Mualliflar

  • Sabirxodjaeva Tursunoy Tojitdin qizi

Muallif biografiyasi

  • Sabirxodjaeva Tursunoy Tojitdin qizi

    ADU, “Tasviriy va amaliy san’at” kafedrasi katta o‘qituvchisi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.90607

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar tasviriy faoliyat estetik tarbiya integral faoliyat

Annotasiya

Annotatsiya. Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg’ulotlari imkoniyatlari tahlil qilingan.Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarning har tomonlama rivojlanishi va guruhda rivojlantiruvchi muhitning tarkib topishi izchil asoslangan.                           


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 1-son Aprel 2025

405

MAKTABGACHA TA’LIMDA TASVIRIY FAOLIYATNI TASHKIL

ETISH MASALASI

Sabirxodjaeva Tursunoy Tojitdin qizi

ADU, “Tasviriy va amaliy san’at” kafedrasi katta o‘qituvchisi.

Annotatsiya. Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib

boriladigan tasviriy faoliyat mashg’ulotlari imkoniyatlari tahlil qilingan.Tasviriy

faoliyat jarayonida bolalarning har tomonlama rivojlanishi va guruhda

rivojlantiruvchi muhitning tarkib topishi izchil asoslangan.

Kalit so’zlar; tasviriy faoliyat, estetik tarbiya, integral faoliyat.

Sh.M. Mirziyoyev Oliy majlisga yo'llagan murojaatlarida "Ilm va ta'limning

qadriga yetib, davlatimizda ilm va ta'lim o'rganish bilan muhit yaratilsa,

bobolarimizga munosib hayot va kelajakni qura olamiz"- deya ta'kidlaganlar.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat vositasida bolalarning

estetik qobiliyatlarini shakllantirishda tarbiyachining o’rni beqiyos.U chuqur bilim

va yuqori malakaga ega bo’lishi, buning uchun muntazam rvishda o’z ustida

ishlashi, ilmiy-nazariy saviyasini tinimsiz ko’tarishi, ilg’or tajribalarga tayanishi

kerak. Tasviriy faoliyat bo’yicha maktabgacha ta’lim tashkiloti dasturi bolalarda

tevarak atrofga nisbatan qiziqishni uyg’otish estetik munosabatni tarbiyalash,

ijodiy qobiliyat va tasvirlashni rivojlantirishni ko’zda tutadi.Maktabgacha ta’lim

tashkiloti mashg’ulotlarida bolaning maktabda muvaffaqiyatli o’qib ketishi uchun

zarur bo’lgan vazifalar hal etiladi.Rasm,applikatsiya loy ishlari jarayonida

bolalarda fikr yuritishning analiz sintez, takrorlash,konkretlashtirish kabi

ko’nikmalari shakllanadi.Shuningdek bu jarayonlarda bolalar jamoada ishlashga,

o’z harakatini o’rtoqlarining harakatiga moslashtirishga o’rganadilar.

Tasviriy faoliyat bo‘yicha maktabgacha ta'lim tashkiloti dasturi bolalarda

tevarak atrofga nisbatan ijobiy munosabatini, bundan tashqari san'at bolalarda

estetik munosabatni tarbiyalash, ijodiy qobiliyat va tasvirlashlarini rivojlantirishni


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 1-son Aprel 2025

406

ko‘zda tutadi. Ma’lumki, maktabgacha ta'lim tashkiloti mashg‘ulotlarida maktabda

muvaffaqiyatli o‘qib ketishlari uchun zarur bo‘lgan vazifalar xal etiladi. Rasm,

applikatsiya, loy ishlari jarayonida bolalarda fikr yuritishning analiz, sintez,

takrorlash, konkretlashtirish kabilar shakllanadi. Shuningdek bu jarayonlarda

bolalar jamoada ishlashga, o‘z harakatini o‘rtoqlarining harakatiga bo‘ysundirishga

o‘rganadilar. Bolalar maktabgacha ta'lim tashkilotida tasviriy faoliyati

mashg‘ulotlari bolalarda, o‘quv faoliyatida zarur bo‘lgan malaka ko‘nikmalarni

shakllantiradi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining tasviriy faoliyat birlamchi

yo‘nalishi maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy-estetik tarbiyalash hisoblanadi.

