Mualliflar

  • Jurayeva Mushtariy Muxaydinovna

Muallif biografiyasi

  • Jurayeva Mushtariy Muxaydinovna

    KIUT Namangan filiali katta o‘qituvchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.90496

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: nogironlik inklyuziv jamiyat ijtimoiy-falsafiy tahlil ijtimoiy transformatsiya gender va inklyuziya huquqiy himoya reabilitatsiya va adaptatsiya ta’lim tizimida inklyuziya mehnat va bandlik ijtimoiy institutlar davlat siyosati Ключевые слова: инвалидность инклюзивное общество социально-философский анализ социальная трансформация гендер и инклюзия правовая защита реабилитация и адаптация инклюзия в системе образования труд и занятость социальные институты государственная политика Keywords: disability inclusive society social-philosophical analysis social transformation gender and inclusion legal protection rehabilitation and adaptation inclusion in the education system labor and employment social institutions state policy

Annotasiya

 Annotatsiya: Ushbu maqolada nogironlik tushunchasining ijtimoiy-falsafiy talqini hamda zamonaviy jamiyatda inklyuzivlik jarayonlarini rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqot nogiron shaxslarning jamiyatga integratsiyasini ta’minlash, ularning huquq va erkinliklarini kafolatlash, ta’lim va mehnat bozorida teng imkoniyat yaratish tamoyillarini falsafiy jihatdan asoslashga qaratilgan. Nogironlikni nafaqat tibbiy, balki ijtimoiy hodisa sifatida tushunish, jamiyatdagi me’yoriy-huquqiy yondashuvlarni takomillashtirish hamda nogiron shaxslarning o‘zini namoyon qilish imkoniyatlarini kengaytirish bugungi kunda global jarayonlarning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Maqolada ijtimoiy davlat tamoyillari asosida inklyuziv jamiyat barpo etishning nazariy va metodologik asoslari ochib berilib, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ushbu sohadagi ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. 

 Аннотация: В данной статье рассматривается социально-философская интерпретация инвалидности, а также вопросы развития инклюзивных процессов в современном обществе. Исследование направлено на философское обоснование интеграции людей с инвалидностью в общество, гарантию их прав и свобод, создание равных возможностей в сфере образования и трудовой занятости. Понимание инвалидности не только как медицинского, но и как социального явления, совершенствование нормативно-правовых подходов, а также расширение возможностей самореализации людей с инвалидностью являются важными направлениями глобальных процессов современности. В статье раскрываются теоретико-методологические основы построения инклюзивного общества на принципах социального государства, а также значимость государственной политики Узбекистана в данной сфере. 

 Abstract: This article explores the social-philosophical interpretation of disability and the development of inclusive processes in modern society. The study focuses on the philosophical justification of integrating people with disabilities into society, ensuring their rights and freedoms, and creating equal opportunities in education and employment. Understanding disability not only as a medical issue but also as a social phenomenon, improving normative-legal approaches, and expanding opportunities for self-realization for individuals with disabilities are crucial aspects of modern global processes. The article examines the theoretical and methodological foundations of building an inclusive society based on the principles of a social state and highlights the significance of Uzbekistan’s state policy in this area. 


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

183

"

NOGIRONLIKNING IJTIMOIY-FALSAFIY TALQINI: INKLYUZIV

JAMIYAT SHAKLLANISHINING NAZARIY VA METODOLOGIK

ASOSLARI"

Jurayeva Mushtariy Muxaydinovna

KIUT Namangan filiali katta o‘qituvchi

Telefon raqami: +99893 852-12-89

E-mail:

mushtariy.jurayeva@mail.ru

Annotatsiya: Ushbu maqolada nogironlik tushunchasining ijtimoiy-falsafiy

talqini hamda zamonaviy jamiyatda inklyuzivlik jarayonlarini rivojlantirish

masalalari

tahlil

qilinadi.

