Mualliflar

  • Astanova Sevara Uktamovna

Muallif biografiyasi

  • Astanova Sevara Uktamovna

    Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani 18-maktabi amaliyotchi psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.90614

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: psixoiogik to‘siqlar vaziyatli to‘siqlar mazmuniy motivatsion to‘siqlar attaraksiya.

Annotasiya

Annotatsiya:Ushbu maqolada siz oilaviy munosabatlar psixologiyasi ,oiladagi muloqot va unda yuzga keladigan keladigan to’siqlar haqida ma’lumotlar yoritilgan.Shuningdek maqolada  muloqot madaniyati haqida ma’lumotlar berilgan.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 1-son Aprel 2025

364

OILADAGI TARBIYA VA MULOQOTNING BOLALAR

PSIXOLOGIYASIGA TAʼSIRI

Astanova Sevara Uktamovna

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani 18-maktabi amaliyotchi psixologi

Annotatsiya:Ushbu maqolada siz oilaviy munosabatlar psixologiyasi

,oiladagi muloqot va unda yuzga keladigan keladigan to’siqlar haqida

ma’lumotlar yoritilgan.Shuningdek maqolada muloqot madaniyati haqida

ma’lumotlar berilgan.

Kalit so’zlar: psixoiogik to‘siqlar, vaziyatli to‘siqlar, mazmuniy motivatsion

to‘siqlar,attaraksiya.

KIRISH

Oilalarda munosabatlar o’ziga xos,yosh va individual psixologik

xususiyatlarga ega bo’lgan er-xotin munosabatlari shakllanishining eng nozik va

hal qiluvchi shakli hisoblanadi.U yoki bu oilaga xos bo’lgan er-xotin munosbatlari

boshqa er-xotinga kelmasligi mumkin.Chunki yosh oilani yuzaga keltirgan er-

xotinlar turli xil shaxslararo munosabatlar tizimi,turlicha taomilga ega bo’lgan

oilalarda tarbiyalangan,shaxs sifatida shakillangan individlarda tashkil topadi.

Lekin shunga qaramasdan maxsus psixologik tadqiqotlarda va ulardan olingan

natijalar asosida yozilgan ilm iy psixologik adabiyotlarda yosh oilalarda er-xotin

munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishining umumiym exanizmlarga oid

tegishli ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.

Albatta, oila yuzaga kelar ekan, ular bir-birlarini sevib turm ush

qurishganmi, qarindosh-urug‘chilik, tanish-bilishchilik, sovchilik, hisob tufaylimi

yoki stereotip bo‘yichami, qanday bo’lishidan qat’inazar nikohning ilk kunlarida

ularning birbirlariga nisbatan bo‘lgan o ‘zaro munosabatlarida, er-xotin o‘rtasidagi

shaxslararo munosabatlarda em otsional ko‘tarinkilik, hissiy rang-baranglik


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 1-son Aprel 2025

365

darajasi yuqori bo‘ladi. Bir-birlarini ma’lum bir muddat sevishib oila qurgan

juftlarda bunday emotsional ko‘tarinkilik darajasi nihoyatda yuqori bo'ladi. Chunki

ular bir necha yil kutib, intilib yashagan, visol damlariga nihoyat yetishgan

bo‘ladilar. Bunday juftlar nikohi boshida er-xotin o‘rtasidagi shaxslararo m

unosabatlarda ko‘tarinkilik, birbirlariga em otsional intilish juda yuqori darajada

bo'ladi. Nafaqat sevishib oila qurganlar, balki deyarli barcha m otivlarga ko‘ra oila

qurgan yoshlarda ham nikohning boshida er-xotin o‘zaro munosabatlarida bir-

biriga yaqinlik, bir-birini qadrlash, hurmat qilish nisbatan yuqori bo‘ladi. Ularning

bir-birlariga, o‘z nikohlariga, o’zlarining bo'lajak oilaviy hayotlari haqidagi niyat,

orzu, umidlari ezgu, ijobiy bo’ladi. Chunki hech kim va hech qachon ertaga

bo‘lajak turmush o‘rtog‘im , yangi oilam - ning yangi a’zolari bilan nizo-janjalga

boraman, ular bilan urisham an va oxir-oqibatda oilam buzilib, ajrashib ketaman,

deb oilaqurmaydi (Ayrim hollarda m ajburan oila qurganlar bundan m ustasno).

Inson oila qurarekan ahil-inoq yashab, m urod-m aqsadga yetishishni orzu qiladi,

nikoh arafasida va nikoh kechasi ham barcha yaqin birodarlar, qarindosh - urug‘lar,

to‘yga taklif buyurgan mehmonlar yoshlarga ezgu niyatlar bildiradilar.

Shuningdek, yoshlar oila qurish arafasida va nikohlarining dastlabki kunlarida

turmush o‘rtog’i timsolida, o‘zining shu orzuistaklariga, murod-maqsadlariga

yetishishda yordam beruvchi, uni qollabquvvatlovchi, uni har soniya, har onda

tushunuvchi o‘z tabiatiga yaqin odamini tasavvur qiladi va unga im kon qadar

shunday ijobiy, iliq munosabatda bo‘lishga harakat qiladi.