Mazkur yo‘nalishning samarasi estetik yo‘nalishning barcha vositalarini (teatr,

musiqa, badiiy adabiyot, rasm chizish, applikatsiya va boshqalar) kompleks tarzda

qo‘llanilgandagina aniq bo‘ladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o‘tiladigan

“Tasviriy faoliyat” mashg‘ulotlari bolalarga beriladigan estetik tarbiya masalalarini

yechishda katta ahamiyatga ega. Chunki tasviriy faoliyat o‘z xususiyatiga ko‘ra

badiiy faoliyat hisoblanadi. Badiiy faoliyat mashg‘ulotlarining barcha turlari

bolalarda go‘zallikni bilish uchun, borliqqa emotsional-estetik munosabatni

rivojlantirish uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi. “Tasviriy faoliyat”

mashg‘ulotlari jarayonida: badiiy didni tarbiyalash; amaliy badiiy faoliyat va

malakalarni rivojlantirish; fantaziya, ijodiy fikrlash va tasavvur qilish, idrok

qilishni rivojlantirish; qo‘lning aniq harakatlari va barmoqlarning mayda

motorikasini rivojlantirish; kasbiy badiiy-ijodiy faoliyat kurtaklarini namoyon

bo‘lishi uchun imkon yaratish kabi ta'limiy va tarbiyaviy masalalar hal etib

boriladi. Bundan xulosa shuki, tasviriy faoliyat integrativ mazmun kasb etuvchi

eng katta bo‘lim hisoblanadi va faoliyatning boshqa turlari bilan mantiqiy va

didaktik bog‘liqlikda amalga oshiriladi. Ushbu omil o’z navbatida tasviriy faoliyat

mashg‘ulotlari mazmuni, nazariyasi va texnologiyasi faoliyatning boshqa turlariga

bog’liq tarzda takomillashtirib borish lozimligini anglatadi.

Maktabgacha

ta’lim

tashkilotlarida

tasviriy

tasviriy

faoliyat

mashg’ulotlarida bolalar asosan amaliy ish bajaradilar,san’at asarlari, xususan


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 1-son Aprel 2025

407

rasmga qarab hikoya qilish boshqa faoliyatlar bilan integral ravishda olib boriladi.

Bolalar guruhdagi olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg’ulotlarida, qalam hamda

moyqalamdan erkin foydalanishda o’z harakterini va qo’l kuchini idora etishga

o;rganadilar.Bu esa malakani egallash ,bolalarda qo’lini yengil ,erkin bir tekisdagi

harakat qilish hususisyatini rivojlantiradi. Umumiy tatqiqotlarimiz natijasida

bolalar turli shakl ,proporsiyadagi predmedlarni chizish jarayonida predmetning ish

hususiyatiga qarab yo’nalishni saqlash zarurligiga predmetning kattaligiga mos

ravishda harakatlanishga yordam beradigan metodikalarni tadqiq etdik.Bundan

kelib chiqdiki, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan tasviriy faoliyat

mashg’ulotlarida bolalar materialdan tartibli foydalanishga, ularni toza saqlashga,

faqat zarur materiallardan hamda ularni ishlatish yo’llarini rejalashtirishga

o’rganadilar.Bu mashg’ulotlar bolalarda diqqatni va ko’rish xotirasini

rivojlantiradi. Tasviriy faoliyat-bu bolalarni o’z oldiga qo’ygan maqsadlarini

bajarishda tinmay mehnat qilishga undovhi faoliyatdir.Tasviriy faoliyat bolalarga

