolarga tashxis qoʼyish va ularni bartaraf eta olish;

- Tashxis uchun muhim boʼlgan test. Soʼrovnomalarni tuzish, oʼtkazish va

taxlil qilishni bilish;

- Psixologik tadqiqotlar va maslahatlar oʼtkazish;

- Mijozning psixologik holatini taxlil qilish;

- Shaxsning psixologik portretini chizish;

- Treninglar tashkil etish;

- Markaziy asab tizimining anatomiyasi va tana tuzilishini bilishi ;


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 2-son May 2025

23

- Umumiy kasalliklarning belgilari va ayniqsa, nevrologiya bilan bogʼliq

boʼlgan kasalliklarni bilishi kerak. Chunki psixosomatik holatlar koʼp uchraydi.

- Hujjatlarni yuritish.

Аmaliyotchi psixolog nimani davolaydi?

Bu soha mutaxassislari insonlardagi jiddiy ruhiy kasalliklar bilan bogʼliq

boʼlmagan, yaʼni ruhan sogʼlom insonlardagi shaxsiy, oilaviy va kasbiy

qiyinchiliklarni yengishda yordamlashadi. Аmaliyotchi psixolog insonning

umumiy psixologiyasi, yosh va ijtimoiy psixologiyani yaxshi bilishi zarur. Shu

bilan birga psixoemotsional zoʼriqish va stressli vaziyatlardan chiqish boʼyicha

psixodiagnostika, yordam va maslahat xizmatlarini koʼrsatadi.

Psixolog kasbining kamchiliklari:

- Uzoq vaqt oʼqish. Yaʼni amaliyotchi psixolog oliy maʼlumotli boʼlishi,

amaliyotni oʼtashi, katta tajriba orttirishi, doimiy ravishda rivojlanishi va malaka

oshirishi kerak.

- Doimiy terapeyada boʼlish zarurati

- Doimiy negati va muammolar ichida boʼlganligi uchun hissiy zoʼriqishda

boʼladi.

- Yuqori masʼuliyatda boʼlishi talab etiladi.

Bugungi kunda ko‘pchilik umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘zining

psixologlariga ega. Biroq shunga qaramay direktor va o‘qituvchilar ko‘pincha

psixologning qo‘lidan nima kelishi mumkinligini yaxshi tasavvur etolmaydilar.

Ularga psixolog hamma muammolarini bir zumda hal qilib beradigandek

tuyuladi. Ammo psixologning maktabda ish boshlaganidan keyin maktabda

tashqi jihatdan hech narsa o‘zgarmaganini ko‘rishgach, ularda «Maktab

psixologining o‘zi nima keragi bor?» degan tipdagi savollar tug‘iladi. Shuni

alohida ta’kidlash kerakki, maktabdagi amaliy ish uchun psixolog o‘rgangan

nazariy bilimlar yetmay qoladi.

Maktabga kelib qolgach, psixologlar ko‘pincha amaliyotning ular oldiga


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 2-son May 2025

24

qo‘ygan muammolaridan dovdirab qoladilar. Shunday ahvolga tushib

qolmasligi uchun psixolog avvalo maktabga nima maqsadda borayotganligini

aniqlashtirib olishi kerak. Psixologik xizmatning umumiy maqsadlaridan kelib

chiqib, psixolog umumiy o‘rta ta’lim maktabida quyidagi vazifalarni bajarishi

talab etiladi:

1.

Bolalarning har-bir yosh bosqichida shaxs sifatida va intellektual

jihatdan to‘laqonli rivojlanishini ta’minlash, ularda o‘z-o‘zini tarbiyalash va

rivojlantirish qobiliyatini shakllantirish:

2.

Har bir bolaga indivudual yondashuvni va uning psixologik-

pedagogik o‘rganilishini taminlash:

3.

Bolaning intellektual jihatdan va shaxs sifatida rivojlanish jarayonida

yuz berishi mumkin bo‘lgan chetga chiqishlarni profilaktika qilish. Shunday

qilib, psixolog maktabga avvalo bolalar uchun keladi. Lekin bu psixolog

o‘qituvchilar bilan ishlamaydi, degani emas. Psixolog maktabda yengib o‘tishi

kerak bo‘lgan birinchi to‘siq - bu maktabning pedagogik jamoasiga qo‘shila

olishdir. Bordi-yu psixolog bu murakkab organizmga qo‘shilib keta olmasa, o‘z

ishida muvaffaqiyatga erishishi dargumondir. Psixolog adaptatsion davrining

qiyin kechishiga bir necha omil sabab bo‘ladi. Ko‘pincha o‘qituvchilar

psixologni bolalarni qanday qilib tarbiyalashni, qanday yashashni o‘rgatuvchi

inson sifatida ko‘rib, dastlabki kezlardayoq unga nisbatan salbiy ustanovkani

shakllantirib oladilar. O‘z- o‘ziga ishonchi sust bo‘lgan o‘qituvchilar

psixologni go‘yo uning kamchiliklarini oshkor etuvchi shaxs sifatida idrok etib,

uni qandaydir inspektor sifatida qabul qiladilar. Bular esa psixologning maktab

sharoitiga tez ko‘nikib, maktab hayotiga chuqur singib ketishga halaqit beradi.

