Mualliflar

  • Kurbanova Mehriniso Nematjanovna,
  • Raxmatova Umida Xasan qizi.

Muallif tarjimai holi

  • Kurbanova Mehriniso Nematjanovna,

    Toshkent davlat transport universiteti, PhD, dosent

  • Raxmatova Umida Xasan qizi.

     Toshkent davlat transport universiteti 2 kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.90468

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Innovatsion rivojlanish Sanoat korxonasi Jahon bo'yicha raqobat Iqtisodiy rivojlanish.. Ключевые слова: инновационное развитие промышленные компании глобальная конкуренция экономическое развитие. Keywords: Innovative Development Industrial Companies Global Competition Economic Development.

Annotasiya

Annotatsiya:  Mazkur tadqiqotda konchilik sanoati korxonalarida innovatsion faoliyatni amalga oshirish jarayonlari hamda ushbu jarayonlarni samarali tashkil etish va boshqarish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy tizimlar masalalari yoritilgan. Tadqiqotning bosh maqsadi — kon sanoatida innovatsion yechimlarni joriy etish jarayonini takomillashtirish va korxonalar faoliyatining umumiy natijadorligini oshirishga xizmat qiluvchi tashkiliy mexanizmlarni aniqlashdan iborat.

Аннотация: В данном исследовании рассматриваются процессы внедрения инновационной деятельности на предприятиях горнодобывающей промышленности, а также вопросы организационных систем, необходимых для эффективной организации и управления этими процессами. Основная цель исследования — выявление организационных механизмов, способствующих совершенствованию процессов внедрения инновационных решений в горнодобывающей отрасли и повышению общей эффективности деятельности предприятий.

Abstract:  This study examines the processes of implementing innovation activities at mining industry enterprises, as well as the organizational systems necessary for the effective organization and management of these processes. The main objective of the research is to identify organizational mechanisms that contribute to improving the implementation of innovative solutions in the mining sector and enhancing the overall efficiency of enterprise operations..


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

352

KONCHILIK SOHASI INNOVATSION FAOLIYATINI

O‘RGANISHNING TASHKILIY ASOSLARI

Toshkent davlat transport universiteti, PhD, dosent

Kurbanova Mehriniso Nematjanovna,

Toshkent davlat transport universiteti 2 kurs talabasi

Raxmatova Umida Xasan qizi.

kurbanovanisoxon@gmail.com

+998999882051

xasanovna748@gmail.com

+998991491124

Annotatsiya: Mazkur tadqiqotda konchilik sanoati korxonalarida

innovatsion faoliyatni amalga oshirish jarayonlari hamda ushbu jarayonlarni

samarali tashkil etish va boshqarish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy tizimlar

masalalari yoritilgan. Tadqiqotning bosh maqsadi — kon sanoatida innovatsion

yechimlarni joriy etish jarayonini takomillashtirish va korxonalar faoliyatining

umumiy natijadorligini oshirishga xizmat qiluvchi tashkiliy mexanizmlarni

aniqlashdan iborat.

Kalit so‘zlar: Innovatsion rivojlanish, Sanoat korxonasi, Jahon bo'yicha

raqobat, Iqtisodiy rivojlanish..

Аннотация: В данном исследовании рассматриваются процессы

внедрения инновационной деятельности на предприятиях горнодобывающей


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

353

промышленности, а также вопросы организационных систем, необходимых

для эффективной организации и управления этими процессами. Основная

цель

исследования

выявление

организационных

механизмов,

способствующих совершенствованию процессов внедрения инновационных

решений в горнодобывающей отрасли и повышению общей эффективности

деятельности предприятий.

Ключевые слова: инновационное развитие, промышленные компании,

глобальная конкуренция, экономическое развитие.

Abstract: This study examines the processes of implementing innovation

activities at mining industry enterprises, as well as the organizational systems

necessary for the effective organization and management of these processes. The

main objective of the research is to identify organizational mechanisms that

contribute to improving the implementation of innovative solutions in the mining

sector and enhancing the overall efficiency of enterprise operations..

Keywords: Innovative Development, Industrial Companies, Global

Competition, Economic Development.

Kirish

: Bugungi kunda jahon miqyosida iqtisodiy globallashuv jarayonlari

chuqurlashib borayotgan bir sharoitda, konchilik sanoati korxonalarining

mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. 2021 yilda Osiyo

mamlakatlari mineral xom ashyo ishlab chiqarish bo‘yicha 60,4 foiz ulush bilan

yetakchilik qilgan bo‘lsa, ularning orasida O‘zbekiston ikkinchi o‘rinni egallagan.