Tadqiqot

nogiron

shaxslarning

jamiyatga

integratsiyasini ta’minlash, ularning huquq va erkinliklarini kafolatlash, ta’lim va

mehnat bozorida teng imkoniyat yaratish tamoyillarini falsafiy jihatdan

asoslashga qaratilgan. Nogironlikni nafaqat tibbiy, balki ijtimoiy hodisa sifatida

tushunish, jamiyatdagi me’yoriy-huquqiy yondashuvlarni takomillashtirish hamda

nogiron shaxslarning o‘zini namoyon qilish imkoniyatlarini kengaytirish bugungi

kunda global jarayonlarning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Maqolada

ijtimoiy davlat tamoyillari asosida inklyuziv jamiyat barpo etishning nazariy va

metodologik asoslari ochib berilib, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan davlat

siyosatining ushbu sohadagi ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar: nogironlik, inklyuziv jamiyat, ijtimoiy-falsafiy tahlil, ijtimoiy

transformatsiya, gender va inklyuziya, huquqiy himoya, reabilitatsiya va

adaptatsiya, ta’lim tizimida inklyuziya, mehnat va bandlik, ijtimoiy institutlar,

davlat siyosati

Аннотация: В данной статье рассматривается социально-

философская интерпретация инвалидности, а также вопросы развития

инклюзивных процессов в современном обществе. Исследование направлено

на философское обоснование интеграции людей с инвалидностью в


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

184

общество, гарантию их прав и свобод, создание равных возможностей в

сфере образования и трудовой занятости. Понимание инвалидности не

только как медицинского, но и как социального явления, совершенствование

нормативно-правовых подходов, а также расширение возможностей

самореализации людей с инвалидностью являются важными направлениями

глобальных процессов современности. В статье раскрываются теоретико-

методологические основы построения инклюзивного общества на принципах

социального государства, а также значимость государственной политики

Узбекистана в данной сфере.

Ключевые слова: инвалидность, инклюзивное общество, социально-

философский анализ, социальная трансформация, гендер и инклюзия,

правовая защита, реабилитация и адаптация, инклюзия в системе

образования, труд и занятость, социальные институты, государственная

политика

Abstract: This article explores the social-philosophical interpretation of

disability and the development of inclusive processes in modern society. The study

focuses on the philosophical justification of integrating people with disabilities into

society, ensuring their rights and freedoms, and creating equal opportunities in

education and employment. Understanding disability not only as a medical issue

but also as a social phenomenon, improving normative-legal approaches, and

expanding opportunities for self-realization for individuals with disabilities are

crucial aspects of modern global processes. The article examines the theoretical

and methodological foundations of building an inclusive society based on the

principles of a social state and highlights the significance of Uzbekistan’s state

policy in this area.

Keywords: disability, inclusive society, social-philosophical analysis,

social transformation, gender and inclusion, legal protection, rehabilitation and

adaptation, inclusion in the education system, labor and employment social

institutions, state policy


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

185

KIRISH

Inson huquqlari, tenglik va inklyuzivlik zamonaviy falsafa va ijtimoiy

fanlarning eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Global miqyosda

nogironlik tushunchasi tobora kengayib, u nafaqat tibbiy nuqtayi nazardan, balki

ijtimoiy va falsafiy jihatdan ham o‘rganilmoqda.

1

Bugungi kunda inklyuziv

jamiyatni shakllantirish, nogiron shaxslarning huquq va erkinliklarini ta’minlash,

ularning ta’lim olish, mehnat qilish va jamiyat hayotida faol ishtirok etish

imkoniyatlarini kengaytirish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda nogironlikka oid davlat siyosatini

takomillashtirish bo‘yicha qator islohotlar amalga oshirildi. 2017-2021-yillarda

qabul qilingan Harakatlar strategiyasi

2

hamda 2022-2026-yillar uchun Yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning

huquq va manfaatlarini himoya qilish, inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish,

ularni mehnat bozoriga jalb etish bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yildi.

3

Ushbu

strategiyalar nogiron shaxslarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash va ularga

moslashuvchan infratuzilma yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda.

Falsafiy nuqtayi nazardan olib qaraganda, nogironlik tushunchasi inson

huquqlari, adolat va ijtimoiy tenglik bilan bevosita bog‘liq. Ilgari nogironlik faqat

biologik yoki individual cheklov sifatida qaralsa, zamonaviy yondashuvlarda

nogironlik ijtimoiy muammo sifatida talqin qilinmoqda. Bu esa jamiyatdagi

mavjud to‘siqlar, huquqiy va iqtisodiy cheklovlar, madaniy va axloqiy

qarashlarning nogiron shaxslar hayotiga ta’sirini chuqur tahlil qilish zaruratini

tug‘diradi.

METOD

Mazkur tadqiqotda nogironlik tushunchasining ijtimoiy-falsafiy talqinini

o‘rganish, inklyuziv jamiyat shakllanishining nazariy va metodologik asoslarini

tahlil qilish hamda O‘zbekistonda nogiron shaxslarning huquq va imkoniyatlarini

1

Birlashgan Millatlar Tashkiloti. Nogironlar huquqlari bo‘yicha Konvensiya. –

Nyu-York: BMT, 2006.

