Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
16
YOSHLARDA PSIXOLOGIK-RUHIY HOLATLARNI ANIQLASH VA
UNI BARTARAF ETISH MASALALARI
Xudoynazarova Zaynab Normo'minovna
Surxondaryo viloyati Sho'rchi tumani 54-maktab psixologi
Annotatsiya: O’smirlik davrida xavotirlanish va stress odatiy holdir.
Aksariyat o’smirlar uchun xavotir hissi vaqtinchalik va zararsiz yoki
rivojlanishning ma’lum bir davri bilan bog’liq. Xavotir o’smirlarda
yetishmovchilik hissi belgilaridan biridir. Bu davrda o‘smirlar o‘zini past
baholaydi, o‘ziga ishonmaydi, o‘zini ko‘proq so‘raydi va o‘zining salbiy
xususiyatlariga e’tibor qaratadi, o‘zini tanqid qiladi.
Kalit so‘zlar: O‘smirlik davri,xavotirlanish,ta'lim va tarbiya,stress,muloqot
jarayoni, bolalarning psixik rivojlanishi.
KIRISH
Dunyoda diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi,
noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” kabi yovuz xavf-xatarlar insoniyat
boshiga og‘ir kulfatlar solayotgan hozirgi murakkab bir davrda yoshlar tarbiyasi
masalasi yanada muhim ahamiyat kasb etayotgani hech kimga sir emas”. Bugungi
kunda farovon hayot jamiyatni mukammal axloq tamoyillari asosida barpo qilish,
oilada barkamol farzand tarbiyasi, uning jismonan baquvvat, ruhan tetik, ma’nan
yetuk, aqlan va axloqan go‘zal bo‘lib yetishi bilan belgilanadi.
Bundan tashqari muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev " Qanchalik
qiyin bo‘lmasin, biz yoshlar tarbiyasi bo‘yicha o‘zimizga xos va ta’sirchan,
bugungi kunga hamohang usullarni izlab topishimiz kerak. Jondan aziz
farzandlarimizni buzg‘unchi va zararli g‘oyalar, jinoyatchilik, giyohvandlik,
loqaydlik, ma’naviy qashshoqlik kayfiyatidan asrashimiz zarur. Bunday salbiy
holatlarni bartaraf etishda barchamiz, avvalo, siz, aziz yoshlar faol bo‘lishingiz
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
17
kerak. Xalqimizning ma’naviy qudrati va boqiy an’analarini asrabavaylash va
butun dunyoga tarannum etishga sizlar albatta qodirsiz, – deydi o'zining nutqida.
Prezidentimizning nutqidan kelib chiqqan holda bugungi Yangi O'zbekistonni
kelajagi yoshlarga bog'liqligini anglashimiz mumkin.Shunday ekan yoshlarimiz va
ularning tarbiyasi,ularda yuzaga kelayotgan ijtimoiy psixologik o'zgarishlarni
diqqat bilan o'rganishimiz bugunning dolzarb masalasidir.
O`smirlik davri asosan 11-15 yoshdagi bolalarni o`z ichiga qamrab oladi,
ya’ni 58 sinf o`quvchilarini.O`smir o`quvchilarni ta’lim va tarbiya bеrish ishlarida
uchraydigan ayrim qiyinchiliklar bu yoshdagi bolalarning psixik rivojlanishi va
hususiyatlarini ba’zan yetarli darajada bilmaslikdan yoki inkor qilishdan kеlib
chiqadi.Kichik va katta yoshdagi maktab o`quvchilariga qaraganda o`smirlik
yoshidagi bolalarni tarbiyalashda juda ko`p qiyinchiliklar bo`ladi. Chunki, kichik
bolaning katta odamga aylanishi jarayoni juda kiyin kеchadi. Bu jarayon o`smirlar
psixologiyasining odamlar bilan bo`lgan munosabat formalarining jiddiy ravishda
o`zgarishi, hamda hayot sharoitining o`zgarishi bilan bog`liqdir. Bu davrda
o`smirlarning o`z shaxsiy fikrlari paydo bo`ladi. Ularda o`z qadr-qimmatlari
haqidagi tushuncha kеngayadi. Ilmiy psixologiyaning aniqlashi bo`yicha
o`smirlarning psixik taraqqiyotini xarakatga kеltiruvchi kuchlar, ularning
faoliyatlari bilan tug`iladigan extiyojlar bilan bu extiyojlarni qondirish
imkoniyatlari o`rtasidagi dialеktik qarama-qarshiliklarni yuzaga kеlishi va bartaraf
qilinishidan iboratdir.Qarama-qarshiliklar ancha yuksak darajadagi psixik
taraqqiyotini, ancha murakkab shakldagi faoliyat turlarini va shaxsning qator yangi
psixologik
hususiyatlarini
tarkib
toptirish
orqali
bartaraf
qilishdan
iboratdar.Psixologlarning fikricha yosh psixologik xususiyatlari faqatgina yolg`iz
