Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
360
OʻQUVCHILARDA PSIXOLOGIK TAFAKKUR VA
IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISH
Sharopova Umida Nasritdinovna
Navoiy viloyati Navbahor tumani MMTBga qarashli 25-umumiy o‘rta ta'lim
maktabi amaliyotchi psixologi
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada oʻquvchilardagi psixologik tafakkur,
uning o'rni hamda insoniyatning eng qiymatli xususiyatlaridan biri bo'lgan
ijodkorlikning qanchalik ahamiyatga ega ekani ko'rsatib beriladi. Bundan
tashqari, ijodkorlikning bir qancha turlari, ijod psixologiyasi haqida ma'lumotlar
beriladi.
Kalit so’zlar: psixologik tafakkur, ijodkorlik mezonlari, assotsiativ fikirlash,
ijodiy tasvir, texnik ijodkorlik, pedogogik ijodkorlik, innovatsion yondashuv.
Kirish:
Barchamizga ayonki, inson psixologiyasini tushunish, uni teran
tahlil qilish va rivojlantirishga e'tibor berish, deyarli barcha davlatlarning ijtimoiy
va iqtisodiy hayotida ustuvor vazifa bo'lib kelmoqda. Shu o'rinda aytib o'tishimiz
lozimki, psixologiya fani va uning ilg'or vakillari tomonidan XX asr boshlarida
asoslab berilgan psixologik xizmat ko'rsatish tizimining qulayligi, butun insoniyat
uchun ahamiyatli voqea bo'ldi. Shuningdek, turli xil sohalarda psixologik
xizmatning rivojlanib borishi insonlardagi turli xil xususiyatlarni anglab yetish va
ijodkorlik ruhini yaqqol payqashga asos bo'ldi. Psixologik tafakkur bilan
insoniyatni qanchalik darajada yaratuvchi ekanligi, har bir sohada o'zgacha ijod
yondashuvi borligi namoyon qilindi va bir nechta ijodkorlik mezonlari asosida
yaqqol o'z aksini topdi. Ijodkorlik nafaqat yozma tarzda balki boshqa turli xil
ko'rinishda: rassomlik, haykaltaroshlik va hattoki ta'lim sohasida ham muhim
ahamiyat kasb etadi.Shu bilan bir qatorda ijodkorning ijod psixologiya har qanday
ijodiy asarning yaratilishida qanday ahamiyat kasb etishi haqida ham
ma'lumotlarga ega bo'lamiz.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
361
Asosiy
qism:
Tafakkur- inson aqliy faoliyatining yuksak shakli bo’lib,u
obyektiv voqelikning ongda aks etish jarayonidir. Insoniyatning boshqa
mahluqotlardan ustuvor jihatlaridan bittasi ham tafakkur qilish xususiyatiga ega
ekanligi barchamizga ma'lum. Shu jumladan so'ngi yillarda turli xil sohalar
doirasida psixologik tafakkur tushunchasi keng doirada qo'llanila boshladi. Xo'sh,
psixologik tafakkur o'zi nima?Psixologik tafakkur bu siz bir qarashdayoq bevosita
idrok etib bo'lmaydigan xususiyatlar va atrofdagi dunyo munosabatlari haqida
bilim olishga imkon beradi. Shu sababdan ham psixologik tafakkur shakllari
bevosita falsafa va mantiq fanlari bilan uzviy bog'liq deb hisoblanadi
Biz insonlar nafaqat ko'rinish, xarakter jihatdan balki sixologik jihatdan ham
bir- bir birimizdan keskin farq qilamiz va shu sababdan har bir insonda o'ziga
yarasha shaxs psixologiyasi mavjud bo'lib bu uning boshqalardan farqli individual
ekanini isbotidir. Shu o'rinda, insoniyatning eng qiymatli qobilyatlaridan biri
ijodkorlik ekani barchamizga ma'lum va har qanday sohada ham ijod muhim omil
sanaladi.
Ijodkorlik
- bu o’zgalar anglolmagan narsani anglash, yangi g’oyalar asosida
takrorlab bo’lmas bebaholikni yaratish deganidir.Shu o'rinda Hindistonlik Osho
taxallusi bilan tanilgan buyuk faylasufning ijod haqidagi quydagi jumlasiga e'tibor
qaratsak:
Ijod
-
borliqdagi
buyuk
isyondir
2
.
Chindan ham bu ta'rif shu qadar haqqoniy tarzda berilganki go'yoki har bir
ijodkor o'zining ichki dunyosidagi buyuk isyonni butun dunyoga ayon qilish
istagida bo'ladi. Shu bilan bir qatorda nufuzli amerikalik psixolog Avraam
Maslouning fikricha, ijodkorlik har kimga xos, lekin ko'pchilikdagi bunday
xususiyat atrof muhit ta'siri ostida yuzaga chiqolmay qoladi va asta-sekinlik bilan
yo'q bo'ladi.Deyarli barcha inson biron ijodkorlik qobilyatiga ega holda dunyoga
keladi faqat ulg'aygan sari bu xususiyatni o'stirib, rivojlantirib borish lozim. Shu
o'rinda ijodkorlikning ham o'ziga xos bir nechta turlari haqida so'z yuritsak.
