Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
104
MAQSADLAR VA IDEALLARNING SHAXSNING IQTISODIY
YO‘NALGANLIGIGA TA’SIRI
Dilso‘z Ismoilova,
Toshkent davlat pedagogika universiteti doktaranti
E-mail:
Tel: (99) 407 97 09
Annotatsiya. Ushbu maqola shaxsning iqtisodiy yo‘nalganligiga
maqsadlar va ideallarning ta’sirini o‘rganadi. Unda muallif shaxsning iqtisodiy
faoliyatini belgilovchi muhim omillar sifatida maqsadlar (qisqa va uzoq muddatli
rejalashtirilgan natijalar) va ideallarning (shaxs intiladigan oliy maqsadlar va
qadriyatlar) rolini tahlil qiladi.Maqolada, shuningdek, shaxsiy o‘sish, kasbiy
rivojlanish va jamiyat farovonligiga erishishda maqsadlar va ideallarning
ahamiyati ta’kidlanadi.
Kalit so‘zlar: Maqsadlar, ideallar, shaxsning iqtisodiy yo‘nalganligi,
iqtisodiy faoliyat, motivatsiya, qadriyatlar, iqtisodiy xatti-harakat, axloqiy
tamoyillar, ijtimoiy ta’sir, kasbiy rivojlanish.
Kirish.
Sotsiallashuv jarayonining muhim yo‘nalishlaridan biri shaxsda
shakllanadigan maqsadlar va ideallardir. Ushbu tushunchalar shaxsning kelajakni
tasavvur qilish, rejalashtirish va ularga erishishga intilishini ta’minlaydi. Maqsad
va rejasiz inson ma’naviyatsiz hisoblanadi. Maqsadlar shaxsning anglanganligi va
real imkoniyatlariga bog‘liq holda shakllanadi. Ularning shakllanishida ideallar
ham muhim rol o‘ynaydi. Ideallar shaxsning hozirgi imkoniyatlaridan tashqaridagi
orzu-umidlari bo‘lib, ular maqsadlar qo‘yishga va qiyinchiliklarni yengishga
yordam beradi. Ushbu maqola shaxsning iqtisodiy yo‘nalganligiga aynan shu
maqsadlar va ideallarning ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlanadi.
Asosiy qism.
Shaxsning iqtisodiy yo‘nalganligi uning kelajakdagi
iqtisodiy faoliyati va moliyaviy farovonligiga intilishini belgilab beradi. Bu
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
105
yo‘nalishning shakllanishida esa maqsadlar muhim o‘rin tutadi. Shaxsning
moliyaviy barqarorlikka erishish, ijtimoiy maqomini oshirish yoki shaxsiy
ehtiyojlarini qondirish kabi iqtisodiy maqsadlari uning kundalik xatti-
harakatlariga, moliyaviy resurslarni boshqarishiga va iqtisodiy qarorlariga bevosita
ta’sir ko‘rsatadi. Misol uchun, yuqori daromad olishni maqsad qilgan shaxs
ko‘proq ishlashi, o‘z malakasini oshirishi yoki investitsiya qilishga harakat qilishi
mumkin.
Umuman olganda, iqtisodiy yo‘nalganlik shaxsning moliyaviy resurslarini
samarali boshqarishiga, investitsiya qilishda muvaffaqiyatga erishishiga va xarid
qilishda oqilona yondashuvni ta'minlashga yordam beradi.
Shaxsning iqtisodiy yoʻnalganligi nima – bu insonning oʻz hayoti va
faoliyatining asosiy qismini iqtisodiy maqsadlarga yoʻnaltirishini anglatadi. Bu
tushuncha insonning moddiy ehtiyojlarini qondirish, boylik toʻplash, iqtisodiy
mustaqillikka erishish va iqtisodiyotda muvaffaqiyat qozonishga boʻlgan
intilishini ifoda etadi.
Iqtisodiy yoʻnalganlikning asosiy belgilari: Moddiy boyliklarni toʻplashga
intilish: bu pul, mulk, qimmatbaho buyumlar va boshqa moddiy resurslarni
oshirishga qaratilgan harakatlarni oʻz ichiga oladi. Iqtisodiy bilim va
koʻnikmalarga ega boʻlish - bu bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalarini bilish,
moliyaviy savodxonlik, investisiya qilish va biznes yuritish koʻnikmalarini
oʻzlashtirish demakdir.
Iqtisodiy mustaqillikka erishish - bu moddiy jihatdan boshqalardan qat'iy
nazoratsiz boʻlish, oʻz mehnati bilan yashash va kelajagini ta'minlashga
intilishdir.
Iqtisodiy muvaffaqiyatga erishish - bu yuqori daromad olish, mansab
to‘plash, iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish va boshqa iqtisodiy maqsadlarga
erishishdir.
Iqtisodiy yoʻnalganlikning omillari: shaxsning tarbiyasi va ta'limi iqtisodiy
bilim va koʻnikmalarni erta yoshdan boshlab oʻrganish shaxsning iqtisodiy
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
106
yoʻnalganligiga ta'sir qiladi.
Ijtimoiy muhit: Oila, doʻstlar, jamiyatning iqtisodiy holati va qiziqishlari
shaxsning iqtisodiy yoʻnalganligini shakllantirishda muhim rol oʻynaydi.
Shaxsning psixologik xususiyatlari: Ambisiya, tavakkal qilishga tayyorlik,
maqsadga intilish kabi shaxsiy xususiyatlar ham iqtisodiy yoʻnalganlikka ta'sir
qiladi.
Iqtisodiy yoʻnalganlikning ijobiy va salbiy jihatlari:Iqtisodiy yoʻnalganlik
shaxsning rivojlanishi va jamiyatning farovonligi uchun muhim ahamiyatga ega
boʻlishi bilan birga, ba'zida salbiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin.
Ijobiy jihatlari:
⚫
Iqtisodiy oʻsish va rivojlanishga hissa qoʻshadi.
⚫
Shaxsning oʻziga boʻlgan ishonchini oshiradi.
⚫
Yaxshi turmush kechirish imkonini beradi.
Salbiy jihatlari:
⚫
Ma'naviy qadriyatlarni unutishga olib kelishi mumkin.
⚫
Shaxsiy munosabatlarga salbiy ta'sir qilishi mumkin.
⚫
Stress va depressiyaga olib kelishi mumkin.
Shaxsning iqtisodiy yoʻnalganligi – bu inson hayotidagi muhim jihat boʻlib,
uning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishiga ta'sir qiladi. Iqtisodiy yoʻnalganlikning
ijobiy va salbiy jihatlarini hisobga olib, har bir inson oʻzi uchun muvozanatli
yoʻlni tanlashi muhimdir.
Ideallar esa shaxsning iqtisodiy yo‘nalganligining yanada kengroq va
chuqurroq qatlamini tashkil etadi. Garchi ideallar hozirgi imkoniyatlardan
tashqarida bo‘lsalar ham, ular shaxsni oliy maqsadlar sari intilishga undaydi.
Masalan, adolatli va farovon jamiyat qurish ideali tadbirkorni halol biznes
yuritishga, ijtimoiy mas’uliyatli bo‘lishga va jamiyatga foyda keltirishga
yo‘naltirishi mumkin. Shuningdek, shaxsning kasb tanlashida ham ideallar muhim
rol o‘ynaydi. Kishilar o‘z ideallariga mos keladigan, jamiyatga manfaat
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
107
keltiradigan va o‘z qadriyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkon beradigan kasblarni
tanlashga intilishadi.
Qiziqishlar va dunyoqarash ham maqsadlar va ideallar bilan chambarchas bog‘liq
bo‘lib, shaxsning iqtisodiy yo‘nalganligiga ta’sir ko‘rsatadi. O‘z sohasiga qiziqqan
va keng dunyoqarashga ega bo‘lgan shaxs yangi imkoniyatlarni ko‘ra oladi,
innovatsion g‘oyalarni ilgari suradi va iqtisodiy faoliyatda muvaffaqiyatga erishish
ehtimoli yuqori bo‘ladi. E’tiqod esa shaxsning o‘z prinsiplari va dunyoqarashiga
mos tarzda iqtisodiy faoliyat olib borishiga zamin yaratadi. Halollik,
mehnatsevarlik, tadbirkorlik kabi e’tiqodlar shaxsning iqtisodiy yo‘nalganligini
ijobiy tomonga o‘zgartirishi mumkin.
Xulosa
qilib aytish mumkinki, maqsadlar va ideallar shaxsning iqtisodiy
yo‘nalganligini shakllantiruvchi muhim psixologik omillardir. Iqtisodiy maqsadlar
shaxsning kundalik xatti-harakatlari va moliyaviy qarorlarini belgilasa, ideallar
uning iqtisodiy faoliyatining axloqiy va ijtimoiy jihatlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Qiziqishlar va dunyoqarash esa maqsadlarga erishish va ideallarni ro‘yobga
chiqarishda muhim rol o‘ynaydi. Shunday ekan, shaxsning iqtisodiy o‘sishiga
ko‘maklashish uchun uning maqsadlari va ideallarini to‘g‘ri shakllantirish hamda
rivojlantirish zarur.
Adabiyotlar.
1.
Narzulla Boymurodov. “Amaliy psixologiya”. “Yangi asr avlodi”, 2008 yil
2.
Штерн А.С. «Введение в психологию» М.: Академия Спб 2002.
3.
Климов Е.А. «Общая психология». Реч, Москва-2001
4.
Xaydarov F.I., Xalilova N.I. «Umumiy psixologiya» T.: Fan va
texnologiyalar 2010 yil
5.
Maklakov A.G Obshaya psixologiya M,; “Piter” 2003
6.
Karimova V.M. Psixologiya T-2002