biologik jihatidan etilishi va taraqqiyot etilishining natijasi bo`lmay balki bolaning
ijtimoiy hayot sharoitlari va faoliyatlarining o`zgarishi hamda bu jihatdan yangi
ijtimoiy omillarning paydo bo`lishi natijasida o`smirning taraqqiyotiga va unga
bеriladigan maktabdagi ta’lim va tarbiya bеrishni aniq tashkil qilish o`smirlarning
aniq hayot sharoitlari va faoliyatning mahsuli dеb qarab bo`lmaydi.Boshqacha qilib
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
18
aytganda ijtimoiy sharoitlar rolini aniq hayot sharoitlari va faoliyatlarining roliga
almashtirib bo`lmaydi.Mana shu yuqorida aytilganlardan shunday xulosa qilish
mumkinki,o`smirning yoshi va uning hususiyatlari mutlaqo ahamiyatli kasb
etmaydi shu munosabat bilan o`smirlik yoshi mutloqo aniq ma’lum va mutlaq
chеgara hamda xaraktеritsikaga ega emas bu еrda ancha muhim bo`lgan ma’lum
fikrlar bor.Bu farqlarni aniq ijtimoiy omillarning ta’siri bilan va o`smirlarga
bеriladigan turli ta’lim va tarbiya sharoitlarining ta’siri bilan tushuntirish
mumkin.Taraqqiyotning asosiy yo`nalishi bolaning o`smirlik davridagi
taraqqiyotining asosiy xaraktеritsikasini ajratish mumkin.O`smirlik davri
organizmning jo`shqin o`sish davridir. Bundan tashqari o‘smirlarda yuzaga kelishi
mumkin bo‘lgan xavotirlanish xususiyatlariga ham to‘xtalib o‘tsak.
Xavotir-individual psixologik xususiyat hisoblanib, insonning ma’lum
sabablarga yoki hech qanday sababsiz ham tashvishlanishining oshishidir.
Shuningdek, xavotir insonning yangi sharoitlarga moslashishiga imkon beruvchi,
shaxsning ma’naviy kamolotini yuqori darajalarga ko‘tarishda turtki bo‘luvchi,
shaxsning omon qolishi va uning naslining davom etishi uchun zarur bo‘lgan
normal reaksiyadir. Psixolog F.B.Beryozin xavotirlanish jarayoniga izoh berar
ekan, “ma’lum bir ob’yekt bilan aloqaning mavjud emasligi xis qilingan xavf –
hatarni oydinlashtirishning iloji yo’qligi o’sha vaziyatni imkonsiz qilib qo’yadi va
xavotirlanish holatini yuzaga keltiradi” deya o’z fikrini bildirgan.Umuman
olganda, surunkali xarakterga ega bo’lgan, odamning samaradorligini
pasaytiradigan, shaxslararo munosabatlarda uzilishlarni va jismoniy alomatlarni
keltirib chiqaradigan tashvish “patologik xavotir” deb hisoblanadi. Xavotir
buzilishi o’smirlarda eng ko’p uchraydigan holatardan biridirdir. O’smirlarda
ularning chastotasi 5-22% orasida o’zgarib turadi.Xavotir buzilishining asosiy
belgilari “haddan tashqari qo’rquv” va “tashvish” dir. Ushbu asosiy alomatlar
barcha tashvish buzilishlarida mavjud.Xavotir buzilishi birbiridan boshdan
kechirilgan alomatlar, uni keltirib chiqaradigan omillar bilan farqlanadi.
Psixologik tadqiqot ishlarida shuni ko’rishimiz mumkunki, o`smirlar ota-
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
19
onalari ularni tushunmasliklari, ular bilan hisoblashmasliklari, muammolarga
e’tibor bermasliklari haqida kuyinib gapiradilar. Ular bolalarni qorni to`q bo`lsa
yetarli deb o`ylashadi, bola nima haqida o`ylayotgani, qanday qiziqishlari borligi
haqida bilmaydilar ham. O`smirlik davrida ro`y beradigan holatlarda har xil, lekin
ularning mevasi bir xilda-achchiq bo’ladi. Ota-onalar bilan ochiqchasiga, chin
yurakdan muloqotning yo`qligi bolani odamovi va og`ir qilib qo`yadi. Bir necha
psixologik tadqiqotlardan kelib chiqqan holda T.V.Abakumov xavotirlanishni
tasniflashda bir necha mezonlarni taklif qilgan
a)
Xavotirlanish paydo bo’lishida inson ongiga bog’liq bo‘lmagan holda
mavjud
bo‘lgan manbalar (biologik, texnogen).
b)
Atrof-muhitdagi haqiqiy holat to‘g‘risida to‘la va aniq tasavvurning
yo‘qligi
(ijtimoiy va bolalarda uchrovchi xavotirlanishlar)
v) Ontologik (diniy, ekzistensional).
g) Gnoseologik (ma’lumotlarning ko‘pligidan haddan ziyod qo‘rqish).