Elektr energiyasiga bo‘lgan talabning oshishi O‘zbekistonda konchilik sanoati

korxonalarining iqtisodiy salohiyatini kuchaytirib, xalqaro bozorda sifat jihatdan

raqobatbardosh mahsulotlari bilan tanilgan va sarmoya kiritish uchun jozibador

tarmoq hisoblanadi.

Xususan, 2022 yilda O‘zbekiston ferroquyma temir eksporti bo‘yicha 1307

tonna bilan 40-o‘rinni, rangli metallar bo‘yicha 221 569 tonna va qimmatbaho


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

354

metallar eksporti bo‘yicha esa 312 tonna bilan sezilarli natijalarga erishdi.

Mamlakatimizdagi yirik konchilik sanoati subyektlaridan biri bo‘lgan “Navoiy

KMK” AJ iqtisodiy imkoniyatlari yuqori bo‘lishi bilan birga, innovatsion

faoliyatda barqaror rivojlanishga ega. Biroq, uning hozirgi boshqaruv tizimi va

kelgusidagi rivojlanish mexanizmlarining yetarlicha faol emasligi ushbu

yo‘nalishda yanada mukammallashtirishni talab etadi.

Shu sababli, ushbu tadqiqot “Navoiy KMK” AJ misolida innovatsion

faoliyatni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish zaruriyatini asoslab

beradi hamda korxonaning strategik ahamiyatini inobatga olgan holda mavzuning

dolzarbligini oshiradi.

Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiy infratuzilmasida

konchilik sanoati muhim o‘rin tutadi. Bu tarmoqda innovatsion faoliyatni

kuchaytirish esa mamlakat raqobatbardoshligini ta’minlashda muhim strategik

vosita hisoblanadi. Osiyo davlatlarida ushbu sohada 520 milliondan ortiq ishchi

mehnat qilayotgani va bu jahon mehnat bozorining 1,2 foizini tashkil qilayotgani

konchilik sanoatining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini ko‘rsatadi. Jahon

innovatsion bozori tahliliga ko‘ra, 8,1 foiz yangi texnologiyalar aynan konchilik

faoliyatiga qaratilgan bo‘lib, bu sohada innovatsiyalar, inson kapitali va ekologik

xavfsizlikning uzviy rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Shu jihatdan olib qaralganda, mazkur tadqiqotda taklif etilayotgan

innovatsion faoliyatni rivojlantirish mexanizmlarining takomillashtirilishi ilmiy-

amaliy ahamiyat kasb etadi va mavzuning dolzarbligini yanada kuchaytiradi.

Adabiyotlar tahlili.

Jahon tajribasida konchilik sanoati korxonalarini

innovatsion faoliyatini rivojlantirish va mexanimzlarini takomillashtirish

yuzasidan M.N.Vyatkin, S.V.Vyatkin, C.Yi, B.P.Townson, R.D.Plessis, N.

Nilsson, S. Daniel, F. Zenyu, S.Houston, M.Burdett singari olimlarning tadqiqot

ishlarida ko‘rish mumkin.

O‘zbekistonda konchilik sanoati korxonalarining iqtisodiy rivojlantirish,

moliyaviy sog‘lomlashtirish, investitsion qobiliyatini oshirish yuzasidan


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

355

N.X.Sag‘otov,

V.S.

Nikitin,

S.N.Xashimova,

O.O.

Qosimov,

N.B.Abdusalomova, D.Urmanova, Yakubov N.M. singari o‘zbek olimlari o‘z

tadqiqot ishlarida ko‘rib chiqqanlar.

Yuqorida keltirilgan olimlarning tadqiqot ishlari ilmiy-amaliy, uslubiy-

loyihaviy manba bo‘lib xizmat qilsada, ularda mamlakatimizda konchilik

sanoatining

innovatsion

faoliyatini

rivojlantirish

yuzasidan

iqtisodiy

samaradorlikni oshirish, innovatsion salohiyatni o‘stirishning texnik-iqtisodiy

ko‘rsatkichlarini baholashning iqtisodiy va moliyaviy masalalari yoritilmagan.

Mahalliy olimlarning tadqiqot ishlarida “Navoiy kon-metallurgiya

kombinati” aksionerlik jamiyati misolida izlanishlar olib borilishiga qaramasdan,

konchilik sanoati korxonalarining innovatsion mexanizmlarini hamda innovatsion

faoliyatning iqtisodiy va texnologik samaradorligini texnik-iqtisodiy baholanishi

yuzasidan tadqiqotlar olib borilmaganligi va izlanishlanishlarning noyobligi,

uning dolzarbligini asoslaydi.