estetik tarbiya berishning asosiy vositasi hisoblanadi.Bolalarda estetik sezgining

rivojanishirangi,ritmi,proporsiyani chuqurroq sezish bilan bog’liqdir.Bola rangni

shaklni,uning xilma xilligini sezsa shunchalik aralashmasining xilma-xilligini

sezsa, shunchalik ranglar aralashmasining xilma xilligidan zavq oladi,bahramand

bo’ladi.Bolalarda estetik sezgining rivojlanishi ularda predmetlarga va uning bazi

sifatlariga nisbatan estetik baho berishni rivojlantiradi.Ularda tasviriy san’at

asarlarini

tushunishga,ularga

nisbatan

his-tuyg’uni,munosabatni

tarbiyalaydi.Tasviriy faoliyat bolalarning badiiy ijodiy o’sishida muhim o’rin

egallaydi.Bolalarning badiiy ijodiy o’sishi –bu obrazli fikr yuritish,estetik idrok

etishni va obraz yaratishda zarur bo’lgan malaka ko’nikmalarni egallash

hisoblanadi.Masalan, tabiatga yoki istirohat bog’iga sayr,bahor faslida ekskursiya

uyushtirish va tabiatdagi o’zgarishlarni kuzatish.Tarbiyachi bolalarni predmet yoki

tevarak atrofini kuzatishda kelib chiquvhi estetik his-tuyg’u orqali tevarak atrofga

kishilar mehnatiga to’g’ri baho berish,vatanga muhabbat kabi sifatlarini

tarbiyalashi mumkin.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 1-son Aprel 2025

408

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki Maktabga bolalarni tayyorlashda

tasviriy faoliyat katta ahamiyat kasb etadi.Rasm,loy,qurish materiallari bo’yicha

bilim,malakalarini egallash maktabda tasviriy faoliyat darslari va mehnat darslarini

muvaffaqiyatli

egallashlariga

asos

bo’ladi.Ularni

o’quv

faoliyatiga

tayyorlaydi:pedagogni

tinglashga,uning

ko’rsatmalarini

bajarishga

o’rgatadi.Oldiga qo’yilgan vazifani hal etishda,uning asosiy va muhim hal etish

yo’llarini izlab topishbu o’quv faoliyatning asosiy sababchilaridan biridir.Tasviriy

faoliyat jarayonida o’z ishini nazorat qilib boorish,maktabda vazifalarni bajarishda

ham rol o’ynaydi.Shuningdek,bola tasviriy faoliyat jarayonida psixologik jihatdan

ham tayyorlanib boradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xapqimiz bilan

birga quramiz. - Toshkent, O‘zbekiston, 2017. - 488 b.

2. Bahodirovna M. Z. IMPROVING THE METHODOLOGY OF

DEVELOPING AESTHETIC CULTURE OF STUDENTS IN FINE ARTS

//Academia Repository. – 2024. – Т. 5. – №. 2. – С. 300-305.

3. Bakhadirovna M. Z. Methodology for the Development of Students'

Comets of Aesthetic Culture and Creativity //EUROPEAN JOURNAL OF

INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION. – 2024. – Т. 4. – №. 1. – С. 22-

26.

4. Bahodirovna M. Z. TASVIRIY SAN’AT MASHG’ULOTLARIDA O

‘QUVCHILARNING

IJODKORLIK

KOMETENSIYASINI

RIVOJLANTIRISHDA TRENINGLARDAN FOYDALANISH //FAN JURNALI

TA'LIM VA MADANIYAT. – 2024. – Т. 2. – №. 1.

5. Kh K. K. THE ROLE AND SIGNIFICANCE OF THE PORTRAIT

GENRE IN AESTHETIC EDUCATION OF V-VIII CLASS STUDENTS OF

GENERAL SECONDARY SCHOOLS //American Journal of Pedagogical and

Educational Research. – 2024. – Т. 21.