Ijodkorlik turlari
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
362
1.
Ilmiy
ijodkorlik
: allaqachon mavjud bo'lgan narsalarni qidirishni o'z
ichiga oladi, lekin u bizning ongimizda yangidan kashf qilinadi. U dunyodagi
hodisalarni va rivojlanishning turli shakllarini o'rganishga xosdir
2.
Texnik
ijodkorlik
: ilmiy ijodkorlikka yaqin bo'lib, haqiqatdan ham
nazariyotdagi ko'nikmalardan foydalanib, yangi g'oyalarni, amaliy o'zgarishlarni,
kashfiyotlar va ularni yaratishni nazarda tutadi. Bu jarayonda jamiyat uchun yangi
moddiy qadriyatlar yaratiladi.
3.
Badiiy
ijodkorlik
: estetik qadriyatlarni yaratishdan iborat bo'lib,
insonda ruhiy tajribalarni uyg'otadigan tasvirlardir. Bu jarayon ijodkorning botiniy
dunyosidagi holatni qog'ozga ko'chirish demakdir.
4.
Pedagogik
ijodkorlik
: pedagogik faoliyat sohasidagi yangi kashfiyot
bo'lib, bu innovatsiya orqali muammolarni hal etishning noan'anaviy usuli
hisoblanadi. Bunda har bir pedagog o’z zimmasidagi ma’suliyatli vazifaga
ijodkorona yondashishi nazarda tutiladi.
Yuqorida sanab o'tilgan ijodkorlik turlari hozirgi kunda har bir insonning
faoliyatida muhim ro'l o'ynaydi. Shu jumladan turli xil sohalardagi ijodkorlarning
ijod jarayonida yana bitta asosiy nuqta ham e'tiborimizni tortmay qolmaydi bu -
ijod psixologiyasidir.
Aslida har qanday shaxsning yaratgan ijodiy asarida, u xoh rassomlik ishi
bo'lsin xoh yozma janrdagi biron asar, muallifining o'z tafakkuridagi g'oyalar, turli
xil tasvirlar va boshqalardan farqli jihatlar yaqqol o'z aksini topadi,albatta, bu o'z
o'rnida ijod psixologiyasi bilan uzviy bog'liq ekanini isbotlovchi dalildir. Misol
uchun hayotga hech bir xayoliy tasavvurlarsiz real nigoh bilan qaraydiga
ijodkorlarning asarlarida haqqoniy realizimning guvohi bo'lamiz chunki uning ijod
jarayoni to'g'ridan-to'g'ri o'z psixologiyasi bilan bog'liq holda rivojlanib boradi.
Aynan asardagi tasvirlarning haqqoniyligi kishini go'yoki o'sha muhitda nafas
olishiga, atrofdagi voqea-hodisalarni o'z hayotida sodir bo'layotgandek his
qilishiga sabab bo'ladi. Bu jihatdan har birimiz uchun ijod psixologiyasining asl
mohiyatini anglash, u haqda teran mulohaza yuritish ko'p hollarda qiyinchilik
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 1-son Aprel 2025
363
tug'dirmaydi.
Xulosa:
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, insoniyatning tafakkur qilish
imkoniyati cheksizdir shu sababdan ham psixologik jihatdan turli xil yondashuvlar
asosida har kim o'zidagi "men" ni shakillantrib boradi. Shunisi yaqqol ayonki har
bir shaxs o'z hayotinging yaratuvchisidir, qanday kasb va qanday yoshda bo'lishdan
qat'iy nazar insoniyat ruhida ijod doim yashaydi biroq buni o'z vaqtida namoyon
qilish, yanadan unga sayqal berish ko'pchilik uchun mushkul ish hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Nishonov Z., Alimbayeva Sh. Psixologik ong va tafakkur. ’ Toshkent:
Yangi avlod, 2005. ’ 153 b.
2.
Akromov F., Lutfullayeva N.Pedogogik psixologiya: ma’ruzalar
to'plami. ’ Toshkent: TDIU, 2005. ’ 200 b.
3.
’ URL: https://ziyo.com/docs/- 4417140(murojaat sanasi:25.05.2023)
4.
Shoumarov G'. Ijodkorlikda psixologik tafakkur: ilmiy maqola. ’
Buxoro: Xabarchi nashriyot, 1026. ’ 26 b.
5.
Wolfe T. Creativity in different spheres: Learning among the
Creativity of New York. ’ Colorado: Hardown UP, 1986. — 177 b.
6.
Ошо. Ижод/Рус тилидан Олимжон Салимов // Жахон адабиёти.
— 2021. — 292 б.