Olimlarning ta’kidlashlaricha “noma’lum” va “yangi” narsa insonlarda,
ayniqsa bolalarda xavotirlanish hissini vujudga keltirar ekan. O’smirlik davri
haqida izlanishlardan shunday xulosaga kelishimiz mumkinki bu davrda muloqot
jarayonida ham xavotirlanish hissi namoyon bo’ladi va bu ota-ona va tengdoshlari
bilan bo’lgan muloqatda yaqqolroq aks etishini ko’ramiz. Chunki ularda muloqot
jarayonida qandaydir sabablar ular bilan muloqatni cheklash, ichki dunyosini
oshkor bo’lib qolishdan xavotirlik tuyg’usi ichki ruhiyatiga ta’sir qilib turadi.
Oʼsmir oʼz qiziqishlariga mos oʼrtoqlar davrasini qidiradi. Аgar oʼsmir oʼzini
qoniqtirgan guruhni topolmasa juda qiynaladi, oʼz imkoniyatilariga nisbatan
shubha paydo boʼladi, oʼzini yolgʼiz his eta boshlaydi.
XULOSA
O’smirlik davrida xavotirlanish va stress odatiy holdir. Aksariyat o’smirlar
uchun xavotir hissi vaqtinchalik va zararsiz yoki rivojlanishning ma’lum bir davri
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
20
bilan bog’liq. Xavotir o’smirlarda yetishmovchilik hissi belgilaridan biridir. Bu
davrda o‘smirlar o‘zini past baholaydi, o‘ziga ishonmaydi, o‘zini ko‘proq so‘raydi
va o‘zining salbiy xususiyatlariga e’tibor qaratadi, o‘zini tanqid qiladi. Ba’zilar
kelajakka umidsiz qarashadi va kattalar vazifalarini hal qilish qobiliyatiga shubha
qilishadi. Bu holat xavotirga sabab bo’lishi mumkin, ammo oddiy tashvishni
patologik tashvishdan va tashvish belgilarini o’smirlardagi bezovtalik
kasalliklaridan ajratish muhimdir. Doimiy xavotir, stress, salbiy his-tuyg’ular va
kelajakka bo’lgan umidlarga ta’sir qiladi. Motivatsiyani yo’qotish va umidsizlik
keltirib chiqaradi. Yoshlarning ruhiy tushkunliklari, tashvishlari, stresslari va
kelajakdagi xavotirlarini kamaytirish uchun himoya choralarini ko’rish muhim deb
hisoblanadi. O’smirlik davrida stress va xavotir bilan kurashishni o’rgangan va
tajribaga ega bo’lgan o’smirlar hayot bilan kurashishdagi qiyinchiliklarni oson
yengib o’ta olishadi, ya’ni ular stress, xavotirni keltirib chiqaradigan hodisalarni
nazorat qilish va hal qilishga moyil bo’ladi.
O’smirning ijobiy yoki salbiy tabiati, uning oilasining munosabati va voqealarga
bo’lgan nuqtayi nazari uning stress, doimiy xavotirni nazorat qila oladimi yoki
yo’qligida juda muhimdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.S.Qosimova O‘smirlik davridagi o‘quvchilarda ijtimoiy intellekt muammosini
psixologik xususiyatlari // Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal
- Volume 2 Issue 4 / December 2021 ISSN 2181-063X
2.
F.Ne'matullayeva Oʻsmir shaxsida yuz beradigan xavotir va stress
hislarining kelib chiqish sabablari va psixologik oqibatlari Zamonaviy ilm fan va
ta'lim
istiqbollari
ilmiy
amaliy
konferentsiyasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.8385980
3.
D.Matgafurova,M.Abdusalomova
O‘smirlik
davrining
psixologik
xususiyatlari Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social
sciences(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 2-son May 2025
21
4.Xolnazarova M.X. Yosh va pedagogik psixologiya, T.:2014 yil
5.Psixologiya V.Karimova. Toshkent, 2002 yil
6.Goziyev M. Umumiy psixologiya, Toshkent, 2004 yil
7.Yoshlarning ijtimoiy-psixologik muammolari, sabab va yechimlari. Maqolalar
to'plami. Toshkent. 2020.
8.Y.Alimqulov, O.Ravshanov Yosh davrlar psixologiyasi ma'ruza matni Jizzax
2008.
9.Internet manbalari [ Lex.uz ]