Er-xotinlarning oiladagi muloqoti, shaxslararo muloqotning umumiy

qonuniyatlariga bo'ysunish bilan birga, dast avval ishdan tashqari, bo‘sh vaqtlarini

birgalikda o'tkazish bilan shartlangan o‘ziga xos xususiyatlariga ham ega. Ham

kasblar, o‘rtoqlar, do'stlar va sevishganlar hamm a vaqt ham birga bo‘lish

imkoniyatiga ega emaslar, qaytanga, o‘z muloqotlarini oʼzlari xohlagan vaqtlarida

biroz kamaytirib, hatto uzib (to’xtatib) qo‘yishlari hammumkin (uchrashuvga

borishi lozimligi i «unitib» qo'yish , kutilmaganda «juda band» bo’lib qolishi

mumkin va sh.k). Er-xotinlar esa ko'p incha bundayim koniyatlardan


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 1-son Aprel 2025

366

mahrumdirlar. Ular bir xonadonda, ko'pincha bir xonada birga bo‘lishga

«mahkum» etilgan . Qadimiy, afsonaviy Sparta qonunchiligida er-xotinlarn i ishqiy

munosabatlarining sovuqlashib ketishidan saqlash maqsadida ularning muloqotlari

imkon qadar chegaralab qo‘yilgan. Unga ko’ra erlar xotinlaridan ajratilgan holda,

ya’ni er va xotin boshqaboshqa yashaganlar va ular faqat ovloq joylardagina,

«begona ko‘zlardan» yashirin tarzda uchrashib turishlari mumkin bo’lgan. Bu

tadbir nafaqat Sparta jangchilari o‘zlarining jangovar ruhlarini yo‘qotmasligi,

o‘zlarining yosh xotinlari bilan mashg'ul bo‘lib qolmasliklari uchungina emas edi.

Bunda «taqiqlangan meva» effektidan foydalanilgan. Uchrashishlarning qiyinligi,

xuddi tuzsiz taomga tuz, ziravorlar qanchalik maza berganidek, er-xotinlarning bir-

birlariga hissiy yaqinligini sezilarli darajada kuchaytiradi, nikoh rishtalarini

mustahkamlaydi. Yoki Shekspirning qahramonlari Romeo va Julettalar ham , agar

ular unashtirilganlaridan so’ng barcha qulayliklari bilan alohida «koshona»

berilganda edi, ular o‘zlarini boshqacha tutgan boʻlishardi.

Ijtimoiy psixologlar muloqot jaryonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan

to‘siqlarning quyidagilarini farqlaydilar:

psixologik, vaziyatli

,

mazmuniy

va

motivatsion

to‘siqlardir.

Psixologik to‘siq — bu sherigiga ma’qul tushmay qolish, tushunilmay

qolishdan qo‘rqish, u tomondan inkor etilish va kalaka qilinishdan yoki

keskinlikdan qo’rqish, eng ezgu hislarini va niyatlarini samimiy izhor etishiga

javoban qo‘pollik bilan javob berilishi mumkinligidan xavotirlan ish kabilar tufayli

intellektga oid, mehribonlikka oid, kuchga oid shaxsiy im koniyatlarini nam oyon

qilish va amalga oshirishga xalaqit beruvchi, o ‘ziga hos ichki psixik torm ozdir.

Vaziyatli to‘siqlar — bu suhbatdoshlarning bir xil vaziyatni turlicha

tushunishlari, unga turlicha yondashishlari bilan bog‘liq.

Mazmuniy to‘siqlar — odatda suhbatdoshini tushunm aganlik tufayli, uning

m azkur jumlasi qanday ma’noda aytilgani, u qanday fikrni ilgari surayapti, nimani

nazarda tutayapti, nimaga olib boradi va shu kabi mulohazalarga borish tufayli

yuzaga keladi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 1-son Aprel 2025

367

Motivatsion to’siqlar — shunday vaziyatlarda yuzaga keladiki, bunda

gapirayotgan odam yo o‘zi bayon qilayotgan fikrning motivini yetarlicha anglay

olmaydi yoki u atayin ulami (asosiy motivni) yashirishga harakat qilayotgan

bo’lishi mumkin.

Odamlar o‘rtasidagi muloqot va uning umumiy qonuniyatlari odam turmush

tarzining barcha jabhalarida boshqa odamlar bilan bo‘ladigan o‘zaro

munosabatining eng m uhim shartlaridan hisoblanadi. Odamning aqli, irodasi,

hissiy m adaniyati, tarbiyalanganligi, nazokatliligi va shu kabilarning barchasi m

uloqot tufayli shakllangan xislatlardir. Shu bilan birga uyqusizlik, bosh og‘rig‘i,

nevrozlar, insultlar, infarktlar va boshqa turli kasalliklar, shuningdek ichkilikka,

giyohvand m oddalarga ruju qo‘yish, hatto o‘z joniga qasd qilish kabilar ham shu

m uloqotning natijasidir. Rivoyatiarda aytilishicha, dono Ezop o ‘z xo‘jayinining