2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab

-quvvatlash tizimini

takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ

-74-sonli Qarori, 27.02.2023 y

3

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –

Toshkent: O‘zbekiston, 2021.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

186

kengaytirish masalalarini falsafiy jihatdan asoslashga qaratilgan ilmiy usullar

qo‘llanildi.

4

Tadqiqot jarayonida kompleks yondashuv asosida falsafiy, ijtimoiy va

huquqiy tahlil metodlari uyg‘unlashtirildi.

Tadqiqotda quyidagi metodologik yondashuvlar qo‘llanildi:

1. Dialektik metod – nogironlik tushunchasining rivojlanish jarayonlarini

tushuntirish, uning tarixiy o‘zgarishlarini tahlil qilish va zamonaviy inklyuziv

siyosat shakllanishining bosqichlarini aniqlashga xizmat qildi. Ushbu metod

yordamida nogironlikka oid qadimiy jamiyatlardagi, sanoat inqilobi davridagi va

XXI asr jamiyatidagi yondashuvlar o‘zaro taqqoslandi.

2. Sotsiologik metod – nogiron shaxslarning jamiyatda tutgan o‘rni, ular

duch kelayotgan ijtimoiy to‘siqlar va inklyuziv jamiyatga qo‘shilish jarayonlarini

aniqlashga imkon berdi. Tadqiqot davomida nogironlik bilan bog‘liq ijtimoiy

stereotiplar, davlat siyosatining samaradorligi hamda jamoatchilik fikri o‘rganildi.

3. Falsafiy-analitik metod – nogironlik tushunchasining ontologik,

gnoseologik va aksiologik jihatlarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, nogironlikni

ijtimoiy hodisa sifatida talqin qilish imkonini berdi. Bu metod orqali

nogironlikning nafaqat tibbiy, balki ijtimoiy va falsafiy mezonlari tahlil qilindi.

4. Qiyosiy tahlil metodi – O‘zbekiston va boshqa davlatlarning nogironlik

siyosati, inklyuziv ta’lim tizimi va ijtimoiy himoya tizimlarini solishtirish orqali

mavjud tajribalarni tahlil qilishga yordam berdi. Xususan, Yevropa va Osiyo

mamlakatlarining ilg‘or tajribalari ko‘rib chiqildi.

5. Normativ-huquqiy tahlil metodi – O‘zbekiston Respublikasida nogironlar

huquqlarini himoya qilishga oid qabul qilingan qonun va farmonlarni tahlil qilish,

ularning xalqaro standartlarga mos kelishini baholash uchun ishlatildi. Shu bilan

birga, nogironlik bo‘yicha BMT konvensiyasi, ILO tavsiyalari va boshqa xalqaro

hujjatlar o‘rganildi.

6. Fenomenologik metod – nogironlikni ijtimoiy tajriba sifatida o‘rganishga

xizmat qildi. Ushbu metod nogiron shaxslarning kundalik hayoti, duch kelayotgan

4

Muhaydinova M. “Nogironlik va ijtimoiy transformatsiya” // O‘zbekiston falsafa jurnali. –

2023.

№1. –

B. 88-

102.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

187

muammolari va ularning ijtimoiy integratsiyasi jarayonidagi subyektiv tajribalarini

aniqlashga yordam berdi.

Ushbu tadqiqotning obyekti O‘zbekistonda nogiron shaxslarning

jamiyatdagi o‘rni, ularning huquqiy himoyasi va inklyuziv jarayonlarda ishtiroki

bilan bog‘liq ijtimoiy-falsafiy masalalardir. Tadqiqot predmeti esa nogiron

shaxslarning huquqlari, jamiyatga integratsiyasi va inklyuziv siyosat asoslari

bo‘lib, bu jarayonlarni falsafiy jihatdan asoslashga qaratilgan.

EKSPERIMENT VA MUHOKAMA

Mazkur tadqiqot nogironlik tushunchasining ijtimoiy-falsafiy mohiyatini

ochib berish, inklyuziv jamiyatni shakllantirishda ilmiy yondashuvlarni

takomillashtirish hamda nogiron shaxslarning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy

jihatdan

jamiyatga

integratsiya

qilinishini

tahlil

qilishga

qaratilgan.