Buning oldini olish uchun psixolog o‘qituvchilar bilan o‘zaro teng

munosabatlarga kirishishi, ikkala taraf ham o‘zini bilag‘on qilib ko‘rsatmasligi,

eng muhimi bir-birini raqib deb hissoblamasligi zarur. Shunga erishish kerak-

ki, o‘qituvchilar psixologni ularga yordam bera oladigan boshqa mutaxassis

sifatida qabul qilsinlar.Maktabdagi ilk qadamlardanoq psixolog ma’muriyatga


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 2-son May 2025

25

ularning faoliyat doirasiga nimalar kirmasligini, mo‘jizalar ko‘rsatish uning

qo‘lidan kelmasligini tushuntirishi lozim.

O‘qituvchi bilan bo‘lgan suhbatda u yoki bu bolaning muammosi

psixologik muammo bo‘lmagani uchun u bo‘yicha hech narsa qila olmasligini

tan olishdan qo‘rqmaslik kerak. Dastlabki qadamlarni qo‘yishda ota - onalar

bilan aloqa o‘rnatish juda muhim. Dastlabki aloqa ixtiyoriy xarakterda bo‘lishi

va o‘zi murojaat qilgan ota-onalar bilan amalga oshirilishi kerak. Buning uchun

psixolog alohida kun va soatlarni ajratishi lozim. Demak, umumiy o‘rta ta’lim

maktabida ishni boshlashdan avval psixolog:

1.

O‘zining pedagoglar jamoasi va maktab ma’muriyati bilan bo‘lgan

munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishi.

2.

O‘z ishining asosiy maqsadi - bu bolaning optimal rivojlanishini

ta’minlash ekanini doim yodda saqlashi.

3.

O‘zining faoliyatida profilaktik ishga u bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan

diagnostik va rivojlantiruvchi ishga alohida e’tibor bilan qarashi lozim bo‘ladi.

Demak, psixologning zamonaviy funksional vazifalari quyidagicha:

a)

o‘quvchilarning (tarbiyalanuvchilarning) muassasalarda tarbiyalash

va

o‘qitish jarayonida ruhiy, jismoniy (somatik) va ijtimoiy farovonligini

muhofaza qilishga yo‘naltirilgan kasbiy faoliyatni amalga oshirish [6];

b)

Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaga muvofiq shaxs

huquqlarini himoya qilishga, ta’lim muassasasi ijtimoiy sohasini

uyg‘unlashtirishga ko‘maklashish va ijtimoiy jihatdan ko‘nika olmaslik hollari

yuzaga kelishining oldini olish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;

d)

o‘quvchilar (tarbiyalanuvchilar) rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan

omillarni aniqlash va turli ko‘rinishdagi psixologik yordam (psixokorreksiya,

reabilitatsiya va maslahat) berish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish,

o‘quvchilar (tarbiyalanuvchilar), ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi

shaxslar), pedagogik jamoaga aniq muammolarni hal qilishda yordam berish;


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 2-son May 2025

26

e)

turli yo‘nalish va maqsadlardagi psixologik diagnostikalarni

o‘tkazish, ruhiy, jismoniy va aqliy, qobiliyat, moyillik, imkoniyat kabi

sifatlarni aniqlash uchun testlar o‘tkazish, test natijalarini tahlil qilish va

baholash;

f)

bolalarni birinchi sinfga qabul qilish komissiyasi tarkibida bolalarni

olti

yoshdan o‘qishga tayyorligini aniqlashda ishtirok etish va boshqalar.

XULOSA

Maktab psixologi yosh avlodni katta hayotga to‘g‘ri yo‘naltirishga

ota-onalar va o‘qituvchilar bilan birdek mas’ul hisoblanadi. Qiyin

o‘smirlik davriga o‘tayotgan bolaning,shaxs sifatida shakllanayotgan

o‘smirning muammolarini hal qilishda maktab psixologining o‘rni

beqiyos.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

N.Boymurodov. Amalіy psіxologіya. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2018.

2.

Абдурахманова, С. Е. (2016). Современные транспортные магистрали

Великого шелкового пути в Евразии.

Молодой ученый

, (3), 723-726.

3.

Собиржонова, М. В., Атаханова, Ю. Ю., & Назарова, М. Т. (2018).

СЕСТРИНСКОЕ ДЕЛО В ПЕДИАТРИИ.

Мировая наука

, (12 (21)), 396-

399.

4.

Собиржонова, М. В., Атаханова, Ю. Ю., & Холматова, Ё. Н. (2019).

МИОПИЯПРОБЛЕМА XXI ВЕКА.

Мировая наука

, (11 (32)), 298-301.

5.

Содикова, А. Х. (2023). ДИДАКТИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ

РАЗВИТИЯ

СПЕЦИАЛЬНЫХ

КОМПЕТЕНЦИИ

СТУДЕНТОВ

ТЕХНОЛОГИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ.

Science and innovation in the

education system

,

2

(5), 118-124.

6.

Содикова, А. Х. (2019). Признаки процесса обучения.

УЧЕНЫЙ XXI

ВЕКА

, 49.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари