Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
56
BADIIY ASAR VA OBRAZLARNING KITOBXONLARGA
TARBIYAVIY AHAMIYATI.
Andijon davlat pedagogika nstitute vb dotsenti
O‘g‘ilxon Tolibjonovna Vaxabova
Andijon davlat pedagogika nstitute talabasi
Umarova Mohlaroyim Abdullajon qizi
Annotatsiya:Tarbiya hayotimizda juda muhim o’rin tutadi. Bu maqolada
badiiy asarlardagi obrazlarning kitob o‘quvchiga tarbiyaviy ahamiyati haqida
so‘z boradi. Asardagi obrazlar orqali kitobxon axloqiy tanlovlar, ayolning
jamiyatdagi o‘rni, ilm va ma’rifatning ahamiyati haqida chuqur mushohada
yuritiladi.
Kalit so‘zlar: tarbiya,ta’lim,badiiy asar,adabiyot.
THE EDUCATIONAL VALUE OF WORKS OF ART AND IMAGES
FOR READERS.
Abstract: Education plays a very important role in our lives. This article
discusses the educational value of images in works of art for the reader. Through
the images in the work, the reader is guided to a deep reflection on moral choices,
the role of women in society, and the importance of science and enlightenment.
Keywords: education, education, work of art, literature.
ОБРАЗОВАТЕЛЬНАЯ ЦЕННОСТЬ ПРОИЗВЕДЕНИЙ
ИСКУССТВА И ИЗОБРАЖЕНИЙ ДЛЯ ЧИТАТЕЛЕЙ.
Аннотация: Образование играет очень важную роль в нашей жизни. В
статье рассматривается образовательная ценность образов в
художественных произведениях для читателя. Образы в произведении
знакомят читателя с глубокими размышлениями о моральном выборе, роли
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
57
женщин в обществе, а также о важности науки и просвещения.
Ключевые слова: образование, воспитание, произведение искусства,
литература.
Badiiy asarlar hayotimizga turli ranglar olib kirishga xizmat qiladigan
vositalar hisoblanadi. Ulardagi turli obzarlar, harakatlar, hissiyotlar, vaziyatlar
bizning hayotimizga qanchalik ta’sir qilishi haqida o’ylab korganmisiz? Bu
maqolada aynan shunday savollarga javob topamiz.
Yozuvchi va shoirlar asarlarida o‘zlarining his-tuyg‘ularini, hayotiy
tajribalarini kitobxonlarga ma’naviy ozuqa sifatida yetkazib berishga harakat
qiladilar. Bunday asarlardan biri o‘zbek romanchiligining asoschisi, buyuk
yozuvchilardan biri Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidir. Badiiy
asarlarning kitobxonlarga tarbiyaviy ahamiyatini aynan shu asar misolida ko’rib
chiqamiz. Qodiriy romanlaridagi ana shunday go‘zal estetik g‘oyalardan biri –
iymon- e’tiqod masalasi bugungi kunda qadrlanib- kattalashib, ko‘zga aniqroq
ko‘rinadigan, fikrga quvvat, dilga zavq beradigan holat kasb etmoqda. “O‘tkan
kunlar” romanidagi ma’naviy-ruhiy jihatidan nisbatan mukammal qahramonlardan
biri - Yusufbek hoji obrazidir.
Asarning tarbiyaviy ahamiyati haqida so‘z yuritishdan oldin, tarbiya o‘zi
nima degan savolga javob topsak. Tarbiya bu-
shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy,
axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon;
insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini
taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yig‘indisi. Tarbiya insonni yuksak
axloqiy qadriyatlar, sabr-toqat, mehnatsevarlik, hurmat va o‘zini tutish kabi
fazilatlarga o‘rgatadi. Bu jarayon ko‘pincha ota-onalar, o‘qituvchilar, jamoatchilik
va diniy rahbarlar tomonidan amalga oshiriladi. Tarbiya, shuningdek, madaniyat,
ma’naviyat va axloqiy tuyg‘ularni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
1
Ismoilova+Marhabo+Boysarovna
. O‘ZBEKISTONDA FANLARARO
INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR
JURNALI 19-son.
2
https://milliytarbiya.uz/blog-detail/tarbiya-ozi-nima-2
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
58
insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyat hisoblanadi.
Ta’lim va tarbiya borasidagi ma’lumotlarni bir-biridan ayri holatda tasavvur qilish
mumkun emas. Bu ikkkisi bir jassaddagi bel va qorin kabidir. Biri ikkinchisiz hech
narsaga yaramaydi balkiy noqis bo‘ladi. Shuning uchun ham dunyo miqyosida
insoniyatning, xususan, yoshlarning tarbiyasi buzilib ketayotgani to‘g‘risida tez-
tez tashvishli xabarlar tarqatiladi va bu borada odamni daxshatga soladigan
raqamlar taqdim qilinadi. Vaholanki, dunyo miqyosida oladigan bo‘lsak, XX-XXI
asrlarda avvalgi asrlardagiga nisbatan savodsizlikka qarshi keskinroq choralar
ko‘rildi, ta’lim tizimi kuchaytirilib takomillashtirildi. Umumiy ta’lim kirib
bormagan yurt deyarli qolmadi. Xattoki ba’zi mamlakatlar aholisi ilm-fan bo‘yicha
inson ko‘zi ko‘rmagan, qulog‘i eshitmagan yutuq va taraqqiyotlarni qo‘lga kiritdi.
Lekin asosiy ko‘zlangan maqsadga erishilayotgani yo‘q. Shuning uchun ham ilm-
fan rivojlangan mamlakatlarda tarbiyasizlik, axloqsizlik, ma’naviyatsizlik
oriyatsizlik, madaniyatsizlik va hattoki inson zotiga mutlaqo to‘gri kelmayidigan
illatlar kundan – kunga keng ko‘lamda yoyilib boryapti. Albatta, buning sabablari
ko‘p. Shulardan biri va eng asosiysi “ Tarbiya” degan buyuk bir ne’matdan,
mas’uliyatdan va vazifalardan yuz o‘girilishidir.
Tarbiyasiz alohida odam ham,
kishilik jamiyati ham rivojlana olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini
taʼminlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqa avlodga oʻtadi.
Asar qahramonlari turli xarakterli, turli hissiyotli qilib tasvirlangan. Aslini olib
qaraganda hayotda ham shunday, har insonda turli xil xarakter mavjud. Tarbiya
va ta’lim doimo yonma-yon turadigan tushunchalar hisoblanadi. Ta’limsiz tarbiya,
tarbiyasiz ta’lim mavjud emas. Endi esa mavzuga qaytadigan bo‘lsak, “O‘tkan
kunlar” asarida nafaqat Yusufbek hoji obrazi balki Otabek kabi obrazlarning ham
kitobxon o‘rnak oladigan tarbiyaviy xislatlari bor. Otabek
—
xalq taqdiriga befarq
bo‘lmagan, ijtimoiy adolatni tiklashni orzu qilgan yigit sifatida tasvirlanadi. U
nafaqat o‘z oilasi va yaqinlarini, balki butun xalqini baxtli ko‘rishni istaydi.
Otabekning harakati orqali kitobxon vatanparvarlik, millatparvarlik g‘oyalari bilan
3
https://kukaldosh.uz/24/05/2022/8339
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
59
yashash zarurligini anglaydi. Uning ota-onasiga ko‘rsatgan hurmatini ko‘rib kitob
o‘quvchida ham shu xislatlar shakllanadi. Otabek — o‘z halolligi, insofli
qarorlari, to‘g‘riso‘zligi bilan kitobxonga insoniy fazilatlarning naqadar muhim
ekanligini ko‘rsatadi. U hech qachon yolg‘on, xiyonat, hiylaga murojaat qilmaydi.
Bu xususiyatlar zamonaviy yoshlar uchun namuna bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari, asarda ayol obrazi, xususan Kumush, Oftoboyim,
O‘zbekoyim,Zaynab qiyofalari orqali jamiyatdagi ayolning o‘rni, hurmati,
taqdirining murakkabligi yoritiladi. Kumush obrazi — mehribon, sabrli, fidoyi
ayol timsoli sifatida yosh avlodni ona, opa, rafiqa kabi rollarda ayollarga hurmat
bilan qarashga o‘rgatadi.
Asarda diniy xurofot, johillik, orqaga tortuvchi urf-odatlar tanqid qilinadi.
Otabek esa ma’rifat, savod, ilm bilan oldinga borish kerakligini anglatadi. Bu
kitobxonni fikrlashga, savodli bo‘lishga, yangilikni qabul qilishga
undaydi.
Asardagi islom farzlarini ado etish ham alohida o‘rin kasb etadi. Axloq ustiga
qurilgan islom dinining go‘zal ahkomlarini ado etish ham aynan shu asarda ma’lum
bir ma’noda tarvirlab ketilgan
Otabek va Kumush obrazlari esa toza, samimiy, chin yurakdan
kechgan
muhabbat timsolidir. Ularning bir-birlariga bo‘lgan munosabatlari-o‘quvchilarni
sadoqat, vafo, ishonch kabi go‘zal his-tuyg‘ularga undaydi.
O‘zbek adabiyotidagi faqatgina bu asar emas, balki barcha asarlar tarbiyaviy
ahamiyatga ega. O‘zbek adabiyotidagi tarixiy asarlar orqali kitobxon o‘z
millatining o‘tmishini, ajdodlarining or-nomusini his qiladi. Bu esa unda o‘zligini
anglash
,
xalqiga, tarixiga hurmat bilan qarash
,
mustaqil fikr yuritish kabi
tarbiyaviy jihatlarni shakllantiradi. Nafaqat 20-asr badiiy adabiyotlari balki,
zamonaviy adabiyotlarda ham tarbiyaviy ruh yuksak maqomda. Bugungi kunda
yozilayotgan asarlarda ham yoshlar hayoti, zamonaviy muammolar, axloqiy
tanlovlar keng yoritilmoqda. Masalan, Muhammad Ali, Ulug‘bek Hamdam, Erkin
A’zam kabi yozuvchilarning asarlari yosh avlodni halollik, sabr, ijtimoiy
mas’uliyat, or-nomusli yashashga undaydi.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
60
Xulosa qilib aytganda, o‘zbek badiiy adabiyoti — bu yosh kitobxonning
qalbini shakllantiruvchi, uni ma’naviy yetuk inson qilib tarbiyalaydigan kuchli
vositadir. Har bir asar, har bir obraz, har bir voqea yoshlar ongida iz qoldiradi.
Shuning uchun yoshlarimiz qancha ko‘p badiiy asar o‘qisa, shuncha yuksak
axloqiy fazilatlarga ega bo‘ladi, jamiyatda munosib o‘rin egallaydi va tarbiyaviy
sifatlarga shunchalik ko‘p ega bo‘ladi.
Foydalanilgan asosiy adabiy manbalar:
1.
Abdulla
Qodiriy.
“O‘tgan
kunlar”
(roman).
G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot instituti. “O‘zbek adabiyoti tarixi”. 4-jild.
2.
To‘xtaboy Go‘ziyev. “O‘zbek romanchiligi va realizm an’analari”.
3.
Z. Komilov. “Adabiyot nazariyasi va tahlil usullari”.
4.
https://milliytarbiya.uz/blog-detail/tarbiya-ozi-nima-2
5.
https://kukaldosh.uz/24/05/2022/8339