Eksperimentning asosiy maqsadi – O‘zbekistonda nogiron shaxslar uchun

inklyuziv muhitni rivojlantirish va ularning jamiyatdagi faolligini oshirishga

xizmat qiluvchi omillarni aniqlashdan iborat.

Tadqiqotning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- Nogiron shaxslarning ijtimoiy hayotda ishtirok etish imkoniyatlarini

o‘rganish va ular duch kelayotgan asosiy muammolarni aniqlash.

- Inklyuziv jamiyatni shakllantirishda davlat siyosatining ta’sirini baholash

va mavjud huquqiy asoslarning samaradorligini tahlil qilish.

- O‘zbekiston sharoitida nogiron shaxslarning ta’lim va mehnat bozoriga

integratsiyasini ta’minlash bo‘yicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish.

- O‘zbekistonda inklyuziv ta’lim va ish bilan ta’minlash tizimining amaldagi

holatini baholash va ilg‘or xorijiy tajribalarni tahlil qilish.

-

Nogiron

shaxslarning

ijtimoiy

institutlar

bilan

hamkorligini

mustahkamlash va ularning huquqiy ongini oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish.

Tadqiqot jarayonida quyidagi metodlar qo‘llanildi:

- Sotsiologik so‘rov va intervyular – Nogiron shaxslarning jamiyatdagi o‘rni

va ularning ijtimoiy faoliyatga jalb etilish darajasini aniqlash uchun amalga


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

188

oshirildi.

- Kuzatuv va amaliy tajriba – Inklyuziv ta’lim muassasalarida olib borilgan

kuzatuvlar orqali nogiron shaxslarning ta’lim olish imkoniyatlari va pedagogik

jarayonga moslashish darajasi baholandi.

- Qiyosiy tahlil – O‘zbekiston va boshqa davlatlarning nogiron shaxslarni

qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha siyosati solishtirildi.

- Statistik tahlil – Davlat statistika qo‘mitasi va boshqa rasmiy manbalar

tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida nogiron shaxslarning ijtimoiy va

iqtisodiy holati o‘rganildi.

Eksperiment natijalari nogiron shaxslarning jamiyatga integratsiya jarayoni

bilan bog‘liq quyidagi asosiy muammolarni aniqlashga yordam berdi:

1. Ijtimoiy to‘siqlar va stereotiplar – Jamiyatda hali ham nogiron

shaxslarning imkoniyatlariga to‘siq bo‘luvchi stereotiplar mavjud bo‘lib, bu

ularning ta’lim olish, ish topish va jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga salbiy

ta’sir ko‘rsatmoqda.

2. Infratuzilmaning yetarlicha rivojlanmaganligi – Nogiron shaxslar uchun

jamoat joylari, transport va ta’lim muassasalari yetarlicha moslashtirilmagan.

3. Ta’lim tizimidagi cheklovlar – Nogiron shaxslar uchun maxsus pedagogik

metodlar va moslashtirilgan o‘quv dasturlari yetarlicha yo‘lga qo‘yilmagan.

4. Mehnat bozoriga integratsiya qilishda qiyinchiliklar – Nogiron

shaxslarning mehnat qilish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha tizimli

mexanizmlar yetarli darajada ishlamayapti.

Muhokama

Olingan natijalar nogironlik tushunchasining ijtimoiy-falsafiy mohiyatini

chuqurroq anglash hamda inklyuziv jamiyatni shakllantirish jarayonini

jadallashtirish zarurligini ko‘rsatadi.

O‘zbekistonda nogiron shaxslarning huquqiy himoyasini ta’minlash

maqsadida so‘nggi yillarda qator qonunlar va huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

189

qilindi. Xususan, 2020-yil 23-sentyabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun,

5

2017-yil

1-dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-

quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi

6

farmon va 2023-yil 27-

fevraldagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini

takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar”

7

qarori muhim ahamiyat kasb

etadi.

Eksperiment natijalari shuni ko‘rsatadiki, inklyuziv ta’lim tizimida hali ham

qator kamchiliklar mavjud. O‘qituvchilarning nogiron o‘quvchilarga maxsus

yondashuvlari, ta’lim jarayonida moslashtirilgan o‘quv materiallarining

yetishmovchiligi va texnik vositalarning kamligi muammolar sirasiga kiradi.