Tahlil va natijalar.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda rangli va qimmatbaho

metallarni qazib olish hamda qayta ishlash, shuningdek ulardan yuqori qo‘shilgan

qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratilgan. Mazkur soha

mamlakatning strategik va iqtisodiy infratuzilmaning yetakchi ahamiyati

sanaladi.

Konchilik sanoatida innovatsion faoliyatni olib borish innovatsion

megejmentning fan sifatida ajralib chiqishidan oldinroq boshlangan bo‘lib, unda

avtomatlashtirilgan qurilmalar, texnologik dastgohlar kombinat barpo etilganida

ta’minlangan va muntazam yangilanib turilgan. Ilmiy va amaliy yondoshuv

asosida “Navoiy KMK” AJda ishlab chiqarish faoliyatini olib borish doimo

o‘zining ijobiy natijalarini namoyon etgan.

Mamlakatimizda foydali qazilma boyliklarning hamda rangli metallarning

zaxirasi bo‘yicha yetakchi o‘ringa ega bo‘lib, oltinning tasdiqlangan zaxirasi 6,4

ming tonna, kumush 24,6 ming tonna, mis 21,3 mln. tonna, ruh 14,8 mln. tonnani


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

356

tashkil etadi.

1

Mazkur ko‘rsatkichlar investitsiya bozorida alohida jozibadorlikka

ega bo‘lib, o‘ziga jalb etadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish

yuzasidan davlat dasturlari doirasida olib borilayotgan chora-tadbirlar o‘zining

salmoqli natijaviyligini hamda samarasini bermoqda. 2021 yilda mamlakatdagi

tog‘-kon to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni umumiy hajmi 1,2 mlrd. AQSh

dollarni, 2022 yilda bu ko‘rsatkich 0,9 mlrd. AQSh dollar ko‘proq pul mablag‘ini

tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilda 1,5 mlrd. AQSh dollar mablag‘ jalb etilgan.

Shundan Navoiy kon-metallurgiya kombinatining ulushi 2021 yilda 29,4%, 2022

yilda 28,9 hamda 2023 yilda 28,5 foiz ulushiga to‘g‘ri keladi.

2

Bu Navoiy kon-

metallurgiya kombinatining investitsion jozibidadorligini kamaytganligini emas,

uning o‘zini reinvestitsiya qilish faoliyatining yil sayin o‘sib borayotganligi bilan

tavsiflanadi. Xususan, 2021 yilda Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qilingan

investitsiyaning 19%, 2022 yilda 22% pul mablag‘i reinvestitsiya qilingan

ulushini tashkil etadi. Mamlakat budjeti daromadining 18% Navoiy kon-

metallurgiya kombinatining egallagan hissasidan iborat bo‘lib, uning asosiy

moliyaviy mustaqil flagmanga aylantirdi. Aholi darmomadini oshirishdagi

ulushida Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 57 mingdan ortiq ishch

“Navoiy KMK” AJning ixtirolarni tadbiq etishning iqtisodiy samaradorligi

(2011-2022 yy)

3

2011 yilda “Navoiy KMK” AJ Navoiy erkin iqtisodiy hududi doirasida

ko‘plab investorlar, hamkorlar, homiylar hamda kreditorlar bilan mustahkam

aloqalar o‘rnatib, investitsion, ilmiy, malakaviy, intellektual texnologik hamda

ekologik loyihalarni tadbiq etdi. Mazkur loyihalar 2011 yilda 3 tani tashkil etgan

bo‘lishiga qaramasdan iqtisodiy samaradorligi 0,54 foiz natijaviylikni bergan.

2012 yilda loyihalarning ya’ni ixtirolarni amaliyotga joriy etishning iqtisodiy

samaradorligi 2011 yilga nisbatan 2 barobar o‘sishi korxonaning yana 3 ta

1

Фаҳриддинхўжаев

Ш. Рангли металлургиянинг ривожланиш истиқболлари

.

Иқтисодий тадқиқотлар ва

ислоҳотлар маркази

"Иқтисодий шарҳ" журнали №1/2022

2

Фаҳриддинхўжаев

Ш. Рангли металлургиянинг ривожланиш истиқболлари

.

Иқтисодий тадқиқотлар ва

ислоҳотлар маркази

"Иқтисодий шарҳ" журнали №1/2022

3

“Навоий КМК” АЖ маълумотлари ва йиллик ҳисоботлари


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

357

loyihaning natijasi sanaladi.

2013 yilda “Navoiy KMK” AJning yangi konlarni topilishida 4 ta ixtirodan

samarali foydalanish asosida 2,13 foiz iqtisodiy salmoqni taqdim etdi. Bu 2012

yilga nisbatan salkam 2 barobarga tengdir. 2014 yilda 58 foiz ko‘proq iqtisodiy

samaradorlik asosida 3,67 foizni tashkil etishida Qizilqum fosforit majmuasining

ochilishi hamda unda resurslar tejamkorligiga doir ixtirolarning tadbig‘i mahsuli

sanaladi.

2015 yilda ixtirolarning amaliy tadbig‘i 2014 yilga nisbatan 50 foizga oshgan

holda 9 ta loyihani hamda 2 foiz ko‘proq iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichini

tashkil etgan. №5 kon boshqarmasining “Surgali” hamda “shimoliy Konimeks”

konlarida ishlab chiqarish va maishiy inshootlarning foydalanishga topshirilishida

innovatsion ishlanmalarning ham hissasi mavjud.

2016 yilda innovatsion loyihalarning soni 10taga yetib, iqtisodiy

samaradorlik ko‘rsatkichi 5,62 foizni o‘suvchi xarakaterga ega holda taqdim

etgan. Bunda nazartda tutilgan ixtirolar va innovatsion loyihalar 2016 yilda

“muruntau” konida minerallashtirilgan massaning burmalanishlarini uyumlash

asosida eritish jarayoniga yo‘naltirish usuli orqali qayta ishlash, zavodning

alohida

toifalangan

ob’ektlarini

zaxiraviy

energetik

ta’minoti

zamonaviylashtirilganligini qamrab oladi. Shuningdek, “shimolik Konimeks”

konida sorbsion uskunalarning barpo etilishi xizmat qildi.

2017 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Butunjahon intellektual

mulk” agentligi tomonidan Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 12 nafat

ixtirochi va olimlarni murakkab oltin rudalardan oltinni ajratib olishga qaratilgan

texnologiyani ixtiro etishdagi ishtiroki tufayli “Eng yaxshi ixtirochi” oltin medali

bilan taqdirlangan bo‘lib, iqtisodiy samaradorlik 7,81 foizni tashkil etganligi bilan

izohlanadi. 2018 yildan buyon “Navoiy KMK” AJning innovatsion faoliyatining

ilm-fan yutuqlaridan foydalanish va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish doirasida

40 dan ortiq loyihalar amalga oshirildi. 2018 yilda jami joriy etilgan loyihalar soni

15tadan iborat bo‘lib, iqtisodiy samaradorligi darajasi 9,89 foizni tashkil etgan.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

358

2019 yilda “Navoiy KMK” AJda №5 kon boshqarmasining 4 geotexnologik

konida noyob va foydali qazilma boyliklarni ishlab chiqarish maqsadida 16ta

loyiha tadbiq etilgan bo‘lib, uning iqtisodiy samaradorligi 13,2 foizni tashkil etdi.

2020 yilga kelib mazkur ko‘rsatkich 2019 yilga nisbatan 2 foiz ko‘proq bo‘lib,

amaliyotgan tadbiq etilgan ilmiy loyihalar soni o‘zgarmagan. Shunga qaramasdan

turib, korxonaning iqtisodiy samaradorligi 11,4 foizni egallagan holda o‘suvchi

dinamikani tashkil etdi.

2021 yilda kombinatda №2 gidromettalurgiya zavodining qayta ishlash

quvvatlarini yanada kengaytirishga yo‘naltirishgan bo‘lib, GMZning tegishli

tegirmon bloklari ishga tushirilganligi bilan izohlanadi. 2022 yilda ixtirolarning

21 ta loyiha doirasila korxonada raqamlashtirishga qaratilgan loyihalarni amaliy

tadbi natijaviyligi 13,2 foizni tashkil etdi. 2022 yilda “Texnologik va ishlanishi

murakkab bo‘lgan oltin tarkibli ma’danlarni qayta ishlash va o‘zlashtirishning

kompleks texnologiyalarini ishlab chchiqish va joriy etish” yuzasidan qilingan

innovatsion ishlanma, Tomdi shaxtasiga temir yo‘l foydalanilishini boshlanishi

hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan 19 ta loyiha qamrovida

innovatsion ishlanmalarning amaliy tadbig‘ining natijasida 21 foiz iqtisodiy

samaradorlikka erishildi. Umumiy yillar kesimida innovatsion faoliyat doirasida

amalga oshirilgan ishlarning barchasi o‘suvchi xarakter kasb etadi va barqaror

o‘sish xususiyatiga ega.