«Menga avval, dunyodagi eng mazali, shirin taom ni keltir va undan so‘ng aksincha

eng bem aza, yaramas taomni keltir», — deb buyurganida, u har ikkala safar ham

qaynatilgan tilni keltirgan ekan. Demak, til, muloqot inson hayotida undan qanday

foydalanish, uni qanday ishlatish, qanday tashkil qilishga qarab, uning uchun eng

aziz, eng qadrli boMishi yoki aksincha eng fojiali bo’lishi ham mum kin. Muloqot

madaniyati. Muloqot madaniyatiga birinchidan, o‘z-o ‘zini bilish va boshqa

odamlarni tushuna olish qobiliyati, ya’ni ularning psixologik xususiyatlarini to‘g‘ri

baholay olish, ikkinchidan, ularning xulqi va holatlariga nisbatan mos (adekvat)

munosabat bildira olish, uchinchidan, har bir odamga nisbatan uning shaxsining

individual xususiyatlariga eng ma’qul keladigan muloqot shakli, usuli va stillarini

tanlay bilish kiradi.

Muloqot madaniyatini oshirish uchun odamda ilk yoshlikdan boshlab

boshqa odamlarga hurmat va samimiyat bilan m unosabatda bo’lishni, ularga ham

dardlik, insonparvarlik, mehribonlik qilish qobiliyatlarini shakllantirib borish

kerak bo‘ladi. Muloqot eng avvalo odamni odam tomonidan idrok qilishidan

boshlanadi, unda dastlabki o‘zaro baholash amalga oshadi, dastlabki hissiy-

intellektual munosabatlar shakllanadi va shundan so‘ng tegishli muloqot shakli


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 1-son Aprel 2025

368

amalga oshiriladi. Bu jarayonda odam haqidagi ma’lumot, idrok etilayotgan

odamning hayotiy tajribasi, u yoki bu munosabat shaklini yoqtirishi yoki

yoqtirmasligini yuzaga keltiradigan bevosita em otsional m unosabatlar m uhim rol

o‘ynaydi. Oila a’zolari o`rtasida sodir bo`ladigan murakkab va serqirrali o`zaro

munosabatlar ko`plab olimlar, shu jumladan, o`zbekistonlik olimlar (

M.Davletshin,

G’.SHoumarov, E.G’oziev,B.Qodirov, X.Karimov, N.Sog’inov, F.Akramova,

G.Yadgarova, M.Salaeva, D.Xoliqov

va boshqalar) tomonidan o`rganilgan. Ularda

ko`proq o`zbek oilasiga xos urf-odatlar, udumlar, an’analar nuqtai nazaridan

oilaviy munosabatlarning etnopsixologik qirralari tadqiq etilgan. Oiladagi ijtimoiy

munosabatlar va ularning kelib chiqish qonuniyatlarini batafsil monografik tarzda

o`rganganlardan biri rus olimi

L.Ya. Gozman

(1987) hisoblanadi. U bu

qonuniyatlarni ilmiy jihatdan tahlil etish uchun attraktsiya tushunchasini ishlatgan.

Attraktsiya

inglizcha

attraction – tortilish, intilish

so`zlaridan olingan bo`lib,

u bir insonning ikkinchi bir insonga nisbatan his qiladigan ijobiy munosabatini

anglatadi. Har qanday ana shu zayldagi diadik, ya’ni, diada – ikki kishi o`rtasidagi

munosabatlarning boshlanishi simpatiya, yoqtirish yoki attraktsiya bilan

bog’liqdir. Umuman yosh oilalarda er-xotin m unosabatlarining qay tarzda

rivojlanishi avvalo shu yosh oilaning yuzaga kelishiga asos bo‘lgan nikoh oldi

omillarining xarakteriga, shu oilalarning yuzaga kelish shartsharoitlari bilan uzviy

bog‘liqdir.

XULOSA

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki ,ushbu maqolada siz o’zingizga

ma’naviy ozuqa olishingizga Shubha qilmaymiz ,maqola orqali siz oilaviy

munosabatlar,oiladagi muloqot va unda yuzaga keladigan to’siqlar haqida

ma’lumotlar olasiz va oilaviy munosabatga kirishishda oilaviy munosabatlar va

oilaviy muloqat haqida bilimlaringizni boyitsangiz bu bizning yutug’imizdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.G’.Shoumarov«Oila psixologiyasi»Toshkent-2011


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 1-son Aprel 2025

369

2.

V. Karimova « Oila psixologiyasi » Toshkent-2007

3.

D.Arapbaeva,N.Kurbonova ,N.Toshpolotova

«Oilaviy

munosabatlar

psixologiyasining

nazariy

va

amaliy

masalalari»metodik qo’llanma Toshkent-2019

4.

O.Hasanboyeva, D.Xoliqov,

N.Qayumova,

M.M.Pirmuhamedova,

L.A.Kulay,

Sh.Sodiqova,

B.Xojimurodova,

M.A.Rasulxo‘jayeva, R.Avezova. «Oila pedagogikasi» Toshkent-2007