8

Shu

bois, nogiron shaxslar uchun maxsus tayyorlangan pedagoglarni ko‘paytirish, ular

uchun qo‘shimcha metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish zarur.

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, nogiron shaxslar uchun mehnat bozorida teng

imkoniyatlar yaratilmagan. Ish beruvchilar tomonidan nogiron shaxslarni ishga

qabul qilishda hali ham muayyan cheklovlar qo‘yilmoqda. Ularni ish bilan

ta’minlash uchun maxsus kvotalarni oshirish, inklyuziv ish muhitini yaratish va

nogiron shaxslarning kasbiy malakasini oshirishga yo‘naltirilgan dasturlarni

kengaytirish talab etiladi.

9

Nogiron shaxslarning jamoat hayotida faol ishtirok etishlari uchun

infratuzilmani moslashtirish zarur. Eksperiment natijalari shuni ko‘rsatadiki,

nogiron shaxslar uchun jamoat joylari, transport tizimi va boshqa infratuzilmalar

yetarlicha rivojlanmagan. Xususan, yo‘laklar va rampa yo‘nalishlari kam, lift

tizimlari mavjud emas yoki qulay emas, bu esa nogiron shaxslarning erkin

harakatlanishini cheklaydi.

5

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, 23.09.2020 y. № ZRU

-637.

6

O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 15.06.2020 y. №

ZRU-641.

7

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab

-quvvatlash tizimini

takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ

-74-sonli Qarori, 27.02.2023 y

8

Safarov B. Nogironlik va inklyuziv jamiyat: huquqiy va falsafiy asoslar.

Toshkent: Adolat, 2020.

240 b.

9

Usmonov S. “Nogironlik tushunchasining falsafiy talqini” // Fan va taraqqiyot. –

2020.

№5. –

B. 33-48.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

190

Xulosa

Mazkur tadqiqot nogironlik tushunchasining ijtimoiy-falsafiy mohiyatini

ochib berish, inklyuziv jamiyat shakllantirish tamoyillarini ilmiy jihatdan asoslash

hamda O‘zbekiston sharoitida nogiron shaxslarning huquq va imkoniyatlarini

kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirishga qaratildi. Tadqiqot

davomida nogironlik tushunchasi nafaqat tibbiy yoki individual masala, balki

ijtimoiy-falsafiy hodisa sifatida tahlil qilindi. Nogiron shaxslarning jamiyatdagi

o‘rni, ularning ijtimoiy hayotga qo‘shilishi uchun zarur bo‘lgan huquqiy, iqtisodiy

va ijtimoiy omillar o‘rganildi.

O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi davlat siyosati inklyuziv jamiyatni

shakllantirish, nogiron shaxslarning huquqlarini ta’minlash va ularning iqtisodiy,

ijtimoiy hamda madaniy sohalarda faolligini oshirishga yo‘naltirilgan. Xususan,

2017-2021-yillarda qabul qilingan Harakatlar strategiyasi hamda 2022-2026-yillar

uchun Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida nogironligi bo‘lgan

shaxslar uchun huquqiy kafolatlar mustahkamlanib, ta’lim, mehnat va ijtimoiy

himoya tizimlari takomillashtirilmoqda.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, nogiron shaxslarning jamiyatga

integratsiyasi bo‘yicha hali ham qator muammolar mavjud:

- Huquqiy himoya va qonunchilik tizimidagi muammolar – mavjud

qonunchilik hujjatlari nogiron shaxslarning barcha ehtiyojlarini qamrab olgani

bilan, ularning ijrosini ta’minlash tizimi hali ham sust rivojlangan.

- Inklyuziv ta’lim tizimining yetarli darajada rivojlanmagani – nogiron

shaxslarning sifatli ta’lim olishi uchun mos sharoitlar yetarlicha yaratilmagan.

Pedagoglar va ta’lim muassasalari inklyuziv ta’lim metodologiyasiga to‘liq tayyor

emas.

- Mehnat bozoriga integratsiyaning sustligi – nogiron shaxslar uchun ish

o‘rinlari soni yetarli emas, ish beruvchilar tomonidan diskriminatsiya

kuzatilmoqda.

- Ijtimoiy stereotiplar va infratuzilma muammolari – jamiyatda hali ham


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

191

nogiron shaxslar imkoniyatlariga nisbatan noto‘g‘ri tushunchalar mavjud bo‘lib,

bu ularning mustaqil hayot kechirishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Tavsiyalar

- Nogiron shaxslarning huquqlarini himoya qiluvchi qonunchilik hujjatlarini

amaliyotga to‘liq joriy qilish va monitoring mexanizmlarini kuchaytirish.

- Nogiron shaxslarning ijtimoiy va huquqiy holatini mustahkamlash uchun

maxsus davlat dasturlarini ishlab chiqish va moliyaviy ko‘mak tizimini

kuchaytirish.

- Nogiron shaxslar uchun sud tizimida alohida imtiyozlar yaratish va

ularning huquqiy himoyasini kuchaytirish.

- Nogiron shaxslar uchun maxsus moslashtirilgan ta’lim dasturlarini yaratish

va pedagoglar uchun inklyuziv ta’lim metodologiyasini joriy etish.

- Maktab va oliy ta’lim muassasalarida nogiron o‘quvchilar uchun maxsus

resurs markazlarini tashkil etish.

- Nogiron shaxslar uchun masofaviy ta’lim va zamonaviy raqamli

texnologiyalarni joriy qilish.

- Nogiron shaxslarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha maxsus dasturlar ishlab

chiqish va ularga imtiyozli kreditlar ajratish.

- Nogiron shaxslarni mehnat bozoriga jalb qilish uchun ish beruvchilar bilan

hamkorlik dasturlarini kuchaytirish.

- Davlat va xususiy sektorda nogiron shaxslar uchun maxsus ish o‘rinlarini

yaratish va ularning ishga joylashish jarayonini yengillashtirish.

- Nogiron shaxslarning jamiyatdagi o‘rnini oshirish uchun ommaviy axborot

vositalari va targ‘ibot kampaniyalari orqali ijobiy imijni shakllantirish.

- Nogiron shaxslar uchun ijtimoiy-madaniy tadbirlarni kengaytirish va

ularning sport, san’at va ijodiy sohalarda faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash.

- Nogiron shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi tushunchalarni oshirish

uchun maxsus o‘quv kurslari va seminarlar tashkil qilish.

- Nogiron shaxslar uchun jamoat joylari, transport tizimi va uy-joy


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

192

infratuzilmasini moslashtirish.

- Nogiron shaxslarning shaxsiy transport vositalaridan foydalanish

imkoniyatlarini kengaytirish va maxsus yo‘laklar yaratish.

- Davlat va xususiy sektor tomonidan qurilayotgan binolar va jamoat

joylarida nogiron shaxslar uchun qulay sharoitlarni majburiy talab sifatida

belgilash.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021.

2. O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning

huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 15.06.2020 y. № ZRU-641.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni

qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-74-sonli Qarori,

27.02.2023 y.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni,

23.09.2020 y. № ZRU-637.

5. Birlashgan Millatlar Tashkiloti. Nogironlar huquqlari bo‘yicha

Konvensiya. – Nyu-York: BMT, 2006.

6. Yuldashev F.X. Ijtimoiy falsafa asoslari: Monografiya. – Toshkent: Fan,

2019. – 320 b.

7. Karimov A. Jamiyat va inklyuziya: Falsafiy tahlil. – Toshkent:

O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2021. – 280 b.

8. Safarov B. Nogironlik va inklyuziv jamiyat: huquqiy va falsafiy asoslar.

– Toshkent: Adolat, 2020. – 240 b.

9. Xolmirzayev X.N. “Nogiron shaxslarning huquqiy va ijtimoiy himoyasi

masalalari” // Ijtimoiy falsafa jurnali. – 2022. – №2. – B. 67-80.

10. Egamberdiyev A.A. “Inklyuziv ta’lim tizimi: nazariya va amaliyot” //

Pedagogika va psixologiya jurnali. – 2021. – №4. – B. 45-59.

11. Muhaydinova M. “Nogironlik va ijtimoiy transformatsiya” //

O‘zbekiston falsafa jurnali. – 2023. – №1. – B. 88-102.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

19-to’plam 1-son May 2025

193

12. Normurodov T. “Nogironlarning mehnat bozoriga integratsiyasi” //

Iqtisodiyot va huquq jurnali. – 2022. – №3. – B. 55-72.

13. Usmonov S. “Nogironlik tushunchasining falsafiy talqini” // Fan va

taraqqiyot. – 2020. – №5. – B. 33-48.

14. World Health Organization. World Report on Disability. – Geneva:

WHO Press, 2011. – 345 p.

15. United Nations. Disability and Development Report 2018. – New York:

UN Publications, 2019. – 272 p.