So‘nggi yillarda mamlakat iqtisodiyotini raqamli texnologiyalar asosida

taraqqiy ettirish sharoitida ekologik xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi

texnologik vositalar, chora-tadbirlar hamda innovatsion ishlanmalarning

aksariyat qismini tashkil etmoqda. Bu innovatsion faoliyatni olib borishda

qo‘yilayotgan talablardan biri bo‘lib, innovatsiya bozorida buyurtmachilar yoki

xaridorlarni qiziqtiradigan jihatlardan biriga aylanib ulgurdi. 2023 yilda

chiqindilarsiz ishlab chiqarish hamda “Yashil iqtisodiyot” tizimi asosida ishlab

chiqarishni ta’minlash maqsadida innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish o‘z

ichiga 15 ta loyihani qamrab olib, uning moliyatashtirish manbasi “Navoiy KMK”


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

359

AJ innovatsion rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasi sanaladi.

Xulosa.

Mamlakatimizdagi innovatsion infratuzilmani takomillashtirish

uchun yetakchi flagman korxonalarni innovatsion faoliyatni rivojlantirish

mexanizmlarini takomillashtirish talab etiladi. Buning natijasida iqtisodiyotning

muqobillik va mutanosiblik kategoriyalari asosida rivojlanish sodir bo‘ladi,

yetakchi sanoat tarmoqlari korxonalari innovatsion faoliyat jihatdan oqsayotgan

korxonalar parallel rivojlanib innovatsion jihatdan oshib boradi.

Innovatsion faoliyatni rivojlantirish mexanizmlari jihatdan ko‘plab ilmiy

izlanishlar va tavsiyaviy xarakterga ega takliflar berilayotgan bo‘lsada, konchilik

sanoati korxonalarini innovatsion salohiyati mamlakatda salmoqli o‘ringa egaligi

tufayli innovatsion faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan mexanizmlarning

muqim sxemasi yoki tuzilmasi mavjud emas. Shu nuqtai nazarni ham inobatga

olgan holda innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan mexanizmni ishlab

chiqish va ishlab chiqarishga tadbiq etish tavsiya etiladi.

Adabiyotlar ro‘yxati

1.

Фаҳриддинхўжаев Ш. Рангли металлургиянинг ривожланиш

истиқболлари. Иқтисодий тадқиқотлар ва ислоҳотлар маркази "Иқтисодий

шарҳ" журнали №1/2022

2.

Kurbanova M., Atavullaeva F. Peculiarities of digital economy and its

development tendencies in the banking system of Uzbekistan //International

Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering. – 2019. – Т. 9. – №.

1. – С. 114-125.

3.

Kurbanova M. N. DIE AUSLANDSERFAHRUNG INNOVATIVER

ENTWICKLUNG

DER

WIRTSCHSAFT

ALS

HAUPTWACHSTUMSSCHWERPUNKTE

//Актуальные

проблемы

экономики и управления на предприятиях машиностроения, нефтяной и

газовой промышленности в условиях инновационно-ориентированной

экономики. – 2015. – Т. 1. – С. 225-229.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

360

4.

Plessis R.D. The South African mining industry towards 2055:

scenarios.Degree: Faculty of Business and Economic Sciences, 2015, Nelson

Mandela Metropolitan University URL:

http://hdl.handle.net/10948/4215

5.

Nelsson N. ow to future proof a Business Model : Capture and

capitalize value in the field of Urban Mining.Degree: 2015, , Blekinge Institute of

Technology URL:

http://urn.kb.se/resolve?urn=urn:nbn:se:bth-1051

6.

https://mininnovation.uz/oz/info/global-innovatsion-indeks

7.

Bobojonova, Z. S. (2021). Analysis of economic efficiency of oil

recovery from fields in Bukhara-Khivinsky region and ways of its implementation.

NVEO-NATURAL VOLATILES & ESSENTIAL OILS Journal| NVEO, 10183-

10187.

8.

Бобожонова, З. Ш. Фойдали қазилма бойликларининг

тавсифланиши ва заҳира ресурсларининг хомашё базасини иқтисодий

шакллантиришдаги аҳамияти. Таълим тизимида ижтимоий-гуманитар

фанлар, 71-76.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари